I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot
Download 3.43 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini taklif egri chizig’i bilan hisoblash
- Narx ishlab chiqaruvchi ortiqchaligiga qanday ta’sir qiladi
- Bozor muvozanatini baholash
- Muvozanatli bozorda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
- Rasm Muvozanatli miqdorning samarasi
- Donorlik bozorlari bo`lishi kerakmi
Taklif ro’yxati va taklif egri chizig’i
104
Qanday qilib yuqori narx ishlab chiqarish ortiqchaligini oshiradi Sotuvchilar tovarlari uchun yuqori narx olishni xohlashlari hech kimni hayratga solmaydi. Lekin yuqori narx sotuvchilarning farovonligiga qanchalik ta’sir ko`rsatadi? Ishlab chiqarish ortiqchaligi bunga aniq javobni beradi. 6 rasm ko`p sotuvchiga ega bo`lgan bozordagi taklif egri chizig’ini keskin ko`tarilishini ko`rsatadi.
Taklif egri chizig’i oldingi rasmdan farq qilinishiga qaramay, ishlab chiqarish ortiqchaligi bir xil yo`l bilan hisoblanadi. Ishlab chiqarish ortiqchaligi narxdan past va taklif egri chizig’idan yuqori bo`ladi. (a) chizmada narx P 1 va
ishlab chiqarish ortiqchaligi ABC maydonida yotadi. (b) chizmada narx P 1 dan P 2 ga o`sgandagi holat kuzatiladi. Ishlab chiqarish ortiqchaligi bu holda ADFga teng. Ishlab chiqarish ortiqchaligining bu turdagi o`sishining 2 tomoni mavjud. Birinchisi Q 1 da tovarlarni past narxda P 1 da sotayotgan sotuvchilar yashash darajasi yaxshiroq, chunki ular tovarlari uchun ko`proq xaq olishadi. Mavjud sotuvchilarning ishlab chiqarish ortiqchaligidagi o`sish BCED maydoniga teng. (a) rasmda tovar narxi 600$ va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi 100$. (b) rasmda tovar narxi 800$ va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi 500$.
Uylarni bo’yash
narxi Uylarni
bo’yash narxi
Bo’yalgan uylar miqdori Bo’yalgan uylar miqdori Taklif Taklif
Grandmaning ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi 100$ Grandmaning ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi 300$ Georgianing ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi 200$ Umumiy ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi 500$ 105
Ikkinchidan, bozorlarda yuqori narxda tovar sotishni xohlagan ba’zi yangi sotuvchilar kelishi va uning natijasida taklif miqdori Q 1 dan Q
2 ga o`sadi. Bozorga yangi kelayotganlarning ishlab chiqarish ortiqchaligi CEF burchagida yotadi. Tahlildan ko`rinib turganidek biz iste’molchi ortiqchaligidan xaridorlarning farovonligini aniqlagan bo`lsak, ishlab chiqarish ortiqchaligi yordamida sotuvchilarning farovonligini aniqlaymiz. Bu ikki o`lchov usuli bir-biriga o`xshashligi sabab ularni ikkalasini ham ishlatish tabiiydir. Keyingi bobda biz aynan shu masalani ko`rib chiqamiz.
6.3.Bozor samaradorligi Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning ko`pligi bozordagi xaridor va sotivchining ko`payishini o`rganishga asosiy manba bo`ladi. Bu manbalar bizga asosiy iqtisodiy savolga murojaat etishga yordam beradi: resurslarni joylashtirish erkin bozorni xohishiga asosan ta'minlanadimi?
Bozorni baholash samarasida biz o`zimizning tahlillarimizni yangi, tahminiy xususiyatga ega bo`lgan ko`ngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi deb nomlangan atama bilan tanishtiramiz. Ko`ngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi bu taniqli, kuchli, Rasm (a) rasmda P 1 narx, Q 1 taklif hajmi va ABC uchburchak maydoni ishlab chiqaruvchi ortiqchaligiga teng. Narx P 1 dan P 2 ga ko’tarilganda taklif hajmi Q 1 dan Q
2 ga ko’tariladi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi ADF uchburchak maydoniga ko’payadi. Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligidagi o’sish (BCFD maydon) qisman yuz beradi. Chunki mavjud ishlab chiqaruvchilar ko’proq oladi (BCED maydon) va yuqori narxlarda qisman yangi ishlab chiqaruvchilar bozorga kirib keladi (CEF maydon).
Miqdor Miqdor Dastlabki ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi Yangi ishlab chiqaruvchilar uchun ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi Dastlabki ishlab chiqaruvchilar uchun qo’shimcha ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
106
aniq maqsadga ega bo`lgan diktatordir. Rejalashtiruvchi jamiyatdagi barchani iqtisodiy rivojlanishini oshirishni xohlaydi. Buning uchun rejalashtiruvchi nima qilishi kerak? U xaridor va sotuvchini o`zlari kelishib olishlariga qo`yib berishi kerakmi? Yoki u bozor samaradorligini shunday yo`l bilan o`zgartirish orqali iqtisodiy rivojlanishni o`stira oladimi? Bu savollarga javob berish uchun rejalashtiruvchi avvalo jamiyatning iqtisodiy rivojini qanday baholashini bilib olishi darkor. Ulardan biri iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklarining umumiy yigindisidir. Iste'molchi ortiqchaligi xaridorlarning bozordagi ishtirokidan kelib chiqadigan foydadir, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi bu sotuvchinig qo`lga kiritgan foydasidir. Shunday ekan umumiy ortiqchalik jamiyat iqtisodiy rivojlanishining ko`rsatkichi hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanishning bu ko`rsatkichinii yaxshi tushunish uchun iste'molchi va ishlab chiqaruvchi oqtiqchaligini o`lchab ko`rish kerak. Biz iste'molchi ortiqchaligini shunday aniqlaymiz: Iste'molchi ortiqchaligi = xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - xaridorlar tomonidan to`langan narx Shunga o`xshab, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini ham aniqlab olamiz: Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi = sotuvchilarning sotgan narxi - sotuvchilarning xarajatlari Agar biz iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklarini birlashtirsak biz quyidagilarga erishamiz:
Xaridorlar tomondan to`langan narx sotuvchilarning sotgan narxi bilan tenglashadi, shuningdek ushbu iboradagi ikki atama o`chib ketadi va natijada umumiy ortiqchalikni yozishimiz mumkin: 107
Umumiy ortiqchalik = xaridorlar to`lamoqchi bo`lgan narx - sotuvchilarning xarajatlari) Bozordagi umumiy ortiqchalik bu xaridorlar tovarga o`zlarini hoxishlari asosida to`lamoqchi bo`lgan umumiy narxdan sotuvchilar bu tovarni ishlab chiqarish uchun qilgan umumiy xarajatlarni ayirish natijasidir. Agar resurslar taqsimoti umumiy ortiqchalikni maksimallashtirsa, biz bu taqsimot samaradorlikni ko`rsatadi deb aytamiz. Agar taqsimot samarali bo`lmasa, unda sotuvchi va xaridorlar ichida ba’zilari savdodan keladigan imkoniyatli yutuqlardan mahrum bo`lgan hisoblanadi. Misol uchun, agar sotuvchilar ishlab chiqarilgan mahsulotni eng past xarajatlardan ham past narxda sotsalar taqsimot samarasizdir. Bu holatda, yuqori xarajatli ishlab chiqaruvchidan pats xarajatli islab chiqaruvchiga o`zgarish sotuvchining umumiy xarajatlarini pasytiradi va umumiy ortiqchalikni oshiradi. Shunga o`xshab, agar xaridorlar mahsulotni eng yuqori daromadlaridan yuqori qiymatda iste’mol qilsa ham taqsimot samarasiz bo`ladi. Bu holatda tovarlar iste'molida past daromadli xaridordan yuqori daromadli xaridorga o`zgarish umumiy ortiqchalikni o`sishiga sabab bo`ladi. Samaradorlikka qo`shimcha qilib shuni
aytish lozimki, ijtimoiy rejalashtiruvchi tenglik haqida ham, ya’ni bozordagi turli xil xaridor va sotuvchi iqtisodiy rivojlanishda bir xil darajada borishi haqida o`ylashi kerak. Buning asl m’anosi esa bozor ishtirokchilarining bir pirokni teng bo`lib olishiga o`xshaydi.Samaradrlik degan savol esa iloji boricha o`sha pirokning katta bo`lishi anglatadiadi. Tenglik tushunchasi esa o`sha pirok neha bo`lakka bo`lingani hamda ishtirokchilar o`rtasida qanday bolinganinni angladi. Bu bobda biz samarali ijtimoiy rejalashtirish maqsadlari haqida gaplashamiz .Shuni yodda tuting haqiqiy iqtisodiysiyosatchilar har doim tenglik bo`lishi haqida qayg’urishadi. Tenglik-bu jamiyat a’zolari o`rtasida iqtisodiy resurslarning iqtisodiy o`sish uchun teng taqsimlanishidir.
108
Bozor muvozanatini baholash 7-rasm talab va taklifning bozor muvozanat sharoitida iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini ko`rsatadi. Iste’molchi ortiqchaligi muvozanat narxidan yuqorida va talab egri chizig’idan pastda joylashgan shakl maydoniga teng, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi esa muvozanat narxidan pastda va taklif egri chizig’idan yuqorida joylashgan shakl maydoniga teng ekanligini eslang. Shunday qilib, muvozanat nuqtasigacha talab va taklif egri chiziqlari o`rtasida joylashgan shaklning umumiy maydon ushbu bozordagi umumiy ortiqchalikni aks ettiradi. Bu muvozanatda resurslar taqsimoti qanchalik samarali? Bu umumiy ortiqchalik maksimallashadimi? Bu savollarga javob berish uchun, eslang bozor muvozanat vaziyatida bo`lganda bozor narxi bozor faoliyatida ishtirok etayotgan sotuvchilar va xaridorlarni aniqlaydi. Tovarni uni bozor narxidan yuqori baholagan xaridorlar sotib oladilar (talab egri chizig’ida AE kesma bilan ifoda etilgan), tovarni uni narxidan past baholagan xaridorlar (EB kesma bilan ifoda etilgan), uni sotib olishdan voz kechadilar. Xuddi shunga o`xshash, xarajatlari narxdan kichik bo`lgan sotuvchilar (CE kesma bilan ifoda etilgan) tovarni ishlab chiqaradilar va sotadilar; xarajatlari bozor narxidan katta bo`lgan sotuvchilar (ED kesma bilan ifoda etilgan), uni ishlab chiqarish bilan shug’ullanishni istamaydilar.
Muvozanatli bozorda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi Jami ortiqchalik – ishlab chiqaruvchi va iste’molchi ortiqchaligining jami – talab va taklif egri chizig’ining muvozanat maydongacha bo’lgan maydon.
Rasm Narx
Miqdor Taklif
Talab Muvozanat narx Muvozanat miqdor Ishlab
chiqaruvchi ortiqchaligi Iste’molchi ortiqchaligi 109
1.
Erkin bozorlar taklif etilayotgan tovarlarni ularni qolganlarga nisbatan yuqoriroq baholovchi xaridorlar o`rtasida taqsimlaydilar, u ularning to`lashga tayyorligi bilan aniqlanadi. 2.
beruvchilarning tovarlariga talab bildiradilar. Shunday qilib, ishlab chiqarilgan va sotilgan tovarlarning bozor muvozanati sharoitida ijtimoiy rejalashtiruvchi iste’molchilarning istemolini yoki etkazib beruvchilarning ishlab chiqarishlarini taqsimotini o`zgartirib, iqtisodiy farovonlikni oshirish imkoniyatiga ega emas. Biroq, ijtimoiy rejalashtiruvchi taklif etilayotgan tovarning miqdorini ko`paytirish yoki kamaytirish yordamida umumiy farovonlikni oshirish imkoniyatiga egami? Javob – yo`q, bu bozor natijalari haqidagi uchinchi tushunishning shakllanishidir. 3.
Erkin bozorlar iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar umumiy ortiqchaligini maksimallashtiruvchi tovarlar miqdorini ishlab chiqaradilar. 8-chizma yuqoridagi fikr nega to`g’ri ekanligiga isbot keltiradi. Bu chizmani izohlash uchun talab egri chizig’i xaridorlar uchun tovar qimmatini aks ettirishini va taklif egri chizig’i sotuvchilarning xarajatlarini aks ettirishini esga oling. Muvozanatli darajadan pastdagi qandaydir miqdorda, misol uchun Q 1 da,
chekli xaridorning qimmati chekli sotuvchining xarajatlaridan ortiq bo`ladi. Natijada ishlab chiqarish va iste’mol miqdorining o`sishi umumiy ortiqchalikni oshiradi. Bu toki miqdor muvozanat darajasiga yetguniga qadar to`g’ri davom etadi.
Shuningdek, muvozanatli darajadan yuqoridagi qandaydir miqdorda, misol uchun Q
2 da, chekli xaridorning qimmati chekli sotuvchinung xarajatlaridan kam bo`ladi. Shunga ko`ra, miqdor pasayishi umumiy ortiqchalikni oshiradi va bu toki miqdor muvozanat nuqtasidan pasaygunga qadar to`g’ri davom etadi. Umumiy ortiqchalikni maksimallashtirishda ijtimoiy rejalashtiruvchi qayerda taklif va talab egri chiziqlari kesishsa shu miqdorni tanlaydi.
110
Bu 3 ta tushunishlar birgalikda bizga bozor natijasi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaliklari yig’indisi qanday katta bo`lishi mumkinligidan iborat bo`lishini ko`rsatadi. Boshqa so`zlar bilan aytganda, muvozanatli natija bu resurslarni samarali taqsimlanishidir. Ko`ngilchan ijtimoiy rejalashtiruvchi, demak, bozor natijasi adolatli bo`lishiga imkon berishi mumkin. Bu siyosat adabiy jihatdan tarjima qilinganda “ularga qilishga ijozat” degan ma’noni anglatib, Frantsuzcha ”aralashmaslik” iborasiga to`g’ri keladi. Jamiyat bu rejalashtiruvchi aralashuviga muhtoj emasligidan baxtlidir. . Garchi bu foydali bo`lsada hamma narsani yaxshi biladigan kuchli nazariyaga ega diktator shunday qiilsa, o`sha shaxs uni yo`qotishi shart emasligini tasavvur qiling. Bunday xususuyat bilan kirishish qiyin. Diktatorlar kamdan-kam ko`ngilchanlik qiladilar va hattoki biz kimnidir o`ta samimiy deb hisoblasak, ular yaxshi munosabatda bo`lmaydilar. Tasavvur qiling, bizning ijtimoiy rejalashtiruvchi bozor tazyiqlariga bo`ysunmay o`zicha resurslarni samarali taqsimlashga harakat qildi. Bunday qilish uchun u bozordagi har bir imkoniyatli iste’molchining qimmatini va har bir ishlab chiqaruvchining xarajatini bilishi kerak. Bundan tashqari u nafaqat shu bozordagi, balki iqtisodiytdagi boshqa minglab bozorlardagilarini ham bilishi lozim. Bu ish esa birmuncha qiyindir, chunki qandaydir sababga ko`ra markaziy rejalashtirilgan Rasm Muvozanatli miqdorning samarasi Q 1 dagi muvozanat hajmidan kam miqdorlarda xaridorlarning qiymati sotuvchilarning xarajatidan oshib ketadi. Q 2 dagi muvozanat hajmidan yuqori miqdorlarda sotuvchilarning xarajatlari xaridorlarning qiymatidan oshib ketadi. Shuning uchun bozor muvozanati ishlab chiqaruvchi va iste’molchi ortiqchaliguning jamisini maksimallashtiradi.
Miqdor Talab Taklif
Muvozanat miqdor
Xaridorlar qiymati
Sotucvhilar xarajati Sotucvhilar xarajati Xaridorlar qiymati
Xaridorlar qiymati sotuvchilar xarajatidan katta Xaridorlar qiymati sotuvchilar xarajatidan kichkina
111
iqtisodiyotlar hech qachon juda yaxshi ishlamaydilar.
Reja qiluvchining ishi oson, biroq u o`ziga hamkor topishi kerak. Adam Smit bozorning ko`rinmas qo`li desak adashmaymiz. Bu qo`l barcha ma’lumotlarini shu jumladan xaridor va sotuvchilar qiymatini oladi va har bir kishiga bozordagi iqtisodiy samaradorlik haqida yo`l-yo`riq ko`rsatadi. Bu takrorlanmas darajadagi mahorat. Bu qandaydir sababga ko`ra iqtisodchilar ko`pincha erkin bozorlar iqtisodiy faollikni tashkil etichning eng yaxsi yo`li ekanligining tarafdori hisoblanadilar. Donorlik bozorlari bo`lishi kerakmi? 2001 yil aprelda "Boston Globe" ning bosh sahifasida "Onaning muhabbati qanday qilib ikki xayotni saqlab qoldi" deb nomlangan sahifa chiqdi. Gazetada o`gliga buyrak transplantasiyasi kerak bo`lgan Susan Stefen haqida gap bordi. Doktor onanig buyragi to`g'ri kelmasligini bilib, u shu xulosaga keldi: Agar Stephen o`zining bir buyragini begonaga bersa uning o`g'li ro`yhatning old qatoriga yoziladi dedi. Ona qarorni qabul qildi va ikki bemor transplantasiya qilindi. Doktorning ushbu hulosasi va noiloj onaning qarorini muhokama qilib bo`lmaydi. Lekin hikoya bir savolni tug'ilishiga sabab bo`ladi. Agar ona buyrak uchun o`z buyragini sotsa, kasalxona unga qimmat saraton kasalligi davosi uchun o`z buyragini sotishga ruhsat berarmikin? U o`z o`g'lini tibbiot maktabida bepul o`qitishga ham o`z buragini sotarmikin? Davlat siyosati sababli bizning jamiat insonlarni o`z a'zolarini sotishga sabab bo`lmoqda. Tana a'zolar bozorida bizning jamiat o`z a'zolarini noqonuniy sotishga yo`l qo`yib bermoqda. Stephenning tutgan yo`lini taqiqlab bo`lmaydi .
Ushbu bob farovon iqtisodiyotning asosiy omili bo;lgan iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini va ularni erkin bozor samaradorligini baholashda qo`llanilishi bilan tanishtirdi. Biz bu talab va taklif kuchlari resurslarni samarali taqsimlashini ko`rsatib o`tdik. Bu bozorda har bir xaridor va sotuvchi o`zini farovonligi haqida o`y bilan band bo`ladi, ular xaridorlar va sotuvchilarning 112
umumiy foydasini maksimallashtiruvchi muvozanat ko`rinmas qo`l bilan birgalikda olib boriladi. Xulosa qilib shuni aytish lozimki, bozor samaralidir. Biz bozorni qanday ishlashi hususida turli hil choralar ko`ramiz. Bu choralar ish bermagan vaqtda, bizning bozor muvozanati samarali degan xulosamiz ozgina to`g'ri bo`lmaydi. Ushbu bo`bni yakunlashdan avval ikkita muhim tahminni ko`rib chiqsak. Birinchidan, bizning tahlillarimiz shuni ko`rsatdiki, bozor haqiqatda raqobatbardosh. Dunyoda shunday bo`lsa ham raqobat to`kislikdan yiroq. Ba'zi bozorlarda yagona xaridor va sotuvchi bozor narxini nazorat qila oladi. Bu narxga ta'sir qiluvchi qobiliyat bozor kuchi deb ataladi. Bozor kuchi bozorni samarasiz bo`lishiga sabab bo`lishi mumkin, chunki u narx va miqdorni talab va taklif tengligidan farq qildiradi. Ikkinchidan, bizning tahlillarimiz bozor masalalari faqatgina bozordagi xaridor va sotuvchi o`rtasidagi munosabat ekanligini isbotladi. Lekin dunyoda sotuvchi va xaridor orasidagi qaror bozorda ishtirok etmayotgan insonlarga ta'sir qilishi mumkin. Ifloslanish an'anaviy misol bo`la oladi. Qishloq xo`jalik mahsulotlarini ishlatish faqatgina manifaktura egalariga va fermerlarga emas, balki tabiiy resurslardan foydalanayotganlarga ham tegishli. Bunday ta'sirlar tashqi omillar deb ataladi. Chunki bozorgagi rivoj xaridor tomonidan qo`yilgan qiymat va sotuvchi tomonidan qilingan xarajatga bog'liq. Chunki, xaridor va sotuvchi qancha miqdorda mahsulotni ishlab ciqarish va uni iste'moli haqida munozara olib borganda, ushbu betaraflikni inobatga olmaydi, bozordagi muvozanat jamiatni nuqtai nazarida samarasiz bo`lishi mumkin. Umumiy hodisaga misol bo`luvchi bozordagi ichki va tashqi kuchlar bozor muvaffaqiyatsizligi deb ataladi, ya’ni resurslarni samarali joylashtirishdagi boshqarib bo`lmaydigan bozorning kamchiliklaridir. Agarda
bozor muvaffaqiyatsizlikka uchrasa davlat siyosati ushbu muammoni yechimini topadi va iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Mikroiqtisodchilar qachon bozor
muvaffaqiyatsizlikkia uchrashi va uni to`g'irlash uchun qanday siyosatni olib borish kerakligini o`rganadilar. 113
Bozor muvaffaqiyatsizlik ehtimolidan tashqari, bozordagi ko`zga ko`rinmas kuchlar ham muhimdir. Ko`pgina bozorda ushbu bobda biz tilga olgan tahminlar yaxshi ish berdi va bozor samaradorligi ustida olib borilgan xulosalar to`g'ri olib borildi. Shunday ekan, biz iqtisodiyotni rivojlantirish ustida olib borgan tahlillarimizni ishlata olamiz. Keyingi ikkita bobda ko`rib chiqilgan ikkita muhim siyosiy masalaga -soliq rivojlantirish sabablari va halqaro savdoga murojat etamiz. Qisqacha xulosalar
Iste'molchi ortiqchaligi ` mahsulot uchun to`lashga tayyor bo`lgan qiymatdan ular haqiqatda to`lagan miqdorni ayirsak va u xaridorni bozordagi ishtirokidan oladigan foydasi bilan tenglashadi. Iste'molchi ortiqchaligi talab egri chizig'idan pastda va narxdan yuqoridagi sohada joylashishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi sotuvchilar mahsulotlarini sotishdan olgan miqdorlaridan ularni ishlab chiqarish xarajatlarini ayirsak va u sotuvchilarning bozordagi ishtirokidan tushgan foydasi bilan tengdir.
Resurslarni taqsimlash iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilar ortiqchaligini maksimallastirganda samarali deb aytiladi. Siyosatchilar ko`pincha samaradorlik bilan bo`g’liq bo`ladilar, chunki iqtisodiy natijalar tengligi yaxshi.
Talab va taklifning muvozanati iste'molchilar va ishlab chiqaruvchilar ortiqchaligi yig'indisini maksimallashtiradi. Ya’ni bozordagi ko`zga ko`rinmas qo`l sotuvchi va xaridorlarni resurslarni samarali taqsimlashiga asos bo`ladi.
Bozorlar undagi bozor kuchlari va tashqi ta’sirlar tufayli bozor muvaffaqiyatsizliklar mavjudligi sababli resurslarni samarali taqsimlay olmaydi. Download 3.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling