Mavzusida Refarati Mavzu


Sharq filologiyasining oʻziga xos xususiyati


Download 22.26 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi22.26 Kb.
#247366
1   2
Bog'liq
Oʼzbekistonda sharqshunoslikni kelib chiqishi

Sharq filologiyasining oʻziga xos xususiyati — uning kompleksliligidir. Zero unda tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, falsafa, din tarixi elementlari mujassamlashgan boʻlib, yozma manbalar ustida ishlash oʻrganilayotgan mamlakat tili, tarixi va madaniyatini bilish barobarida shu manba mansub boʻlgan soha boʻyicha ham maxsus bilimlarni talab etadi. Fargʻoniy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek kabi allomalarning aniq va tabiiy fanlarga oid boʻlgan asarlarining rus va oʻzbek tiliga izohli tarjimalari bunga yorqin misoldir. Shu maʼnoda sharq filologiyasi hoz. kungacha oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda, chunki hali oʻrganilmagan yozma manbalar juda koʻp va ularni tadqiq etish kompleks bilimlarni talab qiladi.

Qad. fors tilidan «Avesto» fransuz tiliga tarjima qilindi (1771). Mix xatlar, Misr iyerogliflarini oʻqishga muvaffaq boʻlindi. Kalkutta (1784), Parij (1822), London (1823), Leypsig (1845) shahrilarida bir necha Osiyo jamiyatlari, Sharq tillarini oʻrganuvchi maxsus oliy oʻquv yurtlari — Venada Sharq tillari akademiyasi (1754), Parijda Jonli sharq tillari maktabi (1795) ochildi. Sharq tarixi va uning madaniyati (asosan, qadimiy va oʻrta asr tarixiga oid)ga bagʻishlangan yirik tadqiqotlar paydo boʻldi.

Rossiyada G. S. Lebedev Yevropada birinchi boʻlib sanskrit grammatikasini tuzdi (1801). 19-asr sharqshunoslaridan eng mashhuri N. Ya. Bichurin boʻlgan. Untlarda Sharq tillari oʻqitishni M. V. Lomonosov taklif qilgan edi. 1807-yildan Qozon unti, 1819-yildan Peterburg untida sharqshunoslar tayyorlana boshladi. 1818-yil Peterburgda Osiyo muzeyi ochildi.

19-asrning 2-yarmida Yevropadagi yirik kutubxonalarda saklanayotgan Sharq qoʻlyozmalari va kitoblarining kataloglari, Sharq tillari lugʻatlari tuzildi. «Islom ensiklopediyasi» (4 tilda) nashr etildi. 1873-yildan har 3 — 4 yilda sharqshunoslarning xalqaro kongresslari chaqiriladigan boʻldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshida Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Turkiya va boshqalar Sharq davlatlarida yirik tarixchi va filologlar yetishib chiqdi. Ular manbalarni tanqidiy qoʻllanmalar asosida tadqiq qilishga kirishdilar.

Rus sharqshunoslari Sharqshunoslikning yangi shoxobchalari, xususan, turkshunoslik, kavkazshunoslik va boshqalar boʻyicha qimmatli asarlar yozdilar. Turkshunoslik boʻyicha I. N. Berezin, M. K. Kozimbek, V. V. Radlov va boshqalar turkiy xalqlar tili, folklori va adabiyotiga oid yirik asarlar yaratdilar. Moʻgʻul, eron, kurd, osetin tillariga oid ilmiy asarlar nashr etildi. O. I. Senkovskiy, X. D. Fren, V. R. Rozen, G. S. Sablukov, A. V. Boldirev Oʻrta Osiyo, Sibir, Mongoliya, Xitoyning moddiy va diniy madaniyatiga oid manba va yodgorliklarni tadqiq qilib, nashr ettirishdi. Sharqiy Turkiston (Kuchon, Turfon)da topilgan budda, xristian va moniy adabiyotlari juda koʻp maʼlumotlarga ega. V. V. Velyaminov-Zernov, N. V. Xanikov, V. V. Grigoryev, N. I. Veselovskiy, V. V. Bartold va boshqalar tadqiqotchilar Oʻrta Osiyo tarixi va geogr. siga oid asarlar yaratdilar. B. A. Turayev qadimiy Sharq tarixi boʻyicha rus maktabining asoschisidir. Qozon, Peterburg va Moskva untlari, Moskvadagi Lazarev Sharq tillari inti, Odessadagi Rishelye litseyi, Vladivostokdagi Sharq instituti va boshqalar bir necha oʻquv yurtlarida sharqshunoslar tayyorlandi. Sharqshunoslarning tadqiqotlari, asarlari «Aziatskiy vestnik» (1825—27), «Zapiski Vostochnogo otdeleniya Russkogo arxeologicheskogo obshestva» (1887 — 1921), «Mir islama» (1912—13) jur. larida chop etilgan.

20-asr boshlarida yirik rus sharqshunoslari yangi ochilgan Sharqshunoslik markazlarida ish olib bordilar. N. Ya. Marr, S. F. Oldenburg, F. I. Sherbatskoy, B. Ya. Vladimirsov, V. V. Bartold, I. Yu. Krachkovskiy, V. V. Struve va boshqalar qimmatli asarlar yaratdilar. 1930-yil Osiyo muzeyi va boshqalar Sharqshunoslik tashkilotlari asosida SSSR FA Sharqshunoslik instituti tuzildi. SSSR FA va respublikalar FA lari tizimlarida Sharqshunoslik muammolarini oʻrganuvchi yangi markazlar (SSSR FA Tinch Okeani inti, OʻzSSR FA, OzSSR FA, GruzSSR FA, TojSSR FA Sharqshunoslik ilmiy tekshirish institutlari, respublika FAlarning tarix, adabiyot va til intlari, shuningdek, boshqa respublikalar akademiyalari Sharqshunoslik boʻlimlari) tuzildi.

Leningrad, Toshkent, Dushanba, Boku, Yerevan, Tbilisi, Qozon va boshqalar shaharlarda Sharq qoʻlyozmalarining boy fondlari toʻplandi. 20-asrning 40-y. larida Moskva unti Tarix va filologiya ftida Sharq boʻlimi, Leningrad, Oʻrta Osiyo (Toshkent), Ozarbayjon (Boku) va Tbilisi untlarida Sharq ftlari ochildi.

1957-yil Moskvada «Sharq adabiyoti» (1964-yildan «Nauka») nashriyoti tuzildi. «Sovetskoye vostokovedeniye» (1955; 1959—61 yillarda) «Problemn vostokovedeniya», 1961-yildan «Narodi Azii i Afriki» va «Sovremennga Vostok» (1957; 1961-yildan «Aziya — Afrika segodnya») jur. lariga asos solindi. 1957-yil Toshkentda Butunittifoq sharqshunoslarining 1-konferensiyasi boʻlib oʻtdi. 50—60-y. larda koʻp jildli «Vsemirnaya istoriya» («Jahon tarixi»)ning Sharq tarixi boʻlimlari, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Sharqiy Osiyo, arab mamlakatlarining yangi va eng yangi tarixi, oliy oʻquv yurtlari uchun darsliklar, mustamlaka tizimining krizisi va inqirozi, muammolari hamda Sharqdagi mustaqil davlatlarning iqtisodiy rivojlanish muammolariga oid yirik, umumlashgan asarlar nashr etildi. Sharq mamlakatlari tarixi boʻyicha I. M. Reysner, B. N. Zaxoder, YEA. Belyayev, V. B. Luskiy, A. L. Galperin, AA. Semenov, Yu. V. Gankovskiy, L. I. Duman, I. M. Dyakonov, I. P. Petrushevskiy, O. Bolshakov va boshqalar yirik asarlar yozganlar. Sharq adabiyotshunosligi rivojlandi. «Literatura Vostoka» («Sharq adabiyoti») seriyasi vujudga keldi. «Istoriya mirovoy literaturm»ning Sharqqa oid qismlari yozildi; «Pamyatniki literaturm narodov Vostoka» (matn va tarjimalar) nashr etilmoqda.

20-asrning 2-yarmida qadimiy qoʻlyozma yodgorliklarni tadqiq qilishda ham katga muvaffaqiyatlarga erishildi. Bir necha dialektlar tadqiq qilindi va turk, kavkaz, moʻgʻul, fors, somiy va boshqalar tillar boʻyicha ilmiy grammatikalar, lugʻatlar va ularga oid asarlar yaratildi.

2-jahon urushidan keyin Sharq davlatlarida boʻlgan tarixiy oʻzgarishlar chet el Sharqshunoslik tadqiqotlarining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatdi. Mustamlaka qilingan davlatlardagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlar Sharq davlatlaridagi gumanitar fanlarning rivojlanishiga, Sharqshunoslikda tadqiqotlar mavzuining dolzarblashuviga olib keddi. Sharq davlatlarida olib borilayotgan arxeologik qazish ishlari Sharqshunoslikning rivojlanishiga ayniqsa muhim hissa qoʻshmoqda.

Qad. Sharq tillari — shumer, xett, urartu, ugarit, xatt, elam, toxar tillarida matnlarni oʻrganish keng yoʻlga qoʻyildi. Axomaniy matnlari, pahlaviy, sugʻd, xoʻtan, qumron, toxar tillarida yozilgan matnlar toʻplami chop etildi. Oʻrta asr tarixi, adabiyoti, fani va madaniyatiga oid yodgorliklarni toʻplash, oʻrganish va nashr etishda katta ishlar qilingan boʻlib, bu jarayonlarni yevropalik sharqshunos olimlar boshlab bergan edi. Yevropa Sh. iga xos boʻlgan mukammal va puxta ilmiy tekshirish anʼanalari hozirda ham davom etib kelmoqda. MXR va KXDR olimlari oʻrta asrning istoriografiyasiga oid eng muhim qoʻlyozmalarni, 50-y. larda XXR tarixchilari Xitoyning yangi va eng yangi tarixiga oid hujjatlar toʻplamini nashr etdilar. Yapon tarixchilari — S. Xattori, G. Xachi va boshqalar Yaponiya tarixini tadqiq qildilar.

Urushdan oddin va urushdan keyingi oʻn yilliklarda Sharqning jonli tillarini tadqiq etish quchaydi. Dialektologiya, tillarning tasnifi va rivojlanishiga oid asarlar yaratildi.

Oʻzbekistonda Sharqshunoslikning rivojlanishi, asosan, uch Sharqshunoslik markazi — Oʻzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Toshkent Sharqshunoslik instituti va Toshkent Islom universiteti faoliyati bilan bogʻliq. FA Sh. institutining ilmiy yoʻnalishi in-t fondida toʻplangan oʻn minglab qoʻlyozma asarlarni chuqur oʻrganish, kataloglar hamda Oʻrta Osiyo va qoʻshni Sharq xalqlarining fani va madaniyati tarixiga oid nodir yozma manbalarni nashrga tayyorlab, ularda mavjud boʻlgan tarixiy maʼlumotlar asosida i. t. ishlari yaratish, Sharq xalqlarining oʻtmishda jahon madaniyati taraqqiyotiga qoʻshgan salmoqli hissalarini yaqqol qoʻrsatishdir. Toshkent Sharqshunoslik intida sharqshunos kadrlar tayyorlash bilan birga Sharq xalqlari adabiyoti, tilshunoslik, iqtisod va siyosatshunoslikka oid ilmiy tekshirish ishlari ham olib boriladi. Toshkent Islom untida islom dini tarixi, iqtisodi, huquqshunosligi, arab tili va boshqalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi va mazqur sohada ilmiy tekshirish olib boriladi. Islom dini va u bilan bogʻliq masalalar Sharqshunoslikning muhim yoʻnalishi hisoblanadi.

Oʻzbekiston Sharqshunoslikning shakllanishi va uning jahonga tanilishiga A. K. Arends, A. Ahmedov, S. Azimjonova, B. Ahmedov, B. Bobojonov, P. G. Bulgakov, N. Ibrohimov, A. Irisov, U. I. Karimov, S. Mirzayev, A. Moʻminov, M. A. Salye, A. A. Semyonov, M. M. Xayrullayev, A. Xoʻjayev, Sh. Shomuhamedov, A. Oʻrinboyev, A. Qayumov, A Hayitmetov, A. Rustamov, A Muhammadjonov, M. B. Baratov, I. Abdullayev, P. Qodirov kabi olimlarning xizmati katta boʻldi. Hozir Oʻzbekistonda Sharqshunoslik boʻyicha «Sharqshunoslik» almanaxi (1991-yildan), «Sharq mashʼali», «Mayak Vostoka» va «Imom Buxoriy saboklari» kabi jur. lar chop etilmoqda.

Sharqshunoslarning oxirgi xalqaro kongressi (ICANAS-37) 2004-yil Moskva shahrida boʻlib oʻtdi.

Hozir dunyoning turli mamlakatlarida 1000 dan ortiq ilmiy tekshirish markazlari, oʻquv assotsiatsiyalari, un-t va boshqalar oliy oʻquv yurtlari sharq fakultetlari bilan birga Sharqshunoslik boʻyicha tadqiqotlar olib borib, sharqshunos kadrlarni tayyorlamoqda. Ularning koʻpchiligi oʻzining davriy nashrlariga ega.



Adabiyotlar

1) Bartold V. V., Istoriya izucheniya Vostoka v Yevrope i Rossii, L.,



2) 1925; Oʻrinboyev A., Ahmedov A., Mannonov B., Sharqshunoslikning dolzarb muammolari, T., 3)1995; Abdusamatov M., Oʻzbekiston sharqshunoslari, T., 1996.
Download 22.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling