- muhokamaning asosiy vazifasi guruh bilan oʻrganish uchun asos yaratishdir. U muammoni muhokama qilish istiqbolini yaratishni maqsad qilib qoʻyadi. Guruh qatnashchilari shuni yechishga harakat qiladilar. Ular oʽz xulosalari bilan boʻlishadilar, xulosalarini tahlil va tasniflashadi. Muhokama guruh a’zolarini birgalikda o‘ylashga majburlaydigan jarayondir. Guruh muammoni yechish va qaror qabul qilishni birgalikda amalga oshiradi. Guruh muhokamasi asosi bizdan mas’uliyatli mutaxassislarni tayyorlashni koʽzda tutadi. muhokamada samarali qatnashishi uchun biz soʽzlashish bilan birgalikda tinglash malakalarimizni ham yaxshilashimiz kerak.
- Muhokamalar orqali biz qarashlarimizni boʻlishamiz. Muhokama o‘qish jarayonida juda muhim rol o‘ynaydi. Biz yana boshqalarning qarashlarini hurmat qilishni, kelishmovchilik va tartibsizliklarni hal etishning barcha bosqichlarida iltifot bilan birgalikda o‘ylashni va ishlashni oʻrganamiz.
Biznesda muhokamaning o'rni - «Biznes muloqot» atamasi biznesni yuritish, tashkilotning boshqaruvi, ixtiyoriy tashkilotni rasmiy ishlariga rahbarlik qilish va shu kabilarni rasmiy maqsadda yuboradigan va qabul qiladigan barcha xabarlarni ifodalashda ishlatiladi. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida muloqot tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: MULOQOT – tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. muloqot deganda uning og’zaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon bo’lishidagi jarayonlar, ya’ni so’zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Har bir kishining muloqoti individual, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi; vahohlangki, asosiy til unsurlari – lug’at tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli bo’lmay, umumnikidir
- MULOQOT MADANIYATI, muloqot odobi – 1) og’zaki va yozma adabiy til me’yorlari (talaffuz, urg’u, so’z qo’llash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa – aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida me’yorlashtirish (tartibga solish) muammolarini o’rganuvchi bo’limi. G’arb tilshunoslishida umumiy ma’noda “til madaniyati” termini ham qo’llanadi.
E'tiboringiz uchun rahmat !
z
Do'stlaringiz bilan baham: |