I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


Download 3.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/43
Sana26.01.2018
Hajmi3.43 Mb.
#25333
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43

Qashshoqlikka  qarshi  kurashish.  Ko`pgina  davlat  dasturlari  nochorlarga 

yordam  berishga  yo`naltirilgan.  Ijtimoy  himoya  qilish  tizimi  (rasman  yordamga 

muhtoj oilalarga vaqtincha ko`mak deb nomalanadi) ayrim nochor oilalarga katta 

bo`lmagan  daromadni  ta’minlab  beradi.  Undan  tashqari  oziq-ovqat  talonlari 

dasturi  kam  daromadli  kishilarga  oziq-ovqat  mahsulotlarini  xarid  qilishni 

subsidiyalaydi,  shuningdek  turli  xil  uy  joy  bilan  ta’minlash  davlat  dasturlari 

ularni yashash joylari bilan ta’minlab beradi. Qashshoqlikka qarshi kurashishga 

yo`naltirilgan  ushubu  dasturlar  moliyalviy  jihatdan  barqaror  bo`lgan  oilalar 

tomonidan to`lanadigan soliqlar hisobiga moliyalashtiriladi. 

Iqtisodchilar  qashshoqlikka  qarshi  kurashishda  davlatning  tutgan  roli 

borasida  o`zaro  hamfikr  emaslar.  Biz  mazkur  masalani  atroflicha  o`rganib 

chiqishimizga  qaramasdan  hozir  muhim  bir  jihatga  e’tibor  qaratamiz: 

qashshoqlikka  qarshi  kurashish  tarafdorlari,  ushbu  kurashishni  ommaviy 

mahsulot  hisoblashadi.  Hatto,  barcha  qashshoqlik  mavjud  bo`lmagan  jamiyatda 

yashashni hohlasada, qashshoqlikka qarshi kurashish umuman olganda “yaxshi” 

tadbir emas, sababi bu masalalar shaxsiy tartibda amalga oshirilishi zarur. 

Qashshoqlikni  bartaraf  etish  maqsadida,  aytaylik,  kimdur  boy  kishilar 

jamiyatini tashkil etdi. Ular ommaviy mahsulotlar taqdim etishadi. Bu iste’molda 

cheklangan  mahsulot  bo`lmaydi:  biror  kishini  qashshoqlik  mavjud  bo`lmagan 


 

409 


jamiyatda  yashashi  boshqa  bir  kishini  ana  shu  jamiyatda  yashashiga  to`sqinlik 

qilmaydi.  Bu  iste’moldan  mahrum  qilish  xususiyatiga  ham  ega  bo`lmaydi: 

qashshoqlik  bartaraf  etilgandan  so`ng  kimdur,  xech  kim  bundan  mahrum 

etilmaydi. 

Natijada, “tekinxo`rlar” qashshoqlikka qarshi kurashishda ishtirok etmasdan 

turib  qashshoqlik  mavjud  bo`lmagan  sharoitda  yashash  imkoniyatiga  ega 

bo`lishadi. 

“Tekinxo`rlar”  muammosi  tufayli  qashshoqlikni  xususiy  homiylik 

yordamlari hisobidan bartaraf etish, turgan gapki, mumkin emas. Shu bilan birga, 

davlatni aralashuvi ushbu masalani hal etishi mumkin. Nochorlarni hayot tarzini 

ko`tarishni  ko`zlab  boylarni  soliqqa  tortish  hammasini  yaxshilashi  mumkin. 

Nochorlar  baxtli  –  sababi  ular  yaxshi  hayot  tarziga  ega  bo`lishayapti,  boylar 

baxtli  –  sababi  ular  qashshoqlar  nisbatan  kam  bo`lgan  jamiyatda  yashashni 

yaxshi ko`rishadi. 



Keys. Mayoqlar ommaviy mahsulotmi? 

Ba’zi  bir  mahsulotlar  sharoitga  qarab  ommaviy  mahsulotdan  shaxsiy 

mahsulotga aylanishi mumkin. Masalan, agar mushakbozlik aholisi ko`p bo`lgan 

shaharda  o`tkazilsa  u  ommaviy  mahsulotdir.  Shu  bilan  birga,  bu  tadbir  Uolt 

Disney  Uorld  kabi  shaxsiy  ko`ngilochar  xiyobonlarda  o`tkazilsa  mushakbozlik 

xxususiy  mahsulotga  ko`proq  to`g`ri  keladi,  sababi  xiyobonga  kirish  uchun 

alohida to`lov amalga oshiriladi. 

Boshqa  bir  misol  sifatida  mayoqni  ko`rishimiz  mumkin.  Iqtisodchilar 

anchadan  beri  mayoqlarni  ommaviy  mahsulot  namunasi  sifatida  ishlatib 

kelishayapti.  Mayoqlar  dengizda  ma’lum  bir  hududlarni  yoritib  beradi  va  ular 

yordamida  suv  kemalari  begona  suv  hududlaridan  xalos  bo`lishadi.  Mayoqlarni 

kema kapitaniga beradigan foydasi ist’emoldan mahrum qilish xususiyatiga ham 

cheklanganlik  xususiyatiga  ham  ega  emas,  shuning  uchun  ham  har  bir  kapitan 

mayoqlardan  yo`l  yorituvchi  vosita    sifatida  foydalanib  ularga  haq  to`lamasdan 

mustaqil harakat qilishlari mumkin.  

“Tekinxo`rlar”  muammosi  tufayli,  xususiy  bozorlar  kapitanlarni  ular 


 

410 


uchun  zarur  bo`lgan  mayoqlar  bilan  ta’minlab  bera  olishmaydi.  Aynan  shu 

sababli hozirda ko`pchilik mayoqlar davlat nazoratida bo`lib qolmoqda. 

Shu  bilan  birga,  ayrim  holatlarda  mayoqlar  xususiy  mahsulotlarga  yaqin 

bo`lishadi.  19-asrda Angliya  qirg`oqlarida,  masalan,  bir  qator  mayoqlar  xususiy 

mulk  sifatida  boshqarib  kelingan.  Mayolardan  foydalanish  uchun  kema 

kapitanlari  emas,  balki  yaqin  atrofdagi  port  egalari  haq  to`lashgan.  Agarda  port 

egalari mayoq uchun haq to`lashmasa, mayoq egalari uni o`chirib qo`yishgan va 

kemalar, turgan gapki, bu portda to`xtamasdan o`tishgan. 

U  yoki  bu  mahsulot  ommaviy  mahsulotga  mansub  ekanligini  aniqlashda, 

avvalo  uni  egasi  kim  ekanligiga  va  ushbu  benefitsiarlar  iste’moldan  mahrum 

qilish xususiyatiga ega yoki yo`qligiga e’tibor qaratish zarur. Qachonki mahsulot 

iste’molchilari  soni  ko`p  va  ulardan  u  yoki  bunisini  ajratish  imkoni  bo`lmasa 

“tekinxo`rlar”  muammosi  yuzaga  keladi.  Agar  mayoq  bir  qancha  kapitanlarga 

xizmat ko`rsatsa bu ommaviy mahsulot, va shu bilan birga u birgina port egasiga 

xizmat ko`rsatsa  xususiy mahsulot hisoblanadi. 

Harajatlar va daromadlarni tahlil qilishning murakkab jihati 

Shu  vaqtgacha  biz  ko`rib  chiqDilshodki,  xususiy  bozorlar  samarali 

miqdorda ta’minlay olmaganligi sababli ommaviy mahsulotlarni davlat ta’minlab 

beradi.  Shu  bilan  birga,  davlat  faqatgina  birinchi  qadamni  qo`yish  funktsiyasini 

bajarishi  ham  mumkin.  Keyinchalik  esa  davlat  qaysi  ommaviy  mahsulotlarni 

qancha hajmda etkazib berish kerakligini ko`rsatib berishi zarur. 

Aytaylik,  davlat  yangi  shosseni  qurish  loyihasini  –  ommaviy  mahsulotni 

(xizmatni)  ko`rib  chiqayapti.  Shosse  qurilishi  to`g`risida  yakuniy  xulosaga 

kelishdan  oldin,  davlat,  shosseni  unga  ketadigan  harajatlar  va  keyinchalik  uni 

faoliyatini  ta’minlash  harajatlari  bilan  ishlatishi  mumkin  bo`lganlardan  kelib 

tushuvchi  foydani  ko`rib  chiqishi  lozim.  Bu  qarorga  kelishdan  oldin  davlat, 

harajatlar  va  daromadlarni  tahlil  qilish  deb  nomlanuvchi  jamiyatga  ushbu 

tovar yalpi foydasini aniqlab beradigan tadqiqotni olib borish uchun iqtisodchilar 

va injenerlar komandasini jalb qilishi mumkin. 

Harajatlar  va  daromadlar  tahlili  o`ziga  xos  murakkab  jarayon.  Shosse 



 

411 


kelgusida  barcha  uchun  bepul  foydalanishga  mo`ljallanganligi  sababli  uning 

qiymatini (yoki foydalilik darajasini) aniqlovchi narx mavjud emas.  

Kishilardan  shunchaki  ular  shosseni  qanchaga  baholashlarini  so`rash 

ishonchli  emas,  anketalash  ham  samarali  usul  emas,  sababi  so`rovda 

qatnashuvchilar haqiqiy bahoni berish uchun moddiy rag`batga ega bo`lmaydilar. 

Shossedan  kelajakda  foydalanishi  mumkin  bo`lganlarda  uni  daromadlilik 

darajasini  oshirishga  ko`proq  rag`bat  bor.  Shosseni  qurilishidan  zarar  ko`rishi 

mumkin  bo`lganlarda  esa  shosse  qurilishiga  ketadigan  harajatlarni  oshirib 

ko`rsatishga va uni qurilishini to`xtatishga rag`bat mavjud. 

Ommaviy mahsulot (xizmat) larni samarali tarzda taqdim etish, o`z o`zidan, 

xususiy  mahsulot  (xizmat)  larni  taqdim  etishga    qaraganda  bir  muncha 

mushkulroq.  Xususiy  mahsulot  xaridorlari  bozorga  chiqishganda  ular  o`zlari 

to`lay  olishi  mumkin  bo`lgan  narxga  qarab  fikr  yuritishadi.  Shu  bilan  birga 

sotuvchilar  o`z  harajatlarini  o`zlari  qabul  qilishlari  mumkin  bo`lgan  narx 

yordamida  ko`rsatishadi.  Muvozanat  nuqtasi  esa  resurslarni samarali  taqsimlash 

nuqtasi  bo`lib,  u  barcha  ma’lumotlarni  o`zida  aks  ettiradi.  Ommaviy 

mahsulotlarda, bundan farqli o`laroq, harajatlar va daromadlar tahlilchilari davlat 

ommaviy  mahsulotlarni  qanday  va  qancha  miqdorda  ta’minlashi  bo`yicha  hech 

qanday  baho  signallariga  ega  bo`lishmaydi.  Ularning  harajatlar  va  daromadlar 

to`risidagi xulosalari, nari borsa, eng yaxshi taxminiy xulosalar, xolos. 



Keys stadi hayot qiymati qancha? 

Tasavvur  qiling,  siz  xalq  deputatlari  mahalliy  kengashga  a’zo  sifatida 

saylandingiz.  Shahar  injeneri  yoningizga  shunday  bir  taklif  bilan  keldi:  shahar 

10 000 so`m sarflab, hozirda faqat STOP belgisi qo`yilgan markaziy ko`chadagi 

chorrahada  svetofor    o`rnatishi  va  uni  keyinchalik  boshqarishi  mumkin. 

Svetoforning  ustun  jihati  -    harakat  havfsizligi  oshiriladi.  Injenerni  ilgarigi 

shunga  o`xshash  chorrahalardagi  loyihalar  tahlili  asosidagi  bahosiga  ko`ra 

svetofor  faoliya  muddati  davomida  o`lim  bilan  tugaydigan  yo`l-harakati 

hodisalari  darajasini  1,6  foizdan  1.1  foizgacha  tushiradi.  Siz  bunga  mablag` 

sarflaysizmi? 



 

412 


Ushbu  savolga  javob  topish  uchun  siz  harajatlar  va  daromadlar  tahliliga 

murojaat  etishingizga  to`ri  keladi.  Biroq  siz  darhol  o`ziga  xos  qarshilikka  duch 

kelasiz:  agar  siz  foydalilik  darajasini  hisoblamoqchi  bo`lsangiz,  harajatlar  va 

daromadlar  bir  xil  kattaliklarda  (o`lchovlarda)  hsoblanishi  lozim.  Qiymat  pul 

birligida  (so`mda)  o`lchanadi,  biroq  svetofor  keladigan  foyda  inson  hayotini 

saqlab  qolish  pul  birligida  o`lchanmaydi.  Qabul  qilinishi  lozim  bo`lgan  qarorni 

aniqlash  uchun  siz  so`mni  inson  hayotidagi  o`lchamini  aniqlashingiz  zarur 

bo`ladi. 

Dastavval  siz  inson  hayoti  bebaho  deb  o`ylashni  hohlashingiz  mumkin, 

qolaversa  siz  o`zingizni  yoki  biror  bir  sevimli  kishingizni  hayoti  uchun    o`z 

hohishingiz  bilan  sarflashingiz  mumkin  bo`lgan  pulning  qiymati  yo`q.  Bu 

shundan dalolat beraDilshodi, inson hayoti pulda (so`mda) qiymatga ega emas. 

Biroq bu javob harajatlar va daromadlar tahlili uchun o`ta mavhumdir. Agar 

biz rostdan ham inson hayoti uchun cheksiz qiymatliklarni sarflamoqchi bo`lsak, 

u  holda  har  bir  ko`cha  burchagida  svetor  o`rnatib  chiqishimiz  va  barcha  yangi 

yirik 


yuk 

avtomashinalariga 

eng 

so`nggi 


havfsizlik 

funktsiyalarini 

joylashtirishimiz lozim bo`ladi. 

Ustiga ustak, svetoforlar har bir burchakda emas va kishilar ko`p holatlarda 

havfsizlik yostiqchasi yoki tormoz tizimini bloklanishiga qarshi mexanizmga ega 

bo`lmagan,  qimmat  bo`lmagan  avtomobillarga  haq  to`lashni  afzal  ko`rishadi. 

Ommaviy  mahsulotlar  yoki  xususiy  mahsulotlar  to`g`risidagi  har  ikki  qarorda 

ham  ko`proq  iqtisod  qilish  maqsadida  hayotimiz  bilan  tavakkal  qilishga  tayyor 

bo`lamiz. 

Inson  hayoti  so`mdagi  ekvivalentga  ega  emas  degan  qarorni  qabul 

qilgandan so`ng qanday qilib bu qiymatni aniqlab olishimiz mumkin? 

O`lim  to`g`risida  da’vo  qilgan  taraf  harajatlarini  qoplab  berish  maqsadida 

“agar  vafot  etgan  shaxs  tirik  bo`lganda  qancha  mablag`  ishlab  topishi 

mumkinligini aniqlash” usuli sudlar tomonidan qo`llanilib kelinadi. Iqtisodchilar 

bu  usulni ko`p  holatlarda  tanqid  qilishadi,  sababi  bu  usul hayotni  yo`qotishning 

 

boshqa  qiymatliklarini  e’tiborga  olmaydi.  Shunday  qilib,  bu  usul  g`alati 



 

413 


ko`rsastkichni  o`zida  aks  ettiradi,  go`yoki  nogiron  yoki  pensionerning  hayoti 

hech qanday qiymatga ega emasdek. 

Inson  hayotini  baholashning  eng  yaxshi  usuli  bu  –  inson  o`z  hayotini 

yo`qotish  uchun  mavjud  bo`lgan  tavakkalchilik  va  bunga  to`lanishi  lozim 

bo`lgan haq miqdorini bilishdir. O`lish tavakkalchiligi, masalan, ish joyiga qarab 

baholanadi.  Osmono`par  binolardagi  quruvchilar  o`z  ish  joylarida  ofis 

ishchilariga  qaraganda  ko`proq  tavakkalchilikka  duch  keladilar.  Iqtisodchilar 

ko`proq  va  kamroq  tavakkalchililik  darajasiga,  ta’lim  sifatiga,  tajribaga  va 

boshqa  ish  haqini  belgilab  beruvchi  faktorlarga  qarab  kishilar  o`z  hayotlarini 

qanchaga  baholashlari  mumkinligi  haqida  ba’zi  bir  tushunchalarga  ega 

bo`lishlari  mumkin.  Ushbu  usulni  qo`llab  o`tkazilgan  tadqiqotlarga  ko`ra  inson 

hayoti qiymati 10 million so`mga baholanishi to`g`risida xulosaga kelingan. 

Endi  biz,  yuqorida  keltirib  o`tilgan  misolimizga  qaytib  shahar  injenerining 

taklifiga  munosabat  bildirishimiz  mumkin.  Svetofor  inson  haytini  saqlab  qolish 

tavakkalchiligi  darajasini  0,5  foizgagina  yaxshilaydi.  Shunday  qilib,  svetovor 

o`rnatilishidan  kutilishi  mumkin  bo`lgan  foyda  50 000  so`m  (yoki    0,005*10  

million  so`m)  ni  tashkil  etadi.  Bu  ko`rsatkich  loyiha  xarajjati  bo`lgan  10 000 

so`mdan bir muncha ko`p, demak siz loyihani tasdiqlashingiz mumkin. 



18.3.Umumiy resurslar 

Umumiy  resurslar,  xuddi  ommaviy  mahsulotlar  kabi  iste’moldan  mahrum 

qilinish xususiyatiga ega emas: ular iste’mol qiluvchilar uchun mavjud va bepul. 

Shu  bilan  birga  umumiy  resurslar  cheklanganlik  xususiyatiga  ega:  biror 

kishining  umumiy  resurslarni  iste’mol  qilishi  boshqa  bir  kishining  ularni 

iste’mol qilish imkoniyatlarini pasaytirib yuboradi. 

Shunday  qilib,  umumiy  resurslar  yangi  muammolarni  keltirib  chiqaradi. 

Atroflicha o`rganib chiqilgandan so`ng siyosatchilar umumiy resurslarni qanday 

hajmda  iste’mol  qilinayotganligi  haqida  qayg`urishlari  lozim.  Bu  masalani 

Umummilliy resurslar fojeasi hikoyasidan to`liqroq anglash mumkin. 

Umummilliy resurslar fojeasi 

O`rta asrlardagi kichik bir shaharcha hayotini ko`rib chiqamiz. Shaharchada 



 

414 


mavjud  ko`pgina  iqtisodiy  faoliyat  turlaridan  eng  muhimlaridan  biri  -  bu  qo`y 

etishtirish  edi.  Shahardagi  ko`pgina  oilalar  qo`ylarni  etishtiruvchi  xo`jalikkka 

(fermalarga)  ega  edilar,  ular  qo`ylarning  yunglarini  keyinchalik  kiyim-kechak 

sifatida ishlatish uchun sotishar edi. 

Bizni  hikoyamiz  boshlangan  vaqtda  quylar  ko`pgina  vaqtlarini  shaharni 

qamrab  olgan  Umumiy  Maydon  deb  nomalnuvchi  umumiy  yerlarda 

(yaylovlarda)  yotib  o`tkazishar  edi.  Shaharda  hech  bir  oila  o`zining  shaxsiy  yer 

maydoniga  ega  emas  edi.  Buning  o`rniga  aholi  kollektiv  (jamoa)  yer 

maydonlariga (yaylovlariga) ega bo`lib, o`z qo`ylarini mazkur yerlarda boqishar 

edi.  Kollektiv  (jamoa)  mulki  yaxshi  samara  beradi,  chunki  yerlar  yaxshi 

ko`rinishda  saqlanadi.  Kishilar  o`zlari  uchun  shaxsiy  yer  maydonlarini  ajratib 

olgunlariga  qadar  Umumiy  Maydon  iste’moldan  cheklanmagan  xususiyatga  ega 

edi  va  kishilarni  qo`y  etishtirishlarida  hech  qanday  to`siqlar  mavjud  emas,  bir 

so`z bilan aytganda hamma baxtli edi. 

Yillar  o`tishi  bilan  shaharcha  aholisi  soni  ham  unga  baravar  ravishda 

Umumiy  Maydonda  boqilayotgan  qo`ylar  soni  ham  ortib  borar  edi.  Yer 

maydonining  o`zgarmas  hajmida  qo`ylar  sonini  ortib  borishi  erni  o`zini  o`zi 

qayta  tiklash  qobiliyatini  kamaytirib  borar  edi.  Oxir  oqibat  yerni  tarkibi  shu 

darajada  yomonlashib  ketdiki  natijada  u  o`zining  hosildorlik  darajasini  butkul 

yo`qotdi.  

Ekinlarsiz  Umumiy  Maydonda  qo`ylarni  etishtirish  imkonsiz  va 

qachonlardir  rivoj  topgan  yung  etishtirish  sanoati  o`z  o`zidan  yo`qolib  boradi. 

Ko`pgina  oilalar  o`zini  o`zi  ta’minlash  uchun  daromad  manbaalarini 

yo`qotishadi.  Xo`sh,  ushbu  muammoni  yuzaga  kelish  sabablari  nima?  Nega 

cho`ponlar  qo`ylar  sonini  Umumiy  Maydonni  ishdan  chiqarish  darajasigacha 

o`sishiga  yo`l  qo`yishdi.  Muammo  shundaki,  ommaviy  va  xususiy  rag`batlar 

(manfaatlar) tubdan farq qiladi. 

Hosildor  erlar  sifatini  saqlab  qolish  cho`ponlarning  birgalikdagi  jamoaviy 

xarakatlariga  bog`liq.  Agar  cho`ponlar  birgalikda  harakat  qilishganida  edi,  ular 

qo`ylar  sonini  Umumiy  Maydon  quvvati  etadigan  darajada  saqlab  qolishlari 



 

415 


mumkin  edi.  Biror  bir  oila  uning  qo`ylari  sonini  kamaytirishdan  manfaatdor 

emas,  lekin  har  bir  qo`ylar  guruhi  aslida  umumiy  muammoning  alohida  bir 

bo`lagi hisoblanadi. 

Aslini  olganda,  umummilliy  resurslar  fojeasi  tashqi  ta’sirlarni 

o`rganmaganlikdan  kelib  chiqadi.  Bir  oilaning  qo`ylari  umumiy  maydonda 

boqilganda  bu  o`z  o`zidan  ikkinchi  bir  oila  qo`y  boqishi  mumkin  bo`lgan  yer 

maydoni  sifatini  yomonlashtiradi.  Kishilar  yaylovda  qancha  qo`y  boqish 

mumkinligini  aniqlashayotganda  bu  kabi  tashqi  masalalarga  befarqlik  bilan 

yondoshishadi, natijada qo`ylarning umumiy soni haddan ziyod ortib ketadi.  

Agar  muammo  ilgariroq  ko`rib  chiqilganda  shahar  aholisi  buning  echimini 

turli  usullar  bilan  topgan  bo`lishar  edi.  Buni  har  bir  oiladagi  qo`ylar  sonini 

cheklash,  ularning  ma’lum  bir  soni  uchun  soliq  joriy  etish  yoki  qo`ylarning 

ma’lum bir sonini boqish huquqini auktsion savdolarida sotish kabi usullar bilan 

tartibga solish mumkin edi. Ya’ni o`rta asrlardagi shahar qo`ylar sonini haddan 

ziyod  ortib  ketishi  muammosini  zamonaviy  jamiyat  atrof  muhitni  ifloslanishiga 

qarshi kurashayotgan usullar orqali bartaraf etishi mumkin edi.  

Buning  ustiga  er  bilan  bog`liq  holat  uchun  yana  ham  soddaroq      usullar   

mavjud:  shahar yer maydonini barcha oilalarga teng bo`lib berishi mumkin edi. 

Har bir oila o`z er maydonini to`siqlar bilan chegaralashi, keyinchalik uni chorva 

sonining  haddan  ziyod  ko`p  bo`lishidan  himoyalashi    mumkin  edi.  Shunday 

qilib,  er  umummilliy  resurs  emas,  balki  xususiy  mulkka  aylana  boshlaydi.  Bu 

narsa aslida 17-asrda Angliyada o`rab olish vaqtida yuz berdi ham. 



Umummilliy  resurslar  fojeasi  umumiy  saboqqa  ega:  qachonki  biror  kishi 

umumiy  resursdan  foydalanganda,  u  albatta  boshqalarning  undan  foydalanish 

imkoniyatlarini kamaytiradi. Aynan mana shu salbiy samara tufayli umummilliy 

resurslardan  ehtiyotsizlik  bilan  foydalaniladi.  Davlat  umummilliy  resurslar 

iste’molini  kamaytirish  maqsadidida  ushbu  muammoni  tartibga  solish  choralari 

yoki  soliqlar  orqali  hal  etishi  mumkin.  Boshqa  tarafdan  olib  qaralganda,  davlat 

gohida umummilliy resursni xususiy mulkka aylantirishi ham mumkin.  

Bu  hikoya  (dars)  ming  yillar  davomida  barchaga  saboq  bo`ldi.  Qadimgi 



 

416 


grek  faylasufi  Aristotel  umummilliy  resurslar  haqida  shunday  degan:    “Barcha 

uchun birdek mavjud bo`lgan ne’matlarga odatda kamroq e’tibor beriladi, sababi 

kishilar  o`zining  shaxsiy  buyumlariga  boshqalar  bilan  birgalikda  egalik 

qilayotgan buyumlariga qaraganda ko`proq hurmat bajo keltirishadi”. 



Ayrim muhim umumiy resurslar 

Umumiy  resurslardan  foydalanishning  ko`pgina  misollari  mavjud.  Deyarli 

barcha  holatlarda  umummilliy  resurslar  fojeasidagi  kabi    muammo  yuzaga 

keladi. Alohida shaxslar umumiy resurslardan haddan ziyod ko`p foydalanishadi. 

Davlat,  aksariyat  hollarda,  haddan  ziyod  ko`p  foydalanish  muammosini 

engillashtirish  maqsadida  ularning  xulq-atvorlarini  tartibga  soladi  yoki  turli 

yig`imlar joriy etadi. 

Toza  havo  va  suv.  Biz  ta’kidlab  o`tganimizdek,  bozorlar  atrof  muhitni 

oqilona  himoya  qilishmaydi.  Qat’iy  tartibga  solish  choralari  yoki  atrof-muhitni 

ifloslantirganlik uchun soliqlar bilan bartaraf etilishi mumkin bo`lgan ifloslanish 

salbiy  tashqi  ta’sir  hisoblanadi.  Bozorning  ushbu  salbiy  jihatini  jamiyatning 

umumiy muammosi sifatida ko`rish mumkin. Toza havo va toza suv huddi ochiq 

hosildor erlar kabi, atrof-muhitning haddan ziyod ifloslanishi esa huddi chorvani 

haddan  ziyod  ortib  ketishi  kabi  umumiy  resurslardir.  Atrof-muhitning  haddan 

ziyod ifloslanishi umummilliy resurslar fojeasining zamonaviy ko`rinishidir. 

Tirband  avtomobil  yo`llari.  Yo`llar  yoki  ommaviy  mahsulot  yoki  umumiy 

resurs bo`lishi mumkin. Agar yo`llar tirband bo`lmasa, u holda bir kishining undan 

foydalanishi  boshqa  bir  kishining  foydalanishiga  halaqit  qilmaydi.  Bu  holatda 

mahsulot  iste’molda  cheklanganganlik  xususiyatiga  ega  bo`lmaydi  va  yo`l 

ommaviy  mahsulot  bo`lib  qoladi.  Shu  bilan  birga,  agar  yo`llar  tirband  bo`lsa,  u 

holda bu yo`ldan foydalanish salbiy tashqi ta’sirni beradi. Agar biror kishi ushbu 

yo`ldan  yursa,  yo`l  yana  ham  tor  bo`lib,  boshqa  kishilarni  sekinroq  yurishga 

majbur etadi. Bu holatda yo`l umumiy resurs hisoblanadi. 

Davlat  tomonidan  yo`llarda  avtomobillar  tirbandligi  muammosini    bartaraf 

etish yo`llaridan biri bu haydovchilarga shaharlararo transport qatnovlariga soliq 

solish.  Shaharlararo  transport  qatnovlariga  soliq  solish  o`z  mohiyatiga  ko`ra 

Blumberg rejasi



 

 

Ko`pchilik iqtisodchilar yo`l harakatini tartibga solish 

mexanizmi sifatida yo`l narxini yoqlab chiqishdi. Yaqinda ular 

Nyu York Shahar merini bunga ko`ndirishdi.

 


 

417 


tirbandlikni tartibga soluvchi soliqdir. Ba’zida, xuddi mahalliy yo`llarda bo`lgani 

kabi,  qatnovlar  uchun  soliq  solish  amaliy  echim  bo`lmay  qoladi,  sababi  soliq 

summasi  juda  yuqoridir.  Biroq,  London  shahri  to`lov  hajmini  oshirish  usulini 

tirbandlikni bartaraf etishdgi eng muhim usul deb topdi. 

Gohida tirbandlik kunning ma’lum bir qismidagina muammo bo`lib qoladi. 

Agar  ko`prikda  yuk  avtomobili  tig`iz-paytda  o`tayotgan  bo`lsa  tirbandlik 

muammosi  faqatgina  mana  shu  soatdagina  yuzaga  keladi.  Ushbu  masalani 

samarali  echimi  shuki  –  tig`iz-paytda  yurganlik  uchun  to`lovni  yana  ham 

oshirish  zarur.  Bu  narsa  haydovchilarni  o`zlarining  harakatlanish  grafiklarini 

o`zgartirib, tig`iz-paytda yurmasliklari uchun o`ziga hos stimul bo`ladi.  

O`tgan  bobda  muqokama  qilingan  tirbandlik  muammosiga  qarshi 

kurashuvchi  usullardan  yana  biri  -  bu  benzin  uchun  soliq.  Benzin,  ma’lumki 

avtomobilda  harakatlanish  uchun  samarali  yoqilg`i  hisoblanadi:  benzin  narxini 

oshirish, odatda harakat hajmini kamaytirishni talab etadi. Shunday qilib, benzin 

uchun  soliq  yo`llarni  tirbandlik  darajasini  kamaytiradi.  Shu  bilan  birga,  benzin 

uchun soliq mutloq echim emas, sababi bu yo`llarda harakatlar hajmidan tashqari 

boshqa masalalarga ham ta’sir ko`rsatadi. Masalan, benzin uchun soliq tirbandlik 

qayd etilmagan yo`llarda ham harakatlar sonini kamaytirib yuboradi. 



Download 3.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling