I- bob investitsiya va uning mohiyati


Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida investitsion faollikni oshirishda investitsiya funksiyalari va omillaridan samarali foydalanish


Download 85.48 Kb.
bet4/11
Sana18.06.2023
Hajmi85.48 Kb.
#1575552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mavzu Investitsiya

1.2 Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida investitsion faollikni oshirishda investitsiya funksiyalari va omillaridan samarali foydalanish.
Investitsiyalar har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini harakatlantiruvchi kuch boʻlib, ularning yordamida iqtisodiyotning innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar asosida rivojlanishi qoʻllab-quvvatlanadi, import oʻrnini bosish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish siyosati muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, zamonaviy infratuzilmalar rivojlantiriladi, yangidan-yangi ish joylari yaratilib, ishsizlik muammosining oldi olinadi, eng asosiysi, erkin raqobat va tadbirkorlik munosabatlariga asoslangan zamonaviy iqtisodiy tizim rivojlantiriladi. Investitsiyalarning yana bir muhim ahamiyati shundaki, ular har qanday mamlakatning yaqin va uzoq kelajakda rivojlanish istiqbollarini belgilab beradi. O’zining moliyaviy shakliga ko’ra, ular foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga ko’ra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bog’liq bo’lgan aylanma kapitalning o’zgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek investitsilar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi. Investitsiyalarning turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko’p duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash ob’ektiga ko’ra uch turga bo’linadi.
1. Ishlab chiqarish investitsiyalari;
2. Tovar-moddiy zaxiralariga investitsiya;
3. Uy-joy qurilishiga investitsiya.
Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida real foiz stavkasi qaraladi. 1Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar uchun qarz bahosi ortib, ular ko’rsatadigan foyda normasini pasaytirib qo’yadi.
Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi dinamikasiga teskari proporsional tarzda o’zgarishini ko’rsatadi.
Avtonom invstitsiya funksiyasi quyidagi ko’rinishga ega:
I = e - dR
Bu yerda: I – avtonom investitsiya xarajatlari;
e – foiz stavkasi 0 ga teng to’lgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatldari, yer, foydali qazilma boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi;
R – real foiz stavkasi;
d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o’zgarishga ta’sirchanligini miqdoriy belgilovchi empirik koeffitsient.


Download 85.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling