I. A. Karimov Bu haqda so`z yuritar ekan, O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov quyidagi so`zlarni alohida takidlagan edi: - beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar
Download 128.2 Kb.
|
30 mavzu .Etnografiya (2)5555555555555555
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu:O’zbekistonda etnografiyaga oid tadqiqotlar Reja
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI 4-BOSQICH 402-GURUH TALABASI JABBOROV ABDULAZIZNING MANBASHUNOSLIK VA TARIXSHUNOSLIK FANIDAN YOZGAN KURS ISHI Mavzu: O’zbekistonda etnografiyaga oid tadqiqotlar. Termiz – 2023-yil Mavzu:O’zbekistonda etnografiyaga oid tadqiqotlar Reja: I.Kirish II.Asosiy qism 1.Etnografiya fanining rivojlanishi tarixi 2.Etnografik manbalar va ularning xususiyatlari. 3.Etnografik manbalarning bugungi manbashunoslikdagi o’rni. Etnografik manbalardan tarixning roli. III.Xulosa IV.Foydalanilgan adabiyotlar Kirish. “Modomiki, o`z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo`lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur”1 I.A.Karimov Bu haqda so`z yuritar ekan, O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagi so`zlarni alohida takidlagan edi: -”Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimizda saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo`lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san`at, siyosat, ahloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me`morchilik, dehqonchilikka oid o`n minglab asarlar bizning beqiyos manaviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo`lgan xalq dunyoda kam topiladi”.2 Darhaqiqat, o`zbek xalqining tarixi va madaniyati bir necha ming yilliklarni o`z ichiga oladi. Ajdodlar qoldirgan, asrlar davomida yaratilgan moddiy va ma`naviy meros esa insoniyat tarixining boy takrorlanmas qismini tashkil etadi. Ularning katta qismi esa madaniyat sohasida to`plangan boyliklardir. Bugungi kunda tarix faniga qo`yilayotgan talablar o`tmishni sinchiklab o`rganish, ularni hal etishga bo`lgan yondashuvlar va nuqtai-nazarlarni tahlil etib, ulardan bugungi kun uchun zarur xulosalarni chiqarishni talab etadi. Tarixni o`rganishga bo`lgan munosabatning turli siyosiy tuzumlar ta`sirida o`zgarib turishi bugungi kun tadqiqotchilari oldiga uni xolisona tahlil qilish va ob`ektiv ilmiy xulosalar chiqarish kabi katta va mas`uliyatli vazifa qo`yadi. Bunda eng avvalo ilmiy bilishning asosiy tamoyillari, umumjahon tarix fanining nazariy – kontseptual asoslari, milliy istiqlol mafkurasi falsafasiga asoslanish muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillikka erishgan respublikamiz milliy madaniyatining tezkorlik bilan rivojlanishi tabiiy ravishda uning asosiy manbai bo`lmish madaniy merosimizni keng va chuqur hamda ilmiy asosda izchil o`rganishimizni taqozo etadi. Etnografiya ko‘p qirrali ijtimoiy fan bo‘lib, uning tadqiqot ob`ekti xalq va elatdir. Bu fan xalqlarning kelib chiqishi va joylanishi, ijtimoiy hayoti, xo‘jaligi va g‘oyaviy qarashlari kabi muommolarni o‘rganadi. Dastlabki etnografik ma`lumotlar ibtidoiy jamiyat qaror topganidan keyin qabilalar o‘rtasida aloqalar o‘rnatilishi natijasida to‘plana boshlangan. O‘sha davrdayoq ayrim qo‘shni qabila, elat va xalqlarning maishiy turmushi, etnik xususiyatlarini o‘rganish taqozasi bilan vujudga kelgan. O‘zbek xalqining eng qadimiy ajdodlari to‘g‘risida ma`lumotlar juda kam. Sharq mustabidlari, ayniqsa, qadimgi Eron, Bobil, Ossuriya hukmdorlari o‘zlarini ulug‘lash maqsadida toshga bitilgan zafarnomalarida bosib olingan va bo‘ysundirilgan elat va xalqlarni tilga olganlar. Shular ichida O‘rta Osiyoliklarning qadimiy ajdodlari to‘g‘risida ham ma`lumotlar mavjud. Ilk yozuv manbalaridan qadimgi eron, yunon va rim mualliflarining asarlarida Vatanimiz hududida yashagan qadimgi qabila va elatlar tilga olinadi. Masalan, antik davr mualliflaridan miletlik Gektay, Strabon, Geradot, Arrian, Ptolomey va Ktesiy, sitsiliyalik Diodor, Pompey, Trog, Tasitlar o‘z asarlarida sak va massaget qabilalari, xorazmiylar, baqtriyaliklar, parfiyalik va so‘g‘diylar to‘g‘risida ayrim ma`lumotlar keltirganlar. O‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi ajdodlari va ularning turar – joylari, urf-odat va marosimlari to‘g‘risida noyob ma`lumotlarni bizgacha yetib kelgan zardushtiylik dinining muqaddas kitobi "Avesto"dan olish mumkin. Avestoda keltirilgan ayrim ma`lumotlarni arxeologik ma`lumotlar to‘ldiradi. Mil.avv. II -I asrlardan boshlab arablar istilosigacha O‘rta Osiyo xalqlariga tegishli ba`zi axborotlarni Eron solnomalarida xitoylik sayyohlarningkin estaliklarida Vizantiya va Arman manbalarida uchratishimiz mumkin. Download 128.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling