I – bob. Buyuk ipak yo‘lining o‘rta osiyo xalqlari moddiy madaniyati taraqqiyotiga ta'siri
Tadqiqotning o‘rganilish darajasi
Download 239.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Buyuk ipak yo\'li
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning obyekti va predmeti
Tadqiqotning o‘rganilish darajasi. Tadqiq etilayotgan mavzu bo‘yicha
ilmiy adabiyotlarning tizimli tahlili shuni ko‘rsatadiki, miloddan avvalgi II asrda shakllangan Buyuk Ipak yo‘li XV asrga qadar Sharq va G‘arb xalqlariga xizmat qilib keldi. Oradan o‘tgan 17 asr davomida mazkur tranzit yo‘li ta'siri natijasida O‘rta Osiyo xalqlari nafaqat iqtisodiy jihatdan, qolaversa, siyosiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlarni o‘z boshidan o‘tkazdi. Mazkur jarayonlar uzoq yillar mobaynida tarixchilar tomonidan qiziqish bilan o‘rganib kelindi. Bunday tadqiqotlar sirasiga N. Bichurin, K. Shoniyozov, V. Radkevich, A. Shevyakov, B. Ahmedov, F. Sulaymonova, A. Xo‘jaev, M. Jo‘rayev, U. Abdullayev, Sh. Yovqochev, A. Ashirov kabilarning asar, maqola va dissertatsi yalarini kiritish mumkin. Shu ma'noda qaraganda, mazmun jihatidan murakkab va davriy farqlarga ega bo‘lgan ilmiy adabiyotlarni ilmiy-konseptual nuqtai nazardan uch guruhga ajratib tahlil qilish maqsadga muvofiq: 1. Rossiya imperiyasi 2. Sovet davri nashrlari. 3. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar. Tadqiqotning davriy chegarasi. Kurs ishining davriy chegarasi aslida juda katta. Chunki, mazkur davr Buyuk Ipak yo‘lining shakllanishidan to uning inqirozigacha bo‘lgan tarixiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi, lekin biz tadqiqot mavzusidan kelib chiqqan holda XIX asrning oxiri – XXI asrning boshlari olindi. Chunki XIX asrning oxirlariga kelganda jamiyatda yuz bergan ijtimoiy o‘zgarishlar jahon xalqlari, shu jumladan, O‘rta Osiyo aholisining an'anaviy turmush tarzida ham o‘z aksini topa boshladi. O‘z o‘rnida shuni qayd etish lozimki, mazkur jarayonlar O‘rta Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy hayotida muhim rol o‘ynadi. Tadqiqotning ob'yekti va predmeti. Tadqiqotning ob'yekti sifatida hozirgi kunda O‘rta Osiyo xalqlarining moddiy va ma'naviy hayotida muhim rol o‘ynagan Buyuk Ipak yo‘lining ta'sirini tarixiy va etnografik ma'lumotlarni ko‘rsatish mumkin. O‘rta Osiyo xalqlari Buyuk Ipak yo‘lining ta'siri natijasida moddiy va ma'naviy hayotidagi o‘zgarishlarning hozirgi kundagi ko‘rinishlarini tadqiqot predmeti sifatida ko‘rsatish mumkin. Download 239.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling