Òzbek sharqshunosligi Kenjaboyev Ortiqjon
Download 90.66 Kb. Pdf ko'rish
|
ozbeksharqshunosligi original
Sharqshunoslik — Sharq (Osiyo va Shimoliy Afrikadagi davlatlar) tarixi, iqtisodi, tili, adabiyoti, etnografiyasi, sanʼati, dini, falsafasi, moddiy va maʼnaviy madaniyatini kompleks oʻrganuvchi fan. Sharqshunoslikning misrshunoslik, assiriologiya (ossuriyashunoslik), semitologiya, arabshunoslik,eronshunoslik, turkshunoslik, xitoyshunoslik, moʻgʻulshunoslik, hindshunoslik, yaponshunoslik kabi sohalari mavjud. Fanning rivojlanishi bilan sharqshunoslikning yana yangi mintaqaviy shoxobchalari (shumerologiya, urartologiya, kumranistika, koreistika va boshqalar) paydo boʻla boshladi. Afrikashunoslik sharqshunoslikdan ajralib chiqdi. Sharqshunoslikning kompleks fan sifatida rivojlanishi davom etmoqda. Sharq filologiyasining oʻziga xos xususiyati — uning kompleksliligidir. Zero, unda tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, falsafa, din tarixi elementlari mujassamlashgan boʻlib, yozma manbalar ustida ishlash oʻrganilayotgan mamlakat tili, tarixi va madaniyatini bilish barobarida shu manba mansub boʻlgan soha boʻyicha ham maxsus bilimlarni talab etadi. Fargʻoniy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek kabi allomalarning aniq va tabiiy fanlarga oid boʻlgan asarlarining rus va oʻzbek tiliga izohli tarjimalari bunga yorqin misoldir. Shu maʼnoda sharq filologiyasi hozirgi kungacha oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda, chunki hali oʻrganilmagan yozma manbalar juda koʻp va ularni tadqiq etish kompleks bilimlarni talab qiladi. Qadimgi fors tilidan „Avesto“ fransuz tiliga tarjima qilindi (1771). Mixxatlar, Misr iyerogliflarini oʻqishga muvaffaq boʻlindi. Kalkutta (1784), Parij (1822), London (1823), Leypsig (1845) shaharlarida bir necha Osiyo jamiyatlari, Sharq tillarini oʻrganuvchi maxsus oliy oʻquv yurtlari — Venada Sharq tillari akademiyasi (1754), Parijda Jonli sharq tillari maktabi (1795) ochildi. Oʻzbekistonda sharqshunoslikning rivojlanishi, asosan, uch Sharqshunoslik markazi — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyati bilan bogʻliq. Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining ilmiy yoʻnalishi institut fondida toʻplangan oʻn minglab qoʻlyozma asarlarni chuqur oʻrganish, kataloglar hamda Oʻrta Osiyo va qoʻshni Sharq xalqlarining fani va madaniyati tarixiga oid nodir yozma manbalarni nashrga tayyorlab, ularda mavjud boʻlgan tarixiy maʼlumotlar asosida ilmiy tadqiqot ishlari yaratish, Sharq xalqlarining oʻtmishda jahon madaniyati taraqqiyotiga qoʻshgan salmoqli hissalarini yaqqol qoʻrsatishdir. Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida sharqshunos kadrlar tayyorlash bilan birga Sharq xalqlari adabiyoti, tilshunoslik, iqtisod va siyosatshunoslikka oid ilmiy tekshirish ishlari ham olib boriladi. Oʻzbekiston sharqshunosligini shakllanishi va uning jahonga tanilishiga A.K. Arends, A. Ahmedov, S.Azimjonova, B. Ahmedov, B. Bobojonov, P.G. Bulgakov, N. Ibrohimov, A. Irisov, U.I. Karimov, S. Mirzayev, A. Moʻminov, M.A. Salye, A.A. Semyonov, M.M. Xayrullayev, A. Xoʻjayev, Sh. Shomuhamedov, A. Oʻrinboyev, A. Qayumov, A Hayitmetov, A. Rustamov, A Muhammadjonov, M.B. Baratov, I. Abdullayev, P. Qodirov kabi olimlarning xizmati katta boʻldi. Hozir Oʻzbekistonda sharqshunoslik boʻyicha „Sharqshunoslik“ almanaxi (1991-yildan), „Sharq mashʼali“, „Mayak Vostoka“ va „Imom Buxoriy saboqlari“ kabi jurnallar chop etilmoqda. Sharqshunoslarning oxirgi xalqaro kongressi (ICANAS-37) 2004-yil Moskva shahrida boʻlib oʻtdi. Sharq toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar yunon mualliflari asarlarida uchraydi. Yunonlar dastlab Eronni, keyinchalik oʻz yurtlaridan sharqda boʻlgan hududlarni Sharq deb hisoblaganlar. Yevropada Osiyo va Shimoliy Afrika bilan savdo hamda siyosiy aloqalar oʻrnatila boshlanishi bilan Sharqqa boʻlgan qiziqish kuchaydi. XII asrdan boshlab, Veniamin Tudelskiy (XII asr) va Marko Polo (XIII asr) kabi yevropalik savdogar va diplomatlarning Yaqin va Oʻrta Sharqqa qilgan sayohatlari haqidagi esdaliklar koʻpaya boshladi. Xalqaro aloqalarning kengayishi shahrining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. XV-XVI asrlarda Yaqin Sharq davlatlari va Xitoy tarixiga oid asarlar paydo boʻldi. Parij, Oksford universitetlarining Sharq tillari kafedralarida qadimiy yahudiy va arab tillari oʻqitila boshladi. XVII asrdan Yevropada Sharq tillaridan fors, turk, xitoy tillari oʻrganila boshladi. Ayrim Sharq tillarining lugʻatlari, Sharq mualliflari (asosan, Saʼdiy) asarlarining matn va tarjimalari nashr etildi. XVII asr oxirida Leyden, Parij, Oksford universitetlarining kutubxonalarida Sharq qoʻlyozmalari toʻplandi. 1667-yil Parijda d’Erbeloning „Sharq kutubxonasi“ nomli toʻplami nashr etildi. Rossiyada XVIII asr boshlarida (Pyotr I ning 1700 va 1702-yillardagi farmonlariga koʻra) Sharq tillarini oʻqitish joriy qilindi. XVIII asrning 2-yarmidan sharqshunoslikni ilmiy asosda oʻrganish boshlandi. Mustamlakaga aylantirilgan Sharq mamlakatlaridan Gʻarbga katta moddiy boyliklar bilan bir qatorda koʻplab yozma yodgorliklar ham olib ketildi, Yevropaning Leyden, London, Parij, keyinchalik, Peterburg kabi shaharlarida boy qoʻlyozma fondlari tashkil etildi. Òzbek sharqshunoslari sharqshunoslikning yangi shoxobchalari, xususan, turkshunoslik, kavkazshunoslik va boshqalar boʻyicha qimmatli asarlar yozdilar. Turkshunoslik boʻyicha I. N. Berezin, M.K. Kozimbek, V.V. Radlov va boshqalar turkiy xalqlar tili, folklori va adabiyotiga oid yirik asarlar yaratdilar. Moʻgʻul, eron, kurd, osetin tillariga oid ilmiy asarlar nashr etildi. O.I. Senkovskiy, X.D. Fren, V.R. Rozen, G.S. Sablukov, A.V. Boldirev Oʻrta Osiyo, Sibir, Moʻgʻuliston, Xitoyning moddiy va diniy madaniyatiga oid manba va yodgorliklarni tadqiq qilib, nashr ettirishdi. Sharqiy Turkiston (Kuchon, Turfon)da topilgan budda, xristian va moniy adabiyotlari juda koʻp maʼlumotlarga ega. V.V. Velyaminov-Zernov, N.V. Xanikov, V.V. Grigoryev, N.I. Veselovskiy, V.V. Bartold va boshqalar tadqiqotchilar Oʻrta Osiyo tarixi va geografiyasiga oid asarlar yaratdilar. Sharq allomalarining ilmiy merosini oʻrganmasdan turib, ziyoli yoshlarni tarbiyalash, oʻzimiz kutayotgandek, davr talablariga javob beradigan mutaxassislarni ham tayyorlash mushkul. Shu sababli ham sharqshunos mutaxassislarni tayyorlashni kuchaytirish masalasi bugungi kun tartibiga alohida dolzarb masala sifatida chiqdi. Davlatimiz rahbari 2020 yil 16 aprel kuni “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorini imzoladi. Mazkur qaror, eng avvalo, sharqshunoslik sohasiga berilayotgan katta eʼtiborning samarasi, deb bilaman. Sharqshunos mutaxassis Sharq mamlakatlarining tillari, tarixi, madaniyati, moddiy va maʼnaviy merosi, iqtisodiyoti, siyosati, xalqaro maydondagi nufuzini oʻrganish uchun har tomonlama bilimga ega boʻlishi lozim. Albatta, uzoq oʻtmishga va boy milliy-maʼnaviy qadriyatlarga ega yurtimiz tarixini xolis manbalar asosida oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Qarorda aynan ushbu masalada ham jamoa oldiga qator vazifalar qoʻyilgan boʻlib, bu vazifalarni amalga oshirish jarayoni asrlar davomida saqlanib kelayotgan qoʻlyozma manbalarni oʻrganish boʻyicha yosh sharqshunos-manbashunoslarni tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va bu orqali mamlakatimiz va millatimizni dunyoga targʻib etish bilan bogʻliq faoliyatni kuchaytirishimizni taqozo etadi. Thank you for attention Download 90.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling