I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


Keys stadi. nega benzin bunchalik og`ir soliqqa tortiladi?


Download 3.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/43
Sana26.01.2018
Hajmi3.43 Mb.
#25333
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43

Keys stadi. nega benzin bunchalik og`ir soliqqa tortiladi? 

Ko`p mamlakatlarda, benzin eng og`ir soliqqa tortiladigan tovarlardan biridir. 

Gaz solig`i avtomobil bilan bog`liq uch salbiy tashqi ta’sirga qaratilgan tuzatuvchi 

soliq sifatida ko`rilishi mumkin: 

 

Tirbandlik:  siz  hech  bir  yuzma-yuz  tirbandlikda  bo`lgan  bo`lsangiz,  siz 



ehtimol yo`lda kam mashina bo`lishini istagansiz. Benzin solig`i odamlarni jamoat 

transportidan  foydalanish  va  ishga  yaqin  joyda  yashashga  undab  tirbandlikni 

kamaytiradi. 

 



Baxtsiz  hodisalar:  odamlar  katta  avtomobil  yoki  sport-kommunal  xizmat 

transport vositalarini sotib olganda, o`zlarini xavfsizroq qilishi mumkin, lekin ular 

qo`shnilarini xavf ostiga qo`yadi. Milliy Avtomobil Yo`l Xavfsizligi Boshqarmasi 

(National  Highway  Traffic  Safety  Administration)  ma’lumotiga  ko`ra,  boshqa 

mashinaga  urilgandan  ko`ra,  sport-kommunal  xizmat  avtomobiliga  urilganda, 

odatda, oddiy mashina haydovchilari vafot etishi ehtimoli besh marta ko`p bo`ladi. 

Gaz  solig`i  odamlarni  katta,  gaz-yoqilg`isidan  foydalanqan  transport  vositalari 

boshqalarga xavf solganda to`lashga majbur qilishning bilvosita yo`lidir, bu esa o`z 

navbatida  ularni  qanday  avtomobil  sotib  olishni  tanlashda  ushbu  xavfni  ham 

hisobga olishga undaydi. 

 

Ifloslanish:  benzinga  o`xshash  yoqilg`ilarni  yoqish  global  isishi  sababi  deb 



ko`pchilik  ishonadi.  Mutaxassislar  bu  tahdid  unchalik  xavfli  emasligini 

ta’kidlashsa-da,  lekin  gaz  solig`i  benzindan  foydalanishni  kamaytirib  xavfni 

shubhasiz kamaytiradi. 

Shunday  qilib,  gaz  solig`i  ko`pchilik  soliqlar  kabi  ijtimoiy  zarar  o`rniga, 

yaxshi  iqtisodiyotni  tashkil  qiladi.  Bu  kam  tirbandlik,  xavfsiz  yo`llar  va  toza 

muhitni anglatadi. 

Benzinga  soliq  qanchalik  yuqori  bo`lishi  kerak?  Ko`pchilik  Yevropa 


 

389 


davlatlari, Qo`shma Shtatlarga qaraganda benzinga ancha yuqori soliqlarni kiritadi. 

Ko`pchilik kuzatuvchilar Amerika Qo`shma Shtatlari ham og`irroq benzin solig`ini 

joriy  qilishni  taklif  qilgan.  Iqtisodiy  adabiyot  jurnalida  chop  etilgan,  2007-yilgi 

izlanish  avtomobil  bilan  bog`liq  turli  tashqi  ta’sir  miqdori  bo`yicha  tadqiqotlarni 

xulosa qiladi. Xulosaga ko`ra, benzinga maqbul tuzatuvchi soliq bir  gallonga 2.10 

dollar edi, Qo`shma Shtatlarda esa amaldagi soliq 40 sent bo`lgan. 

Benzin solig`idan keladigan soliq daromadi rag`batlantirishlarni buzadigan va 

ijtimoiy  yo`qotishlarga  olib  keladigan  soliqlarni  pasaytirish  uchun  foydalanish 

mumkin.  Bundan  tashqari,  yanada  tejamkor  avtomobil  ishlab  chiqarishni  talab 

qiladigan og`ir hukumat qoidalari keraksizday edi. Ammo bu fikr siyosiy jihatdan 

hech qachon mashhur bo`lmadi. 

Bozorga asoslangan siyosat 2: sotiladigan ifloslanishga ruxsatlar 

Qog`oz zavodi va po`lat zavodi misoliga qaytadigan bo`lsak, keling  tasavvur  

qilaylik,  iqtisodchilar  maslahatiga  qaramay, EPA tartibga solishni joriy qiladi va 

har  bir  zavoddan  yiliga  300  tonna  chiqindi  miqdorida  ifloslanishni  kamaytirishni 

talab  qiladi.  Keyin  bir  kuni,  tartibga  solish  amalda  va  har  ikki  zavod  unga  rioya 

qilgan  paytda,  ikkala  firma  EPAga  taklif  bilan  murojaat  qiladi.  Po`lat  zavod  100 

tonna  chiqindi  miqdorida  chiqindi  chiqarishni  oshirishni  istaydi.  Qog`oz  zavodi 

po`lat  zavodi  unga  5  million  dollar  to`lasa,  o`sha  miqdorda  o`z  chiqindi 

chiqarishini kamaytirishga rozi bo`ladi. EPA bu ikki fabrikalar ushbu shartnomani 

amalga oshirishiga ruxsat berishi kerakmi? 

Iqtisodiy  samaradorlik  nuqtai  nazaridan,  shartnomaga  ruxsat  berish  yaxshi 

siyosat.  Ular  ixtiyoriy  ravishda  rozi  bo`layotgani  bois,  shartnoma  ikkala  zavod 

egalariga  foydali  bo`lishi  kerak.  Bundan  tashqari,  shartnoma  hech  qanday  tashqi 

ta'sirga  ega  emas,  chunki  ifloslanish  umumiy  miqdori  bir  xil  bo`lib  qolmoqda. 

Shunday  qilib,  qog`oz  zavodining  po`lat  zavodiga  ifloslantirish  huquqini  sotish 

uchun ruxsat berish orqali ijtimoiy farovonlik kelib chiqadi. 

Ushbu mantiq bir firma tomonidan ifloslantirish huquqini boshqa firmaga har 

qanday  ixtiyoriy  o`tkazish  uchun  amal  qiladi.  Agar  EPA  firmalarga  bunday 

shartnomalar  qilish  imkonini  beradigan  bo`lsa,  u,  o`z  mohiyatiga  ko`ra,  yangi 


 

390 


noyob  resurs,  ya’ni  ifloslantirishga  ruxsatnoma,  yaratadigan  bo`ldi.  Bu 

ruxsatnomalar savdosini oxir-oqibat amalga oshiradigan bozor paydo bo`ladi va bu 

bozor  talab  va  taklif  kuchlari  tomonidan  boshqariladigan  bo`ladi.  Ko`rinmas  qo`l 

bu yangi bozor ifloslantirish huquqini samarali taqsimlashiga ishonch hosil qiladi. 

Ya'ni,  to`lashga  o`z  tayyorligi  bilan  aniqlanadigan  ruxsatni  eng  yuksak 

baholaydigan firma qo`lga kiritadi. 

Firmaning  to`lash  uchun  xohishi,  o`z  navbatida,  ifloslanishni  kamaytirish 

harajatiga  bog`liq  bo`ladi:  Ifloslanishni  kamaytirish  firma  uchun  qanchalik  ko`p 

harajatli bo`lsa, ruxsatnoma uchun to`lashga shunchalik ko`p tayyor bo`ladi. 

Bozorlar  uchun  ifloslantirish  ruxsatnomalariga  yo`l  qo`yish  afzalligi 

shundaki,  firmalar  o`rtasida  ifloslantirish  ruxsatnomalari  boshlang`ich  taqsimoti 

iqtisodiy  samaradorlik  nuqtai  nazaridan  muhim  emas  deb  hisoblanadi.  Faqat 

ifloslanishni  arzon  harajatlar  bilan kamaytirishi  mumkin  firmalar  ruxsatnomalarni 

sotadi va yuqori harajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin firmalar o`zlariga 

kerak  miqdorda  ruxsat  sotib  oladi.  Ifloslantirish  huquqlari  uchun  erkin  bozor  bor 

bo`lgani  tufayli,  boshlang`ich  taqsimotdan  qat'iy  nazar  so`nggi  taqsimot  samarali 

bo`ladi. 

Ifloslantirish  ruxsati  yordamida  ifloslanishni  kamaytirish  tuzatuvchi  

soliqlardan    farqli  ko`rinsa-da,  ikki  siyosat  ko`p  umumiy  jihatlarga  ega.  Har  ikki 

holatda  ham,  firmalar  ifloslanish  uchun  to`laydi.  Tuzatuvchi  soliqlar  bilan  atrof-

muhitni  ifloslantiruvchi  firmalar  hukumatga  soliq  to`lashi  kerak.  Ifloslantirish 

ruxsati bilan atrof-muhitni ifloslantiruvchi firmalar ruxsat sotib olish uchun to`lashi 

kerak.  (Hatto  allaqachon  o`z  ruxsatnomasiga  ega  firmalar  ham  ifloslanish  uchun 

to`lashi  shart:  ular  ochiq  bozorda  o`z  ruxsatnomalarini  sotishdan  olgan  miqdor 

ifloslantirish  imkoniyati  harajatidir.)  Tuzatuvchi  soliqlar  va  ifloslantirish 

ruxsatnomalari  ikkalasi  ham  firma  uchun  ifloslantirishni  harajatli  qilish  orqali 

tashqi ta'sirni o`zlashtiradi. 

Ikki  siyosat  o`xshashligini  ifloslantirish  bozorini  tahlil  qilish  orqali  kor’rish 

mumkin.  4-rasmdagi  ikkala  chizmalar  ifloslantirish  huquqi  uchun  talab  chizig`ini 

ko`rsatadi.  Bu  chiziq  ifloslantish  narxlari  qanchalik  past  bo`lsa,  firmalar 



 

391 


ifloslantirishni  shunchalik  ko`proq  tanlashini  ko`rsatadi.  (a)  chizmada  EPA 

ifloslantirish  uchun  narx  belgilash  uchun  tuzatuvchi  soliqdan  foydalanadi.  Bu 

holda, ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizig`i mukammal elastik (chunki 

firma  soliq  to`lash  orqali  ular  istaganicha  ko`p  ifloslantirishi  mumkin)  va  talab 

chizig`i vaziyati ifloslanish miqdorini belgilaydi. (b) chizmada, EPK ifloslantirish 

ruxsatini  joriy  etish  orqali  ifloslanish  miqdorini  belgilab  beradi.  Bu  holda, 

ifloslantirish  huquqlari  uchun  taklif  egri  chizig`i  mukammal  noelastik  (chunki 

ifloslantirish  miqdori  ruxsatnomalar  soni  bilan  belgilanadi),  va  talab  egri  chizig`i 

vaziyati  ifloslanish  narxini  belgilaydi.  Demak,  EPA  tuzatuvchi  soliq  bilan  narx 

belgilash  orqali,  yoki  ifloslantirish  ruxsatnomalari  bilan  miqdorni  o`rnatish  orqali 

berilgan talab egri chizig`ining har qanday qismiga erishishi mumkin. 

Ba'zi  hollarda  esa,  ifloslantirish  ruxsatini  sotish  tuzatuvchi  soliq  undirishdan 

ko`ra  yaxshiroq  bo`lishi  mumkin.  EPA  daryoga  600  tonna  dan  kam  chiqindi 

tashlanishini  istaydi.  Lekin  EPK  ifloslanish  talab  chizig`ini  bilmasligi  tufayli,  bu 

maqsadga erishish uchun qanday hajmda soliq joriy etishni bilmaydi. Bu holda, u 

shunchaki 600 ifloslantirish ruxsatini kim  oshdi savdosiga qo`yishi mumkin. Kim 

oshdi savdosi narxi tuzatuvchi soliq tegishli hajmini hosil qiladi. 

 

Ifloslanish miqdori 



Rasm 

(a) tuzatuvchi soliq 



Ifloslanish 

narxi 

Ifloslanish 

narxi 

(b) ifloslantirishga ruxsat 

tuzatuvchi 

soliq 


Ifloslantirish 

ruxsatiga talab 

Ifloslantirish 

ruxsatiga talab 

Ifloslantirish ruxsat 

taklifi


 

tuzatuvchi 

soliq 

ifloslantirish 



narxini 

belgilaydi 



Ifloslanish miqdori 

…talab egri chizig’i 

bilan ifloslantirish 

miqdorini birgalikda 

belgilaydi 

…talab egri chizig’i 

bilan ifloslantirish 

narxini birgalikda 

belgilaydi 

Ifloslantirishga 

ruxsat ifloslantirish 

miqdorini 

belgilaydi 

Tuzatuvchi soliq va ifloslantirish ruxsatlarining ekvivalentligi. 

Chizmada  EPA  tuzatuvchi  soliq    joriy  qilib  ifloslanish  narxini  belgilaydi  va  talab  chizig’i 

ifloslanish  miqdorini  belgilaydi.  (b)  chizmada  EPA  ifloslantirish  ruxsatlari  sonini  cheklash  orqali 

ifloslanish  miqdorini  cheklaydi,  va  talab  chizig’i  ifloslanish  narxini  belgilaydi.  Ikkala  holatda 

ifloslanish narxi va miqdori bir xil.

 


 

392 


 

Hukumatning  ifloslantirish  huquqini  kim  oshdi  savdosiga  qo`yish  g`oyasi 

avvaliga biror iqtisodchi tasavvurining mahsulidek tuyulishi mumkin.  Aslida ham 

g`oya  shunday  boshlangan.  Lekin  borgan  sari,  EPA  ifloslanishni  nazorat  qilish 

yo`li  sifatida  bu  tizimdan  foydalanib  kelgan.  Taniqli  muvaffaqiyat  yakunlangan 

hikoya kislota yomg`iriga sabab bo`luvchi oltingugurt dioksidi (SO

2

) masalasi edi. 



1990-yilda,  Toza  havo  akti  (Clean  Air  Act)  o`zgartirishlar  kiritilishi  elektr 

zavodlaridan katta miqdorda SO

2

 chiqindilarini kamaytirishni talab qildi. Shu bilan 



birga,  o`zgartirishlar  zavodlarning  SO

ruxsatnomalarini  savdo  qilishiga  ruxsat 



berish tizimini o`rnatdi. Dastlab sanoat vakillari va ekologlar taklifni salbiy qabul 

qilgan  bo`lsa-da,  vaqt  o`tishi  bilan  bu  tizim  eng  kam  uzilish  bilan  ifloslanishni 

kamaytirishi  mumkinligi  isbotlandi.  Ifloslantirishga  ruxsatnomalar,  tuzatuvchi 

soliqlar  kabi,  hozir  muhitni  toza  saqlab  qolish  uchun  iqtisodiy  samarali  yo`l 

sifatida qaraladi. 

Ifloslanish iqtisodiy tahliliga e'tirozlar 

"Biz  hech  kimga  haq  evaziga  ifloslantirish  imkonini  berolmaymiz."    Sobiq 

senator  Edmund  Maskining  ushbu  gapi  ayrim  ekologlar  fikrini  aks  ettiradi.  Ular 

aytishicha,  toza  havo  va  toza  suv  iqtisodiy  jihatdan  hisobga  olinmasligi  kerak, 

chunki ular amaliy inson huquqlari hisoblanadi. Siz qanday qilib toza havo va toza 

suv ustida narx qo`yishingiz mumkin? Ular da'vosiga ko`ra, narxidan qat'iy nazar, 

atrof-muhit  muhim  ahamiyatga  ega,  shuning  uchun  uni  iloji  boricha  ko`proq 

himoya qilish kerak. 

Iqtisodchilar  ushbu  dalilga  kam  qiziqish  bildirishadi.  Iqtisodchilar  uchun, 

yaxshi  ekologik  siyosat  iqtisodiyotning  o`nta  tamoyillarining  birinchisini 

tushunishdan  boshlanadi:  Odamlar  sotib  yuborishga  duch  keladi.  Albatta,  toza 

havo  va  toza  suv  qiymatga  ega.  Lekin  ularning  qiymati  ularning  imkoniyati 

harajatiga nisbatan olinishi kerak, ya’ni kimdir ularni olish uchun nimadandir voz 

kechishi  kerak.  Barcha  ifloslanishlarni  bartaraf  qilishning  iloji  yo`q.  Barcha 

ifloslanishni  bartaraf  etishga  harakat  qilish  bizga  yuqori  yashash  andozalaridan 

bahramand  bo`lishimizga  sabab  bo`luvchi  ko`plab  texnologik  yutuqlarga  teskari 



 

393 


bo`lib  qoladi.  Imkon  qadar  atrof-muhitni  toza  qilish  uchun  kam  kishi  kam 

ovqatlanish,  yetarli  bo`lmagan  tibbiy  yordam  yoki  sifatsiz  uy-joylarni  qabul 

qilishga tayyor bo`ladi. 

Iqtisodchilar  ba'zi  ekologik  faollar  iqtisodiy  jihatdan  o`ylamasdan  o`z 

da’volariga  zarar  yetkizadi deb aytadi.  Toza  muhit  boshqa  tovarlar kabi tovardir. 

Barcha normal tovarlar kabi u ijobiy daromad egiluvchanligiga ega: Boy davlatlar 

rivojlanmagan  davlatlarga  qaraganda  tozaroq  muhitga  ega  va  shuning  uchun, 

odatda,  qat'iy  muhitni  muhofaza  qiladi.  Bundan  tashqari,  boshqa  ko`plab  tovarlar 

kabi, toza  havo  va  toza  suv  talab  qonuniniga  bo`ysunadi:  atrof-muhit  muhofazasi 

narxi qanchalik past bo`lsa, jamoat istagi shunchalik ko`p bo`ladi. Ifloslantirishga 

ruxsat  va  tuzatuvchi  soliqlar  yordamida  iqtisodiy  yondashuv  atrof-muhitni 

muhofaza  qilish  harajatlarini  kamaytiradi  va,  shuning  uchun,  toza  atrof-muhit 

uchun ijtimoiy talabni oshiradi. 

Tashqi ta’sirlarga xususiy yechimlar 

Tashqi  ta’sirlar  bozorlarning  samarasiz  bo`lishiga  sabab  bo`lsa-da,  hukumat 

harakati  har  doim  ham  muammoni  hal  qilish  uchun  zarur  emas.  Ba’zi  hollarda, 

odamlar xususiy yechimlar ishlab chiqishi mumkin. 



Xususiy yechim turlari 

Ba'zan  tashqi  ta’sir  muammolari  ma'naviy  kodekslar  va  ijtimoiy  sanksiyalar 

bilan  hal  etiladi.  Ko`p  odamlar  nima  uchun,  masalan,  hamma  joyni  iflos 

qilmasligini  ko`rib  chiqaylik.  Iflos  qilishga  qarshi  qonunlar  mavjud  bo`lsa-da,  bu 

qonunlar kuchli amal qilmaydi. Ko`pchilik odamlar iflos qilmaydi, chunki bunday 

qilish, albatta, noto`g`ri narsa. Ko`pchilik bolalarga o`rgatiladigan “Oltin qoida”ga 

ko`ra,  "hammani  o`zingdek  bil".  Bu  ma'naviy  to`siq  bizning  xatti-harakatlarimiz 

boshqa odamlarga qanday ta'sir etishini hisobga olish kerakligini aytadi. Iqtisodiy 

jihatidan, u tashqi ta’sirni o`zlashtirish ma’nosini bildiradi. 

Tashqi  ta’sirlar  uchun  yana  bir  xususiy  yechim  tashqi  ta’sirlarni  hal  qilish 

uchun  tashkil  etilgan  xayriyalardir.  Misol  uchun,  maqsadi  atrof-muhitni  himoya 

qilish  bo`lgan  Sierra  Club  xususiy  xayriya  bilan  moliyalashtiriladigan  notijorat 

tashkilot  hisoblanadi.  Boshqa  bir  misol  sifatida,  kollej  va  oliy  o`quv  yurtlari 


 

394 


bitiruvchilari, korporatsiyalar va fondlardan sovg`alar oladi, chunki ta'lim jamiyat 

uchun  ijobiy  tashqi  ta’sir  olib  keladi.  Hukumat  xayriya  uchun  daromad  solig`iga 

imtiyozlar  beruvchi  soliq  tizimi  orqali  tashqi  ta’sirning  bu  xususiy  yechimini 

rag`batlantiradi. 

Xususiy  bozor  ko`pincha  tegishli  partiyalarning  manfaatlariga  tayanib  tashqi 

ta’sirlar  muammosini  hal  qilishi  mumkin.  Ba'zan  hal  qilish  turli  xil  biznes 

integratsiyasi  shaklini  oladi.  Misol  uchun,  bir-biriga  yaqin  joylashgan  olma 

yetishtiruvchi  v  aasalarichini  olaylik.  Har  bir  biznes  boshqasiga  ijobiy  ta'sir 

etmoqda: daraxtlar gulini changlash orqali asalarilar bog`bonga olma yetishtirishda 

yordam beradi. Shu bilan birga, asalarilar olma daraxtlaridan nektar olib asal ishlab 

chiqarish uchun foydalanadi. Shunday bo`lsa-da, olma yetishtiruvchi qancha daraxt 

ekishga  qaror  qilishi  va  asalarichi  qancha  asalari  saqlashga  qaror  qabul  qilishida, 

ular ijobiy tashqi ta'sirni hisobga olmaydilar. Natijada, olma yetishtiruvchilar juda 

kam daraxt ekadi va asalarichi juda oz asalari saqlaydi. Asalarichi olma bog`larini 

sotib  olsa  yoki  olma  yetishtiruvchi  asalari  qutilarini  sotib    olsa,    bunda    tashqi  

ta’sirlar o`zlashtirilishi mumkin: Har ikki faoliyat keyin bir xil firma ichida bo`ladi 

va bu firma daraxtlar va asalarilar maqbul sonini tanlashi mumkin bo`ladi. Tashqi 

ta’sirni o`zlashtirish ayrim firmalarning turli turdagi bizneslarga jalb qilinishining 

bir sababidir. 

Xususiy  bozor  uchun  tashqi  ta'sirni  hal  qilishning  yana  bir  usuli  manfaatdor 

tomonlar bilan aloqaga kirishishdir. Yuqoridagi misolda, olma yetishtiruvchilar va 

asalarichi  o`rtasidagi  shartnoma  juda  kam  daraxt  va  juda  oz  ari  muammosini  hal 

qilishi  mumkin.  Shartnoma  daraxtlar  sonini,  asalarilar  sonini  va  ehtimol,  bir 

tomonning  boshqa  biriga  to`lovlarini  belgilashi  mumkin.  Daraxtlar  va  asalarilar 

to`g`ri sonini aniqlash orqali shartnoma odatda bu tashqi ta’sirdan kelib chiqadigan 

samarasizlik hal qilinishi va ikki tomon uhcun yaxshi bo`lishi mumkin. 

 

Kouz teoremasi 

Tashqi  ta’sirlarni  hal  qilishda  xususiy  bozor  qanchalik  samarali?  Mashhur 

natija,  iqtisodchi  Ronald  Kouz  nomi  bilan  ataluvchi  Kouz  teoremasi,  uning  ba'zi 

hollarda juda samarali bo`lishi mumkinligini aytadi. Kouz teoremasiga ko`ra, agar 



 

395 


xususiy  partiyalar  hech  qanday  harajatsiz  resurslarni  taqsimlash  ustida 

savdolashishi  mumkin  bo`lsa,  unda  xususiy  bozor  har  doim  tashqi  ta’sir 

muammosini hal qiladi va resurslarini samarali taqsimlaydi. 

Kouz teoremasi qanday ishlashini ko`rish uchun, bir misolni ko`rib chiqaylik. 

Dikning Spot nomli iti bor deylik. Spot huradi va Dikning qo`shnisi Jeynni bezovta 

qiladi.  Dik  itga  egalik  qilishdan  manfaatdor,  lekin  it  Jeynga  salbiy  tashqi  ta'sir 

ko`rsatadi.  Dik  Spotni  umumiy  itlar  joyiga  yuborishga  majbur  qilinishi  kerakmi, 

yoki Jeyn Spotning hurishi sabab uyqusiz tunlardan qiynalishi kerakmi? 

Avvaliga  qaysi  natija  ijtimoiy  samarali  ekanligini  ko`rib  chiqaylik.  Ikki 

muqobil variantni hisobga olib, ijtimoiy planner, Dikning itdan oladigan foydasini 

Jeynga  it  hurishidan  ketadigan  harajatni  solishtiradi.  Foyda  harajatlardan  ko`proq 

bo`lsa,  Dik  itni  olib  qolishi  va  Jeynning  it  hurishiga  chidab  yashashi  samarali 

bo`ladi.  Lekin  agar  harajat  foydadan  yuqori  bo`lsa,  unda  Dik  itdan  xalos  bo`lishi 

kerak. 


Kouz teoremasiga ko`ra, xususiy bozor samarali natijani o`zi topadi. Qanday? 

Lola  shunchaki  itdan  qutilish  uchun  Dilshodga  to`lash  taklifini  qilishi  mumkin. 

Lola  taklifidagi  pul  miqdori  itni  tutib  turish  manfaatidan  yuqori  bo`lsa,  Dilshod 

shartnomani qabul qiladi. 

Narx  ustida  savdolashish  orqali,  Dilshod  va  Lola  har  doim  samarali  natijaga 

erishishi  mumkin. Misol  uchun,  Dilshod  itdan 500  so`mlik  foyda oladi va  Lola it 

hurishidan  800  so`mlik  harajat  sarflaydi  deb  tasavvur  qilaylik.  Bu  holatda,  Lola 

itdan  qutilish  uchun  Dilshodga  600  so`m  taklif  qilishi  mumkinva  Dilshod  buni 

mamnuniyat bilan qabul qiladi. Har ikkala tomonham oldinga qaraganda yaxshiroq 

va samarali natijaga erishildi. 

Albatta Dilshod qabul qiladigan har qanday narxni Lola taklif qilishga tayyor 

bo`lmasligi mumkin. Misol uchun, Dilshod itdan 1000 so`mlik foyda oladi va Lola 

it hurishidan 800 so`mlik harajat sarflaydi, deb tasavvur qilaylik. Bu holatda, Lola 

800  so`mdan  yuqori  miqdorda  hech  qanday  taklif  qilmaydi,  Dilshod  esa  1000 

so`mdan  kam  har  qanday  taklifni  rad  etadi.  Shuning  uchun,  Dilshod  itni  olib 

qoladi.  Shunday  bo`lsada,  harajat  va  foydani  hisobga  olsak,  bu  natija  samarali 



 

396 


hisoblanadi. 

Hozircha,  biz  Dilshod  huradigan  it  saqlash  uchun  qonuniy  huquqia  ega  deb 

tasavvur  qildik.  Boshqa  so`zlar  bilan  aytganda,  biz  Lola  Dilshodni  ixtiyoriy 

ravishda  itdan  voz  kechishga  undash  uchun  yetarlicha  to`lamasa,  Dilshod  Spotni 

olib qoladi deb tasavvur qildik. Lekin, agar Lola tinchlik uchun haqli bo`lsa, natija 

qanday qilib har xil bo`ladi? 

Kouz  teoremasiga  ko`ra,  huquqlarning  boshlang`ich  taqsimoti  bozorning 

samarali natija erishish qobiliyati uchun muhim emas. Misol uchun,  Lola qonuniy 

Dilshodni itdan qutilishga majbur qilishi mumkin deylik. Bu huquqga ega bo`lish 

Lola foydasiga ishlasa-da,u ehtimol, natijani o`zgartirmaydi. Bu holda, Dilshod itni 

saqlashga ruxsat berish uchun Lolaga to`lov taklif qilishi mumkin. Dilshod uchun 

itning  foydasi  Lola  uchun  it  hurishi  harajatidan  ortiq  bo`lsa,  u  holda  Dilshod  va 

Lola Dilshod itni saqlashi uchun savdolashishga kirishishadi. 

Huquqlarning  dastlabki  taqsimlanishidan  qat'iy  nazar,  Dilshod  va  Lola 

samarali natijaga erishishsa-da, huquqlar taqsimlanishi o`rinsiz emas: Bu iqtisodiy 

farovonlik  taqsimlanishini  aniqlaydi.  Dilshodning  huradigan  itga  yoki  Lolaning 

tinchlik  huquqiga  ega  yoki  ega  emasligi  oxirida  savdolashishdan  kim  kimga 

to`lashi  kerakligi  aniqlanadi.  Lekin  har  ikki  holda  ham,  ikki  tomon  bir-biri  bilan 

savdolashishi va tashqi ta’sir muammosini hal qilishi mumkin. Foyda harajatlardan 

yuqori bo`lsagina Dilshod it saqlay oladi. 

Xulosa uchun: Kouz teoremasi xususiy iqtisodiy aktyorlar o`zaro tashqi ta’sir 

muammosini  hal  qilishi  mumkin  deydi.  Huquqlarning  dastlabki  taqsimlanishidan 

qat'iy  nazar,  manfaatdor  tomonlar  savdolashib  har  doim  har  bir  kishi  uchun 

yaxshi va samarali natijaga erishishi mumkin. 

Xususiy yechimlar nega har doim ham ishlamaydi? 

Kouz  teoremasining  mantiqiga  qaramay,  xususiy  shaxslar  ko`pincha  tashqi 

ta’sir muammolarni hal qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar. Kouz teoremasi 

faqat  manfaatdor  tomonlar  bitim  tuzishi  va  amalga  oshirishida  hech  qanday 

muammo  bo`lmaganda  amal  qiladi.  Biroq  real  dunyoda,  o`zaro  manfaatli 

shartnoma tuzish mumkin bo`lsa ham, savdolashish har doim ham ishlayvermaydi. 



 

397 


Ba'zan  manfaatdor  tomonlar  operatsion  harajatlar,  ya’ni  savdolashish 

jarayonida  tomonlar  rozi  bo`ladigan  harajatlar,  tufayli  tashqi  ta’sir  muammosini 

hal  qilishda  muvaffaqiyatsizlikka  uchraydi.  Bizning  misolda,  tasavvur  qiling, 

Dilshod  va  Lola  turli  tillarda  gapirishadi,  shuning  uchun,  shartnomaga  erishish 

uchun  ular  tarjimon  yollashi  kerak.  Agar  huruvchi  it  muammosini  hal  qilish 

foydasi tarjimon harajatidan kam bo`lsa, Dilshod va Lola masalasini yechilmagan 

holatda  tashlab  qo`yishi  mumkin.  Yanada  real  misollarda,  operatsion  harajatlari 

tarjimon  harajati  emas, balki  shartnomalarni  tayyorlash  va  amalga oshirish  uchun 

zarur bo`lgan huquqshunos harajatlari bo`ladi. 

Boshqa  vaqtlarda,  savdolashish  shunchaki  buziladi.  Urushlar  va  mehnat 

to`qnashuvlari  sodir  bo`lishi  kelishuvning  qanchalik  qiyin  bo`lishi  mumkinligini 

ko`rsatadi  va  kelishuvga  erishish  juda  qimmatga  tushishi  mumkin.  Muammo 

shundaki,  har  bir  tomon  odatda  o`zi  uchun  yaxshiroq  shartnoma  uchun  harakat 

qiladi.  Misol  uchun,  Dilshod  itdan  500  so`mlik  foyda  oladi  va  Lola  it  hurishidan 

800  so`mlik harajat  sarflaydi deb  tasavvur  qilaylik.  Lolaning  itdan  qutilish uchun 

Dilshodga  to`lashi  samarali  bo`lsa-da,  bu  natijaga  olib  kelishi  mumkin  bo`lgan 

ko`plab  narxlar  bor.  Dilshod  750  so`m  talab  qilishi  mumkin,  va  Lola  faqat  550 

so`m  taklif  qilishi  mumkin.  Ular  narxi  ustida  savdolashaversa,  huradigan  it  bilan 

samarasiz natija davom etaveradi.  

Manfaatdor  tomonlar  soni  ko`p  bo`lganda  samarali  savdolashishga  erishish, 

ayniqsa, qiyin, chunki hammani muvofiqlashtirish qimmatga tushadi. Misol uchun, 

yaqin  ko`l  suvini  ifloslantiradigan  bir  zavodni  olaylik.  Ifloslanish  mahalliy 

baliqchilarga salbiy tashqi ta'sir ko`rsatmoqda. Kouz teoremasiga ko`ra, ifloslanish 

samarasiz  bo`lsa,  unda  baliqchilar  ifloslantirmaslik  uhchun  zavodga  haq  to`lashi 

orqali  zavod  va  baliqchilar  savdolashishga    erishishi    mumkin.    Biroq,    agarda  

baliqchilar      ko`p  bo`lsa,  zavod  bilan  savdolashishga  ularning  barchasini 

muvofiqlashtirish uchun harakat deyarli ilojsiz bo`lishi mumkin. 

Xususiy  savdolashish  ishlamaganda,  ba'zan  hukumat  rol  o`ynashi  mumkin. 

Hukumat  ommaviy  harakatlar  uchun  mo`ljallangan  muassasa  hisoblanadi.  Bu 

misolda,  baliqchilar  o`zlari  uchun  harakat  qilishi  ilojsiz  bo`lsa  ham,  davlat 



 

398 


baliqchilar nomidan harakat qilishi mumkin.

Download 3.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling