Aralashma tarkibining berilish usullari
Gazlarni aralashmasining tarkibi shu aralashma tarkibiga kiruvchi xar qaysi komponentning miqdori bilan aniqlanadi. Aralashmaning tarkibi, odatda, massaviy yoki hajmiy ulushlar bilan beriladi.
Agar massasi m bo‘lgan aralashma nta komponentdan tashkil topgan bo‘lsa, u holda aralashmadan ayrim komponentlarning massaviy ulushlari quyidagiga teng:
(57)
bu yerda m1, m2, …, mn – aralashmani hosil qiluvchi komponentlarning massalari.
Ma’lumki, aralashmadagi komponentlar massalarining yig‘indisi barcha aralashmaning massasiga teng bo‘ladi:
m1 + m2 + … + mn = Mar (58)
Bu tenglik gazlar aralashmasi massaviy tarkibining tenglamasi deyiladi.
Agar massaviy ulushlarni qo‘shsak:
hosil bo‘ladi.
Demak, aralashma komponentlarining massaviy ulushlarining yig‘indisiga birga teng:
(59)
(59) tenglikka gazlar aralashmasi nisbiy massaviy tarkibining tenglamasi deyiladi.
Agar n ta komponentdan tarkib topgan aralashmaning umumiy hajmi v bo‘lsa, u holda aralashmadagi komponentlarning hajmiy ulushlari quyidagiga teng bo‘ladi:
(60)
bu yerda v1, v2, …, vn – aralashma tarkibiga kiruvchi komponentlarning parsial hajmlari.
Aralashma tarkibiga kiruvchi komponentning shu aralashma haroratidagi va bosimidagi hajmi uning parsial hajmi deyiladi.
Gazlar aralashmasidagi komponentlar parsial hajmlarining yig‘indisi aralashmaning umumiy hajmiga teng:
v1 + v2 + … + vn = Var (61)
U holda, hajmiy ulushlarning yig‘indisi birga teng bo‘ladi:
r1 + r2 + … + rn = 1 (62)
Massaviy va hajmiy ulushlar orasida quyidagi bog‘lanish bor:
(63)
bu yerda vi – komponentning hajmiy ulushi; Ri – komponentning gaz doimiysi; R – aralashmaning gaz doimiysi; gi – komponentning massaviy ulushi.
Do'stlaringiz bilan baham: |