I- bob. Go’sht va go’shtli maxsulotlardan taom tayyorlash texnologiyasi mavzusini o’qitishda «Bumerang»
Egаllаngаn bilimlаrni yanаdа mustаhkаmlаsh vа tаlаbаlаrdа mustаqil ishlаsh ko‘nikmаsini shаkllаntirish mаqsаdidа uygа vаzifа berish vа uy vаzifаsini bаjаrishgа tаy
Download 184.61 Kb.
|
Go’sht va go’shtli maxsulotla
- Bu sahifa navigatsiya:
- I-Bob. Hayotiy faoliyat xavfsizligi 2.1 MEHNAT MUHOFAZASI QONUNLARI, ULARDAN FOYDALANISH VA JAVOBGARLIK TURLARI.
Egаllаngаn bilimlаrni yanаdа mustаhkаmlаsh vа tаlаbаlаrdа mustаqil ishlаsh ko‘nikmаsini shаkllаntirish mаqsаdidа uygа vаzifа berish vа uy vаzifаsini bаjаrishgа tаyyorlаsh bo‘yichа o‘qituvchi trenerning аmаlgа oshirishi lozim bo‘lgаn jаrаyonlаr
TАRTIBI Tаlаbаning egаllаngаn bilimlаrni yanаdа mustаhkаmlаsh vа ulаrdа mustаqil ishlаsh ko‘nikmаsini shаkllаntirish mаqsаdidа uygа vаzifа berilаdi. 1. Uygа berilаdigаn vаzifа аniq bo‘lishi lozim. Bundа: -sаvollаr аniq; -shu sаvollаrgа jаvoblаrni qаyerdаn topish; -аdаbiyotlаr аniq ko‘rsаtilishi mаqsаdgа muvofiq. 2. Bаjаrish shаkli hаm аniq bo‘lishi tаqozo etilаdi: -referаt tаyyorlаsh; -konspekt qilish; -mаsаlаni yechish; -birortа tаdbir ishlаb chiqish; -boshqаruv qаrorlаrini qаbul qilish vа h.q. 3. Oldindаn tаlаbаlаr nimа uchun bаho olishini bilishlаri kerаk. Shu tufаyli ulаrning bаjаrgаn ishlаri qаndаy bаholаnishini hаm аytib o‘tish mаqsаdgа muvofiqdir. X.X.Imomovning iqtisodiy tа’lim bo‘yichа bittа mаvzuning leksiya dаrsi vа аmаliy mаshg‘uloti uchun tuzgаn o‘qitish texnologiyasini nаmunа sifаtidа keltirаmiz. I-Bob. Hayotiy faoliyat xavfsizligi 2.1 MEHNAT MUHOFAZASI QONUNLARI, ULARDAN FOYDALANISH VA JAVOBGARLIK TURLARI. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX bobning bir qancha moddalarida Insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari, 43-52 moddalarida inson huquqlari, burchlari va erkinliklari belgilangan. Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunning 1-7 moddalarida umumiy qoidalar, 8-15 moddalarida mehnatni muhofaza qilishni ta‘minlash, 16-21 moddalarida ishlovchilarning mehnatini muhofaza qilishga doir huquqlarini ruyobga chiqarishdagi kafolatlar ifodalangan, 22-29 moddalarida mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa me‘yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati o’z aksini topgan. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 1995 yil 21 dekabrda O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqladi. Kodeksning VI-bobida mehnat shartnomasining mazmuni, shakli, muddati (73-76 moddalar), ishga qabul qilish va dastlabki sinov muddati (77-87 moddalar), mehnat shartnomalarining bekor qilinishi (97-113 moddalar) masalalari yoritilgan. 217 moddada xodimlarni so’t, davolash-profilaktika, oziq-ovqat, gazli suv, shaxsiy himoya va gigiena vositalari bilan ta‘minlash o’z aksini topgan. Mehnat nizolari masalalari XV bobda yoritilgan bo’lib unda mehnat nizolarini ko’rib chiqilgan a‘zolar (260-modda), xalq sudlari (267-269 moddalar), mehnat nizosini hal qilishni so’rab murojaat etish muddatlari (270-modda). Mehnat shartnomasini g’ayriqonuniy ravishda bekor qilishda yoki xodimni boshqa ishga o’tkazishda aybdor bo’lgan mansabdor shaxs zimmasiga moddiy javobgarlik yuklash (274-modda) masalalari o’z aksini topgan. Davlat ijtimoiy sug’urtasi masalalari XVI bobning 282-291 moddalarida keltirilgan. Davlat ijtimoiy sug’urtasi hisobidan beriladigan ta‘minot turlari (284-modda), homiladorlik va tug’ish nafaqasi (286-modda), dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa (288-modda), qarilik boyicha nafaqa (289-modda), nogironlik nafaqasi (290-modda), boquvchisini yo’qotganlik nafaqasi (291-modda), mehnatni muhofaza qilish qonunlarining asosiy nizomlarini rivojlantirish davlat qo’mitalari, vazirliklar va boshqarmalar tomonidan ishlab chiqiladi va tarmoq kasaba uyushmalari qo’mitalari bilan kelishilgan holda har xil me‘yoriy hujjatlar amalga tadbiq etiladi. Me‘yoriy hujjatlar tizimida muhim o’rinni mehnat muhofazasi boyicha qo’llanmalar egallab ular alohida kasb, ish turlari boyicha tuziladi. Davlat qonunchiligi mehnat muhofazasi qoida va me‘yorlarining buzilishi uchun qat‘iy javobgarlik belgilaydi. Javobgarlik turlari 3 ga bo’linadi: Ma‘muriy javobgarlik - uyaltirish, xayfsan e‘lon qilish, vaqtincha yoki butunlay past darajali ishga o’tkazish, imtiyozlarni cheklash. Jinoiy javobgarlik - O’zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual Kodeksiga binoan olib boriladi. Masalan: - qoidaning buzilishi baxtsiz hodisaga olib kelsa, bir yilgacha axlok tuzatish ishlariga yoki ozodlikdan mahrum qilish yoki 5 minimal ish haqi miqdorida jarima yoki ishdan bushatish choralari qo’llanadi; - korxonadan chiqayotgan chiqindilar tufayli havo va suv xavzalarining ifloslanishi uchun 1 yilgacha axloq tuzatish ishlariga yoki 5 minimal ish haqi miqdorida jarima to’lanadi. 3. Moddiy javobgarlik - Qonunsiz ravishda ishdan bo’shatilgan, majburiy ish qoldirgan, kasbiy kasallik tufayli jabrlangan kishiga to’lanadigan xaqni rahbar lavozimidagi xodimdan qisman yoki to’liq undirib olish. MEHNAT GIGIYENASI - Ishlab chiqarish muhiti va jarayonining inson organizmiga ta‘siri ularning sanitariya-gigiena holatini yaxshilash borasida ishchilarning sog’ligi hamda mehnat qobiliyatini saqlashga sharoit yaratadi. MEHNAT FIZIOLOGIYasI - Ishlab chiqarish faoliyatining ta‘siri natijasida inson organizmi holatining funktsional o’zgarishi va fiziologik asoslangan mehnat jarayonlarini tashkil etish vositasidir. MEHNAT PSIXOLOGIYasI - Mehnat jarayonining ma‘lum sharoitida (og’irlik, mehnatdan zo’riqqanlik, uning bir maromliligi, gipokineziya va boshqalar) sog’liq va ish qobiliyatining o’zgarishidir. TEXNIKA XAVFSIZLIGI - Ishlovchilarga ishlab chiqarishda texnika xavfsizligini o’rgatuvchi xavfning oldini oladigan tashkiliy chora-tadbirlar va texnika vositalari tizimi. MEHNAT QIZG’INLIGI - Ish vaqtida organizmda hissiyot, yuklov darajasi, ma‘lumotlarni olishda va qayta ishlashda miya ish faoliyatining jadallashuvi. TOLIQISH - Ish qobiliyatining pasayish holati. Charchaganlik sezgisi bilan kechadigan ish sifat va son ko’rsatkichlarining yomonlashuvi bilan ifodalanadigan va faqat dam olingandan keyingina to’xtaydigan holat. RUHIY MUHIT - Ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish darajasi bilan aniqlanadigan, mehnat jamoasining kayfiyati shuningdek mavjud bo’lgan o’zaro shaxsiy munosabatlar va uning ish qobiliyatiga ta‘sir qilishi. JAROHAT - tana a‘zolarini va tuqimalarini ko’tilmagan holatda tashqi ta‘sir ostida shikastlanishidir. Jarohat 2 turli bo’ladi: Ishlab chiqarish jarohatlari; Maishiy jarohatlar; Ishlab chiqarish jarohatlari o’z navbatida: - mexanik (urib olish, kesilib ketishi, ezilish va x.k.); - kimyoviy (kimyoviy kuyish); - issiqlik (kuyish va mo’zlatib olish); - elektrik (elektr zarbalar); - aralash jarohatlar turlariga bo’linadi. Korxonalarda ko’pincha aralash jarohat turlari uchraydi. Kasbiy kasalliklar - ishlovchilar uchun zararli ish sharoitining ta‘siri natijasida hosil bo’ladi. Sanoat korxonalariga taalluqli kasbiy kasalliklar (silikoz, pnevmokonioz, teri kasalliklari va shularga o’xshash). Zararli ish sharoitlariga tananing ayrim a‘zolarining bir guruh mushaklarning o’zoq vaqti majburan zuriqishi, tsex havosiga tarqalib ketgan zararli moddalarning ta‘siri, yoqimsiz meteorologik sharoitlar, me‘yorlardan yuqori shovqin, titrash, yoritilganlik, atmosfera bosimidagi katta tafovo’tlar kiradi. 4. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasallanishning sabablarini shartli ravishda qoyidagilarga ajratish mumkin: 1. Texnik; 2. Tashkiliy; 3. Sanitariya-gigienik; 4. Ruhiy-fiziologik; 5. Iqtisodiy; 6. Xodimlarni aybi bilan yuz beradigan kasalliklar. TEXNIK SABABLARGA - Uskuna va moslamalarning, to’siq-qurilmalarning, tormoz tizimining ishlamasligi yoki nosozligi, gidravlik tizimning zich emasligi kiradi. TASHKILIY SABABLAR - deganda ish joylarining uskuna, moslama va yordamchi asboblar yetarli ta‘minlanmaganligi, yuk ko’tarish vositalari, bog’lab quyuvchi moslamalarning yo’qligi, yo’l-yo’riqning o’z vaqtida berilmaganligi va mehnat muhofazasi boyicha o’qitish ishlarining sust olib borilganligi, mehnat xavfsizligi boyicha ko’rsatmalarning yo’qligi, ishchilarning o’z vaqtida maxsus kiyimlar bilan ta‘minlanmaganligi, dam olish va mehnat qilish 5. Xotin-qizlar, yoshlar va o’smirlar mehnatini muhofaza qilish. Bizning mamlakatimizda ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligi ta‘minlangan bo’lib, bu huquq mehnat qilish to’g’risidagi qonunlarda o’z ifodasini topgan. Mehnat qilish jarayonida ayollar bilan erkaklarning teng huquqliligi - ayollarning erkaklar singari og’ir sharoitda, zararli sharoitlarda ishlashlari mumkin emasligi mehnat qonunlarida ko’rsatib o’tilgan. Ayollarning ba‘zi zaif xususiyatlari va ularning oiladagi mavqeini hisobga olib, qonunchilikda ular uchun ma‘lum yengilliklar va maxsus qoidalar belgilangan. Ayollar sog’ligiga zarar keltirishini hisobga olib ba‘zi ishlarda ayollar mehnatidan foydalanish ta‘qiqlanadi. Masalan, ayollarning zaharli moddalar bilan bog’liq bo’lgan ximiya sanoatining ba‘zi tarmoqlarida, yer osti ishlarida va boshqa bir qancha ishlarda ishlashlariga yo’l qoyilmaydi. Ayollar uchun yuk ko’tarish qoidalari belgilab qoyilgan. Ular qo’lda 20 kg bo’lgan yukni va zambil g’altak bilan og’irligi 50 kg dan oshmagan yukni olib yurishlari mumkin. Farzand ko’rishi mumkin bo’lgan va emizuvchi ayollarga maxsus yengilliklar yaratilishi kerak, bunday ayollarni va 8 yoshgacha bolalari bo’lgan ayollarni tungi smenada ishlashlari, ishdan tashqari, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish, xizmat safariga yuborish man etiladi. Ma‘muriyat ba‘zi hollarda bunday ayollarni vrach xulosasiga ko’ra, o’rtacha ish haqini saqlagan holda yengilroq ishlarga o’tkazish lozim. 18 yoshga to’lmagan o’smir bolalarga 16 kg gacha, qizlarga esa 10 kg gacha bo’lgan yuklarni ko’tarishga ruxsat etiladi. O’smirlar ishga qabul qilinayotganda tibbiy ko’rikdan o’tishlari lozim, shuningdek 18 yoshga to’lguncha har xil belgilangan rejaga ko’ra tibbiy ko’rikdan o’tishlari lozim. Mehnat to’g’risidagi qonunchilikka ko’ra o’smirlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish paytida ularning bajarayotgan ishi sog’liqlariga zarar yetkazganligi aniqlansa ular darhol xavfsiz va yengilroq bo’lgan ishga o’tkaziladi. Ba‘zi bir sohalarda zararli ish sharoiti mavjud bo’lgan ish joylari uchrab turadi, bu joylarda mehnat qilayotgan o’smirlar uchun mehnat qonunlariga ko’ra ustama haq to’lanadi yoki ish soati qisqartiriladi. Ish soatining qisqartirilishi natijasida ishchi zararli moddalar bo’lgan zonalarda kamroq bo’ladi va bu bilan u kamroq zaharlanadi. Ko’pgina ximiya sanoati korxonalarida va mashinasozlik sanoatining quyish, eritish sexlarida ish soati 6 soatdan oshmasligi kerak. Bundan tashqari zararli ish joylarida ishlagan ishchilarga qo’shimcha dam olish kunlari beriladi va bu qo’shimcha vaqtda zararli zonada ishlagan o’smirlarga sog’ligini tiklash imkoni tug’iladi. Zararli ish joylarida ishlagan o’smirlarga mashinasozlik sanoatida, bir qancha tsexlarda ishchilarning oylik maoshlarining 13% va ba‘zi uchastkalarda 30-33% gacha qo’shimcha haq to’lashga ruxsat etiladi. O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi mazmunida ishlab chiqarish korxonalari ma‘muriyati u yerda mehnat qilayotgan o’smir-yoshlarga ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan shikastlanish yoki zararlanish yoki moddiy yo’qotishni qoplash majburiyatini oladi. Ayollar va ayrim hollarda, ma‘lum sharoitlarda, erkaklar bilan bir xilda ishni bajara olmaydilar. Ayol organizmi o’ziga xos fiziologik xususiyatga ega bo’lganligi tufayli og’ir jismoniy mehnatga, ayrim zararli (chang, titrash, organizmni qattiq qizib yoki sovib ketishi va boshqalar) moddalarning ta‘siriga ta‘sirchandir. Bu zararli omillar ta‘siri ular organizmining homiladorlik kezlarida qoyidagi o’zgarishlarga olib kelishi, tubandagi asoratlarni qoldirish (toksikoz, bola tushib qolishi, ulik tugilish va boshqa), bola tug’ish funktsiyasining buzilish (bola ko’rmaslik)ga sabab bo’lishi mumkin. Ayollar mehnatini muhofaza qilishda juda ko’p muammolar bo’lib, uning biologik va ijtimoiy ahamiyati muximdir. Shuning uchun ayollar mehnati Mehnat Kodeksining (224-238 moddalar) moddalarida himoyalanadi. Ayollarning mehnat sharoiti noqulay bo’lgan, shuningdek, yer osti ishlarida (jismoniy kuch talab qilmaydigan ishlar yoki sanitariya va maishiy xizmat ko’rsatish ishlari bundan mustasno) ishlashi ta‘qiqlanadi. Ayollarning ular uchun mumkin bo’lgan me‘yordan ortiq yuk ko’tarishlari va tashishlari man etiladi. (225-modda). Ayollar mehnatini ta‘qiqlaydigan nokulay mehnat sharoitlaridagi ishlarning ruyxati va yuklarni ko’tarishda hamda qo’zg’atishda yuklarning sanitariya me‘yorlari «O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga asoslanib mehnat muhofazasi boyicha me‘yoriy hujjatlar to’plami – 1996» da keltirilgan. Tibbiy xulosaga muvofiq, homilador ayollarning ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish me‘yorlari kamaytiriladi yoki ular avvalgi ishlaridagi o’rtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta‘siridan holi bo’lgan ishga o’tkaziladi. Bolasi 14 yoshga to’lmagan (16 yoshga to’lmagan nog’iron bolasi bo’lgan) homilador ayollarni ularning roziligisiz tungi, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo’l qoyilmaydi. Shu bilan birga, bolasi 3 yoshga to’lmagan homilador ayollarni ona va bolaning sog’ligi uchun xavf tug’dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo’lgan takdirdagina tungi ishlarga qoyiladi (228-m). Ayollarga onalik vazifalarini bajarish uchun qoyidagi moddalarda bir qancha imtiyozlar beriladi: Homilador va bola tuqqan ayollarga ularning xohishiga ko’ra, homiladorlik va tug’ish ta‘tilidan oldin yoki undan keyin yoxud bolani parvarishlash ta‘tilidan so’ng yillik ta‘tillar beriladi va davlat ijtimoiy sug’urtasi boyicha nafaqa to’lanadi. Homiladorlik va tug’ish ta‘tillari jamlangan holda hisoblab chiqilib, tug’ishga qadar amalda bunday ta‘tilning necha kunidan foydalanganidan qat‘iy nazar ayolga to’liq beriladi (233-m). Homiladorlik va tug’ish ta‘tili tugagandan so’ng ayolning xohishiga ko’ra, unga bolasi 2 yoshga tulguncha qadar bolani parvarishlash uchun ta‘til berilib, bu davrda qonun xujjatlarida belgilangan tartibda nafaqa tulanadi. Ayolga uning xohishiga ko’ra, bolasi 3 yoshga tulgunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qo’shimcha ta‘til beriladi. Bolani parvarishlash uchun beriladigan ta‘tillardan bolaning otasi, buvisi, buvasi, yoki bolaning amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham to’liq yoki uni qismlarga bo’lib foydalanishlari mumkin. Respublikamizda yoshlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish, ularni ishga joylashtirish masalalariga katta e‘tibor berilmoqda. Usmirlarni ishga qabul qilishdagi kafolatlar O’zbeksiton Respublikasi Konstitutsiyasining 239-moddasida qoyidagicha qayd etilgan: Belgilangan kvota xisobidan joylarga ishga joylashtirish tartibida mahalliy mehnat organi va boshqa a‘zolar tomonidan yuborilgan, o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni ish bilan ta‘minlovchi ishga qabul qilishidan iborat. Kvota hisobidan ishga qabul qilishni rad etish ta‘qiqlanadi va bunday rad etish ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. 18 yoshga to’lmagan barcha shaxslar dastlabki tibbiy ko’rikdan o’tgandan keyin ishga qabul qilinadilar va keyinchalik ular 18 yoshga tulgunlariga kadar har yili majburiy tibbiy ko’rikdan o’tkazilib turishi kerak. O’smirlar doimiy ishga 16 yoshdan kabul qilishga ruxsat etiladi, ayrim hollarda 15 yoshga to’lgan shaxslar ota-onalaridan birining yoki o’rnini bosuvchi shaxsning yozma ravishda roziligi bilan ishga kabul qilinishi mumkin. Yoshlarni Mehnatga tayyorlash maqsadida umum ta‘lim maktablari, xunar-texnika bilim yurti va o’rta maxsus o’quv yurti o’quvchilarni 14 yoshga to’lganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan o’smirlarning sog’ligiga va kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan va ta‘lim olish jararyonini buzmaydigan yengil ishlarni o’qishdan bo’sh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilishga yo’l qoyiladi. (77-modda). O’smirlarni ishga qabul qilish Mehnat kodeksining 241-moddasida ko’rsatilgan talablarga rioya qilgan holda bajariladi. 18 yoshga to’lmagan shaxslarni og’ir, zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlatish mumkin emas. (241-m). 16 dan 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar uchun bir ish haftasidagi ish soati 36 soat, 15-16 yoshda esa 24 soatgacha qisqartirilgan. O’quv yili mobaynida ishlaydigan o’quvchilar uchun, 14 dan 16 yoshgacha bo’lganlarga 2 soat, 16 dan 18 yoshgacha bo’lganlarga 3 soat ish soati belgilangan (242-modda). 18 yoshga to’lmagan o’smirlarni ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlari ishlarga jalb qilish mumkin emas (245-modda). 16-18 yoshdagi o’smirlar bilan tashiydigan va siljitadigan yukning og’irligi o’g’il bolalar uchun 13 kg, qizlar uchun 7 kgdan ortiq bo’lmasligi kerak. O’smirlar uchun uzluksiz tashiydigan va siljitadigan yukning miqdori 4,1 kgdan ko’p bo’lmasligi lozim, 14-15 yoshdagi o’smirlar uchun esa me‘yor 2 martasicha kamaytiriladi. (SanK va M №0052-96). 18 yoshga to’lmagan xodimlarga kamida 30 kalendar kundan iborat yillik ta‘til beriladi va ular bu ta‘tildan o’z vaqtida foydalanishlari mumkin. Basharti ta‘til berilayotgan yil xodim 18 yoshga tulgunga kadar va tulgandan keyingi davrlarni o’z ichiga olsa, ta‘tilning muddati 18 yoshga tulgandan keyingi ish staji uchun esa umumiy tartibda xisoblab chiqariladi. (244-m). 18 yoshga tulmagan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish bilan ta‘minlovchining tashabbusi bilan bekor qilishga, mehnat shartnomasini bekor qilishning umumiy tartibiga rioya qilishdan tashqari, maxalliy mehnat organining roziligi bilan yo’l qoyiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida ayollar va erkaklarning teng huquqliligi bayon etilgan. Ayollarga onalik vazifalaridan foydalanish maqsadida quyidagi moddalarda bir qancha imtiyozlar beriladi. Homilador va bola tuqqan ayollarga ularning xohishiga ko’ra, homiladorlik va tug’ish ta‘tilidan oldin yoki undan keyin yoxud bolani parvarishlash ta‘tilidan so’ng, yillik ta‘tillar beriladi. Ayollarga tuqqunga qadar 70, tuqqandan keyin 56 kalendar kun (tug’ish qiyin kechgan yoki 2 va undan ortiq bola tug’ilgan hollarda 70 kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tug’ish ta‘tillari berilib davlat ijtimoiy sug’urtasi boyicha nafaqa to’lanadi. Ayollarga yuklarni ko’tarish va siljitishga ko’pi bilan 9 kg yuk ko’tarishga ruxsat beriladi. Butun ish smenasi davomida ko’tariladigan va siljitiladigan yukning umumiy massasi 2500 kg dan oshmasligi kerak. Xulosa. Kurs ishi ishida yuqorida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirgan holda qoyidagicha xulosa qilish mumkin: -- Go’shtlarga mexanik pazandalik ishlov berish haqida ma’lumotlar tahlil qilindi; - Mol go’shtini nimtalash va suyaklaridan ajratish haqida ma’lumotlar yig’ildi; - Go’sht yarim tayyor maxsulotlarini tayyorlash yo’llari ko’rsatib berildi; - Qo’y go’shtini nimtalash va suyaklardan ajratish haqida ma’lumotlar to’plandi; - Go’sht qiymasini va undan yarim tayyor maxsulotlarini tayyorlashni aniqlandi; - Go’sht kotlet massasini va undan tayyor maxsulotlarni tayyorlash haqida ma’lumotlar to’plandi; - Suyaklarga ishlov berish haqida ma’lumotlar tahlil qilindi; - Qovurligan gо‘sht hamda kalla-pocha va ich mahsulotlari haqida ma’lumotlar tahlil qilindi; - Yirik bо‘laklab qovurilgan gо‘sht haqida ma’lumotlar tahlil qilindi; - Dimlama gо‘sht va kalla-pocha hamda ich mahsulotlari haqida ma’lumotlar to’plandi; - Yirik bо‘laklab dimlangan gо‘sht haqida ma’lumotlar yig’ildi; - Porsiya bо‘laklab va mayda bо‘laklab dimlangan gо‘sht hamda ich mahsulotlari haqida ma’lumotlar to’plandi ; - Qizartirib yopib pishirilgan gо‘sht haqida ma’lumotlar yig’ildi; - Gо‘sht qiymasidan tayyorlangan ovqatlar haqida ma’lumotlar aniqlandi; - Bumerahg metodi haqida ma’lumotlar to’plandi; - “Go’sht va go’shtli maxsulotlardan taom tayyorlash texnologiyasi” mavzusini o’qitishda « Bumerahg » mеtodidan foydalanishi bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. - Hayotiy faoliyat xavfsizligi ta’minlashgа fаоliyatning аniq shаrоitlаrigа, хаvfning dаrаjаsigа vа bоshqа mеzоnlаrgа bоg’liqligi aniqlanib, inson fаоliyat хаvfsizligini ta’minlashgа qаrаtilgаn tаdbirlаr uchun еtаrli dаrаjаdа e’tibor qaratish lozimligi qaid etildi. Download 184.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling