I- bob investitsiya va uning mohiyati
-chizma. Investitsiya funksiyasi grafiginingpasayuvchan ko’rinishi
Download 85.48 Kb.
|
mavzu Investitsiya
1-chizma. Investitsiya funksiyasi grafiginingpasayuvchan ko’rinishi.
Makroiqtisodiy siyosatda foiz stavkasi bilan investitsiya hajmi o’rtasidagi mavjud bog’liqlik hisobga olinadi va keng foydalaniladi. Foiz stavkasining miqdori pul-kredit siyosatining muhim quroli hisoblanadi. Davlat uni o’zgartirish orqali mamlakatdagi pul taklifini tartibga solib turadi. Foiz stavkasining ko’tarilishi pulning qimmatlashuvi va unga bo’lgan talabning qisqarayotganini bildiradi. Demak, investitsiya xarajatlari ham qisqarib boradi. O’z navbatida, investitsiya xarajatlarining qisqarishi, kelajakda milliy ishlab chiqarish hajmining pasayishini bildiradi. Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishini faqat kapitalning tarkibiy tuzilishi bilan tushuntirish yetarli emas. Gap shundaki, dastlabki capital jamg’arish davrida pulni tez to’plash uchun uning kapital aylanishi tez sohalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bunda yuqori foyda me’yori yuzaga keladi. Foyda me’yori yuqori, uni kapitallashtirish imkoni katta bo’ladi. Bu omil ham xususiy sektorda pulni aylanma kapitaliga aylantirish uchun rag’batlanatiradi. Bozor talablarlga binoan tejamli xo’jalik yurita bilmaslik tannarxning ortishiga olib keladi, bu narx o’zgarmagan sharoitda ham zararga olib keladi. Bu albatta, investitsiyalarni o’z mablag’i hisobidan ta’minlash imkonini cheklab qo’yadi. Mamlakatimizda chuqurlashgan jahon-moliyaviy inqirozi sharoitlarida barqaror o’sish sur’atlarining saqlanib qolishi esa tanlangan mustaqil taraqqiyot yo’limiz va unga muvofiq amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatimizning nechog’liq to’g’ri ekanligini yana bir bor tasdiqlamoqda. Respublikamizda doimo qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatlarga, imtiyozli foiz stavkalari bo’yicha jalb etildi. Natijada milliy iqtisodiyotimizning halqaro kreditlar bozoridagi kon’yunkturaga keskin bog’liqligini va moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlarining oldi olindi. Mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish nechog’lik katta hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu avvalambor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy muammolarni yechish imkoniyatini beradi. SHu boisdan ham mamlakatimizga xorijiy investitsiyalar jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag’batlantirish va zaruriy sharoitlarni yaratib berish o’ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el investitsiyalari ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin emas. Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyatlar va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiyani, eksportbop tovarlarni o’zlashtirishga, ularni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. . Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning ob’ektiv zarurligi. Investitsiyalar iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar hisoblansa, investitsiya faoliyati subyektlarining lnvestitsiyalami amalga oshirish bilan bog’liq harakatlari majmui Investitsiya faoliyati deb yuritiladi. Investitsiya faoliyati tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning bir ko’rinishidir, shuning uchun ham tadbirkorlikka xos bo’lgan belgilar, ya’ni mulkiy mustaqillik, tashabbuskorlik va tavakkalchilik unga ham xos bo’ lgan xususiyatdir. Investitsiya faoliyatining obyekti moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish obyektlari hisoblanadi. Investitsiya faoliyatining subyektiaridan biri investor bo’lib, u o’z mablag’ larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablag’ jami, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqiami, shuningdek, inteiiektual mulkka doir huquqlari investitsiya faoliyati obyektlariga jalb etishni amalga oshiradi. Bunday o’ziga xos faoliyat subyektlarining yana bir katta guruhi mavjud bo’lib, ular investitsiya faoliyati ishtirokchilari deb yuritiladi va ularning asosiy vazifasi investoming buyurtmalarinl bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlash hisoblanadi. Xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va chet ellik yuridik shaxslar hamda fuqarolar, shuningdek, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va O’zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashovchi fuqarolari Investorlar buyurtmachi (mablag’ kirituvchi), kreditor, sotib oluvchi bo’lishlari, shuningdek, investitsiya faoliyati ishtirokchisi vazifasini bajaruvchi ham bo’ lishlari mumkin. Investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchllar (investorlar) quyidagi belgilari bo’yicha tasniflanadi. 1. Joriy faoliyatning yo’nalishlari bo’yicha institutsional va individual investorlar. Institutsional investorlar rolida sanoat, savdo, transport, aloqa va boshqa sohalardagi aksiyadorlik Jamiyatlari namoyon bo’lsalar, individual investorlar rolida fuqarolar namoyon bo’ ladilar. 2. Investitsiyalash maqsadlari bo’yicha strategik va bevosita investorlar. Ular o’z oldilariga kompaniyalami boshqarish huquqini olishni maqsad qilib qo’yadilar. Buni ular boshqa kompaniyalar aksiyalarining nazorat paketini sotib olish yoki ulaming ustav kapitalining katta qismini egallash orqali amalga oshiradilar. 3. Rezidentlikka tegishliligi bo’yicha investorlar milliy va xorijiy investorlarga ajratiladi. Download 85.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling