O ZBEKISTONRESPUBLIKASI OLIY VA ORTA
MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti
Musiqiy ta’lim yo’nalishi
KURS ISHI
MAVZU: Musiqa madaniyati o’qituvchisining pedagogik mahorati.
Bajardi:________________
Tekshirdi:_______________
Mavzu:Musiqa madaniyati o’qituvchisining pedagogik mahorati.
I.Kirish.
II. Asosiy qism.
Reja.
Pedagogik mahoratning nazariy asoslari, hamda uning musiqa madaniyati fani o'qituvchisi faoliyatida to'tgan o'rni va ahamiyati.
Musiqa o’qituvchisining pedagogik mahorati o'quvchilarning axloqiy tarbiyalashning asosiy omili sifati
Musiqa o’qituvchisining pedagogik mahorati va uning asosiy tarkibiy qismlari.
III.Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish.
«...Pedagog bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz, ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o'zi ana shunday bilimga ega bo'lishi kerak».
I.A.Karimov
Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo'liga qadam qo'yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o'tishni ta'minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg'unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg'or texnologiyalarni egallagan insonlargina o'z oldimizga qo'ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishish mumkin ekanini hamisha yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz1
Umumiy o'rta ta'lim mazmuninida o'qituvchining musiqiy -pedagogik mahoratini takomillashtirish bir qancha tushunchalarni to'plash va umumlashtirishni taqozo qiladi. Fan-texnika, texnologiyalar va ishlab chiqarishdagi yangiliklarni hisobga olish muammosi, o'qituvchining musiqiy -pedagogik mahoratini takomillashtirish muhim vazifalaridan biridir. Uning echimi tadqiqotimizning ko'rsatishicha, o'quvchilarning fan va ishlab chiqarishning u yoki bu sohani tanlash imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.
Mustaqillik yillarida umumiy o'rta ta'limning maqsadi va vazifalari tubdan yangilandi. O'quvchilarning intellektual faoliyat ko'rsatish ko'lamini kengaytirish taqozo qilinmoqda. Chunki, O'zbekiston jamiyatida aqliy mehnatning mavqei keskin oshmoqda. Shuning uchun ham o'quvchilarni ijtimoiylashtirish va kasb-hunarga yo'llash jarayonida ularga nazariy, texnik va umummadaniy bilimlarni o'zaro mutanosiblikda taqdim etish zaruriyati vujudga kelmoqda.
Barcha o'quv fanlari qatori musiqiy ta'limda ham davlat ta'lim standartining joriy etilishi milliy musiqiy merosdan to'laqonli foydalanish imkonini beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |