I – bob. Buyuk ipak yo‘lining o‘rta osiyo xalqlari moddiy madaniyati taraqqiyotiga ta'siri


Download 239.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana26.01.2023
Hajmi239.63 Kb.
#1124656
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Buyuk ipak yo\'li




Reja 
Kirish………………………………………………………………………….. 
I – BOB. Buyuk ipak yo‘lining o‘rta osiyo xalqlari moddiy madaniyati 
taraqqiyotiga ta'siri 
1.1 O‘zbeklarning turar joylar bilan bog‘liq an'analarida etnointegratsion 
jarayonlarning tutgan o‘rni…………………………………………………. 
1.2 Buyuk ipak yo‘li. Madaniy hayot…………………………………… 
II – BOB. Yunesko tomonidan “Buyuk ipak yo’li – mulaqot yo’li” dasturini 
ishlab chiqilishi 
2.1 Buyuk ipak yo'li-muloqot va hamkorlik yo'li…………………………………. 
2.2 Hozirgi davrda Buyuk ipak yo'li an'analarini tiklash va rivojlanlinsh borasidagi 
xalqaro hamkorlik harakatida O'zbekisionning ishtiroki…………………………. 
Xulosa. 
Foydalanilgan adabiyotlar. 



Kirish 
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil taraqqiyot yo‘lini tanlab olgan 
O‘zbekiston XXI asrga o‘z fuqarolarining siyosiy faolligi ortib, ertangi kunga 
ishonchi tobora mustahkamlanib borayotgan bir sharoitda qadam qo‘ydi. 
Darhaqiqat, mustaqillik qo‘lga kiritilgandan so‘ng O‘zbekiston Respbulikasi birnchi
Prezidenti I. A. Karimov rahbarligida olib borilayotgan ichki va tashqi siyosat 
bugungi kunga kelib naqadar to‘g‘ri, xalqchil siyosat ekanligini keng jamoatchilik 
tan olmoqda. Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasidagi 
boshqa mustaqil davlatlar kabi polietnik, ya'ni ko‘p elatli davlat hisoblanadi. Hozirgi 
kunda uning hududida o‘zbeklar bilan birga yuzdan ortiq millat va elat vakillari 
yashaydilar. Har bir millat o‘zining tili, betakror madaniyati, urf-odat va an'analariga 
ega. O‘zbekiston hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-
odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun 
shart-sharoitlar yaratadi. Zero har bir etnik birlik son jihatidan qanchalik ko‘p yoki 
kam bo‘lmasin, albatta, o‘z etnik qiyofasiga ega.
Shuni o‘z o‘rnida qayd etish kerakki, o‘zbek xalqining madaniy qadriyatlari 
va ma'naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma'naviyat 
manbai sifatida xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa 
qaramay, O‘zbekiston xalqi ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelgan o‘z tarixiy va 
madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an'analarini saqlab qolishga muvaffaq 
bo‘ldi. Shuni inobatga olgan holda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoyevning quyidagi 
fikrlarini keltirish o‘rinlidir: “Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma'naviyatini 
uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an'analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda 
tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma'naviy meros, madaniy boyliklar, 
ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi” 
O‘zbekistonning boyliklari ko‘p, lekin bizning eng katta boyligimiz, eng yuksak 
qadriyatimiz, bu jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo do‘stlik va 
hamjihatlikdir. 
Istiqlol tufayli ko‘pmillatli yurtimiz tarixini xolisona o‘rganish, 
respublikadagi turli xalqlarning etnik an'analari va madaniyatini saqlab qolishga, 
rivojlantirishga, millatlararo munosabatlarni o‘rganishga bo‘lgan e'tibor kuchayib 
bormoqda. Darhaqiqat, to‘g‘ri ta'kidlaganidek, har qanday sivilizatsiya ko‘pdan-
ko‘p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta'sirining mahsulidir. 
Demak, respublikaning asosiy tub joy aholisi hisoblangan o‘zbeklar bilan birga 
yashayotgan boshqa etnik guruhlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni o‘rganish va 
rivojlantirish favqulodda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda 
jahon hamjamiyatining ajralmas qismi bo‘lgan O‘zbekistonda ham jamiyat 
hayotidagi tub burilishlar va milliy tafakkuridagi o‘zgarishlar tufayli o‘zbek xalqi 
etnologiyasiga qiziqish yanada kuchaydi.
Ayniqsa, bu borada milliy davlatchilikning mahalliy boshqaruv usullari, 



o‘zbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi kabi muhim muammolar bilan birga an'anaviy 
va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar, tarixiy-etnografik mintaqalar etnografiyasi 
hamda turli hududlarga xos etnolokal an'analarni o‘rganishga bag‘ishlangan qator 
ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Qolaversa, bu sohada bajarilayotgan 
tadqiqotlar ham ko‘lam, ham mazmun-mohiyat jihatidan boyib borishining asosiy 
sabablaridan biri – bu mustaqillik yillarida o‘tmish tarix va milliy qadriyatlar hamda 
an'analarga bo‘lgan qiziqishning keskin ortganligidan, deb aytish mumkin.

Download 239.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling