Mavzusida Refarati Mavzu
Download 22.26 Kb.
|
Oʼzbekistonda sharqshunoslikni kelib chiqishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHARQSHUNOSLIK
Zamonova Nasiba Sharqshunoslikka kirish fanidan “Oʼzbekistonda sharqshunoslikni kelib chiqishi” Mavzusida Refarati Mavzu: “Oʼzbekistonda sharqshunoslikni kelib chiqishi” Reja Sharqshunoslikni kelib chiqishi va tarixi Sharq filologiyasining oʻziga xos xususiyati Oʻzbekistonda Sharqshunoslikning rivojlanishi SHARQSHUNOSLIK — Sharq (Osiyo va Shim. Afrikadagi davlatlar) tarixi, iqtisodi, tili, adabiyoti, etnografiyasi, sanʼati, dini, falsafasi, moddiy va maʼnaviy madaniyatini kompleks oʻrganuvchi fan. Sh. ning misrshunoslik, assiriologiya (ossuriyashunoslik), semitologiya, arabshunoslik, eronshunoslik, turkshunoslik, xitoyshunoslik, mongolshunoslik, hindshunoslik, yaponshunoslik kabi sohalari mavjud. Fanning rivojlanishi bilan Sharqshunoslikning yana yangi regional shoxobchalari (shumerologiya, urartologiya, kumranistika, koreistika va boshqalar) paydo boʻla boshladi. Afrikashunoslik Sh. dan ajralib chiqdi. Sharqshunoslikning kompleks fan sifatida rivojlanishi davom etmoqda. Sharq mamlakatlari va ularning tarixi mahalliy olimlar tomonidan qadimdan oʻrganila boshlangan. Qadimiy va oʻrta asr Sharq olimlari yaratgan asarlar Sharqshunoslik uchun qimmatli manbalardir. Yevropada Sharq toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar yunon mualliflari asarlarida uchraydi. Yunonlar dastlab Eronni, keyinchalik oʻz yurtlaridan sharqsa boʻlgan hududlarni Sharq deb hisoblaganlar. Yevropada Osiyo va Shim. Afrika bilan savdo hamda siyosiy aloqalar oʻrnatila boshlanishi bilan Sharqqa boʻlgan qiziqish quchaydi. 12asr dan boshlab, Veniamin Tudelskiy (12-asr) va Marko Polo (13-asr) kabi yevropalik savdogar va diplomatlarning Yaqin va Oʻrta Sharqqa qilgan sayohatlari haqidagi esdaliklar koʻpaya boshladi. Xalqaro aloqalarning kengayishi Sharqshunoslikning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. 15—16-asrlarda Yaqin Sharq davlatlari va Xitoy tarixiga oid asarlar paydo boʻldi. Parij, Oksford untlarining Sharq tillari kafedralarida qadimiy yahudiy va arab tillari oʻqitila boshladi. 15-asrda Rossiyada Afanasiy Nikitinning Hindiston toʻgʻrisida, 17-asrda M. Petlin, rus elchilari F. I. Baykov va N. G. Siafariyning Xitoyga oid safarnomalari chop etildi. 17-asrdan Yevropada Sharq tillaridan fors, turk, xitoy tillari oʻrganila boshladi. Ayrim Sharq tillarining lugʻatlari, Sharq mualliflari (asosan, Saʼdiy) asarlarining matn va tarjimalari nashr etildi. 17-asr oxirida Leyden, Parij, Oksford untlarining kutubxonalarida Sharq qoʻlyozmalari toʻplandi. 1667 yil Parijda dʻErbeloning «Sharq kutubxonasi» nomli toʻplami nashr etildi. Rossiyada 18-asr boshlarida (Pyotr I ning 1700 va 1702-yillardagi farmonlariga koʻra) Sharq tillarini oʻqitish joriy qilindi. 18-asrning 2-yarmidan Sharqshunoslikni ilmiy asosda oʻrganish boshlandi. Mustamlakaga aylantirilgan Sharq mamlakatlaridan Gʻarbga katta moddiy boyliklar bilan bir qatorda koʻplab yozma yodgorliklar ham olib ketildi, Yevropaning Leyden, London, Parij, keyinchalik Peterburg kabi shaharlarida boy qoʻlyozma fondlari tashkil etildi. Ularda tarix, fan va madaniyat tarixi, dinshunoslik, huquq, falsafa, til va adabiyotga oid qoʻlyozma asarlar yigʻilgan boʻlib, ularni tarjima va tadqiq etish ilmiy Sharqshunoslikning shakllanishiga zamin boʻldi. Koʻp vaqggacha ilmiy Sharqshunoslikning asosiy va yagona sohasi Sharq filologiyasi edi. Yozma manbalarni ilmiy tavsiflash, kataloglashtirish, ularni tanqidiy matnlarini tuzish, manbaning kelib chiqishini aniqlash, garjima qilish va ilmiy izohlash shu sohaning asosiy vazifalari hisoblangan. Keyinchalik qoʻlyozma manbalar yoniga epigrafik materiallar (qabr toshlari, metall idishlar va boshqalar buyumlardagi bitiklar) qoʻshilishi natijasida sharq epigrafikasi rivojlana boshladi.
Download 22.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling