I. A. Karimov Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo'liga qadam qo'yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o'tishni ta'minlar ekanmiz, faqat milliy V
Musiqa o’qituvchisining pedagogik mahorati o'quvchilarning axloqiy tarbiyalashning asosiy omili sifati
Download 87.72 Kb.
|
Musiqa madaniyati o’qituvchisining pedagogik mahorati.
2.Musiqa o’qituvchisining pedagogik mahorati o'quvchilarning axloqiy tarbiyalashning asosiy omili sifati
Musiqa bolalarning ruhiyatiga va hissiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatish vositasida ularni quvontiradi, yaxshilikka va go‘zalikka etaklaydi, nafosat olamiga olib kiradi. Shunday ekan, musiqa madaniyat darslarida bolalar qiziqishining yanada kuchayib borishi musiqa rahbari oldiga katta vazifalarni qo‘yadi. Negaki, musiqa o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan musiqiy mashg‘ulotlar bolalarni barkamol inson bo‘lib etishishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ahloqiy tarbiya - bu hayotning turli sohalarida va insonlar bilan munosabatda shaxsning xarakteri va hulq-atvoriga xalq ommasining munosabatlarini ifodalanishi. Insonning Vatanga, mehnatga, moddiy ne’matlarga, oilaga boshqa kishilarga hamda o’ziga munosabati va mazkur o’ziga ahloqiy munosabatlarini tarbiyalash, ahloqiy tarbiya g’oyalarini tashkil qiladi. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu Nasr Al- Farobiy musiqaning shaxs kamoloti shakllanishiga ijobiy ta’sirini quyidagicha bayon etadi: «Bu fan (ya’ni musiqa-D.O) shu ma’noda foydaliki, kimning fe’1- atvori muvozanatini yo’qotgan bo’lsa, tartibga keltiradi, kamolga yetmaganlarni kamolotga yetkazadi va muvozanatda bo’lganlarning muvozanatini saqlaydi. ... Bu fan tanning sog’ligi uchun ham foydalidir.» Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy ham musiqa san’ati ulkan tafakkur manbai, usiz bolaning aqliy rivojlanishiga erishib bo’lmasligini e’tirof etgan. Zotan, har bir musiqa asarida ijodkorning ma’lum g’oyasi yoki biror badiiy mazmun bo’ladi. Musiqaning mazmuni o’quvchining g’oyaviy emotsional xissiyoti faol kechishi natijasida idrok etiladi. Shuning uchun to’g’ri tarbiyalangan musiqaviy-badiiy did musiqa asarining g’oyaviy va badiiy mazmunini chuqur anglashda katta rol o’ynaydi. Demak, ahloqiy va aqliy-g’oyaviy tarbiya badiiy tarbiyaning ichki mazmunidir. Bu vazifani amalga oshirishda xalq musiqasi va kompozitorlar asarlarining mohiyatini, ularning tuzilish jihatidan farqini, milliy xususiyatlarini hamda janr tuzilishlarini o’rganish zarur. Bunda atoqli san’atkorlar ijodi bilan tanishish, ular yashagan davmi bilish, ular yaratgan asarlami musiqiy-pedagogik jihatdan tahlil etib o’rganish, mashxur asarlar taqdiri va tarixi bilan tanishish muhim rol o’ynaydi. O’rganiladigan asarlar badiiy va g’oyaviy jihatdan yaxlit ta’surot qoldirishi uchun ularni ma’lum mavzu asosida o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bunday mavzular bir yoki bir necha dars asosida musiqa qonuniyatlari, ijrochilik turlari yoki uning ifoda vositasi bo’lgan ma’lum mazmun bilan bog’lanishi mumkin. Masalan «Lad nima?», «Xalq musiqa ijodi», «Bastakorlik va kompozitorlik ijodi», «Musiqiy- epik dostonlar». «Katta ashula janri», «Maqomlar», «O’zbek musiqasida ijrochilik uslublari», «Musiqaning oddiy shakllari», «Qo’shiqlarda kuplet shakllari», «Suyita shakli», «Simfonik asarlar janrlari, «Musiqiy saxna asarlari» va boshqalar shular jumlasidandir. Garchi mazkur mavzu tizimi uslubi yangi dastur tarkibida ishlab chiqilayotgan bo’lsa-da, ammo bu narsa keng o’qituvchilar tajribasiga ham tayangan bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Asarni badiiy yaxlit idrok qilish, ikkinchidan, dars tuzilishiga ham bog’liq. Darsda turli musiqiy faoliyat turlarini (musiqa tinglash, ashula aytish, musiqa savodi) asarni musiqiy-pedagogik tahlil etish, musiqaning badiiy xususiyatini ayrim harakatlarda ifodalash va hokazo yagona maqsad sari yo’llash va bu bilan darsni mazmunan qiziqarli tashkil etish lozim. Shu boisdan musiqa darsi kompleks dars tipiga kiradi. Darsda faqatgina ashula aytib bolalarni zeriktirishga yo’l qo’ymaslik lozim. Bu ularning qiziqishini so’ndiradi va ovoz apparatlariga ziyon etkazadi.1 O‘z navbatida musiqa o‘qituvchilari bolalarni sevishi, o‘z kasbiga oid fanlardan puxta bilimga ega bodishi, yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega inson bodmogd lozim. Uning musiqa mashg‘ulotlariga ijodiy yondashib, zamon bilan hamnafas qadam tashlashi, zamonaviy texnika vositalardan, pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olishi muhim ahamiyatga ega. Zero, har bir bolalada musiqa madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda musiqa mashg‘ulotlarining imkoniyati kengroq bodadi. ___________________ Maktabda musiqa metodikasidan ma’ruzalar matni. 1990 yil. Ma’naviy va ahloqiy tarbiya qator omillar ta’sirida amalga oshiriladi. Bu eng avvalo, shaxsni umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish maqsadida ish olib borishda ko’rinadi. Ahloqiy sifat - shaxsning barcha muhim xususiyatlarini yaxiit xolga keltiradi. O’zbek xalqining moddiy va madaniy darajasining ko’tarilishi, yangi ahloqning kelajakdagi rivojlanishi va mustahkamlanishining sotsial bazasini kengaytiradi, shaxs extiyojlarini yangi darajasi va undan oqilona foydalanishni shakllantiradi. Ahloqiy tarbiyaning maqsadi- shaxsni ahloqiy shakllantirishdir. Ahloqiy tarbiyaning mazmuni avvalo o’quvchilarning amaliy faoliyatlarida, o’qish, mehnat, jamoatchilik ishlarida, ularning munosabatlari xarakterida o’zaro ta’sir ko’rsatish usullari, xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirishlarida namoyon bo’ladi. Ahloqiy tarbiyaning mazmuni, o’quv dasturlari va darsliklarga joylangan bo’lib, u o’quv jarayonida amalga oshiriladi. Masalan, xor darsda kuylash uchun mo’ljallangan qo’shiqlar repertuaridan ona-Vatanga, boy tabiatimizga, xalqimiz mehnati va hayoti bilan bog’langan turli bayramlarga, ahloq-odobga keng o’rin berildi. Tanlangan qo’shiqlar xilma-xil janrda bo’lib, ular ko’proq milliy musiqamizdagi lirik qo’shiqlar, xazil-mutoiba tarzidagi qo’shiqlar, bolalar xalq qo’shiqlari, bolalar o’yinlarini o’ynash uchun mos keladigan kuy-qo’shiqlar, marsh va vals kuylarini o’z ichiga oladi. Shuningdek, dasturga qardosh va chet el kompozitorlari asarlari, chet el xalqlarining qo’shiqlaridan namunalar kiritildi. Bu qo'shiqlarning g’oyaviy, ahloqiy va estetik mazmunini o’quvchilarga yaxshiroq singdirish uchun mavzuga mos kirish, ahloqiy suhbatlar, savol - javoblar kabi usullardan ijodiy foydalaniladi. Berilgan mavzularni oson o’zlashtirish uchun ifodali o’qish, mavzu asosida rasmlar chizish, ularni tahlil qilish, eski ro’znoma va oynomalardan mavzuga doir rasmlarni kesib yopishtirish kabi usullardan ham keng foydalanish tavsiya qilinadi. Ahloqiy tarbiya yoshi va o’quvchining to’g’ri yo’nalish olishi uchun hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan muhitni ham hisobga olganda, shaxsning butun hayotiy faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Ahloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi: Inson hayoti va madaniyatining ahloqiy qadriyatlari to’g’risida keng tasavvur beradi. Ahloqiy bilim asosan, ahloq to’g’risidagi suhbatlar, ma’ruzalar mavzuiy kechalar, turli kasb namoyondalari bilan uchrashuvlar, o’quvchilar konferentsiyasi va boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi. O’zbek xalqi ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega bo’lib, avvalo, insonparvarlik, kamtarinlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, do’stlik, birodarlik, poklik, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalab kelgan. Hozirda ma’naviy tarbiyani yoshlarda shakllantirish dolzarb vazifadir. O’zbek milliy qo’shiqlarini maromiga yetkazib kuylash, tinglovchilarning yuragiga ta’sir qildirish - bir san’at, u san’atdan bahra ola bilish ham katta iste’dod bo’lib qoldi. Shuning uchun, keksa san’at ustalarimizni tinglay olish, ularni ardoqlash, e’zozlash, oqibatli bo’lishni yosh avlodga o’rgatish, biz o’qituvchilarga katta vazifa yuklaydi. O’qituvchi-ustozning mahorati o’z o’quvchisini har bir ishini bajarishga majbur etishida emas, balki uni o’z xoxishi-irodasi bilan tushunib, quvonch bilan bajarishiga ragbatlantirishidadir. Ma’naviy tarbiyaning bir nechta jihatlari mavjud. Shuning bir qirrasiga ya’ni musiqiy ta’sir orqali yuksak insoniy xis-tuyg’ularni shakllantirish masalalariga ozgina to’xtalamiz. Asrlar osha yetib kelgan xalq hayotini ko’rsatuvchi qo’shiq va kuylar juda ko’p. Ular xis-xayajon uyg’otuvchi, mazmuni jihatidan esda qoluvchi, ta’sirchan kuchga egadir. Ularni har bir inson uchun qimmatli ahamiyatga ega ekanligini allomalarimiz uqtirib kelganlar. Farobiyning fikricha, musiqa kishini ruxlantirib, umumiy ma’naviy kamolotga yetishishida ijobiy rol o’ynaydi. Shuningdek, uning salomatligiga foydasi bo rligini aytib o’tadi. Musiqa sadolar ta’sirida asab tartibga tushadi. Ibn Sino kuylarning harakatiga, uning ritm holati bilan tomir urishi mos ravishda kelishini ham hisobga olgan. Ohangni bola qalbiga estetik ta’siri haqida qimmatli fikrlarini aytadi. «Shaxsni rivojiantirish, tarbiyalash va shakllantirish, bu insonning aqliy va ma’naviy kamolga yetkazish jarayonidir.» Mahoratli musiqa o'qituvchisi ma’naviy tarbiyani yo’lga qo’yishda quyidagi talablarni hisobga olish zarur: Sharq allomalarining musiqa va musiqiy tarbiyasiga bag’ishlangan asarlardan keng foydalanish; Ijodkor keksa avlodlarimizdan foydalanib qolish, ularning ishini davom ettiruvchilami tayyorlash kerak; Pedagogik amaliyot davrida quyidagilarga ahamiyat berish lozim: maktablardagi musiqa darslari va sinfdan tashqari ishlarni uzviy bog’lab olib borish; B.M.M. (DM.Sh) o’qiydigan bolalarni faol ishtirok etishlarini tashkil qilish; v) Radio, televideniyaning musiqiy eshittirishlari va ko’rsatuvlaridan unumli foydalanish; g) Ijodkor o’quvchilar bilan tanlovlar o’tkazib borish, saxna harakatini o’rgatish; Tarix, san’at muzeylariga sayohatlar uyushtirish; Milliy musiqa merosimizdan foydalanish, milliy madaniyatga havasni shakllantirish; Tarbiya uch narsaga extiyoj sezadi: iste'dodga, ilmga va mashqqa degan edi ulug olim Arastu. Ana shu g'oyalarga asoslangan holda, tarbiyachilar quyidagilarga amal qilishlari lozimdir: tarbiyada ulgayotgan inson shaxsini oliy - ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir o'quvchi, o'smir va yosh yigitning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy - huquqiy va erkinligining e'tiborda tutilishi: milliylikning o'ziga xos an'ana vositalariga tayanish, jaxon madaniyatining ilg'or tajribalariga asoslanish; o'quvchilar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish, qiziqarli, tulaqonli o'quvchilar yosh jihatlariga mos xayot iqlimini yaratish, mehnat, xayriya, ijtimoiy foydali, ijtimoiy ko'ngilochar va shunga o'xshash tadbirlar tashkil etish lozimki, natijada o'quvchilar o'zlari xoxlagan ishga qul ursinlar, muvaffaqiyat xissini tushunib o'zlariga ishonchlari ortsin, axloqan barqaror bulsin. O'qituvchining musiqiy - pedagogik mahoratida milliy istiqlol g'oyasi, ozod va obod vatanga muxabbat va insonparvarlik, ma'naviy-axloqiy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, ekologik tarbiya, nafosat tarbiyasi, jismoniy tarbiya, komil insonni voyaga etkazish kabilarga e'tibor berishi lozim. Demak, pedagog jamiyat xayotida etakchi urin tutuvchi, murakkab shaxs strukturasiga ega bo'lgan insonning kasbiy qiyofasidir. Ijtimoiy turmushning barcha sohalarida erishilgan yutuqlari zaminida, uning mehnati natijalari yotadi. Pedagoglarning pedagogik, psixologik tayyorgarligi va bilimlar integrasiyasi, muomala madaniyati, psixologik vaziyatlarni e'tiborga olish kabilar kuchli bo'lishi kerak. Yuksak saviyali, zur mahoratli tarbiyachilargina, xalq orzusidagi barkamol insonni tarbiyalaydi. Ilm insonni yuksaklik sari olib boradi. San'at — kishilik faoliyatining ajralmas qismi bo'lib, kishi shaxsi san'at vositasi yordamida va ishtirokida to'laligicha yorqin namoyon bo'ladi. Hozirgi kelajak avlodni tarbiyalashda san'at muhim o'rin tutadi. San'at insonparvarlik va odamiylik hamkorligi ruhida, uning hissiyotini o'stirishda yordam berib, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Hozirgi zamon yoshlariga estetik idroklarini tarbiyalash borasida g'amxurlik qilar ekanmiz, san'at bilan muomala qilishdan hosil bo'ladigan his-hayajondan, uni o'z hayoti va faoliyatida foydalana olishga o'rgatishimiz kerak. Shu sababli estetik tarbiya tarmog'ining ajralmas qismi sanaladi. O'qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati asosida bolalarda yoshlik chog'idan idrok etish, his etish, turmush va san'atdagi go'zallikni tushunish ishtiyoqi tarbiyalanadi va bu kabi go'zallikni yaratishga intilish kuchayadi. Bolaning badiiy faoliyatga bo'lgan qiziqishi ortadi. Unda badiiy-ijodkorlik qobiliyati rivojlanadi. Musiqiy-estetik tarbiya, demokratik jamiyat kishisini garmonik tarbiyalash yo'lida olib borilayotgan ulkan ishining tarkibiy qismiga aylanmog'i kerak. Bolalar bilan musiqali ish olib borish ayniqsa katta ahamiyat kasb etadi. Omma orasida musiqali targ'ibot olib bormay turib, to'laqonli natijalarga erishib bo'lmaydi. Musiqiy tarbiya bolalarda erta yoshdan boshlanishi kerak. Musiqa bola qalbida kuchli emotsional tuyg'u uyg'otadi. Musiqa yordamida uning badiiy idroki o'sib, hissiyotini yanada boyitib boradi. Bolalarda musiqiy idrokini rivojlantirmay, ularning musiqaga mehr-muhabbatini etarli darajada qiziqtirmay turib, har tomonlama jismoniy, ma'naviy boy va boshqa sifatlarini tarbiyalab bo'lmaydi. Musiqaga yoshlikdan uyg'ongan qiziqish kishining keyingi musiqiy rivojiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Shunga ko'ra, musiqani idrok etishning vazifasi va mazmunini aniqlash muhimdir. Bular shaxsning har tomonlama rivoji, jumladan, estetik tarbiyasi vazifalari bilan bog'liq umumiy maqsadlar bilan belgilanadi. Ma'lumki, bunday vazifalar bolalarni musiqa sohasidagi faoliyatlarga jalb etish, badiiy musiqaga nisbatan estetik idrok etishni va emotsional o'zlashtirishni rivojlantirish, muhabbatni tarbiyalash, musiqiy qobiliyatlarini o'stirish, musiqiy didni shakllantirish, qisqasi, bolalarning badiiy ijodkorligi hamda iqtidorini rivojlantirish kerak. Musiqaning bola hissiyoti va intilishiga, uning mazmunini tushunish va his etishiga katta ta'sirini hisobga olganda, haqqoniy va voqelikni to'g'ri aks ettirgan musiqiy asardan o'rinli foydalanish alohida muhim o'rin tutadi. Ma'lumki, musiqali obrazlarning shakllanishining asosiy manbai tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrofimizdagi dunyo va undagi go'zalliklarni idrok etishga bevosita bog'liqdir. Shu borada musiqa mashg'ulotlari mazmuni bolalar tomonidan bajaradigan qator faoliyatlarni taqozo etadi. Bulardan; tinglash, kuylash, musiqiy ritmik harakatlar, musiqa cholg'ularida ijro etish jarayonida bolalar ijrochiligi va ijodkorligi malakalari shakllanadi. Download 87.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling