I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot
Download 3.43 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasm (a) A Firma foyda bilan (b) A Firma zarar bilan Miqdor Miqdor
- Rasm Miqdor (bozor) Miqdor (firma) Narx Narx
- Qisqa muddatli davrda bozor taklifi
- Rasm Miqdor (bozor) Miqdor (firma) Narx
- Rasm Qisqa muddatli oraliqda bozor taklifi Miqdor (firma) Miqdor (bozor)
- Bozor Firma Bozor Firma
- Qisqacha xulosalar
- Tayanch so`z va iboralar
- XII BOB. MONOPOL BOZORLARDA FIRMANING QAROR QABUL QILISHI 15 12.1. Monopol bozor xususiyatlari va ko`rinishlari
- : 241 Sof monopoliya
- 12.2. Monopol bozorlarda ishlab chiqarish va narxlar o`rnatishdagi qarorlar
Endi bozordagi taklif egri chizig`ini muhokama qilamiz. Bu borada 2 ta vazifa oldimizda turibdi. Birinchisi, bozorni firmalarning doimiy sonlari bilan ko`rib chiqish, ikkinchisi esa eski firmalar chiqib ketib, yangi firmalar kirgan holatni ko`rsatuvchi bozorni o`rganish. Bunda ikkalasi ham muhim, ularning ikkisi ham maxsus vaqt oralig`da hizmat qiladi. Qisqa vaqt ichida firmalarning kirib chiqishi qiyin, shu sababdan firmalarning doimiy soni taxmini muqobildir. Ammo, uzoq muddat davomida, ko`p firmalar bozor holatini o`zgartirishda qatnashishi mumkin. Bozorni 1,000 ta bir biriga o`xshash firmalarni bilan ko`rib chiqaylik. Har qanday berilan narx uchun har bir firma tovar bilan taminlaydi, shu sababli, chekli xarajat narxga teng. 6- chizmaning a bo`limida ko`rsatilganidek, bu, narx o`rtacha o`zgaruvchan harajatdan yuqorida, har bir firmaning chekli harajat egri chizig`i uning taklif egri chizig`idir. Bozorni ta`minlagan tovar miqdori 1000 ta alohida firmalarning har biri orqali ta`minlangan tovar miqdorining yig`indisiga teng. Shu sababli, bozor taklifi egri chizig`ini hosil qilish uchun, biz bozorda har bir firma orqali ta`minlangan miqdorni qo`shamiz. 6-chizma b bo`limida ko`rsatilganidek, firmalar o`xshash bo`lgani sababli, bozorni ta`minlagan miqdor har bir firma ta`minlagan miqdordan 1000 martta ko`p. Rasm (a) A Firma foyda bilan (b) A Firma zarar bilan Miqdor Miqdor Narx Narx 234
Bozorga kirish va chiqish haqidagi qarorlar chiqayotgan firma egalari va yangi ish boshlayotgan tadbirkorlarning rag`batiga bog`liqdir. Agar firmalar bozorda allaqachon foyda keltiruvchiga aylangan bo`lsa, bu yangi ochilayotgan firmalarga bozorga kirishiga rag`bat bo`ladi. Bu kirish firmalar sonini kengaytiradi va mahsulot ta'minoti miqdorini o`stiradi, foyda va narxlarni tushiradi. Agar firmalar bozorda yo`qotishlarga ega bo`lishni boshlasa, chiqish istagidagi firmalarni bozordan chiqib ketishiga sabab bo`ladi. Bu chiqish firmalar sonini kamaytirib, mahsulot sonini oshiradi, narx va foyda ham oshadi. Kirish chiqish jarayoning so`ngida bozorda qolgan firmalar nullik iqtisodiy foyda qiladilar. Firmaning foydasi quyidagicha yoziladi: Foyda = (P-ATC) x Q
Bu tenglama shuni ko`rsatadiki, mahsulot ishlab chiqarishning o`rtacha umumiy xarajati mahsulot narxiga teng bo`lsa, firma nullik foydaga ega bo`ladi. Agar narx o`rtacha umumiy xarajatdan baland bo`lsa, foyda ijobiy bo`lib, bu yangi firmalarni bozorga kirib kelishlariga sabab bo`ladi. Agar narx o`rtacha umumiy xarajatdan past bo`lsa, foyda salbiy bo`lib, bu ishlayotgan firmalarni bozordan chiqib ketishlariga sabab bo`ladi. Bozorga kirish chiqish jarayoni o`rtacha umumiy
Bu tahlilni ikkilantiruvchi tomoni ham bor ekan. Biz avvalgi boblarda aytganimizdek, raqobatli bozor chekli xarajatlarni narxga tenglashishi bilan
235
foydani maksimallashtirishi mumkin edi. Hozirgina esa bozorga erkin kirib chiqish o`rtacha umumiy xarajatni narxga tenglashishiga olib kelishini ta'kidladik. Ammo agar narx ham chekli xarajatga ham o`rtacha umumiy xarajatga teng bo`lsa, bu xarajatlarning ikki o`lchovi bir biriga mosdir. Faqatgina firmalar ATC ning minimumida boshqarilgandagina MC va ATC teng bo`ladi. 7-rasmning (a) qismida firmaning shunday uzoq muddatli muvozanati ko`rsatilgan. Bu
rasmda P narx MC ga
teng va firma
foydani maksimallashtirmoqda. Narx ATC ga ham teng, va foyda nolga teng. Yangi firmaning bozorga kirishiga ehtiyoj yo`q, va mavjud firmalar bozordan chiqib ketishiga ham hojat yo`q. Firmalar holatining tahlilidan bozor uchun uzoq muddatli taklif egri chizig`ini aniqlashimiz mumkin. Erkin kirish chiqishli bozorda nol foydali bitta narx bo`lishi mumkin, bu ham bo`lsa o`rtacha yalpi xarajatning eng kam qiymati. Natijada 7- rasmning (b) qismida mutlaq elastik taklif egri chizig`ida tasvirlangani kabi uzoq muddatli taklif egri chizig`i bu narxda gorizontal bo`ladi. Bu darajadan yuqoridagi har qanday narx foydani ko`paytiradi va umumiy taklif miqdorini oshirishga boshlaydi. Bu darajadan past bo`lgan har qanday narx foydani kamaytiradi va umumiy taklif miqdorini kamaytiradi va chiqishga undaydi. Natijada bozordagi firmalar soni narxni minimum ATC ga tenglashtiradi va bu yerda va shu narxda barcha talabni qondirishga yetarlicha firma mavjud.
Uzoq muddatli muddatli taklif egri chizig`ining yuqorililashiga ikkita sabab bo`lishi mumkin. Birinchisi, foydalanilayotgan mahsulotlarni zahirasi cheklangan miqdorda bo`lishi va ikkinchi sabab firmalarning xarajatlarini turlichaligidadir. Rasm Miqdor (bozor) Miqdor (firma) Narx Narx (a) firmaning nol daromadli xolati
Taklif
236
Masalan, bo`yoqchilarni olaylik, har qanday bo`yoqchi bozorga kirishi mumkin, ammo ularning xarajatlari bir xil bo`lmaydi. Xarajatlar qisman farq qiladi, sababi kimdir tez ishlaydi kimdir esa sekin, yana kimdir vaqtdan to`g`ri foydalanishni biladi. Har qanday berilgan narxga past xarajatlar yuqori xarajatlarga qaraganda kirib keladi. Bo`yoqchilik xizmatining miqdorini oshirish uchun boshqalarni ham bozorga kirishida qiziqtirish kerak. Chunki, yangi kiruvchilarda yuqori xarajatlar bo`ladi, narxni esa ularga ham foyda bo`lishi uchun oshirish kerak bo`ladi. Shu sababdan bo`yoqchilik xizmati uchun uzoq muddatli bozor taklif egri chizig`i oshadi, xattoki bozorga kirish erkin bo`lsa ham. Rasm Qisqa muddatli oraliqda bozor taklifi Miqdor (firma) Miqdor (bozor) Narx Bozor uzoq muddatli muvozanatda boshklanadi Narx Nol foyda ko’rayotgan firma bilan Bozor Firma Uzoq
muddatli taklif
Miqdor (firma) Miqdor (bozor) Narx Narx Uzoq
muddatli taklif
3. Ammo, keyin talabning oshishi narxlarni oshiradi 4. Qisqa muddatli foydani ta’minlaydi Bozor Firma Bozor Firma 5. Taklifni kuchayishi va narxni tushushi natijasida daromad kamayadi. 6. Uzoq muddatli muvozanatni ta’minlaydi Uzoq
muddatli taklif
Miqdor (firma) Miqdor (bozor) Narx Narx 237
E'tibor berish kerakki, firmalarning xarajatlari turlicha, ba'zi firmalar uzoq muddatda ham foyda ko`rishadi. Bu holatda, bozordagi narx chegarali firmaning o`rtacha umumiy xarjatlarida aks etadi. Narx pasaysa firma bozordan chiqib ketishi mumkin. Bu firma nol foyda topishi mumkin, ammo kam xarajatli firmalar ijobiy foyda ko`rishi mumkin. Bozorga kirishda kiruvchilarning xarajatlari mavjud firmalarning xarajatlaridan katta bo`lishi mumkin. Xarajati yuqori firmalar narxlar yuqori va foydali bo`lsagina bozorga kirishadi. Shuning uchun bu ikki sababga ko`ra, yuqori narxlar katta miqdordagi taklif kerak bo`ladi, va bunda uzoq muddatli taklif egri chizig`i gorizontaldan ko`ra yuqoriga yo`naladi. Shularga qaramasdan, bozorga kirish va chiqish haqidagi bilim o`sha o`rganilganidek qoladi. Sababi bozorga kirish va chiqish qisqa muddatliga qaraganda, uzoq muddatlida oson kechadi, uzoq muddatli taklif egri chizig`i qisqa muddatli taklif egri chizig`iga ko`ra egiluvchandir.
Raqobatli firma bozor narxini qabul qiluvchi bo`lganligi sababli, uning daromadi ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga proporsional tengdir. Tovarning narxi firmaning chekli foydasi va o`rtacha foydasiga ham teng bo`ladi.
Foydani maksimallashtirish uchun, mahsulot miqdorini tanlashi kerak, unga ko`ra chekli daromad chekli xarajatga tengdir. Raqobatlashgan firmaning chekli foydasi bozor narxiga teng bo`lgani uchun firma miqdorni tanlaydi va bu chekli harajatga teng bo`ladi. Shu sababdan firmaning chekli xarajat egri chizig`i uning taklif egri chizig`idir.
Qisqa muddatli holatda agar maxsulot narxi o`rtacha o`zgaruvchan xarajatlardan past bo`lsa, firma o`zining doimiy xarajatlarini qoplay olmaydi, firma vaqtinchalik berkilib turadi. Uzoq muddatli holatda agar narx o`rtacha umumiy xarajatdan kam bo`lsa, firma ham doimiy ham o`zgaruvchan xarajatni qoplay oladi, ular bozordan chiqishni tanlashadi.
Uzoq muddatli muvozanatda barcha firmalar samarali miqdorda mahsulot ishlab 238
chiqaradi, narx esa o`rtacha umumiy xarajatning eng kam qiymatiga teng bo`ladi, firmalar soni esa narxda talab etilgan miqdordan qoniqishni moslashtiradi.
Turli vaqt oraliqlari orqali talabdagi o`zgarishning turli ta'siri bor. Qisqa muddatli holatda, talabga bo`lgan o`sish narxlarni ham oshiradi, foydaga olib
boradi. Talabning tushishi narxlarni tushishiga olib kelib, yo`qotishga sabab bo`ladi. Ammo firmalar bozorga erkin kirib chiqishsa, uzoq muddatli holatda firmalar soni nol foydali muvozanatga
sabab bo`ladi. Tayanch so`z va iboralar:
raqobat bozori, o`rtacha daromad, chekli daromad, xarajatlarning pasayishi, tarmoq taklifi Nazorat savollari: Raqobat bozori nima degani? 2. Firma daromadi va foydasi o`rtasidagi farqni tushuntiring. Qaysi firmalarning foydasi maksimallashadi? 3.
Oddiy bir firma uchun firmalar daromadi va xarajatlari egri chizig`ini chizing. Berilgan narxga firmalar foydasini maksimallashtirish uchun mahsulot darajasini qanday qilib tanlashini tushuntiring. 4.Qanday holatlarda firma vaqtinchalik yopilishi mumkin? Izohlab bering. 5.
Qanday holatlarda firma bozordan chiqib ketishi mumkin? Tushintiring. 6. Firmaning narxi chekli xarajatga tengligi qisqa muddatli holatdami yoki uzoq muddatli holatdami? 7.
Firmaning narxi o`rtacha umumiy xarajatga tengligi qisqa muddatli holatdami yoki uzoq muddatli holatdami? 8. Bozor taklifi egri chizig`i qanday holatlarda egiluvchan bo`ladi? 239
XII BOB. MONOPOL BOZORLARDA FIRMANING QAROR QABUL QILISHI 15 12.1. Monopol bozor xususiyatlari va ko`rinishlari
Firma yagona mahsulot sotuvchisi bo`lsa, u monopol hisoblanadi va uning mahsulotini o`rnini bosuvchi boshqa firmalar bo`lmaydi. Monopol firmaga deyarli to`siqlar qo`yilmaydi. Sababi, boshqa firmalar bozorda monopol firma bilan raqobat qila olmaydi, chunki monopol firmaning bozorida faqat sotuvchining o`zi qoladi. Buning o`z navbatida, uch asosiy manbalari bor: Monopol resurslari: ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan asosiy resurs bitta firmaga tegishli bo`ladi. Monopol firmani vujudga keltirishning oddiy usuli, asosiy resurs egasi bo`lmish biror firma mahsulotini narxini oshirishidir. Misol uchun, muayyan kichik shaharchada suv yetkazib beruvchi bozorni ko`rib chiqsak. Suv yetkazib beruvchilar orasidagi raqobat natijasida, bir litr suvning narxi, ishlab chiqarish jarayonida chekli xarajat yuqori bo`lishiga qaramay, sotuvchilar mahsulotni arzonroq sotishga harakat qilishadi. Shaharchada monopolist uchun faqat bitta yaxshi tomoni, boshqa bir joydan suv olish mumkin emas, Buning oqibatida quduq egasi suv sotish ustidan monopol bo`lib qoladi. Ajablanarlisi ham shundaki monopolist raqobat bozorida birlamchi ehtiyoj tovari hisoblangan suv uchun past chekli qiymatni belgilasa ham, juda yuqori foydaga erishishi mumkin. Asosiysi mutlaq egalik amaliyoti monopoliya salohiyatiga sabab bo`lsa-da, kamdan-kam hollarda monopoliya yuzaga keladi. Iqtisodiy jihatdan quvvatli va aylanma mablag`i ko`p firmalar tomonidan chiqariladigan mahsulot brend hisoblanib, xalqaro bozorda o`z qiymatiga ega, odatda ularning ko`lami ko`pincha butun dunyo bo`ylab tarqalishiga qarab belgilanadi. Hukumat tomonidan tartibga solish: hukumat bitta firmaga ba'zi bir xizmat ko`rsatish yoki ishlab chiqarishning mutlaq huquqini beradi. Hukumat biror kishi yoki ba'zi firmalarga xizmat ko`rsatish hamda sotish uchun eksklyuziv huquqni berish orqali monopoliyalarni vujudga kelishiga zamin yaratadi. Ba'zan monopol
15
Ushbu bob G. Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N. Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics”7 e.) kitobining XV bobiga muvofiq holda tayyorlangan.
240
kengayish monopolistlarning siyosiy ta'sirdan kelib chiqqan holda ko`payadi. Masalan, Qirollik oilasi do`stlari va ittifoqchilari uchun maxsus litsenziya beradi. Shunday qilib, boshqa paytlarda davlat manfaati bo`lganligi sababli hukumatga monopol bo`lish uchun sharoit yaratiladi. Patent va mualliflik huquqlari to`g`risidagi qonunlar bunga muhim misol. Qachonki farmatsevtika kompaniyalari yangi dori kashf etishsa, patent uchun hukumatga murojaat qilishadi. Hukumat albatta haqiqatda sifatga ega bo`lgan dori ishlab chiqaruvchi kompaniyani va 20 yillik dori sotish huquqini beradigan patentni tasdiqlaydi. Bu qonunlar bir ishlab chiqaruvchiga monopol bo`lish imkoniyatini yaratish bilan birga, raqobat ostida sodir bo`ladigan yuqori narxlarga olib keladi. Lekin bu monopol ishlab chiqaruvchilar yuqori narxlar o`rnatishi va ko`p daromad olish imkonini beruvchi bir necha xatti harakatlarni rag`batlantirishdan iborat bo`ladi. Dori kompaniyalari faoliyati yuzasidan ularning tadqiqotlarini rag`batlantirish orqali monopolist bo`ladilar. Ishlab chiqaruvchilar sifatli ishlashlari natijasida savdosi ortgani tufayli ularga monopolist bo`lishga ruxsat beriladi. Tadbirkorlik sub’yektlarini qo`llab-quvvatlanishi transport terminallari xizmatlarini tartibga solish ro`yxatidan chiqarilishi uchun asos bo`ldi. Transport terminallari xizmatlari bozoridagi kontsentratsiyalashuvni pasayishi, litsenziya olgan holda amalga oshiriladigan faoliyat turlari uchun ruxsatnomalar olish tartiblarini soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish borasida davlat tomonidan olib borilayotgan samarali siyosat natijasi sifatida namoyon bo`ldi. Shunday qilib, patent va mualliflik huquqini oluvchi kompaniyalarda ham foyda va xarajatlar mavjud. Patent va mualliflik huquqi qonunlarida foydani va ijodiy faoliyatini oshirish uchun imtiyozlar beriladi.
mahsulot hajmini faqat bitta kichikroq korxona pastroq narxda ishlab chiqarish imkoniyati. Shu keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, quyidagi ko`rinishlarini tavsiflashimiz mumkin:
241
Sof monopoliya - bu bitta sotuvchi va ko`p xaridorlar qatnashgan bozor, yoki o`rnini bosadigan tovar bo`lmagan tovarni sotadigan yagona sotuvchi bo`lgan bozor vaziyati, yoki tarmoqda yagona hukmron firma bo`lib, firmaning ishlab chiqarish va sotish chegarasi tarmoq chegarasiga teng bo`lgan bozor. Sof monopoliya va raqobatlashgan bozor bir-biriga teskari bozorlar hisoblanadi.
bozorda monopolist- sotuvchi bilan monopolist xaridor uchrashsa, bunday holda ikki tomonlama monopoliya bo`ladi.
bo`lgan
talabni raqobatsiz sharoitlarini yaratish jarayonida texnologik xususiyatlarga ko`ra mumkin bo`lmaydigan yoki iqtisodiy jihatdan maqbul bo`lmaydigan holat. Iqtisodiy faoliyatning texnikaviy va texnologik xususiyatlarini taqozo qilib, ular raqobatni qo`llash mumkin bo`lmagan yoki qiyin bo`lgan sohalarni o`z ichiga oladi. Bularga yorqin misol qilib, suv, energiya, gaz ta'minoti korxonalari, temir yo`l transporti majmuasi korxonalarini keltirishimiz mumkin.Tabiiy monopoliyalar faoliyati ularning mamlakat iqtisodiyotida egallagan ahamiyatini hisobga olgan holda davlat tomonidan tartibga solinadi. Tabiiy monopoliya tarkibi turli mamlakatlarda turlicha. Keyingi yillarda ko`pchilik mamlakatlarda tabiiy monopoliyalar doirasini kamayib borishi kuzatilmoqda. 16
12.2. Monopol bozorlarda ishlab chiqarish va narxlar o`rnatishdagi qarorlar Raqobatli firma va monopol firma o`rtasidagi asosiy farq ular mahsulotining narxini tushirish yoki oshirish monopolistning ixtiyorida bo`lib qoladi. Raqobatli firma faoliyatida mahsulotining ishlab chiqarish narxini belgilashda bozor unsuri kichik nisbiy ahamiyatga ega bo`ladi. Bozor sharoitida talabdan kelib chiqib ham narx belgilanadi va bu asosan chekli xarajatga juda kam miqdordagi daromadni qo`shish orqali o`rnatiladigan narx hisoblanadi. Monopolist esa bozorda yagona ishlab chiqaruvchi hisoblanadi, chunki, u bozorga yetkazib berayotgan mahsulot miqdori bilan ham narxni o`zgartirishi mumkin. Narx darajasi tovarlar sotilganda
16
B. Salimov va boshqalar. Mikroiqtisodiyot. O`quv-uslubiy majmua. TDIU
242
firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini to`la qoplab, kompaniyaga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoidaga amal qilinmasa, firma zarar ko`radi yoki kompaniya hech qanday daromad olmay o`z ishini to`xtatadi. Xarajatlarni qoplash zarurati narxning eng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past bo`lishi iqtisodiyot uchun maqbul emas. 2-rasmda raqobatli firma gorizontal talab egri chizig`i (a)da aks ettirilgan. Raqobatli firma ko`p miqdorda mahsulotni sotadi, chunki mahsulot sifatini o`zgartirsa (uning bozorida boshqa barcha firmalarning mahsulotlari), har qanday firmalarning yuzlab talab egri chizig`ida elastik bo`ladi. Monopol bozorda yagona ishlab chiqaruvchi mavjuddir, uning talab egri chizig`ida bozor talabi qiyaroq bo`ladi. Shunday qilib, monopolist talabi egri chizig`i 2 (b) rasmda tasvirlangan. Monopolist mahsulot narxini oshiradigan bo`lsa, iste'molchilar undan kam mahsulot sotib ola boshlaydi, bu odatiy sabablarga ko`ra pastga qarab egilib boradi. Monopolist bir turdagi mahsulot ishlab hiqaradi va uning ishlab chiqarish hajmi ortadi, narxi esa tusha boshlaydi, agar mahsulotining miqdorini kamaytiradigan bo`lsa, foyda ham kamayadi va boshqa yo`llar qaraladi.
Bozordagi talab egri chizig`i monopolist uchun uning bozordagi mavqei va foyda olish imkoniyatini cheklashi mumkin. Narx o`rtacha harajatlardan yuqori
Download 3.43 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling