I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot
Raqobatlashuvchi firmaning daromadi
Download 3.43 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jadval Raqobatlashuvchi firma uchun umumiy, o’rtacha, va chekli daromad
- 11.3. Foydani maksimallashtirish va raqobatli firmalarning taklif egri chizig`i
- Jadval Miqdor Umumiy daromad Umumiy xarajat Foyda
- Foydani maksimallashtirishga doir misol
- Rasm Raqobatli firma uchun foydani maksimallashti rish
- 11.4. Faoliyatni to`xtatish uchun firmalarning qisqa muddatli qarori
- Rasm Miqdor Narx Chekli xarajatlar raqobatlashgan firmaning taklif chizig’i sifatida.
- 11.5. Firmalarning uzoq muddatli davrdagi qarori
- Rasm Miqdor Xarajat
- Raqobatlashgan firmaning qisqa muddatli taklif egri chizig’i.
- Rasm Xarajat Raqobatlashgan firmaning uzoq muddatli taklif egri chizig’i. Miqdor
11.2. Raqobatlashuvchi firmaning daromadi
Raqobat bozoridagi firma iqtisodiyotdagi boshqa ko`plab firmalar kabi o`z foydasini (umumiy daromad ayiruv umumiy mablag`) maksimallashtirishga harakat qiladi. Buni qanday amalga oshishini bilish uchun, biz birinchi raqobatdosh firmaning daromadini ko`rib chiqamiz. Yanada aniqlik kiritish uchun A firmaning faoliyati bilan tanishamiz. A firma qanchadir Q miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi va mahsulotning birligini bozor P narxida sotadi. Firmaning umumiy daromadi P x Q dir. Misol uchun, agar bir birlik mahsulot 3$ bo`lsa, firma 2000 birlik mahsulot sotadi, uning umumiy daromadi 6 000 $ bo`ladi. A firma taklif qilayotgan mahsulot hajmi jahon mahsulot bozori bilan taqqoslanganda sezilarsiz bo`lganligi sababli, u bozor sharoiti bergan narxni qabul qiladi. Bu degani mahsulotning narxi A firmaning ishlab chiqargan va sotgan mahsulotlarining soni qanchaligiga bog`liq emas. Agar A firma sut ishlab chiqarish miqdorini ikki barobar ko`paytirsa, ya'ni 2000 gallon qilsa, sut narxi o`zgarmay qoladi, ammo umumiy daromad 12,000$ bo`ladi. Natijada umumiy daromad 223
mahsulotning miqdoriga to`g`ri mutanosib bo`ladi.
1- jadvalda A firmaning daromadi ko`rsatilgan. Birinchi ikki ustunda A firma ishlab chiqargan mahsulotning miqdori va uni bozorda sotiladigan narxi ifodalagan. Uchinchi ustun esa A firmaning umumiy daromadini ko`rsatib bergan, ya`ni u 1 litr sut narxini uning miqdoriga ko`paytirish natijasiga teng. O`rtacha va chekli daromad tushunchalaridan biz oldingi boblarda mablag`larni tahlil qilish uchun foydalangan edik, bu yerda esa daromadni tahlili uchun bu zarurdir. Buni yaxshilab tushunish uchun ikki savolga javob berish lozim:
Bir litr sut uchun A firma qancha daromad oladi?
Agar A firma sut ishlab chiqarishni bir litrdan oshirsa, uning qo`shimcha daromadi qancha bo`ladi? Bu savollarga 1 jadvaldagi oxirgi ikki ustun javob beradi. 1-jadvaldagi to`rtinchi ustun o`rtacha daromadni ko`rsatadi, ya`ni umumiy daromad hisoblanadi (uchunchi ustun) ishlab chiqarish miqdoriga bog`liq. Ushbu holat raqobatli bozor va boshqa hil firmalarga qo`llanilishi mumkin bo`lgan umumiy qoidani ko`rsatadi: umumiy daromad ishlab chiqarish miqdorining ko`patmasiga teng (P x Q), o`rtacha daromad esa umumiy daromadni ishlab chiqarilgan miqdorga bo`lish orqali aniqlanadi. Shu sababdan barcha firmalar uchun o`rtacha daromad mahsulotning narxiga tengdir.
Jadval Raqobatlashuvchi firma uchun umumiy, o’rtacha, va chekli daromad Miqdor Narx
224
umumiy daromadning o`zgarishidir. 1 jadvalda chekli daromad bir litr sutning narxi 6$ga teng. Ushbu natija raqobatli bozor uchun qo`llanilishini ko`rsatadigan qoida umumiy daromad (P x Q), P esa raqobatli bozor uchun o`zgarmas. Demak, Q bir birlikka o`sganda, umumiy daromad P dollarga ko`payadi. Raqobatli bozor uchun chekli daromad mahsulotning narxiga tengdir.
chizig`i
Raqobatli firmalarning maqsadi foydani maksimallashtirishidir, bu esa umumiy daromaddan umumiy xarajatlarni ayirib tashlanishiga tengdir. Firmalarning taklifi qarorini tahlil qilishni 2 jadval bilan boshlasak. Jadvalning birinchi ustunida A firma ishlab chiqargan sut miqdorlarining ma`lumotlari berilgan. Ikkinchi ustun firmaning umumiy daromadini ifodalasa, ya`ni 1 litr sut $6 narxini miqdor ko`paytmasiga teng, uchinsi ustun firmaning umumiy xarajatini ko`rsatadi. Umumiy xarajat doimiy xarajatlarni o`z ichiga olib, u 3$ deb belgilangan, o`zgaruvchan xarajatlar esa mahsulotning miqdoriga bog`liq. To`rtinchi ustunda firmaning foydasi ko`rsatilgan, bu umumiy daromaddan umumiy xarajatlarni ayirish orqali hisoblangan. Agar firma hech narsa ishlab chiqarmasa, u 3$ yo`qotadi. Agar firma bir litr sut ishlab chiqarsa, uning foydasi 1$, agar ikki litr ishlab chiqarsa, 4 $ foyda qiladi. Sababi, A firmaning maqsadi foydani maksimallashtirishdir. Misolga ko`ra, firma to`rt yoki besh litr sut ishlab chiqarsa, uning foydasi 7$ ga chiqib, foyda maksimallashadi. A firmaning qaroriga boshqacha nazar bilan ham qarash mumkin: A firma foydani maksimallashtirish imkoniyatini beruvchi miqdorini ishlab chiqarilgan mahsulotning chekli xarajatlarini chekli daromad bilan solishtirish orqali topishi mumkin. 2 jadvaldagi 5 chi va 6 chi ustunlarda umumiy daromad va umumiy xarajatlar hamda mahsulot miqdorlari o`zgarishi natijasida hisoblab chiqarilgan chekli daromad va chekli xarajatlarni va oxirgi ustun har bir qo`shimcha ishlab chiqarilgan miqdor uchun foydani ko`rsatib beradi. Firma ishlab chiqargan birinchi litr sutning chekli daromadi 6 $, chekli xarajatlari esa 2 $dir. Shu sababli
225
1 litr sut ishlab chiqarishning foydasi 4 $ga (-3$ dan 1$ gacha) oshadi. Ikkinchi litr sutning chekli daromadi 6 $, chekli xarajatlari esa 3 $dir. Bunda 1 litr sut ishlab chiqrishning foydasi 3$ ga (1$ dan 4$ gacha ) oshadi. A firma sut ishlab chiqarishni 5 litrga yetkazsa, vaziyat o`zgaradi. Oltinchi litrning chekli daromadi 6 $, chekli xarajatlari esa 7 $dir. Shu sababdan ishlab chiqarish foydani 1 $ (7$ dan 6$ gacha) kamaytirishi mumkin. Natijada A firma 5 litrdan ortiq sut ishlab chiqara olmaydi. Agar chekli daromad chekli xarajatlardan yuqori bo`lsa, firma yana sut ishlab chiqargani ma'qul, bu ularga foyda keltiradi. Agar chekli daromad chekli xarajatlardan past bo`lsa, mahsulot ishlab chiqarmagani ma'qul. Agar A firma yaxshilab o`ylab cheklilik tamoyillarga asoslangan holda mahsulotni ishlab chiqarsa ular foydani maksimallashtirgan bo`ladi.
chiqamiz. Ular uchta asosiy xususiyatga ega: chekli xarajatlar egri chizig`i yuqoriga qarab ko`tariladi. Umumiy o`rtacha xarajatlar esa U shakliga ega bo`ladi. va chekli xarajatlar egri chizigi umumiy o`rtacha xarajatlarning eng oxirgi minimum nuqtasida tutashadi. Shuningdek, diagrammada bozor narxi gorizontal chiziq bilan ko`rsatilgan. Uning o`rtacha va chekli daromadlariga mos keladi. Boshqacha so`z bilan aytganda, narx firma ishlab chiqarmoqchi mahsulot Jadval Miqdor Umumiy daromad
xarajat
Chekli daromad
xarajat
o’zgarish Foydani maksimallashtirishga doir misol 226
miqdoriga bog`liq emas. Narx chizig`i gorizontaldir, chunki firma narxni qabul qiluvchi hisoblanadi. Firmaning ishlab chiqarish hajmidan qat'iy nazar narx bir xil bo`ladi. Shuni esdan chiqarmangki, raqobatli firmaning o`rtacha va chekli xarajatlari kabi narxlari ham tengdir. 1-rasmdan biz daromadni maksimallashtiradigan mahsulot miqdorini topish uchun foydalanamiz. Tasavvur qiling, firmaning ishlab chiqargan mahsulotlari soni Q1. Ishlab chiqarishning bu darajasida chekli daromad chekli xarajatlardan ko`p bo`ladi. Ya'ni, agar firma ishlab chiqarish miqdorini bir birlikka ko`paytirsa, qo`shimcha daromad qo`shimcha xarajatlardan ustun bo`ladi. Foyda, ya'ni umumiy daromaddan umumiy xarajatlarni ayirib tashlanishiga teng bo`ladi va u o`sib boradi. Bu jadvalda chekli xarajatlarning egri chizig`i, o`rtacha umumiy xarajatlar, o`rtacha o`zgaruvchan xarajat egri chizig`i ko`rsatilgan.
Bu rasm chekli xarajatlar egri chizig`i (MC), o`rtacha umumiy xarajatlar egri chizig`i (ATC), va o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar egri chizig`i (AVC)ni ko`rsatadi. U shuningdek chekli daromad (MR) va o`rtacha daromadga (AR) teng bozor narxini ham ko`rsatadi. Q 1 miqdorda, chekli daromad MR 1 chekli xarajatdan oshib ketadi MC 1 , shuning uchun ishlab chiqarishning oshishi foydani ko`paytiradi. Q 2 miqdorda chekli xarajatlar chekli daromaddan yuqori bo`ladi, Rasm Raqobatli firma uchun foydani maksimallashti rish Firma o’z foydasining maksimumiga chekli xarajat chekli daromadga teng bo’lganda erishadi.
227
shuning uchun ishlab chiqarisahning kamayishi foydani ko`paytiradi. Foydani maksimallashtiradigan miqdor gorizantal narx chizig`i chekli xarajatlar chizig`ini kesib o`tganda topiladi. Shunga ko`ra, agar chekli daromad chekli xarajatlardan ko`p bo`lib, Q 1 da
bo`lsa, firma o`zining foydasini ishlab chiqarishni kengaytirish bilan orttiradi. Agar ishlab chiqarish miqdori Q 2 da bo`lsa, shunga o`xshash sabab qo`llaniladi. Bu holda, chekli xarajatlar chekli daromaddan yuqori bo`ladi. Agar firma ishlab chiqarishni 1 punktga kamaytirsa, tejalgan xarajatlar yo`qotilgan daromaddan o`tib ketadi. Shuning uchun, Q 2 dagidek chekli daromad chekli xarajatdan kam bo`lsa, firma foydani ishlab chiqarishni kamaytirish orqali ko`paytiradi. Mahsulotga nisbatan chekli moslashishning qayerda tugashi firmani mahsulotni past darajada yoki yuqori darajada ishlab chiqarishiga bog`liqdir, firma mahsulotni maksimal darajada ishlab chiqarishiga erishguncha u o`z mahsulotlarini moslashtirib turadi. Bu tahlil foydani maksimallashtirish uchun 3 asosiy qoidani o`zi ichiga oladi:
Agar chekli daromad chekli xarajatdan katta bo`lsa, firma mahsulot ishlab chiqarishni oshirishi kerak;
chiqarishni pasaytirishi kerak;
Mahsulotning foydasini maksimallashtirish darajasida chekli xarajat ham, chekli daromad ham tenglashishi kerak. Bu qoidalar firma foydasini maksimallashtirishda oqilona qaror uchun zarurdir. Bular nafaqat raqobatli firmalarga, balki boshqa turdagi firmalarga ham mos keladi. Agar narx oshsa firma chekli daromadi chekli xarajatidan yuqori bo`ladi va u yana mahsulot ishlab chiqarishga kirishadi. Firmalar chekli xarajatining egri chizig`i har qanday narxga firmani mahsulot ta'minlab berishini belgilaydi va chekli mablag`ining egri chizig`i raqobatli firmaning taklif egri chizig`ii hisoblanadi. 11.4. Faoliyatni to`xtatish uchun firmalarning qisqa muddatli qarori Biz firmalarning qancha mahsulot ishlab chiqarishini tahlil qildik. Ba'zi 228
hollarda firma mahsulot ishlab chiqarishni to`xtatib, firmani yopishi mumkin. Bunda firmani vaqtincha yopilishi yoki bozordan butunlay chiqib ketishi o`rtasidagi farqni tushunish lozim. Firma faoliyatni to`xtatish bu qisqa muddatli qaror bo`lib, bozordagi shart- sharoitdan kelib chiqqan holda u biroz muddatga mahsulot ishlab chiqarishni to`xtatib turadi. Firmaning bozordan chiqishi esa uzoq muddatli qaror bo`lib, bunda u bozorni tark etadi. Qisqa muddatli va uzoq muddatli qarorlar bir- biridan farq qiladi, sababi qisqa muddatli davrda ko`p firmalar doimiy xarajatlarni oldini ololmaydi, ammo bu uzoq muddatli davrda qaror qabul qilishda amalga oshadi. Yana, vaqtinchalik faoliyatni to`xtatib turishda firma doimiy xarajatlarni to`lashiga to`g`ri keladi, bozorni tark etayotgan firma esa doimiy xarajatlarni ham, o`zgaruvchan xarajatlarni ham to`lashi shart emas. Misol qilib, fermerlar qabul qiladigan ishlab chiqarish qarorini olaylik, yer uchun xarajatlar fermerning doimiy xarajatlaridir. Agar fermer bir mavsumda dehqonchilik qilishni istamasa, uning yeri bo`sh yotadi va u xarajatini qoplay olmaydi. Bunday holatda bir mavsum uchun vaqtinchalik faoliyatni to`xtatishga to`g`ri keladi. Agar fermer dehqonchilikni butunlay tashlashni xohlasa, yerni sotishiga to`g`ri keladi.
Narxlarning P 1 dan P 2 ga ko’tarilishi firma foydasini Q 1 dan Q
2 ga oshiradi. Chekli xarajatlar egri chizig`i bozorning har qanday narxlarida firmaning taklifi miqdorini ko’rsatganligi sababli, bu firmaning taklif egri chizig’idir. Endi keling fermerni qaysi holatda o`z faoliyatini to`xtatishi mumkinligini
229
ko`rib chiqamiz. Agar fermer o`z faoliyatini to`xtatsa, u mahsulotdan oladigan daromadini yo`qotadi. Shu bilan birgalikda mahsuloti uchun o`zgaruvchan xarajatlarni tejab qoladi, ammo doimiy xarajatlarni to`lashda davom etadi. Shunday qilib, firma o`z faoliyatini uning daromadi ishlab chiqarishning o`zgaruvchan xarajatlaridan past bo`lsagina to`xtatishi mumkin,. Quyidagi matematik tushuntirish faoliyatni to`xtatish tushunchasiga oydinlik kiritadi. Agar TR umumiy daromadni izohlasa, VC esa o`zgaruvchan xarajatlar deb olsak, unda firma qarori quyidagicha yoziladi: TR < VC Agar o`rtacha umumiy daromad o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlardan past bo`lsa, firma o`z faoliyatini to`xtatadi. Buni miqdorga Q ga bo`lish orqali amalga oshiramiz. TR/Q < VC/Q Tengsizlikning chap tarafi umumiy daromad (TR) narxni (P) miqdorga (Q) ko`paytirilishidan kelib chiqadi P x Q, VC/Q esa o`zgaruvchan xarajatlarni miqdorga bo`linishidan o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar (AVC) chiqadi. Va firma o`z faoliyatini to`xtatilishi quyidagicha ifodalanadi: P < AVC
Agar mahsulot narxi o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlardan past bo`lsa, firma o`z faoliyatini to`xtatadi. Agar narx o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlarni qoplamasa, firma o`z faoliyatini to`xtatgani ma'qul. Firma o`z faoliyatini to`xtatishi bilan o`z mablag`larini yo`qotishi mumkin, agar ishlab tursa, undan ham ko`proq mablag` yo`qotishlariga to`g`ri keladi. Kelajakda shart-sharoitlar o`zgarib narx o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlardan ortiq bo`lishiga olib kelsa, firma qayta ochilishi mumkin. Agar firma hech narsa ishlab chiqarmasa mahsulotning narxi uning chekli xarajatiga teng bo`ladi. Agar narx o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlarni qoplamasa, firma o`z faoliyatini to`xtatgani ma'qul. Iqtisodchilar qayta tiklanmaydigan va allaqachon yo`qotilgan mablag`larga yo`qotilgan mablag`lar deyishadi. Sababi yo`qotilgan mablag` ustida hech narsa 230
qilib bo`lmaydi, qaror chiqarishda ham ularni inobatga olib bo`lmaydi.
Qisqa muddatli davrda, raqobatlashgan firmaning taklif egri chizig’i, ya`ni uning chekli xarajatlar ergi chizig’i agar P AVC dan katta bo’lsa,
o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlardan yuqorida bo’ladi. Agar narx o’rtacha o’zgaruvchan xarajatlardan kichik bo`lsa, pastga tushib ketadi. Firmalarning faoliyatini to`xtatish haqidagi qarorini tahlil qilar ekanmiz, yo`qotilgan mablag`lar bunga misol bo`la oladi. Firmalar vaqtinchalik faoliyatini to`xtatishi bilan doimiy xarajatlarni to`lashlari shart. Natijada doimiy xarajatlar qisqa muddatda yo`qolib boradi, firma ishlab chiqarishda ularni rad qilishi mumkin. Firmaning qisqa muddatli taklif egri chizig`i chekli xarajatlarning bir
qismi bo`lib, o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlarga tegishlidir va doimiy mablag`xarajatlarning miqdori taklif qaroriga ta'sir qilmaydi. 11.5. Firmalarning uzoq muddatli davrdagi qarori Firmalarning uzoq muddatli davrdagi qarorida bozordan chiqish faoliyatni to`xtatish bilan barobar. Agar firma bozordan chiqsa mahsulot savdosidan keladigan daromadni yo`qotadi. Ammo u nafaqat o`zgaruvchan xarajatlarni, balki doimiy mablag`xarajatlarni ham tejab qoladi. Shu sababdan firma uning umumiy xarajatlari ishlab chiqarish daromadidan kam bo`lsa, u bozordan chiqishga to`g`ri keladi. Biz bu tushunchani matematik tushuntirish orqali yanada aniqroq qilamiz. Agar TR umumiy daromadni bildirsa, TC esa umumiy xarajatlarni bildiradi.
Qisqa muddatda firma agar P AVCdan katta bo’lsa, MC egri chizi’gida ishlab chiqaradi
… Ammo agar P bo’lsa,
pasayadi. Raqobatlashgan firmaning qisqa muddatli taklif egri chizig’i. 231
Agar TR < TC
bo`lsa, firma bozordan chiqadi Agar o`rtacha daromad o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlardan past bo`lsa, firma bozordan chiqadi. Buni miqdorga Q ga bo`lish orqali amalga oshiramiz. TR/Q < VC/Q bo`lsa firma bozordan chiqadi Tengsizlikning chap tarafi
umumiy daromad
narxni miqdorga ko`paytirilishidan kelib chiqadi P x Q, VC/Q esa o`zgaruvchan xarajatlarni miqdorga bo`linishidan o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar (AVC) chiqadi. Va firmani bozordan chiqishi quyidagicha ifodalanadi: P < AVC
bo`lsa firma bozordan chiqadi Bunday tahlil yangi ish boshlashni istagan tadbirkorlar uchun ham to`g`ri keladi. Firma bozorga kirib kelishi mumkin, qachonki u foyda ko`rishni boshlasa, ya`ni
P > AVC bo`lsa firma bozorga kiradi. Endi raqobatli firmaning uzoq muddatli davrda foydani maksimallashtirish strategiyasini ko`rib chiqamiz. Bozorga kirish va chiqishni tahlil qilar ekanmiz, uning foydasini tahlil qilishimiz foydali. Foyda umumiy xarajatni (TC) umumiy daromaddan (TR) ayirish natijasiga teng: TR - TC = Foyda Bu ta'rifni miqdorga (Q) ko`paytirish va bo`lish orqali amalga oshirishimiz mumkin:
(TR/Q – TC/Q) x Q = Foyda E'tibor berish kerakki, TR/Q bu o`rtacha daromaddir, ya`ni narx P, TC/Q esa o`rtacha umumiy xarajatdir:
232
Foyda = (P - ATC) x Q Bu yo`l bilan ifodalash firmaning foydasini o`lchashda yordam beradi.
5-chizmaning a bo`limi shuni ko`rsatadiki, firma foydaga ishlamoqda. Biz ilgari muhokama qilganimizdek, firma narx chekli xarajatga teng bo`lgandagi miqdorda mahsulot ishlab chiqarish orqaligina foydani maksimallashtirish mumkin. Endi ajratilgan to`rtburchakka qarang, to`rtburchakning balandligi P- ATC, narx bilan o`rtacha umumiy xarajat o`rtasidagi farq. To`rtburchakning kengligi (eni) Q, ishlab chiqaarilgan mahsulot miqdori. Shu sababli to`rtburchak yuzasi (P-ATC)*Q, firma foydasidir. Shunga o`xshash, shu chizmaning b bo`limi (manfiy foyda) firma yo`qotishini ko`rsatadi. Bu holatda, foydani maksimallashtirish yo`qotishni minimallashtirish demakdir, bu yana bir marotaba narx chekli xarajatga teng bo`lgandagi miqdorda mahsulot ishlab chiqarish orqalidir. Endi, bo`yalgan to`rtburchakka etibor bering, to`rtburchakning bo`yi (ATC-P), va eni Q, yuzasi esa (ATC-P)*Q, firmaning yo`qotishidir. Chunki firma bu holatda o`zining umumiy harajatini qoplashga yetadigan daromad olmayapti. Firma bozordan chiqish uchun uzoq muddatli qarorni tanlashi mumkin.
Xarajat Raqobatlashgan firmaning uzoq muddatli taklif egri chizig’i. Miqdor … ammo chiqadi agar
P Uzoq muddatli davrda, firma MC egri chiziqda ishlab chiqaradi. Agar P>ATC
bo’lsa
|
ma'muriyatiga murojaat qiling