I- mavzu: Suv toshqini, yong`in, zilzila


Faollashtiruvchi savollar


Download 204 Kb.
bet3/3
Sana11.02.2023
Hajmi204 Kb.
#1190188
1   2   3
Bog'liq
FFV-1-soatlik-dars-ishlanma

Faollashtiruvchi savollar

  1. Qanday ogohlantirish usullarini bilasiz?

  1. Qanday tadbirlarni kechiktirib bo’lmaydi?

3.Qutqarish ishlarida qanday tashkilotlar ishtirok qiladi?

Qutqarish ishlarining eng asosiysisi evakuasiya hisoblanib u aholini xatarli joylardan xavfsiz joyga olib chiqishdir. Evakuasiyani vaziyatga qarab qisqa vaqt ichida o’tkazish mumkin. Odamlarning bir qismi xavfli zonadan transportda, qolganlari piyoda olib chiqiladi. Bu evakuasiyaning asosi bo’lib, juftlashtirilgan deb ataladi. 


Har bir korxonada, o’quv o’rinlarida evakuasiyalanuvchlarning ro’yxati tuziladi. Ularni hisoblab qancha ekanligi hisoblanadi. Joylanishi ta’minlanadi. Buning asosiy hujjati pasportdir. Qisqa vaqt ichida odamlarni olib chiqish uchun qulay joylar topiladi



Keyingi vaqtda dunyoning turli mamlakatlarida ro‘y bergan yirik tabiiy ofat va texnogen halokatlar, respublikamizning tog‘li va tog‘oldi hududlarida zilzila, jala va toshqinlar, sel va ko‘chkilar yuz berish xavfi, shuningdek, manbai biz bilan chegaradosh davlatlar hududida joylashgan transchegaraviy ko‘rinishdagi xatarlarning saqlanib qolayotgani ushbu xavfli holatlarga qarshi samarali va tahdid darajasiga mos ravishda harakat qilishni, barcha qutqaruv xizmatlari va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining aniq va o‘zaro uyushgan harakatini, har bir qutqaruvchining o‘z xizmat burchini mas’uliyat bilan bajarishini taqozo etmoqda.

Qo‘yilgan ana shunday maqsadga erishish yo‘lida favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda moddiy-texnik bazasini har tomonlama mustahkamlash, qutqaruv xizmatlarining yuqori malakali xodimlarini tayyorlash, fuqaro muhofazasi sohasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish darkor.


Favqulodda vaziyatlar vazirligining har bir xodimi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni favqulodda vaziyatlar xavfi paydo bo‘lganda mavjud holatga muvofiq harakat qilishga tayyorlash hamda o‘qitish borasida o‘z vaqtida qabul qilingan chora-tadbirlar avvalambor qancha-qancha insonlarni qutqarib, hayotini asrab qolishga xizmat qilmoqda.


Aziz o’quvchilar har qanday favqulotda vaziyatlar uchun doim tayyor turishimiz zarur. Bunday hollarda avvalo keksalarga, bolalarga, kasalmand kishilar va ayollarga alohida insonparvarlik yordamlarini ko’rsatish zarur.
Mamlakatimizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun doimo sezgir, hushyor bo`lishingiz, gugurt yoki perotexnika vositalaridan foydalanmaslik, turli favqulodda vaziyat yuz bersa, o`zini yo`qotmaslik zarurdir.


Uyga vazifa: Ma’lumotlarni o’rganib matn yozib kelish
Download 204 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling