I. A. Karimov Bu haqda so`z yuritar ekan, O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov quyidagi so`zlarni alohida takidlagan edi: - beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar
Download 128.2 Kb.
|
30 mavzu .Etnografiya (2)5555555555555555
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining ilmiy yangiligi.
- Kurs ishining tuzilishi.
Mavzuning dolzarbligi. Etnografiya O’zbekistonda juda muhim o’rin tutadi. Bugungi kunda biz bu fanni juda yaxshi egallashimiz lozim bo’lib uni o’zbek xalqi sifatida shakllanishidagi munosib o’rnini alohida takidlashimiz lozimdir.
Mustaqillik yillarida O`zbekiston tarixi har tomonlama xolis va ilmiy yoritila boshlandi. Ayniqsa, o`zbek davlatchiligi tarixi va uning jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyoti jarayonlarida tutgan o`rnini yoritishga katta e`tibor berilmoqda. Xalqimizning qadim tarixiga xolis va haqqoniy baho berish tarixchilarimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Kurs ishining ilmiy yangiligi. Ilk bor ushbu mavzu alohida tadqiqot mavzusi sifatida o’rganildi. Manbalardagi unvonlar atroflicha tadqiq etilib bir yerga jamlandi. Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Mavzuning turli manbalardan foydalanib yoritilishi, ilmiy adabiyotlarni, ilmiy nashrlar, materiallarni o’rganib, xulosalar chiqarish mavzuning ilmiy ahamiyatini belgilaydi. Ushbu mavzu yoritilgan va u Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimida, akademik letsiy va kasb–hunar kollejlarida qo’shimcha manba sifatida foydalanib “O’zbekiston tarixi”ning dars mashg’ulotlarida va qo’shimcha manba sifatida foydalanish mumkin bu mavzuning ahamiyatini belgilaydi. Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ilk yozuv manbalaridan qadimgi eron, yunon va rim mualliflarining asarlarida Vatanimiz hududida yashagan qadimgi qabila va elatlar tilga olinadi. Masalan, antik davr mualliflaridan miletlik Gektay, Strabon, Geradot, Arrian, Ptolomey va Ktesiy, sitsiliyalik Diodor, Pompey, Trog, Tasitlar o‘z asarlarida sak va massaget qabilalari, xorazmiylar, baqtriyaliklar, parfiyalik va so‘g‘diylar to‘g‘risida ayrim ma`lumotlar keltirganlar. O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi ajdodlari va ularning turar – joylari, urf-odat va marosimlari to‘g‘risida noyob ma`lumotlarni bizgacha yetib kelgan zardushtiylik dinining muqaddas kitobi "Avesto"dan olish mumkin. Avestoda keltirilgan ayrim ma`lumotlarni arxeologik ma`lumotlar to‘ldiradi. Mil.avv. II -I asrlardan boshlab arablar istilosigacha O‘rta Osiyo xalqlariga tegishli ba`zi axborotlarni Eron solnomalarida xitoylik sayyohlarning estaliklarida Vizantiya va Arman manbalarida uchratishimiz mumkin. Arablar hukmronligi davrida ilk o‘rta asr mualliflaridan geograf va sayyohlar Ibn Xurdodbeh al-Balxiy al-Istahriy, Ibn Havqal va Ma`sudiylar o‘z sayohatnomalarida zamondosh elatlar to‘g‘risida nisbatan boy ma`lumotlar yozib qoldirganlar. Masalan, Xurosonda yashagan geograf olim Abu Zayd Balhiy 60 ga yaqin asar yozgan. U dunyo xaritasini tuzadi. Uning asarlaridagi xaritalardan biri Buxorodagi Somoniylar kutubxonasida saqlangan. O‘rta asrning eng yirik olimlaridan iste`dodli tilshunos Mahmud Qoshg‘ariy o‘zining "Devoni lug‘otit turk" nomli noyob asarida o‘zbek xalqining eng qadimgi turkiy tilda gaplashuvchi ajdodlaridan biri bo‘lgan chigil qabilalari Iskandar Zulqarnayn yurish qilgan davrdayoq yirik etnik guruhlardan hisoblangani haqida ma`lumot beradi. Mahmud Qoshg‘ariy o‘z asarida ilk o‘rta asrlarda aholi ham turkcha ham so‘g‘diycha so‘zlashganligini, ya`ni, ikki til ham muomalada bo‘lganligini qayd qilgan. Demak, o‘zbek xalqining ajdodlari qadimdan muayyan bir hududda o‘ziga xos bir moddiy va ma`naviy birlik yaratib, asta-sekin til jihatidan umumiylikka erisha boshlagan. Natijada XI-XII asrlarga kelib o‘zbek xalqi shakllanish pallasiga kiradi. XI asrning yetuk shoiri va olimi Yusuf Xos Hojib tomonidan yaratilgan "Qutadg‘u bilig" asarining bizgacha yetib kelganligini alohida aytib o‘tish kerak. Unda ham juda ko‘p xalqimiz etnik tarixiga oid qimmatli ma`lumotlar uchraydi. Amir Temur va uning taxt vorislari hukmronlik qilgan davrda O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston hududiy yirik madaniyat markaziga aylandi va uning boshqa mamlakatlar bilan aloqalari kuchaydi. Bu davrga oid qiziqarli etnografik ma`lumotlar ispan elchisi Rui Gonsales de Klavixoning asarida, rus solnomalarida, mahalliy mualliflar Nizomiddin Shomiy, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqalarning asarlarida uchratish mumkin. XVII asr boshlarida O‘rta Osiyoni bosib olgan ko‘chmanchi o‘zbeklarning etnik tarkibi, hududiy joylashuvi, turmush tarzi va urf-odatlari to‘g‘risidagi ma`lumotlar Ma`sud ibn Usmon Kuhistoniyning "Tarixi Abulxayrxon" Kamoliddin Binoiyning "Shayboniynoma", Abulxayr Fazulloh Ro‘zbexonning "Mehmonnomai Buxoro" nomli asarlarida o‘z aksini topgan. O‘zbek xalq etnografiyasiga oid ma`lumotlarni to‘plash XIX asrning birinchi yarmidan boshlanib, N.N. Muravyеv, A.F. Negri, Ch.V. Xonikov, G.I.Danilevskiylar olib borgan kuzatishlar O‘rta Osiyo xalqari, shu jumladan, o‘zbeklarning etnografiyasini o‘rganishdagi dastlabki ilmiy qadamlar bo‘ldi. 1870 yili Buxoroga jo‘natilgan A.F. Negri boshchiligidagi diplomatik missiya qatnashchilaridan E.A. Eversmann, X.Pandar, P. Yakovlev, Polkovnik Meyndorflarning esdalik va xotiralari nihoyatda boy tarixiy etnografik ma`lumortlarga ega. G.Meyyendorfning turli tillarga nashr qilingan "Orenburgdan Buxoroga sayohat" kitobida Buxoro xonligining geografik o‘rni, ijtiomiy - iqtisodiy ahvoli, davlat tuzilishi, aholisi, ularning mashg‘uloti, qishloq xo‘jaligi, sug‘orish tizimi, hunarmandchiligi, ichki va tashqi savdo aloqalari oila va xotin qizlarning turmushi haqida qimmatli ma`lumotlar mavjud. Chet el mualliflaridan biri fors tilini yaxshi biladigan ingliz sayohatchisi Aleksandr Byorns 1831-1832 yillarda Buxoroda turib muhim siyosiy, iqtisodiy, harbiy va etnografiyaga oid materiallar to‘playdi. Byorns yozib qoldirgan sayohatnomalarida o‘zbek xalqi haqida nihoyatda ko‘p qiziqarli ma`lumotlarni olish mumkin. 1840-1850 yillar ichida Qozog‘iston va O‘rta Osiyo xalqlarining etnografiyasini ilmiy jihatdan o‘rgangan aka-uka Nikolay va Yakov Xanikovlarning xizmatlari katta. Yakov Xanikovning 1851 yilda nashr etilgan "Orol dengizi va Xiva xonligi xaritasiga izohnoma" asarida etnik masalalarga alohida e`ttibor berilgan. Turk tillarni yaxshi bilgan mashhur vengr olimi H. Vamberi 1863 yili Xiva, Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlariga sayohat qiladi. Uning O‘rta Osiyo haqida yozgan asarlarida mahalliy aholi, shu jumladan, o‘zbek xalqi etnografiyasiga oid qiziqarli ma`lumotlar mavjud. U o‘zbek urug‘lari haqida gapirib, birinchilardan bo‘lib "o‘zbek" so‘zining kelib chiqishi haqida so‘z yuritadi. H. Vamberi 32 ta o‘zbek qabilalarning ro‘yxatini, badiiy san`ati, urfodatlari va diniy marosimlari haqida qimmatli ma`lumotlar keltiradi. N Xanikov o‘zbek urug‘larini 96 taga bo‘lingan deb etirof etadi. N.P.Xoroshxin o‘zbek urug‘larini 91 ta bo‘l ganini takidlab o‘tadi. O‘tgan asrning dastlabki yillaridan boshlab fan va ma`rifat fidoiylari Turkiston Respublikasi hududida etnografik tadqiqotlarini o‘tkazishga katta e`tibor bera boshladilar. 1918 yilda ochilgan Turkiston xalq dorilfunida o‘zbek etnografiyasidan maxsus kurslar o‘qitila boshladi. O‘rta Osiyoda 1920-1924 yillarda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish tashkilotchilaridan biri M. P.Magidovich diqqatga sazovar ish qildi. U o‘zining aholi o‘rtasida to‘plagan tarixiy etnografiyaga oid ma`lumotlarga asoslanib, o‘zbek xalqi qabilalarining ro‘yxati hamda ularning qisqacha etnografik tavsifini berdi.3 Butun umrini O‘rta Osiyoda o‘tkazagan mahalliy tilni yaxshi bilgan M.S.Andrev va A.A. Semyonovlar ham o‘zbek etnografiyasini o‘rganishda katta hissa qo‘shdilar. 1920-1921 yillarda M.S.Andrev boshchiligida Shimoliy Farg‘ona va Samarqand viloyatlariga ilmiy safarlar uyushtirilib nihoyatda boy etnografik ma`lumotlar to‘playdi. 1819-1820 yillarda Xiva xonligiga sayohat qilgan kapital N.N.Muravyеv o‘z taassurotlari asosida muhim ilmiy asar yaratadi. 3. I.Karimov – Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. T., 2008 Muravyov asarining ba`zi boblarida bevosita o‘zbeklarning tabiati, diniy e`tiqodlari, urf-odatlari, ma`rifat, kiyim-kechagi, urug‘-aymoqchilik munosabatlar to‘g‘risida qimmatli ma`lumotlar keltirilgan. Uning ta`kidlashicha Buxoro tomonidan kelgan o‘zbeklar asosan to‘rt toifadan qiyot-qo‘ng‘irot, uyg‘ur-nayman, qang‘li-qipchoq, po‘kismang‘itidan iborat. Har bir toifa mustaqil hokim-inoqqa ega, ulardan qiyotqo‘ng‘irot hokimligi eng kattasi hisoblanadi. Uning keltirishicha, Xiva xonligidagi qabilaviy o‘zbeklar ko‘chmanchi bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi qora uylarda yashaganlar, ammo boy urug‘doshlar o‘troq sart singari katta paxsa devor bilan o‘ralgan uylarga ega bo‘lgan. Yuqorida ta`kidlanib o‘tilganidek, o‘zbek urug‘lari juda ko‘pga bo‘linishiga guvoh bo‘ldik. Biz o‘zbek urug‘lari ichida vatanimiz bo‘ylab ko‘proq tarqalgan Qo‘ng‘irot va Do‘rmon urug‘lari haqida ma`lumot ketiramiz. O‘rta asrlarda Dashti qipchoqdan kelib yurtimizda yashagan o‘zbek qabilalari vakillari orasida Qo‘ng‘irotlar boshqa o‘zbek urug‘lariga nisbatan ko‘pchilikni tashkil etgan. Ular o‘lkamizning barcha hududlarida istiqomat qilishgan. Qo‘ng‘irotlarning mazkur hududlarda gavjum tarqalishiga Shayboniylar davridagi "ulus tizimi" sabab bo‘lgan deyish mumkin Qo‘ng‘irotlar ko‘plab urug‘, oila va o‘zaro qarindosh guruhlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning urug‘-qabilalari xususida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Qo‘ng‘irotlarning yashash hududlarni birgina Surxon vohasi misolida olib qaraganimizda bunga guvoh bo‘lamiz. Ularning har bir urug‘i Sherobod vohasining muayyan hududlari bo‘ylab joylashgan. Jumladan, Qo‘ng‘irotlarning Vaxtamg‘ali shoxabchasi vakillari Sherobod daryosining o‘rta oqimida, Ko‘hitang tizmasidagi Gurjaq, Qurin, Jangariq va Xo‘jaqiya qishloqlarida, Qo‘shtamg‘ali Sheroboddaryoning o‘rta oqimidagi Chilonzor, Xamkon qishloqlarida, Qonjiqali Sherobod va Jarqo‘rg‘on hududlarida tarqalgan. Oyindilar Koh’itang tog‘ining sharqiy qismida joylashgan Qizil olma va Poshxurd qishloqlarida yashashgan. Tortuvlilar asosan Boysun bekligi hududlarida, ya`ni Sheroboddaryo bo‘yidagi Xo‘jabulxon, Tillakamar, Dahanaijom qishloqlari va Boysun shahri hamda uning atrofidagi ba`zi qishloqlarda yashaganlar. Qo‘ng‘irot urug‘lari Sherobod vohasidan tashqari Surxondaryo vohasi bo‘ylab ham ko‘p joylarda tarqalgan. Qoratog‘daryo havzasida 13140 ta, Surxon vohasining yuqori va Bobotog‘ qismida 9375 ta Qo‘ng‘irotlar vakillari borligi aniqlangan. Ular Sariosiyo va Denov tumanlariga bundan 170-180 yillar avval Dehqonoboddan kelishgan. Qo‘ng‘irotlar Surxon vohasining yuqori qismida, tog‘li hududlardagi Sangardak, Changloq, Bog‘cha va boshqa qishloqlarda tojiklar bilan aralash yashaganlar. Sariosiyo, Denov, Dashnobod, Sarijo‘y, Yurchida esa ular alohida qishloqlarda istiqomat qilishgan Qo‘ng‘irotlar qavmi 5 ta urug‘ga bo‘lingan: Vaxtamg‘ali, Qo‘shtamg‘ali, Qonjig‘ali, Oyinnali (oyindi), Tortuvli. Qo‘ng‘irot urug‘i 64 ta otadan tarqalgan bo‘lib, bu urug‘lar o‘z o‘rnida yana kichik oila va bo‘g‘inlarga bo‘linib ketadi (ba`zi ma`lumotlarda 66 ta deb ko‘rsatilgan). Vaxtamg‘ali urug‘i shoxobchalari: bug‘ajili, oboxli, irg‘oqli, qaychili, qozoyoqli, qoraqo‘ng‘irot, uyivali, ishqili, toroqli, chanchiqli, qiyqoshli, handakli, boymoqli, ochamayli, gilamboboli, ushquli (jami 16 ta). Qo‘shtamg‘ali urug‘i shoxobchalari: tilavmat, kuchaxo‘r, bandikuchuk, cholbachcha, oqpichoq, mavlish, ko‘sa, savribuzar, kal, qoraqolpoq, tulangit, o‘troqi, barchoq, kulobin, qoraqasmoq, zambiri. Qonjig‘ali urug‘i shoxobchalari: kuldovli, jelkellik, qurtag‘oy, to‘pqora, moltaka, qora, qorabuvra, duska, gala, qo‘g‘oy, qo‘yin, ulus, chullik, qoraqursak. Oyinnali (Oyindi)urug‘ shoxobchalari: kovka, qochay, qoraqolpoq, to‘por, beshbola, chulan, gala, turkman oyinni, xojibachcha, kal, qora, oqtona, oytamg‘ali. Tortuvli urug‘i shoxabchasi: to‘ng‘iz, tunka, o‘r, chupoq, xurosoni, qoarmo‘yin . D o‘rmon urug‘i ham vohada ancha keng hududlarda tarqalganligini kuzatish mumkin. Abulg‘ozi Bahodirxonning do‘rmon urug‘ining kelib chiqishini Mo‘g‘ulning Bichanqayon otli podshohining to‘rt o‘g‘lidan tarqalgan deb ta`kidlaydi. Bichanqayon dunyodan ko‘z yumishdan oldin el yurtga "kichik o‘g‘lini to‘ra qilib" saylashni vasiyat qilgan ekan. Otasining vasiyatini inobatga olib, kichik o‘g‘lini hoqon qilib saylabdilar. Ammo uning to‘rtala akasi kenja ukasining boshliq bo‘lganligidan norozi bo‘lib, bizdan birimizni hoqon qilib saylanglar deb xalqqa murojaat etishganda ularning istaklari rad etiladi. Natijada to‘rt aka-uka begona elning ichiga ko‘chib boradi. Begona elda ularni "do‘rmon" deb atashadi . Xofiz Tanish Buxoriy "Abdullanoma" asarida do‘rmon urug‘i haqida quyidagi ma`lumotni berib o‘tadi. "Bu toifa ham Nurindan tarqalgandir. Shunday naql qiladilarki, bular aka-uka bo‘lib, to‘rt o‘g‘ildurlar. Ular o‘zlari turgan joydan Chingizxonning viloyatiga kirishni istaganlar va sol bog‘lab unga o‘tirganlar va uning viloyatiga kirganlar. hikoya qiladilarki, do‘rmon qavmi o‘shalarning naslidandur va mo‘g‘ulcha "do‘rmon" "to‘rt " deganidir".4 Har ikkala manbada ham do‘rmon so‘zini mo‘g‘ulcha "to‘rt" degan ma`noni bildirishi ta`kidlangan. Bundan shu narsa ma`lum bo‘ladiki, to‘rt yigitdan tarqalgan avlodlar do‘rmonlar deb atala boshlangan. Ma`lumotlarga ko‘ra, do‘rmonlar to‘rt toifadan iborat bo‘lib, 18 ta urug‘ga bo‘lingan.5 Do‘rmonlarning birinchi toifasi uchuri deb nomlangan. Bu toifa urug‘lari: tibir, soltiq, qoratona, qunur, ola-toy, jomontoy, oxcha, uyli va boshqalar. Qiyonnoma toifasining urug‘lari: qiyot, qabla, qutuchi, jertebar, to‘qizalu, oq qo‘yli. Gurdak toifasining urug‘lari: no‘g‘oy, qozoq, bo‘rboy, usta. Soksan toifasining urug‘lari ma`lum emas. Shuningdek, do‘rmonlarni yana uvoq, uch urug‘, ko‘k chelak, yo‘qon, oy tamg‘ali, qo‘yli kabi bir qator urug‘larga bo‘linganligi ta`kidlangan. Yuqorida tilga olingan urug‘lardan tashqari boshqa bir qator urug‘lar ham borligini kuzatishimiz mumkin. Masalan, do‘rmonlar tarkibida biz ko‘rsatib o‘tgan urug‘lar bilan birgalikda bodroq, mayda-turk, ko‘sakalas, chorchur, jumuq, moda, kal, og‘oy, bo‘rloq kabi urug‘larni uchratish mumkin . 4. Azamat Ziyo.O`zbek davlatchiligi tarixi.T.,2000y. 5. Axmedov B.O`zbekiston xalqlari tarixi manbalari.T.,1991y. Surxon-Sherobod vohasida do‘rmon urug‘i alohida qishloqlarda, ba`zi qishloqlarda esa boshqa o‘zbek urug‘lari bilan aralash yashashgan. Ularning qishloqlarda joylashuvi yuqorida ko‘rsatilgan toifalarga qarab taqsimlangan. Do‘rmon urug‘ining mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida va davlat boshqaruvida nufuzi yuqori bo‘lgan. Masalan, Muhammad Shayboniyxon davrida qunduz shahrining hokimi do‘rmon Urusbek bo‘lganligi e`tirof etilgan. Do‘rmon urug‘i Ashtarxoniylar hukmronligi yillarida ham mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘zining yuqori mavqeini saqlab qolgan edilar. Shuningdek, Buxoro amirligining ijtimoiy-siyosiy hayotida ham ular faol qatnashganlar. O‘zbeklarning ko‘p qirrali qishloq xo‘jaligi asrlar osha to‘plangan an`anaviy tajribaga tayanadi. O‘zbekistonning hozirgi hududi tabiiy geografik sharoitiga qarab uchta qishloq xo‘jaligi mintaqasiga: tog‘li va tog‘ oldi (20.25%), sug‘orma yerlar (18.12), va dasht - yaylovlarga bo‘linadi. O‘zbekiston hududidagi ziroatchilik sug‘orish xususiyatlariga va ekin turlari bilan ham farqlangan, masalan, sug‘orma dehqonchilik mahalliy aholi sug‘oriladigan yerlarni "lalmi" yoki "bahori", deb nomlaganlar. Sug‘orma dehqonchilik xo‘jaliklari asosan, qadimiy vohalarda - Xorazm, Buxoro, Samarqand, Toshkent Qashqadaryo, Surxondaryo vohalarida va Farg‘ona vodiysida joylashgan. Sug‘oriladigan yerlar yana ekinlarga qarab dala yoki ochiq bog‘dorchilik hamda polizchilik yerlariga bo‘lingan. Tog‘ etaklarida qo‘llaniladigan qadimiy murakkab suv chiqarish usullaridan koriz tizimi diqqatga sazovar. Bir necha o‘zaro bog‘liq maxsus hududlar orqali sizot suvlar dalalarga chiqarilib, ekin maydonlari sug‘orilgan. Bunday sug‘orish tizimidan Nurota va Sherobod tumanlarida, Samarqand viloyatlarining, Qizilboy, Kultepa, Oqtosh, Chorbor nomli qishloqlarida, Namangan viloyati Chortog‘ tumani keng qo‘llanilgan, hatto ba`zilarida qisman hozirgacha ham saqlanib qolgan. O‘zbekistonda jamoat va shaxsiy xo‘jaliklarda yerga ishlov berish qurollarining an`anaviy turlari hozir ham ishlatilmoqda. Yerni haydashda yog‘ochdan yasalgan omoch kabi qurollar ishlatiladi. Haydalgan yerlarni tekislash va kesaklarini yanchish uchun taxtmola yoki tishli sixmola ishlatilgan. Yerga ishlov berishda bel, ketmon, yil hosilini yig‘ishda o‘roq va xirmonda payshaxa, yog‘och kurak va boshqalardan hozirgacha foydalanilib kelinadi. Barcha don ekinlari beda, jo‘xori, arpa va bug‘doy o‘roq bilan o‘rilgan. Mahalliy o‘roqlar deyarli bir xil, faqat katta - kichikligi va tig‘ining shakli farqlangan. O‘rilgan ekinlarini xirmon qilib, ot, ho‘kiz yoki eshak bilan yanchishgandan so‘ng shamolga to‘rt panjali yoki olti panjali shoxa va kurak bilan sovurganlar va hosilni somondan ajratib olganlar. O‘zbekistonda ziroatchilikning asosiy sohalaridan biri g‘allakorlik hisoblanadi. Bug‘doy, makka, oq jo‘xori, arpa, sholi, suli, tariq, kunjut, mosh, loviya va boshqalar ko‘proq ekiladi. O‘zbek chorvachiligida qorako‘lchilikka ayniqsa e`tibor katta bo‘lgan. Dumbali qo‘ylar asosan tog‘ va tog‘ oldi mintaqalarida boqilsa, qorako‘l qo‘ylari asosan tekisliklardagi yaylovlarda boqilgan. Kuzga yaqin hosil yig‘ilgandan keyin otarlar yaylovlardan qaytarilib maxsus ajratilgan qo‘tonlarda saqlangan. Ular qishloq atrofidagi dalalarda boqilib, kechqurun qo‘tonlarda to‘plangan. Hunarmandchilikning qadim davrlardan boshlab eng ko‘p tarqalgan sohasi temirchilik hisoblangan. Bu sohaning rivoji dastavval mahalliy xom ashyoga bog‘liq bo‘lgan. Rivojlangan sohalardan biri metall qo‘yish bilan bog‘liq bo‘lib, uni ko‘p joylarda digrezlik (ya`ni, qozon qo‘yish) yoki qozonchi, deb nomlaganlar. O‘zbek zargarlari asosan uyda, ba`zilari bozorda do‘konlar qurganlar. Xonlarning ko‘shak saroylarida maxsus zargarlik do‘konlari bo‘lgan va u yerda qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan pichoq va qilichlar yasalgan. Hozirgacha keng tarqalgan qadimiy kasblardan biri yog‘och buyumlar yasash hunarmandchiligidir. Durodgorlik asli qurilish kasbi bilan bevosita bo‘lgan. Eng og‘ir va murakkab mehnat, sabr-tog‘at, matonat talab qiladigan badiiyamaliy san`at sohasi marmar o‘ymakorligidir. Bu kasb Xiva va Buxoroda o‘tgan asrning boshlarigacha yetib kelgan bu soha o‘zining yuksak sifatli mahsulotlari bilan mashhur bo‘lgan. O‘zbekiston hududida kechgan turli tarixiy jarayonlar, hamda tabiiy geografik sharoiti bu yerda har xil xalq me`morchilik maktablarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi paytda saqlanib qolgan har bir mintaqaning imoratlari qurilish uslubi, planerovkasi va bezaklari bilan bir-biridan ajralib turadi. Farg‘ona vodiysida seysmik zona bo‘lganligi uchun bu yerda asosan ikki qator qo‘shsinch uylar qurish, zilzila kam bo‘ladigan Xivada bir qator sinchdan imorat solish odat bo‘lgan. Uy-joy qurilishida o‘zbeklarda o‘ziga xoslik saqlansada, umumiy me`morchilik an`anasiga amal qilingan. Ko‘pchilik uy-joylarning planirovkasi oila a`zolari soniga qarab bir necha uy, daxliz va ayvonlardan iborat bo‘lgan. Xo‘jalik xonalari, oshxona va molxona hovlida qurilgan. Uy-joylarni qurishda ishlatiladigan asosiy materiallar loy (paxsa), g‘isht, guvala va yog‘och bo‘lgan. O‘zbek uylarida qadimdan mahalliy iqlim sharoitiga moslashgan ayvon muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. uning tarkibiy qismi sifatida ayvonda yoki hovlida g‘isht yoki loydan supa qurilgan. Uyni isitishda ko‘p joylarda sandal ishlatilgan. Sandalning toshiga olov yoqilib, ustiga katta ko‘rpa to‘shalgan va sandal tevaragida oila-a`zolari umumiy ko‘rpaga o‘ralib yotganlar. Hozirgi o‘zbek sarpolari zamonaviy tipda bo‘lib, ayniqsa, yevropacha kiyim - kechaklarning kirib kelishi bilan tavsiflanadi. Milliy kiyimlar ko‘proq qishloqda, alohida ayollar sarposida ancha mustahkam saqlangan. An`anviy o‘zbek kiyim-kechagi asosan ustki ko‘ylak, ishton va chopondan, boshda do‘ppi, oyoqda kalish-maxsi va kovushdan iborat bo‘lgan. Erkaklarning an`anaviy yaxtak ko‘ylagi tizzagacha, ayollar va qizlarniki to‘pig‘igacha uzunlikda tikilgan. Shahrisabz, Qarshi va Surxondaryo jiyak ipak ip bilan but shaklida to‘qilgan. Buxoroda qimmatbaho kiyimlarga tilla ipda to‘qilgan jiyak tikilgan. Qadimiy ko‘ylak namunalari hozirgacha asosan qariyalar va yosh bolalar kiyimida saqlangan. Buxoro va Xorazm vohasida guppi ko‘ylak yoki guppiga, degan nomlar bilan ma`lum. Qadimiy ko‘ylaklarga oq matodan gorizontal ochilgan yoqali ko‘ylak, musulmon ko‘ylak ham kiradi. O‘zbek xalqining milliy ramzi saqlanib kelayotgan ustki kiyim -chopon shu kungacha muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbek choponlari rangi, uzunligi, kengligi va kiyish uslubiga qarab har joyda har xil bo‘lgan. Masalan, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida uzun va keng, uzun yengli, paxta yoki yarim ipak rangli matodan tikilgan chopon. Farg‘ona va Toshkentda yashil yoki ko‘kyashil chopon kiyish odat bo‘lgan. Ilgari qizlar va ayollarning sochi o‘rimi jiddiy farqlangan, qizlar va kelinchaklar (bola tuqqungacha)da qirq o‘rim soch, ayollarda ikki o‘rim soch qo‘yish odat bo‘lgan. O‘zbek taomlari ichida qadimgi davrlardan xamir ovqatlar alohida o‘rin egallaydi. Xamirdan har xil mahsulot tayyorlanadi. O‘zbeklar qadimdan turli xil kabob pishirishni bilganlar. Masalan, hozirgacha qozon-kabob, bug‘lama kabob, tandir kabob, cho‘pon kabob, xasip kabob va jigar kaboblar xalq orasida asosiy milliy taomlardan biri hisoblanadi. Suyuq ovqatlardan har xil sho‘rva va mastava butun O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. hozir ba`zi joylarda saqlangan guja oshi, atala, umoch va piyovalar masallig‘i kamchil bo‘lganligi tufayli kambag‘allarning ovqati hisoblangan. Bunda suyuq qurt va sariyoq qushib pishirilgan qurtoba kabi ovqatlarni kiritish mumkin. O‘zbek taomlarining eng oliysi shohpalov hisoblanadi. Hech bir to‘y-tomosha, mehmondorchilik palovsiz bo‘lmaydi. Palov quyuq taomlarga kiradi. Palov har bir viloyatda, ba`zan ayrim tumanlarda o‘ziga xos usulda tayyorlanadi.Joy nomlari insoniyat tarixi va hayotida alohida o‘ringa ega. Ularsiz kishilar qayerga borishini ham bilmasdilar. Shuning uchun qadimgi joy nomlariga maxsus, alohida to‘xtalish hollari bo‘lmasa hamki yozilgan ilmiyamaliy qiymatga ega bo‘lgan asarlarda u yoki bu darajada to‘xtalganligini tarixiy va geografik asarlaridan bilishimiz mumkin. Atrofimizdagi turli-tuman joylarni ularga berilgan nomlar asosidagina tushunamiz, anglaymiz va eslab qolamiz, chunki toponimlar (joy nomlari) o‘ziga xos tarix, o‘ziga xos xotira hamda o‘ziga xos madaniy-ma`naviy yodgorliklardan biri sanaladi. Shuning uchun ham joy nomlari davlat ahamiyatiga molik masala ekanligi qator rasmiy hujjatlarda qayd qilingan. Ma`lum mintaqa toponimikasini o‘rganish ma`lumot to‘plashdan boshlanadi. Bu ish odatda o‘lkashunoslik bo‘yicha tadqiqot olib borilayotgan mikrotuman, qishloq, ovul, mahalla hududlarida, keyinchalik ma`muriy tuman hamda viloyat va nihoyat jonajon o‘lka miqyosida amalga oshiriladi. Toponimik ma`lumot yig‘ish ishini boshlashdan avval ma`lumotlarni qanday va qaerlardan to‘plash, hamda kimlar bilan qanday mavzuda suhbatlar o‘tkazishning, hech bo‘lmaganda taxminan ish rejasi va dasturi ishlab chiqilishi shart. Mana shu reja va dastur asosisda puxta tayyorgarlik ishlari olib boriladi, so‘ngra dala tadqiqot ishlariga o‘quvchi va talabalar jalb qilinadi. Dala tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida aholidan eshitgan hikoya, afsona va o‘tmish haqidagi suhbatlarni hamda boshqa materiallarni muntazam yozib boriladigan maxsus daftar bo‘lishi shart. Shundan so‘ng surishtirish va suhbat natijasida olingan ma`lumotlarni tadqiq qilishda toponimik toifalar bo‘yicha maxsus kartotekalar tuziladi. Keyin shu asosda lug‘atlar tuziladi. Keyinchalik tadqiqotchilarning fikrini hisobga olgan holda bir tipdagi ommaviy toponimlarni sinchiklab o‘rganish katta ahamiyatga ega. Tadqiq qilingan va to‘plangan toponimik ma`lumotlar o‘lkashunoslik muziyida saqlanadi. Shuningdek, bu ma`lumotlar maxsus kutubxonalardagi alohida bo‘limlarda saqlanadi. Toponimik ma`lumotlar to‘plash ko‘pincha shu o‘lka tarixini o‘rganish ishi bilan parallel holda olib boriladi. Turistik sayohatlar va poxodlarda, ilmiy safarlarda qatnashgan, shuningdek, muzeylar arxeologik yodgorliklar, tarixiy obidalar va arxitektura yodgorliklariga borgan o‘lkashunoslar arxeologik, etnografik ma`lumotlar bilan bir qatorda toponimik ma`lumotlar ham to‘playdilar. Dastlabki etnografik ma`lumotlar ibtidoiy jamiyat qaror topganidan keyin qabilalar o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishi natijasida to‘plana boshlangan. O‘sha davrdayoq ayrim qo‘shni qabila, elat va xalqlarning maishiy turmushi, etnik xususiyatlarini o‘rganish taqozasi bilan vujudga kelgan. O‘zbek xalqining eng qadimiy ajdodlari to‘g‘risida ma`lumotlar juda kam. Sharq mustabidlari, ayniqsa, qadimgi Eron, Bobil, Ossuriya hukmdorlari o‘zlarini ulug‘lash maqsadida toshga bitilgan zafarnomalarida bosib olingan va bo‘ysundirilgan elat va xalqlarni tilga olganlar. Shular ichida O‘rta Osiyoliklarning qadimiy ajdodlari to‘g‘risida ham ma`lumotlar mavjud. Ilk yozuv manbalaridan qadimgi eron, yunon va rim mualliflarining asarlarida Vatanimiz hududida yashagan qadimgi qabila va elatlar tilga olinadi. Masalan, antik davr mualliflaridan miletlik Gektay, Strabon, Geradot, Arrian, Ptolomey va Ktesiy, sitsiliyalik Diodor, Pompey, Trog, Tasitlar o‘z asarlarida sak va massaget qabilalari, xorazmiylar, baqtriyaliklar, parfiyalik va so‘g‘diylar to‘g‘risida ayrim ma`lumotlar keltirganlar. O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi ajdodlari va ularning turar – joylari, urf-odat va marosimlari to‘g‘risida noyob ma`lumotlarni bizgacha yetib kelgan zardushtiylik dinining muqaddas kitobi "Avesto"dan olish mumkin. Avestoda keltirilgan ayrim ma`lumotlarni arxeologik ma`lumotlar to‘ldiradi. Mil.avv. II -I asrlardan boshlab arablar istilosigacha O‘rta Osiyo xalqlariga tegishli ba`zi axborotlarni Eron solnomalarida xitoylik sayyohlarning estaliklarida Vizantiya va Arman manbalarida uchratishimiz mumkin. Qadimiy yodgorliklar xalqlarning madaniyati , ma’naviyati 6,, qadryatlari tarixidan darak beruvchi ashyoviy dalillar hisoblanadi . Shu o’rinda tarixni arxeologik yodgorliklar misolida targ’ib etish va uning tarbiyaviy ahamiyatini ko’rsatish juda muhim . Shu bilan birga , mamlakatimiz hududida joylashgan arxeologik yodgorliklar va ulardagi topilmalar yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda , ularning qalbida ko’hna tarix va madaniyatga hurmat – ehtirom uyg’otishda katta ahamiyatga egadir . Arxeologik yodgorliklar O’rta Osiyo O’zbekistonmadaniy hayotni o’zida aks etiruvchi juda muhim moddiy manba hisoblanadi .1Qadimgi O’rta Osiyo to’g’risidagi arxeolgik manablar , Selungur makonida uchraydi . Farg’ona vodiysi hududida ashel davriga oid eng noyob makon . Selung’ur g’ori Farg’ona shahridan janubiy – g’arbda Haydarkonning g’arbiy chekkasida joylashgan . 7 Selung’ur g’ori dastlab 1958 – yilda akademik A.P.Okladnikov tomonidan o’rganilgan va u yerdan bir necha tosh uchrindilar topilib , ularning yoshi so’nggi palelitga oid deb belgilandi . 1980 – 1988 yillarda arxeologik O’.Ismoilov boshchiligidagi O’zR FAga qarashli. 6.Madraximov A. Fuzailova G.Manbashunoslik.T.,2008y. 7.O’zbekiston tarixi jurnali. T. 2003-yil 16-son Arxeologiya insitutining paleolit otryadi Selung’ur makoni qayta tekshirdi . Tadqiqotlar davomida 7 metr chuqurlikda o’rtacha qalnligi 20 – 40 smdan iborat 5 ta madaniy qatlam aniqlandi . Madaniy qatlamlardan toshdan yasalgan mehnat qurollari : qo’l choqmori , to’mtoq boltalar , pichoqsimon qurollar , ko’plab tishli qurollar , qush tumshug’iga o’xshash qurollar qazib olingan . Beshinchi qatlamdan ashel davriga mansub qo’l cho’qmori topildi . U O’rta Osiyo hududidagi ilk qurollardir . U nayzasimon shaklga ega bo’lib , qizil yashma toshdan tayyorlangan .Makonnig eng muhim topilmalaridan bo’lgan odam suyaklari 3 va 2 qatlamlardan topilgan . U yerdan odamning yelka suyagining bir bo’lagi , bosh suyagi engak qismining bir bo’lagi , 14 ta tish topilgan . Antropologlar ularni tadqiq qilib , ashel davrida yashagan arxantroplar deb topdilar . Selug’ur odamining yashash davri va uning tuzilishi to’g’risida munozaralar hali tugagan emas . Bu yerda topilgan tishlar 4ta shaxsga mansubligi aniqlangan .Shulardan biri pastki tish bo’lib , 40 yoshlardagi ayolniki degan fikrga kelgan . Selung’ur odami o’ziga xos tuzilishga ega . U arxantroplar va poleantroplar o’rtasida oraliq masofani egallaydi .Issiq mozor qo’rg’oni Olma – Ota shahridan 50 km sharqdagi Issiqdaryoning chap sohilidan topilgan . Uni 1972 – yil A.K.Akishev o’rgangan . Bu qo’rgondan saklarning kiyim – kechakalari , oyoq kiyimlari va qurollari nihoyatda yaxshi saqlangan . Bu topilmalar orqali olimlar saklarning bayramlarida kiyadigan kiyim tasvirini to’liq tiklaganlar .Ularning qalpog’I , ko’ylagi va oyoq kiyimlari oltin qadama bezaklar bilan bezatilgan . Bu yerdan 4 mingdan ortiq oltin buyumlar topilgan .1877 – yil Vaxsh daryosining Amudaryoga quyiladigan joyida Qo’bodiyon bekligi (Janubiy Tojikiston) hududida mahalliy aholi tomonidan qadimgi davrlarga oid oltin va kumush buyumlar ko’plab topilgan . Bu noyob buyumlar olimlar qo’liga tushgachgina , uni saqlab qolishga harakat qilindi . Ulardan faqat 180 taga yaqin zargarlik buyumlari va tangalar saqlanib qolindi . U “Amudaryo xazinasi”nomini olgan bo’lib , ko’pchilikning qiziqishini o’ziga tortgan . Ular orasidan maxorat bilan ishlangan oltindan yasalgan ot – arava bo’lib , uni kumushdan yasalgan ikkita odam boshqarmoqda , odam tasvirlangan otin plastinkalar , oltin bug’u haykali , feruza ko’zli buqaning bosh qismi , oltin bilakuzuklar va boshqalar . Bular qadimgi Baqtriyada zargarlik sohasini nihoyatda rivojlanganligini ko’rsatadi .1.2 Qadimgi Eron , Xitoy va Hind manbalarida O’rta Osiyo haqida .Ko’hna tarixni o’rganishda forsiy , turkiy yozma manbalar bilan bir qatorda xitoy manbalarining tutgan o’rni ham alohida diqqatga sazovordir .Garchand , Xitoy manbalari milloddan ilgari yozila boshlagan bo’lsa – da 5000 yillik tarixni o’zida mujassamlashtirgan . Bu manbalar yillarning aniq ko’rsatilishi , voqealarning tadrijiy holda yozilishi bilan boshqa manbalardan ustunlikka ega . Saklar , massagetlar , toxarlar va qadimgi Qanha xalqi , ularning ijtimoiy – iqtisodiy hayoti haqidagi qimmatli ma’lumotlarni hindlarning epik dostoni “Mahobharata”da ham uchratamiz “Mahobharata”(“Bharata avlodalari jangnomasi”) sanskrit tilida yozilgan bo’lib , 100 ming baytni o’z ichiga olgan 18 kitobdan iborat . Afsonaviy shoh Bharataning ikki toifa avlodalari kavravlar va pandavlarning o’zaro adovatlari va urushlari bayon etilgan . U mil.avv. X – VIII asrlarda yaratilgan .Asarda , masalan , uzoq Hinsitonga , fikrimizcha savdo – sotiq ishlari bilan borgan saklar , toxarlar va qanhalar haqida mana bu muhim ma’lumot keltirilgan : 7“Uning (podshoh Yudhishtirning ) eshigi oldida boshqa xalqlar bilan birga saklar , toxarlar va qanhaliklar ham navbat kutib turardilar . Pahmoq soqol , peshonalari shohlar bilan bezatilgan , qo’llarida turli – tuman sovg’alar , jun , rang , ipak va patta (oq qayiqning bir turi ) daraxt tolasidan , shuningdek kamyob matolardan , paxtadan to’qilgan gazlamalar , mayin , nafis terilar , uzun va o’tkir qilichlar , shamshirlar , temir nayzalar , har xil boltalar , ichimliklar , hushbo’y narsalar , turli – tuman qimmatbaho toshlar”.2.1 Yunon – Rim , manbalarida O’rta Osiyo tarixi .Yunon va Rim mualliflari ma’lumotlarining to’g’rilik darajasi turlichadir . Bu ma’lumotlarning asosiy qismi tasvirlangan voqealardan ancha muddat o’tgandan keyin yozilgan manbalardan olingan . Shu sababdan antik davr mualliflari asarlarida nomlari tilga olingan ayrim jug’rofiy atamalar – daryolar , tog’lar , shahar va qishloqlarning qayerda sharxlashganligini aniqlash (lokalizatsiyalash qilish) ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi . Ularning ayrimlari turli tortishuvlarga sabab bo’lib , hozirgacha aniqlanmagan . Antik mualliflar asarlarida real voqeliklar ba’zan afsonaviy yoki yarim afsonaviy to’qimalar bilan qorishib ketadi . Yunon va Rim tarixchilarining O’rta Osiyo haqidagi ma’lumotlari uzuq – yuluq bo’lib , ko’p hollarda bu ma’lumotlar o’zaro bog’lanmagan . Shu sababdan ular asosida qadimgi zamonlarda O’rta Osiyo istiqomat qilgan xalqlar tarixining to’la va yaxlit manzarasini tasavvur qilish amri maholdir . Shunday bo’lsada , antik mualliflar bergan ma’lumotlarni tanqidiy tahlil etish hamda arxeologik va epigrafik manbalarni jalb etish asosida qadimgi tariximizni mumkin qadar teranroq o’rganishimiz kerak .8Qadimgi Yunon va Rim tarixchilarining sharqqa qiziqishi asosan 2 ta voqea bilan bog’liq , aniqrog’i , yunon – fors urushlari va Iskandar Makedoskiyning Ahamoniylar davlatiga qarshi hujumi bilan bog’liqdir . O’rta Osiyoning mil.avv.IV – milodiy IV asrlardagi tarixi , tarixiy jug’rofiyasi va etnografiyasiga doir ma’lumotlar Diodorning Sitsiliskiyning “Tarixiy Kutubxona”(mil.avv.Iasr) , Rim tarixchisi Pompey Trogning “Flipp tarixi”va “Ibtido”nomli asarlarida (mil.avv.I – milodiy I asr ) , yunon tarixchisi Polibiyning “Umumiy tarix”(mi.avv.II asr) , rim tarixchisi Pilniyning “Tabiiy tarix”, rim tarixchisi Tatsitning “Tarix”va “Yilnomalar” (“Annallar” 1 – 2 asrlar) ,yunon olimi Klavdiy Ptolomeyning “Jug’rofiyaga oid qo’llanma” ( II asr) , rim tarixchisi Ammian Marsellinning “Ahmol”(IV asr) va boshqa mualliflarning asarlarida uchraydi .“Oddiy tarix”Gay Pliniy Sekundning shoh asari hisoblanadi va unda antik dunyo tarixi , iqtisodiy ahvoli hamda madaniyatini bayon etilgan . Unda muallifning o’z manbalariga jiddiy va tanqidiy munosabatda bo’lmaganligi , ayrim dalil va vaqealarni buzib ko’rsatilganligi sezilib turadi . Bu kitob antik dunyo tarixi bo’yicha keng ma’lumot beruvchi qomusiy asar sifatida etiborlidir .“Oddiy tarix”da O’rta Osiyoning ham qadimiy tarixi , unda istiqomat qilgan xalqlar , masalan , skiflar , Oks – Amudaryo , Yaksart – Sirdaryo va Skifcha shahar nomlari , tabiiy boyliklari , Antioxiya shaharlarining barpo etilishi haqida qimmatli ma’lumotlar bor .18Polibiy ( mil.avv.201 – 120) – yirik yunon tarixchisi , 40 kitobdan iborat “Umumiy tarix”asari bilan mashhur . Unda Ellada , Makedoniya , Karfagen , Misr , Suriya va Rimning 220 – 146 yillari orasidagi ijtimoiy – siyosiy tarixini o’z ichiga oladi . Umumiy tarix yozilgan bu asarning katta qismi saqlanmagan , bizgacha faqat 1 – 5 kitoblarigina yetib kelgan , xolos .Polibiyning “Umumiy tarixi” daliliy ma’lumotlarga boyligi , voqelarning nisbatan xolisona yoritilishi bilan alohida ahamiyatga egadir .Unda Oks – Amudaryo va Yaksart – Sirdaryo haqida , Antiox I ning Baqtriya podshohi Yevtidemga qarshi harbiy hujumi haqida muhim ma’lumotlar bor .2.2 Avesto tarixiy manba sifatida .Zoroastrizm – otashparatlik (mil.avv.VI – milodning VI asri ) dinining muqaddas kitobi bo’lib , miloddin avvalgi VI – milodning VI asrlarida yozilgan , Eron hamda O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati , e’tiqodi , tili , adabiyoti va qisman tarixini o’rganishda asosiy manba hisoblanadi .Asarning yozilgan joyi haqida turlicha fikrlar mavjud . Bir guruh olimlar – fransuz J.Darmsteter , Ozarbayjon olimi I.Aliyev , “Avesto”Midiya – hozirgi Eronning shimoliy – g’arbiy qismi va Ozarbayjonda yozilgan desa ,ko’pchilik – V.V.Struve , S.P.Tolstov,F.Altxaym va boshqalar Amudaryo bo’yida joylashgan viloyatlarda , Balx va Xorazm oralig’ida yaratilgan , deb hisoblaydilar . Oxirgi fikr so’nggi vaqtlarda Eron olimlari , masalan Ibrohim Pur Dovud tomonidan ham e’tirof etilgan .“Avesto”matni to’liq saqlanmagan . Bizgacha , uning juda oz qismi yetib kelgan , xolos . Ma’lumki , “Avesto” Kayoniy hukumdorlardan Gishtosp – Vishtosp zamonida kitob holiga keltirilgan . Rivoyatlarga qaraganda uning gatlar deb ataluvchi asosiy qismi xudo – Zaratushtra tomonidan yozilgan va Ma’sudiy , Tabariy va Beruniylarning so’zlariga qaraganda 12000 ho’kiz terisdan tayyorlangan maxsus pergamentga oltin harflar bilan yozilgan . O’sha vaqtlarda uning uch nusxasi mavjud bo’lgan , lekin bir nusxasi Iskandar Zulqarnaynning farmoni bilan yoqib yuborilgan . Ikkinchi nusxasi Yunonistonga olib ketilgan , uchinchi nusxasi esa otashparastlar diniga kuchli e’tiqodli bo’lgan kishilar qo’lida saqlanib qolgan . Lekin bu nusxa to’liq emas .Asarning saqlanib qolgan qismlarini to’plash va kitob holiga keltirish ishlari Parfiya podshosi Valgash III (148 – 192 ) hamda Sosoniylar (milodning III asri )davrida ham davom ettirildi . “Avesto”sosoniy Shopur II (309 – 379) davrida tartibga solindi , izohlar va qo’shimchalar(zand) bilan boyitildi va to’la kitob holiga keltirilib , asosiy qismlari pahlaviy tiliga tarjima qilindi . Bu kitob “ZandAvesto” nomi bilan mashhur .Afsuski , “Zand Avesto” ham bizning zamonamizgacha to’la holda yetib kelmagan . Uning bir qismi Iskandar Zulqarnayn yurishlari vaqtida , boshqa bir qismi esa arablar istelosi (674 – 715y) vaqtida yo’q qilingan . Asarning bizgacha yetib kelgan qismi , professor E.E.Bertelsning ma’lumotiga qaraganda 19,83 000 so’zdan iboratdir . U, asosan to’rt qismdan – yasna , yashtov , vispered , vendidaddan iborat . Yana tarkibiga kirgan gat deb ataladigan qo’shiqlar “Avesto”ning eng ko’hna va qimmatli qismlardir . Qadimgi O’rta Osiyo tarxi to’g’risida hikoya qiluvchi manabalarni shartli ravishda 1 Arxeologik manbalar Xalq og’zaki ijodi ; Etnografik manbalar ; Antropologik materiallar ; Yozma manbalar ; kabi yo’nalishlarga bo’lib tadqiq etishni lozim deb bilaman . Har bir fan dastlab fakt va raqamlarni to'playdi, keyin ularning mohiyatini tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi. Etnografik bilimlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ularning paydo bo'lishi, zarur ma'lumotlar to'planishi, faktlar anglab olinishi bir vaqtda sodir bo'ladi. Masalan, ayrim qo'shni qabila, xalq va elatlarning maishiy turmushi, madaniyati, urf-odatlari, etnik xususiyatlarini o'rganish, ularni aniq tushunish amaliy ehtiyojlarni qondirish taqozosi bilan vujudga kelgan. Eng qadimgi sharq mamlakatlarida uzoq-yaqin qo'shnilar bilan samarali savdo-sotiq munosabatlarni o'rnatish, shu-ningdek, ularga qarshi muvaffaqiyatli urushiar olib borish uchun ham, birinchi navbatda etnologik bilimlarga ega bo'lish zarur edi. Sharq mustabidlari, ayniqsa, Qadimgi Bobil, Ossuriya va Eron hukmdorlari o'zlarini ulug'lash maqsadida toshga bittirgan zafarnomalarida bosib olingan va bo'ysundirilgan turli elat va xalqlar tilga olinadi. Qadimgi Gretsiya va Rim mualliflarining asarlarida qo'shni qabilalar va elatlarning etnik tuzilishi, turmushi va madaniyati to'g'risida umumiy ma'lumotlar bilan bir qatorda ba'zi nazariy tushunchalar va fikrlar ham keltiriladi.Odatda etnologiya (etnografiya) mustaqil fan sifatida XIX asr o'rtalarida tashkil topgan, deb hisoblaydilar. Mazkur atama o'sha davrdan boshlab ancha muntazam ravishda ishlatila boshlandi, dastlabki etnografik ilmiy jamiyatlar, maxsus asarlar va to'plamlar paydo bo'ldi. Yangi fanning tashkil topishida, shubhasiz, o'sha davrda tabiiy fanlarning gurkirab o'sishi, ayniqsa, fanda evolyutsiya g'oyaning g'alabasi katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bu g'oya tufayli tartibsiz bilimlar, barcha xom, tarqoq ma'lumotlar muayyan tartibga solindi va insoniyat tarixining ibtidoiy davrdan to yuksak madaniy darajaga ko'tarilishini pog'onama-pog'ona aniqlab olish imkoniyati tug'ildi.8 Albatta, «Odam to'g'risidagi fan»ning tez sur'atlar bilan rivojlanishi va etnologiya fanining mustaqil ilm sohasi bo'lib qolishi negizida asrlar davomida to'planib kelgan etnologik bilimlar, jahon xalqlari to'g'risidagi turli ma'lumotlar, har xil tushuncha va nazariyalar yotadi. Bularning tarixini qisman bo'lsa ham bilib olishning o'zi muhim ahamiyat kasb etadi.Yozuv kashf etilgan dastlabki davrdan boshlab o'qishni hamda uzoq xalq va elatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni qadimgi Misr, Mesopatamiya va Eronda yaxshi bilganlar, qo'shni elatlar to'g'risida faqat yozma manbalardagina emas, balki xalq og'zaki ijodida ham to'qilgan turli rivoyatlar, hikoyalar va afsonalardan bilib olganlar. Mil. aw. XX asrlarda Misrda yaratilgan «Sinuxeta sarguzashtlari», keyinroq tosh va qabrlarga bitilgan zafaraomalar, Tell-Amarneda topilgan arxiv hujjatlari, qadimgi Shumer va Ossuriya obidalarida-gi yozuvlar, eron-ahmoniy podsholari bittirgan jangovar solnomalar tevarak-atrofdagi mamlakatlar aholisi to'g'risida nodir ma'lumot-larni bizgacha yetkazganlar.9 Yahudiy va nasroniylarning qadimiy muqaddas kitoblaridan Tavrot 8. Madraximov A. Fuzailova G.Manbashunoslik.T.,2008y. 9. O’zbekiston tarixi jurnali. T. 2003-yil 16-son (Bibliya)da tilga olingan turli elat va qabilalarning nomlari Yaqin Sharqda yashovchi xalqlarning genealogiyasi bilan bog'liq ekanligini qadimgi zamon mualliflari ham alohida qayd qilgan edi. Ma'lumki, Tavrot mil aw. XIII-V asrlar oralig'ida turli janrdagi har xil adabiy asarlar yig'indisidan tashkil topgan va taxminan V asrlarda to'plam shaklida yozilgan diniy qoidalar kitobidir. Ayniqsa, uning «Podsholar kitobi» va «Payg'ambarlar» nomli tarixiy qismlarida, yahudiylar olib borgan urushlar to'g'risidagi rivoyatlarda juda boy etnologik ma'lumotlar jamlangan. Hatto Nuh payg'am-barning uch o'g'li - Sim, Xom, lafetdan tarqagan avlodlarning nom-lari «Jahon xalqlari shajarasi»ni tashkil qiladi, degan «nazariya» asosida dunyodagi tillarning klassifikatsiyasi tuzilgan. Tavrotda tilga olingan ma'lumotlar xalqlar shajarasi bo'lmay, balki qadimgi ko'chmanchi xalqlarning o'troq holatga o'tish davridagi turmush tarzi va madaniy hayotining turli shakllarini ifodalovchi rivoyatlar-dan biri, deyish mumkin. Shunisi muhimki, Nuh avlodlarining nom-lari ko'pincha qadimgi badaviy va qo'shni ko'chmanchi qabilalar nomlariga o'xshaydi. Chunki yahudiylar dastlab ko'chma badaviy-larning ayrim qabilasi sifatida paydo bo'lgan.Demak, Tavrotda insoniyat genealogiyasi birinchi marta tartib-langan. Undagi ma'lumotlarga ko'ra, insoniyatning yagona oila-dan kelib chiqishi, qarindosh-genealogik munosabatlari bilan bevo-sita bog'liq ekanligini tasdiqlovchi rivoyatlar monogenetik nazari-yani yuzaga keltirgan. Ammo insoniyat urug'ining birligi to'g'risi-dagi mazkur g'oya diniy tusda berilgan bo'lib, olamni va barcha kishilarni o'zaro bog'liq muayyan sharoitda, muayyan hududda bir-ga yaratgan yakka-yagona xudodir, degan afsonaga tayanadi. Tav-rotning 2-bobidagi keyingi afsonaviy rivoyat bir oiladan chiqqan xalqlarning har xil tilda so'zlashishini izohlashga intiladi.Afsonada dunyoda dastlab yagona til, yagona sheva bo'igan, deb hikoya qilinadi. Sharqdan kelgan kishilar Bobil yurtidagi Sennaar tekisligida joylashganlar, ular loydan yasalgan g'ishtni pishirib, shahar qurganlar, samoga yetadigan minora tiklay boshlaganlar. Osmondan yerga tushib, shaharni tomosha qilgan xudo yagona tilda birlashgan xalq nimalar qilishga qodir ekanligini ko'rib, bu kishilar samoga - xudo dargohiga ham chiqishi mumkin deb, ularning beadabligidan darg'azab bo'lgan. Xudoning farmoyishi bilan barcha xalqlar, elatlar va tillar aralashtirilib, butun dunyoga sochib yubortirilgan.Etnologik xarakterga ega bo'lgan bu afsona keyinchalik nasroniy va islom mafkurasiga o'tibgina qolmay, so'nggi davrlargacha butun Yevropa tarixshunoslik faniga ham ta'sir qilib kelgan. Tavrotdagi xalqlar genealogiyasi turli nazariyalar, mulohaza va tortishuvlarga sabab bo'lgan. Adabiyotda «Bobil aralash-quralashuvi» nomi bilan ma'lum bo'lgan bu afsona mantiqiy jihatdan Tavrot «monogenetik» nazariyasinjng uzviy davomi bo'lib, tarixda eng birinchi ommaviy etnologik konsepsiya hisoblanadi.Qadimgi davrga kelib, etnografik bilimlar kengayib va ko'pa-yibgina qolmay, madaniyatning o'sishi bilan umumiy va nazariy xulosalar ham yuzaga keladi. Qadimgi Gretsiya dostonlari «Iliada» va «Odisseya»da yaqin qo'shni elatlar to'g'risida afsonaviy ma'lumotlar keltirilgan bo'lsa, keyingi asrlar davomida amalga oshgan greklarning «buyuk kolonizatsiya»si (milaw. VII-V asr-lar)dan so'ng tevarak-atrofdagi xalqlar to'g'risidagi bilimlar doirasi juda kengayadi va boyiydi. Xususan, ana shu davrga mansub Gerodotning noyob etnologik ma'lumotlar bilan to'la mashhur 9 jilddan iborat bo'lgan tarix kitoblari tadqiqiy xarakterga ega. Buyuk Iskandarning Sharqqa qilgan yurishlari natijasida vujudga kelgan katta imperiya g'arbdan sharqqacha keng hududda yashagan xalqlarning turmush madaniyatini bilishdagi yangi bosqich bo'ldi. Bu davrda greklarning umumiy madaniy saviyasida ham shiddatli o'zgarishlar sodir bo'lib, fanning barcha sohalari gurkirab o'sdi. Ellinizm davrida grek madaniyati Sharqda Hindiston va Markaziy Osiyogacha, g'arbda Pireney yarim oroli va Britaniya orollarigacha tarqalib, mahalliy xalqlarning madaniyati bilan aralashib ketganligi bois, ular to'g'risida yangi ma'lumotlar to'plandi va ko'plab asarlar yozilgan. Ayrim xalqlarning geografik joylashuvi, mashg'uloti, siyosiy tuzumi, sud va qurol-aslahasi, harbiy, nikoh va oilaviy urf-odatlari kabi muhim ma'lumotlar milodning I asrlarida yashagan Strabonning «Geografiya» nomli ensiklopedik asarida tanqidiy tarzda keltirilgan.Afmalik mashhur tarixchi Fukidid asarlarida, Sokratning atoqli shogirdi Ksenofantning «Anabasis»ida Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Qora dengiz bo'ylari va Frakiyada yashagan xalq va elatlar to'g'risida juda ko'p etnografik ma'lumotlar aks etgan. «Iskandarning yurishlari» nomli asarini yaratgan Arrian ham makedoniyalik jahongir bosib olgan xalqlar to'g'risida batafsil axborot yozib qoldirgan.Qadimgi davrning buyuk mutafakkirlari - Aflotun va Arastu asar-larida afsonaviy Atlantida aholisi, qo'shni xalqlarning urf-odatlari, elatlar ruhiyati, rasm-udumlari va davlat tuzumiga ta'siri to'g'risida ma'lumotlar, nazariy mulohazalar uchraydi. Qadimgi Elladaning ajoyib faylasufi materialist Demokrit asarlarida jahon adabuK>tida birinchi marta insoniyat urug'ining yarim hayvoniy, vahshiy holatdan o'z mehnati va idroki tufayli madaniy hayot tarziga o'tish jarayoni tasvirlangan. Tibbiyot fanining otasi, mashhur olim va shifokor Gip-pokrat etnologik dalillarga tayanib xalqlarning urf-odatlari, milliy ruhiyati, xarakteri va tafovuti tabiiy-geografik sharoit bilan bog'liq-ligi to'g'risidagi dastlabki ilmiy mulohazalarni ilgari surgan.Jahon sivilizatsiyasida beqiyos o'rin tutgan qadimgi Rim muta-fakkirlarining asarlarida ham muhim etnologik ma'lumotlar, qim-matbaho mulohazalar, nazariy fikrlar mavjud. Ayniqsa, Korneliy Tatsit, Lukresiy Karlar qadimgi germanlar va keltlar, sarmatlar va skiflarning turmush tarzi, siyosiy va harbiy tuzumi, ijtimoiy va oila-viy hayoti, mashg'uloti, uylari, kiyimlari, axloqi va tarbiyasi, taomi va o'yinlari to'g'risida ajoyib ma'lumotlar yozib qoldirganlar. Tatsit chirib borayotgan Rim davlatining axloqiy inqiroziga «yovvoyi odam» (germanlar)ning qo'pol va qashshoq, ammo sog'lom va pok turmush tarzini qarama-qarshi qo'yadi. Muarrix shoir Lukresiy Kar «Buyumlar tabiati to'g'risida» nomli asarida hayotning rivojlani-shi, odamning paydo bo'lishi va uning madaniy o'sishi to'g'risida izmumiy fikrlar yuritadi. Shunday qilib, qadim zamonda yuqori madaniy saviyaga erish-gan yevropaliklar boy etnologik bilimga ega bo'lganlar. Ular o'rta yer dengizi atrofida joylashgan xalqlar, Shimoliy Afrika va Old Osiyo, qisman uzoqroq joylardagi etnoslar to'g'risida aniq ma'lumotlar to'plashgan, bu xalqlarning maishiy turmushi, madaniy xususiyatlarini haqqoniy tasavvur qila bilganlar. Maz-kur ma'lumotlardan ayrim olim va mutafakkirlar umumiy xulo-salar chiqarib, ba'zi qonuniyat va o'xshashliklarni kashf qilgan-lar. Ayrim faylasuf olimlar xalqlarning kelib chiqish tafovuti, o'xshashligini ko'rsatibgina qolmay, ularning sababini izohlashga ham intilganlar.Qadimiy madaniyatning yemirilishi, madaniy darajali quyi qabi-lalarning hujumlari, xo'jalik va madaniy hayotning inqirozi milod-ning V-VI asrlarida geografik va etnografik bilimlar doirasi qisqarib ketishiga sabab bo'ldi. Ilk feodalizm davrida Yevropada paydo bo'lgan siyosiy tarqoqlik hatto hukmron tabaqalar orasida ham bilimga qiziqishni, ilmga intilishni birmuncha so'ndirib yubordi, Bilimdonlik dunyoviy ilmlarga qarshi turgan ruhoniylar orasida saqlanib qolgan edi. Oqibatda o'rta asrlarning deyarli butun birinchi yarmi etnografik bilimlarning inqirozga uchragan davri bo'ldi. Bu inqirozga nasroniy dini ham «o'z hissasini» qo'shdi. Nasroniy mafkurasi dunyoviy voqelikdan voz kechishni targ'ib qilibgina qolmay, ajdodlar yaratgan antik dunyo fani, adabiyoti va san'ati namunalarini, ibodatxona va obidalarni «majusiy» deb atab, vayron qildi, yo'qotib yubordi. Faqatgina sharq mamlakatlarida, Vizantiya mualliflari, arab xalifaligi tarkibidagi o'lkalarda yashagan mutafakkirlar va sayyoh-lar yaratgan asarlarda ba'zi ma'lumotlar saqlanib qolgan xolos. Prokopiy Kesariyskiy, Gotlik lordan, Anna Komina kabi mashhur tarixchilarning risolalarida, Titmar, Adam Bremenskiy, Gelmold kabi nemis cherkov yozuvchilarining solnomalarida qo'shni qabilalar to'g'risida etnologik lavhalar uchraydi. IX-XII asrlarda arab tilida ijod qilgan sharq mualliflaridan ibn Xurdodbek, Al-Balxiy, Al-Istahriy, ibn Havqal, Mas'udiy, Yoqut singari yirik geograf va sayyohatchilar, ajoyib faylasuf va musiqashunos Abu Nasr Forobiy, mashhur ensiklopedist olim Abu Rayhon Beruniy (ayniqsa, uning «Hindiston» asari) va buyuk tabib ibn Sino, atoqli etnolog, geograf va tarixchi Abu Sa'd Abdukarim, ibn Muhammad Sa'moniy asarlarida hamda noma'lum muallif yaratgan «Hudud ul-olam» nomli risolada Sharq mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyoda yashagan aholi to'g'risida noyob etnologik ma'lumotlar aks etgan. Shuningdek, XI asrda yashab ijod etgan ulug' tilshunos olim Mah-mud Qoshg'ariyning «Devonu lug'atit turk» («Turkiy so'zlar devo-ni») asarida har bir shahar va qishloq aholisining turmushi, etnik tarkibi va til xususiyatlari maxsus o'rganilgan, juda ko'p turkiy qabi-lalarning ijtimoiy tuzumi, kelib chiqishi va o'rnashishi, hatto har bir qabilaga oid geografik mavqelari belgilanib, o'z davriga mos ilmiy xarita tuzilgan. Ma'lumki, Chingizxon hukmronligi davrida mo'g'ullar imperi-yasi misli ko'rilmagan darajada kengayib, Xitoy, Sharqiy va g'arbiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Eron yassi tog'ligi, Mesopatamiya, Kavkazorti va Sharqiy Yevropani o'ziga qaram qilib oladi. Mo'g'ullar bosib olingan xalqlarni vahshiylarcha talon-taroj qilganlar, ko'p shahar va qishloqlarni vayron qilib, yondirib yuborganlar, aholining ancha qismini qirganlar va qul qilib olib ketganlar. Oqibatda yashnab yotgan minglab shahar va qishloqlar, bepoyon unumdor yerlar xarobalarga aylangan. Bunday dahshatli, jahonni larzaga solgan qo'shinning paydo bo'lishi va uning yengilmas zo'r qudrati sirini bilish Yevropa monarxlari Rim papasini ham qiziqtirmay qo'ymas edi, albatta. Bu holat Yevropa mamlakatlari bilan Mo'g'ul imperiyasi o'rtasida savdo, siyosiy va diplomatik munosabatlar o'rnatishga turt-ki bo'ldi. Mo'g'ullar bilan yaqin munosabat o'rnatishda Rim papa-lari ancha faollik ko'rsatdilar. Birinchi bo'lib «Tatar o'lkasiga», ya'ni Mo'g'ulistonga papa Innokentiy IV 1245-yilda loanna Plano Karpi-ni boshchiligida monaxlardan iborat elchilarni yuboradi.10 Plano Karpini yozib qoldirgan sayohatnomada, undan bir oz keyin (1249-1251) xuddi shu yo'l va shu maqsad bilan safar qilgan uning vatandoshi Vilgelm Rubruk asarida ba'zi tarixiy-etnografik ma'lumotlar uchraydi. Buyuk venetsiyalik sayohatchi Marko Polo ham Rim papalarining topshirig'i bilan bir necha yil sayohatlarda bo'ladi, bir necha mahalliy tillarni o'rganadi, o'z vataniga qaytishda genuyaliklar tomonidan asir olinadi va qamoqda o'zining manbalarga boy sayohatnomasini yaratadi.Bu davrda yashab, ijod qilgan Sharqning buyuk mutafakkir tarixchisi Rashididdinni (1247-1318) alohida qayd qilib o'tish lo-zim. Uning ajoyib solnomalar to'plamida turk va mo'g'ul qabilalari haqida juda qimmatli tarixiy-etnografik ma'lumotlar mavjud.Temuriylar davriga oid qiziqarli etnologik lavhalarni ispan elchisi Gonzales de Klavixo asarida, rus solnomalarida, 10. Axmedov B.O`zbekiston xalqlari tarixi manbalari.T.,1991y Nizomiddin Shomiy, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqa ulug' ajdodlarimiz asarlarida uchratish mumkin.Temur davlati, Movarounnahr va qo'shni mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotini har tomonlama mukammal tasvirlagan Zahiriddin Muhammad Boburning tengsiz asari -«Boburnoma» alohida diqqatgasazovordir. Bu asar o'nlab Yevropa tillariga tarjima qilingan. Buyuk o'zbek shoiri, yirik davlat arbobi Bobur ko'p o'lkalarni zabt etgan, boshidan o'tgan voqealarni, o'zi boshqargan yoki o'rgangan o'lkalar tarixi, iqlimi, yashash tarzi, madaniyati xususida atroflicha to'xtalib, qimmatbaho tarixiy-etnografik manbalarni yozib qoldirgan. XV asr o'rtalaridan boshlangan «Buyuk geografik kashfiyot-lar» etnologik axborotlarning keng miqyosda va tez sur'atlar bilan to'planishga sabab bo'ldi. Bu davr shaharlarning o'sishi, savdo mu-nosabatlarining kengayishi, manufaktura xo'jaligining tug'ilishi va boshqa katta ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan bog'liq edi. Yangi-yangi yerlarni bosib olish maqsadida o'tkazilgan yurishlar, jasur dengizchilar va savdogarlarning, qaroqchi va mustamlakachilar-ning bepoyon okeanlarda suzishlari natijasi o'laroq Amerika qit'a-sini, Afrika sohillarini, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo o'lkalari-ni, Okeaniya arxipelagi va orollarini kashf etilishi yevropaliklarni ilgari noma'lum bo'lgan turli irq va tildagi xalqlar bilan tanishtir-di. Dastlab portugal va ispan sayyohlari, keyin golland, ingliz va fransuzlar dunyoning barcha qifalarida bo'lib, yangi yerlarni kashf qilibgina qolmay, juda ko'p o'lka va elatlarni o'z izmlariga bo'ysun-dirib, mustamlakachilikka yo'l ochib berganlar. Kashf etilgan mam-lakatlar va ularning aholisi to'g'risidagi birinchi ma'lumotlar kema kundaliklarida va sayohatlar haqidagi hisobotlarda, keyinchalik ancha batafsil tuzilgan bayonnoma va sayohatnomalarda aks etti-rilgan. XV-XVII asrlar davomida etnografiya fani Markaziy, Shimoliy va Janubiy Amerika hindilari, Afrika va Osiyoning aksariyat xalq-lari to'g'risida juda boy ma'lumotlarga ega bo'lgan edi. Yevropalik-larning avvalgi tevarak-atrofdagi yurt va elatlar to'g'risidagi tasawurlari ancha kengaydi. Missioner va konkistadorlarning1 ko'z o'ngida g'oyat boy o'rmonlar, serunum tuproqli bepoyon sahro va cho'llar, turli iqlimli va rang-barang tabiatli o'lkalar, noma'lum g'ayri odat, til va irqdagi xalqlar paydo bo'lgan edi. Ularning makon va fazo to'g'risidagi tushunchalari ham butunlay o'zgarib ketgan edi. Endilikda yevropaliklarning nazdida dunyo deyarli o'n hissa kengaygan, yer kurrasi butunlashib yaxlit sayyora shaklida namoyon bo'ldi. Yevropaliklar jismoniy tuzilishi, kiyim-kechak, turmush tar-zi, diniy e'tiqodi, til va urf-odatlari jihatidan mutlaqo farqlanadigan «g'alati» kishilarni uchratdilar, yangicha hayot tarziga, noan'ana-viy madaniyatga katta e'tibor qaratdilar. XVI asrda barcha tarqoq ma'lumotlarni yig'ib, hindilarni birin-chi bor muntazam ravishda tasvirlagan italiyalik insonparvar yozuvchi Petro Matir, meksikalik darvish olim Bernardino de Saa-gun, yepiskoplar Bartolome de Las Kasas va Diyego de Landa asar-lari diqqatga sazovordir. o'sha davrda yashab ijod qilgan fransuz faylasufi va publisisti Mishel Monten «Tajribalar» asarida, keyinchaik XVII asr - «ma'rifat asri»da paydo bo'lgan buyuk mutafakkirlar - italyan Viko, ingliz Fergyusson, fransuzlar Russo, Didro, Monteske, Volter, Kondorse asarlarida insoniyatning tabiiy taraqqiyoti tasvirlarigan, ibtidoiy bolalik davri «saxiy vahshiy»lar yoki «oltin asr» deb ta'riflanib, uni asoslashda etnologik ma'lumotlardan keng foydalanilgan. Ibtidoiyjamiyatni ideallashti-rish atoqli ma'rifatchilar Jan Jak Russo va Deni Didro asarlarida fantastik ravishda aks ettirilgan. Mashhur nemis mutafakkiri logan Gotfrid Gerderning ko'p qirrali falsafiy-tarixiy asarlarida insoniyat urug'i tarixining ibtidoiy davrdan yangi zamongacha bosib o'tgan taraqqiyoti tasvirlangan. Uning asarlarida xalqlar katta va kichik, ilg'or va qoloq xalqlarga ajratilmaydi, muallif ularni tenglashtirib ifoda etadi. Gerder nasroniy Konkistador - istilochi, Amerika kashf qilingandan keyin uni talon-taroj qilgan aholiga qirg'in keltirgan ispan bosqinchilari- axloqining yevropalik mustamlakachilar tomonidan zo'rlik bilan o'rnatilishiga, jabr-zulmlarga qarshi chiqqan. U «Insoniyatni rag'batlantiradigan xatlar» nomli asarida o'z munosabatini quyidagicha bayon etgan: «Qani menga yevropaliklar borib, ojiz, laqma insoniyatni o'zzulmi, adolatsiz urushlari, ochko'zligi, jabrla-ri, kasalliklari va halokatli sovg'alari bilan o'ziga abadiy dog' tu-shirmagan mamlakatni ko'rsating! Bizning qifamiz jahonda eng dono deb atalmasdan, balki eng qo'rs, bezori, savdogar deb nomla-nishi zarur, u xalqlarga madaniyat keltirgan emas, balki ularning tub madaniy kurtaklarini imkoniyati boricha quritib, yo'qotib yubor- Gerderning fikricha, insoniyat yaxlit, uning tarixi ham yaxlit jarayondir, ammo bu umumiylikda u har bir xalqning taraqqiyotda teng huquqqa ega ekanligini qayd qilib, o'ziga xos «milliy ruhni», takrorlanmaydigan ma'naviy boyliklarni seza bilgan. Gerderning mazkur fikrlari Yevropa xalqlarida milliy ruhning qayta tiklanishiga zo'r ta'sir ko'rsatib, xalq badiiy ijodi va milliy odatlarini jiddiy o'rganishga qiziqish uyg'otgan edi. Fransuz inqilobi to'lqinlari va undan keyingi Napoleon urushlari Yevropani larzaga keltirdi. Oqibatda XIX asrning birinchi choragi turli xil ijtimoiy hodisalar, g'oyaviy yo'nalishlar, ijtimoiy tafakkurdagi o'zgarishlar bilan to'lib toshdi. Bu jarayon etnologik bilimlar va g'oyalarga ham ta'sir qildi, ayniqsa, Markaziy Yevropaning german xalqlari va qisman slavyanlarda o'z xalqi maishiy turmushi, madaniyati, folkloriga qiziqish uyg'otib, uni romantizm bilan bezatdi, XIX asrning birinchi o'ttiz yilligi «romantizm davri» deb atalganligi bejiz emas. o'sha davrdagi dastlabki ajoyib folklor to'plamlari, nemis aka-uka Grinun ertaklari, Gerder g'oyalari ta'sirida slavyan xalqlari ijodiy boyligini o'rganish natijasida yaratilgan asarlar etnologiya fani obro'sini yanada ko'targan edi. Turli vaqtdagi nashrlar, etnologik tashkilot va jami-yatlarning moziyni, xalq turmushi va ijodini, ma'naviy hayoti va ruhini jiddiy o'rganishga kirishgani romantik qiziqishni uyg'otib yubordi. Bu qiziqish faqat Yevropaga emas, balki boshqa qit'a va o'lka-larga ham tarqalgan edi. Dastlab XIX asrning birinchi yarmida atoqli nemis geografi Aleksandr Gumboldt va fransuz tabiatshunosi Effle Bonplan Janubiy Amerikaning ichki qismini jiddiy ilmiy tadqiq qildilar. 1832-1836-yillarda yosh Charlz Darvin tushgan «Vigl» nomli kema yer kurrasini aylanib chiqib, ajoyib ma'lumotlar to'pladi. Shimoliy Amerikani ilmiy jihatdan o'rganib chiqqan Gerri Rou Skulkraft g'oyat samarali natijalarga erishgan va ko'p jildlik boy etnologik to'plamlar yaratgan edi. Okeaniya va Avstraliyada atoqli rus dengizchilari Kruzenshtern, Lisyanskiy, Golovnin, Kotsebu, Lazarev, Litkelar kemalarda yangi kashfiyotlar qilishga muyassar bo'lganlar. Afrika qifasiga ham bir necha ilmiy ekspeditsiyalar tash-kil qilingan va ichki o'lkalar to'g'risida ba'zi ma'lumotlar to'plangan edi. XIX asrning birinchi yarmida fransuz ma'rifatchilari targ'ib qilgan tarixiy taraqqiyot nazariyasi «Oltin asr» romantizmi g'oyalariga qarama-qarshi holda yangi pog'onaga ko'tarildi. Etno-logik bilimlar ham asrlar davomida to'planib kelgan nihoyatda boy va rang-barang ma'lumotlarni o'zlashtirib, muayyan xulosalar va nazariyalar, dunyoqarashlar tizimi va yo'nalishlar hosil qildi. Natijada XIX asr o'rtalariga kelib, mustaqil fan sohasi - etnografiya tug'ilishiga zarur shart-sharoit yaratilgan edi. 1860-1870-yillarda yangi fan - etnologiya bilan bog'liq ravishda paydo bo'lgan turli jamiyatlar va jurnallar bilan bir qatorda har xil kasbdagi kishilar tomonidan yaratilgan (keyinchalik, klassik asarlar deb tanilgan) ajoyib tadqiqotlar etnologiya ilm sohasi ekanligini to'liq tasdiqladi. Atoqli tadqiqotchilardan germaniyalik Adolf Bastian, Teodor Vays, Yulius Lippert, Genrix Shurs kabilar, angliyalik Djon Fergyusson, Mak Lennan, Jon Lyobbok, Gerbert Spenser, Eduard Teylor, fransuz Sharl Leterpo, amerikalik Lyus Genri Morgan kabi-larning ko'p jildlik asarlari etnologiya fani qonuniy ravishda tug'ilganligini isbotlovchi dalillar edi. Turli xalqlarni, ayniqsa, Yevropadan tasbqaridagi elatlarni o'rganish amaliy ehtiyojlar uchun ham zarur bo'lgan, XIX asr bosh-lariga kelib, Yevropaning eng qudratli davlatlari o'zlarining katta mustamlakalarini boshqarish uchun u yerda yashovchi xalqlarning maishiy turmushi va madaniyatini bilishga muhtoj edi. Ingliz etnologiya faniga asos soluvchilardan biri Jan Lyobbok: «Yot yovvoyi turmushni o'rganish dunyoning barcha qismlarida joylash-gan va turli madaniy pog'onada turgan elatli mustamlakalarga ega bo'lgan buyuk davlat - Angliya uchun muhim ahamiyatga ega», degan edi. Bunday zarurat boshqa mustamlakachi davlatlar uchun muhim rol o'ynadi va oqibatda etnologiya fanining o'sishiga turtki berdi. Demak, dastlab etnologiya Yevropaning yirik mustamlakachi mamlakatlariga xizmat qiladigan vosita sifatida qoloq, ya'ni hali o'z davlatiga ega bo'lmagan xalqlarni o'rganuvchi fan shaklida paydo bo'lgan. Shu holatda XX asraing birinchi o'n yilliklarigacha davom etgan va keyin etnoslar ijtimoiy-iqtisodiy rivojidan qafi nazar o'ziga xos kishilar birligi to'g'risidagi tasawurlarning yuzaga kelishi bilan etnologiya faniga munosabat o'zgardi. U metodologik jihatdan jahondagi barcha etnoslarni baravar o'rganuvchi ilmiy soha deb tanildi. Xalqlar to'g'risidagi bu fanning teran ildizlari 1789-yili Germaniyada ilmiy yo'nalish shaklida paydo bo'lib, noyevropa xalq va madaniyatlarni o'rganishni maqsad qilib qo'ygan. XIX asrning 30-yillaridan boshqa xalqlarni ham o'rganuvchi fan sohasi sifatida «etnologiya» atamasi kiritila boshlangan. Shu bilan bir vaqtda nemis fanida yangi yo'nalish paydo bo'lib, uni «Xalqshunoslik» deb nomlashgan, bu yo'nalish asosan, nemis tilli xalqlar va madaniyatlarni tadqiq qiluvchi fan sohasi bo'lib hozirgacha saqlanib kelmoqda. Ingliz zabon mamlakatlarda etnologiya fani bir oz boshqacha yo'nalishda shakllangan. XVIII asrda xalqlar to'g'risidagi fan soha-si bu yerda antropologiyaning bir qismi sifatida inson tabiatini o'rganuvchi biologiya fani bilan bir qatorda gurkirab rivojlanadi. Keyinchalik Yevropa mamlakatlarida antropologik jamiyatlar paydo bo'lishi bilan, ibtidoiy makonlarda kashf etilgan kishi suyaklarini o'rganish juda avj oladi. Neandertal odamlarni o'rganib ibtidoiy jamiyat va madaniyat tarixini tiklashga intilgan tadqiqotchilar fanga yangi yo'nalish - sotsial antropologiyani olib kirishadi. Ilk bor bu atamani 1906-yili mashhur ingliz etnologi Jeyms Frezer ishlatgan. Mazkur yo'nalish qisqa muddatda keng tarqalib, ingliz fanida «etnologiya» tushunchasining bir variantiga aylanib ketadi. AQSHda etnologiya Yevropaga nisbatan bir oz keyinroq rivojla-na boshlagan. Bu yerda irqiy munosabatlar jiddiy bo'lganligi tufayli Amerika antropologiyasi dastlab jismoniy antropologiya muammolarini, irqiy va madaniy tafovutlarni tadqiq qilgan. Ushbu yo'nalish uning asoschisi ko'p qirrali etnolog olim amerikalik Genri Lyus Morgan tomonidan belgilangan edi. Olim ko'rsatgan yo'nalish qoloq jamiyatlarda qavmu qarindoshlik tizimi, oila-nikoh munosabatlari, insoniyat tarixini davrlashtirish kabi muamniolar Amerika etnologiyasining keyingi rivojiga kuchli ta'sir qilgan. XX asrning 50-yillarida AQSH etnologiyasi Frans Boas ijodi zamirida ancha tor doirada tadqiqotlar o'tkazadi, etnologlar asosan, xalqlarning madaniy xususiyatlarini o'rgana boshlaganlar va bu yo'nalish «madaniy antropologiya» nomi bilan mashhur bo'lgan. Fransiyada etnologiya fani mustamlakachilik siyosatining ta'sirida qaram bo'lgan xalqlarning turmush tarzi, madaniyati va an'analari to'g'risida batafsil ma'lumotlarga muhtojlik tufayli o'ziga xos xususiyatlarda rivojlangan. Xalqlar to'g'risidagi bu fan dastlab Fransiyada «Etnografiya» nomi bilan XIX asr oxirlarigacha saqlangan. Faqat XX asr boshlarida tarixiy va nazariy ma'lumotlar ko'payib ketishi natijasida «etnologiya»ga aylangan.Jahon etnologiyasi rivojida rus olimlarining roli katta. Etnik jarayonlarga qiziqish XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab dastlab Rossiyaning boshqa xalqlar bilan muloqoti, rus xalqining tarixiy ildizlari va madaniyati xususiyatlari kabi muammolarni o'rganish maqsadida yuzaga kelgan. Rossiyada etnologiya fan sifatida g'arbga nisbatan ilgariroq paydo bo'la boshlaydi. Ayniqsa, Rus geografiya jamiyati va uning bo'limlari 1846-yilda tashkil topgandan so'ng etnografiyaning mavqei yuksalib nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyatga ega tadqiqotlar o'tkazila boshlanadi.11 Mazkur jamiyatlarning ijobiy tomoni shunda ediki, atoqli rus etnografi va sharqshunosi S.P. Tolstov ta'rifi bilan aytganda, ular «rasmiy» mohiyatga ega bo'lmagan va hech vaqt o'zini chorizm xizmatiga to'liq bag'ishlamay, asosan, ijtimoiy xarakterga ega bo'lgan. Mazkur ilmiy jamiyat dasturi Rossiyaning geografiyasi va undagi xalqlarni har tomonlama o'rganishni nazarda tutgan. o'sha davrdan boshlab rus xalqi va Rossiya imperiyasiga qaram bo'lgan Sibir, Markaziy Osiyo va Kavkaz xalqlarini etnografik jihatdan tadqiq qilish ayj oladi. Ayniqsa, rus geografiya jamiyatining faol a'zolaridan mashhur sayyohlar N.N. Mikluxo Maklay va G.N. Potanin, o'zga o'lkalarga badarg'a qilingan V. Seroshevskiy, D.A. Klemens, L.Ya. Shternberg, V.G. Bogoraz, V.I. Yoxelson, original tarixiy - etnografik asarlar yaratgan D.N. Anuchin, N.N. Xaruzin va boshqa rus olimlarining ajoyib tadqiqotlari etnografiya, (inchu-nin etnologiya) fanini yuqori bosqichga ko'targan edi.12 XIX asrning 40-50-yillari rus olimlari K.M.Ber, N.I. Nadejdin, K.D.Kavelin etnografiya fanining asosiy tamoyillarini belgilab bergan edilar. 11. Madraximov A. Fuzailova G.Manbashunoslik.T.,2008y. 12. O’zbekiston tarixi jurnali. T. 2003-yil 16-son Bu tamoyillar 1846-yili Rus jamiyatida «Rus xalqini o'rganish dasturi» nomi bilan qabul qilingan va shu asosda: 1) buyumlar hayoti, 2) tirikchilik hayoti, 3) axloqiy hayot va 4) til muammolari — tadqiqot muammosi deb qabul qilingan, shu asosda barcha ma'naviy-madaniy masalalar o'rganilib kelingan. Ma'lumki, sho'rolar davrida etnologiya fani aqidaviylashgan mafkuraga tayanib ish ko'rgan. Mazkur yondashish etnik jarayon-larni siyosiy buyurtma asosida o'rganishga asoslangan bo'lib, uni muayyan mafkuraviy qolipga solib qo'ygan edi. Oqibatda juda ko'p etnik muammolar bir yoqlama, yuzaki hal qilingan. XX asrning 70-80-yillariga kelib etnologiya fanida atoqli etnograf L.N. Gumilev-ning etnogenez nazariyasi ustuvor bo'lib, etnoslarning kelib chiqishi va rivoji mexanizmini o'rganish birinchi darajali masalaga aylanadi. Ushbu masala ayni paytda mustaqillikni qo'lga kiritgan mamlakatlar uchun o'ta dolzarb mazmun kasb etadi. Chunki xalqlarning o'zligini anglashga intilishi milliy ildizlari va xususiyatlarini chuqur o'rga-nishga kirishishi tabiiy holdir. Albatta, etnologiya fani oldingi etnografiyadan bir oz farq qilsa-da, real ijtimoiy jarayonlar bilan uzviy bog'liq bo'lgan, uning hozirgi tarixiy muammolarni o'rganishdagi ahamiyati juda katta. Agar ilgari etnografiya predmeti tadqiqi asosan, qoloq etnoslar, turmushdagi eski sarqitlar va ijtimoiy tuzum masalalari bo'lsa, endilikda eng taraqqiy qilgan ilg'or xalq va elatlar ham etnologiyaning diqqat markazida turibdi. Hozirgi zamon industrial jamiyat etnoslarini va qoloq xalqlarni o'rganishda yangi muammolar paydo bo'lib, boshqa fanlar bilan hamkorlikda — etnosotsiologiya, etnopsixologiya, etnolingvistika, etnodemografiya kabilar etnologiya fanini yuqori pog'onaga, ya'ni inson va uning madaniyatini o'rganuvchi yangi ijtimoiy fan qilib ko'tardi. XX asrdagi asosiy tarixiy voqealarni o'rganishda etnomadaniy omillarning roli nihoyatda o'sganligi ko'zga tashlanadi. Chunki XX asr haqiqatdan ham milby harakatlar, milliy mustaqillik uchun kurashlar, milliy uyg'onishlar, qolaversa millatchilik asri bo'lib tarixga kirdi. Demak, nafaqat o'tgan asrda, kirib kelgan XXI asrda ham etnik jarayonlar, millatlararo munosabatlar, etnoslarning turmush tarzi, moddiy va ma'naviy madaniyati xususiyatlarini o'rganuvchi etnologiya fani muhim omil bo'lib qolaverdi. Shuni alohida qayd qilish lozimki, etnologiya hozir jahonda mustaqil tarixiy fan deb tan olingan bo'lsa, «etnos» atamasi to'g'risida olimlar orasida yakdillik yo'q. Bu atama etnologik adabiyotda ko'pdan beri ishlatilib kelganligiga qaramay, uning ilmiy ta'rifi umumiy tarzda ma'naviy jihatdan odamlarning etnik birligini anglatuvchi so'z sifatida so'nggi o'n yilliklarda fanga kiritilgan. Shu bilan birga mazkur atama bilan bog'liq «etniklik» tushunchasi ayrim etnik guruhlarning xususiy belgilari yoki umumiyligini aniqlovchi atama sifatida keng ishlatilmoqda. Etniklik tushunchasi o'tgan XX asrning 70-yillaridan boshlab jahonda etnoslararo murakkab mimosabatlar va jiddiy kashfiyotlarning kuchayishi tufayli kirib kelgan bo'lsa-da, asli bu atama etnoslararo madaniy tashkilot shaklida yuzaga kelgan. Etnos va etniklik tushunchalari hozirgi etnologiya fanida qabul qilingan umumiy tushuncha bo'lib, umumiy hudud va til birligini belgilovchi asosiy omildir. Mazkur omillar etnoslarning nafaqat shakllanishida, balki etnogenezida ham hal qiluvchi belgilar hisoblanadi. Ba'zan til birligi u yoki bu etnosning nomiga (etnonimi) ham o'tadi. Shubhasiz, har bir etnosning shakllanishida uning moddiy va ma'naviy madaniyati hal qiluvchi rol o'ynashi mumkin. Ayniqsa, etnosning asrlar davomida shakllanib kelgan an'anaviy xo'jaligi, urf-odat va marosimlari, uy-ro'zg'or buyumlari, kiyim-kechak, xulq-atvori kabilar muhim etnik belgilar sanaladi. To'g'ri, barcha etnos-lar o'ziga xos ruhiy kechinmalari va xarakteri, ya'ni kishilarning tabiati va didi, o'ziga xos etnik qadriyatlari, mentaliteti bilan ham farqlanadilar. Shu sababdan ham etnoslar (elat, xalq, millat) ayrim umumiy guruh odamlarning birligini boshqa guruh o'ziga o'xshash odamlar guruhidan farqlab o'zligini anglashi natijasida muayyan nom (etnonim)lar bilan atalib ayrim xalq (elat) sifatida o'rganiladi. Xulosa
Albatta, «Odam to'g'risidagi fan»ning tez sur'atlar bilan rivojlanishi va etnologiya fanining mustaqil ilm sohasi bo'lib qolishi negizida asrlar davomida to'planib kelgan etnologik bilimlar, jahon xalqlari to'g'risidagi turli ma'lumotlar, 13. I.Karimov - Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q.T.,1998 14. Fan va turmush jurnali. 2006-yil 6-son har xil tushuncha va nazariyalar yotadi. Bularning tarixini qisman bo'lsa ham bilib olishning o'zi muhim ahamiyat kasb etadi.Yozuv kashf etilgan dastlabki davrdan boshlab o'qishni hamda uzoq xalq va elatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni qadimgi Misr, Mesopatamiya va Eronda yaxshi bilganlar, qo'shni elatlar to'g'risida faqat yozma manbalardagina emas, balki xalq og'zaki ijodida ham to'qilgan turli rivoyatlar, hikoyalar va afsonalardan bilib olganlar. Mil. aw. XX asrlarda Misrda yaratilgan «Sinuxeta sarguzashtlari», keyinroq tosh va qabrlarga bitilgan zafaraomalar, Tell-Amarneda topilgan arxiv hujjatlari, qadimgi Shumer va Ossuriya obidalarida-gi yozuvlar, eron-ahmoniy podsholari bittirgan jangovar solnomalar tevarak-atrofdagi mamlakatlar aholisi to'g'risida nodir ma'lumot-larni bizgacha yetkazganlar. Yahudiy va nasroniylarning qadimiy muqaddas kitoblaridan Tavrot (Bibliya)da tilga olingan turli elat va qabilalarning nomlari Yaqin Sharqda yashovchi xalqlarning genealogiyasi bilan bog'liq ekanligini qadimgi zamon mualliflari ham alohida qayd qilgan edi. Ma'lumki, Tavrot mil aw. XIII-V asrlar oralig'ida turli janrdagi har xil adabiy asarlar yig'indisidan tashkil topgan va taxminan V asrlarda to'plam shaklida yozilgan diniy qoidalar kitobidir. Ayniqsa, uning «Podsholar kitobi» va «Payg'ambarlar» nomli tarixiy qismlarida, yahudiylar olib borgan urushlar to'g'risidagi rivoyatlarda juda boy etnologik ma'lumotlar jamlangan. Hatto Nuh payg'am-barning uch o'g'li - Sim, Xom, lafetdan tarqagan avlodlarning nom-lari «Jahon xalqlari shajarasi»ni tashkil qiladi, degan «nazariya» asosida dunyodagi tillarning klassifikatsiyasi tuzilgan. Tavrotda tilga olingan ma'lumotlar xalqlar shajarasi bo'lmay, balki qadimgi ko'chmanchi xalqlarning o'troq holatga o'tish davridagi turmush tarzi va madaniy hayotining turli shakllarini ifodalovchi rivoyatlar-dan biri, deyish mumkin. Shunisi muhimki, Nuh avlodlarining nom-lari ko'pincha qadimgi badaviy va qo'shni ko'chmanchi qabilalar nomlariga o'xshaydi. Chunki yahudiylar dastlab ko'chma badaviy-larning ayrim qabilasi sifatida paydo bo'lgan.Demak, Tavrotda insoniyat genealogiyasi birinchi marta tartib-langan. Undagi ma'lumotlarga ko'ra, insoniyatning yagona oila-dan kelib chiqishi, qarindosh-genealogik munosabatlari bilan bevo-sita bog'liq ekanligini tasdiqlovchi rivoyatlar monogenetik nazari-yani yuzaga keltirgan. Ammo insoniyat urug'ining birligi to'g'risi-dagi mazkur g'oya diniy tusda berilgan bo'lib, olamni va barcha kishilarni o'zaro bog'liq muayyan sharoitda, muayyan hududda bir-ga yaratgan yakka-yagona xudodir, degan afsonaga tayanadi. Tav-rotning 2-bobidagi keyingi afsonaviy rivoyat bir oiladan chiqqan xalqlarning har xil tilda so'zlashishini izohlashga intiladi.Afsonada dunyoda dastlab yagona til, yagona sheva bo'igan, deb hikoya qilinadi. Sharqdan kelgan kishilar Bobil yurtidagi Sennaar tekisligida joylashganlar, ular loydan yasalgan g'ishtni pishirib, shahar qurganlar, samoga yetadigan minora tiklay boshlaganlar. To'g'ri, barcha etnos-lar o'ziga xos ruhiy kechinmalari va xarakteri, ya'ni kishilarning tabiati va didi, o'ziga xos etnik qadriyatlari, mentaliteti bilan ham farqlanadilar. Shu sababdan ham etnoslar (elat, xalq, millat) ayrim umumiy guruh odamlarning birligini boshqa guruh o'ziga o'xshash odamlar guruhidan farqlab o'zligini anglashi natijasida muayyan nom (etnonim)lar bilan atalib ayrim xalq (elat) sifatida o'rganiladi. Download 128.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling