I- bob investitsiya va uning mohiyati
-rasm. Avtonom investitsiyalar grafigi
Download 85.48 Kb.
|
mavzu Investitsiya
1-rasm. Avtonom investitsiyalar grafigi
Grafikdan e nuqtasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasi bilan kredit berganlarida hamda ularning kredit resurslari cheksiz ko’p bo’lganda ham mamlakatdagi boshqa resurslari miqdorining cheklanganligi tufayli investitsiya xarajatlari ma’lum miqdor bilan chegaralanadi. Shu bilan birga investitsiyalar dinamikasini belgilovchi eng muhim omillardan biri bo’lib kutilayotgan sof foyda normasi hisoblanadi. Agar real foiz stavkasi bilan investitsiya xarajatlari miqdori o’rtasida teskari bog’liqlik bo’lsa, kutilayotgan sof foyda normasi (KSFN) dinamikasi bilan investitsiya xarajatlari o’rtasida to’g’ri bog’liqlik bor. Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali bo’lmay qoladi. Misol uchun, zavodga 100000 so’mlik yangi stanok sotib olindi. Yangi stanokni qo’llashdan zavod 10.000 so’m sof foyda olgan bo’lsin. Kutilayotgan sof foyda normasi quyidagicha aniqlanadi: KSFN = 10000 / 100000 x 100 = 10foiz. Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasining o’zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflatsiya darajasi ayirmasi ko’rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16foiz ga teng bo’lsa, inflatsiya darajasi yiliga 12 foizni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foizini (16 foiz – 12 foiz) tashkil etadi. Investitsiyalarni ro’yobga chiqarish bo’yicha amaliy harakatlar – investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs – investor deyiladi. Investitsiyalarning manbalaridan biri bo’lib aholi keng qatlamlarining jamg’armalari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg’arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo’lishi va bo’lmasligi ham mumkin. Odatda, jamg’arma jamiyatdagi ko’pchilik sub’ektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub’ektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo’jalik va boshqa korxonalar jamg’armasi ham investitsiya manbai bo’lib hisoblanadi. Bu o’rinda «jamg’aruvchi» va «investor» bir sub’ektda mujassamlashadi. Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin: - investorlarning o’z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg’armalari va h.k.); - qarz olingan moliyaviy mablag’lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari); - jalb qilingan moliyaviy mablag’lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to’lovlari); - davlat byudjeti mablag’lari; - chet elliklar mablag’lari. Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi: 1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi; 2) foiz stavkasi. Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motiv foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini ular foyda keltiradigan bo’lsagina sotib oladilar. Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi – real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo’lgan, bankdan olingan ssuda kapitaliga korxona to’lashi lozim bo’lgan pul miqdori. Kapital birligiga real foyda quyidagini tashkil etadi: Foyda me’yori = daromad (R/ R) – xarajatlar (Rk/R)(r +δ) Muvozanat sharoitida kapital ijarasidan olinadigan haqiqiy narx kapitalning chekli mahsulotiga teng bo’lganligi sababli biz foyda me’yori uchun ifodani quyidagi ko’rinishda yozishimiz mumkin: Foyda me’yori =MPK –(Rk/R)(r +δ) Kapitalni ijaraga beruvchi firmalar agar kapitalning chekli mahsuloti bir birlik kapitalga xarajatlardan katta bo’lsa foyda oladilar, aksincha bo’lsa, zarar ko’radilar. Aynan shu ko’rsatkich sof investitsiyalar miqdorini belgilab beradi. ∆K=In(MPK –(Rk/R)(r +δ)) bunda In(MPK –(Rk/R)(r +δ)) funktsiya sof investitsiyalar miqdori investitsiyalarga rag’batlar mavjudligiga qanchalik ta’sirchanligini ko’rsatadi. Endi biz investitsiya funktsiyasini keltirib chiqarishimiz mumkin. Korxonalar asosiy fondiga investitsiyalar uchun xarajatlarning umumiy miqdori sof investitsiyalar va chiqib ketgan kapitalni tiklashga inves titsiyalar miqdorlari yig’indisiga teng. Investitsiya funktsiyasi quyidagicha yoziladi. I=In(MPK –(Rk/R)(r +δ)) +δK. Korxonalar asosiy fondlariga investitsiyalar kapitalning chekli mahsuloti, kapital birligiga xarajatlar va kapitalning chiqib ketgan miqdoriga bog’liq bo’ladi. Model shuningdek investitsiyalar nima uchun foiz stavkasiga bog’liqligini ham ko’rsatadi. Foiz stavkasini o’sishi kapital birligiga xarajatlarni ko’paytiradi. Bu kapital egalari tomonidan olinadigan foyda qisqarishiga olib keladi va kapitalning katta qismini jamg’arishga rag’batni qisqartiradi. Xuddi shunga o’xshash, foiz stavkasini pasayishi kapital birligiga xarajatlarni qisqartiradi va investitsiyalarni rag’batlantiradi. Shu sababdan ham investitsiyalarning foiz stavkasiga bog’lifligini ifodalovchi egri chiziq pastga egilgan. Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta’sir ko’rsatadi: 1) mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari; 2) tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori; 3) texnologik o’zgarishlar. Yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko’ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir biridan farqlash zarur. Investitsiya xarajatlari dinamikasiga ta’sir etuvchi boshqa omillar quyidagilar kiradi: 1. Soliqqa tortish darajasi; 2. Ishlab chiqarish texnologiyalaridagi o’zgarishlar; 3. Mavjud bo’lgan asosiy kapital miqdori; 4. Investorlarning kutishi; 5. Yalpi daromadlarning o’zgarishi. Soliqqa tortish darajasining pasayishi hamda yangi texnologiyalarning paydo bo’lishi kutilayotgan sof foyda normasining (real foiz stavkasi o’zgarmagan sharoitda ham) ko’payishga olib keladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining ortishiga turtki beradi. Investitsiyalar hajmining YaIM yoki daromadlar darajasiga bog’liqligini akselerator modeli aks ettiradi: Download 85.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling