I. A. Karimov Mavzuning dolzarbligi
II BOB. HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT – IJTIMOIY ONG TIZIMIDA
Download 45.53 Kb.
|
I. A. Karimov Mavzuning dolzarbligi-fayllar.org
II BOB. HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT – IJTIMOIY ONG TIZIMIDA
Huquq ma’naviy hayot hodisasi sifatida ijtimoiy ong sohasiga mansubdir. Huquq, huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash faoliyati va boshqa yuridik hodisalarga o‘ziga xos umumbashariy madaniyat yutug‘i sifatida qarash mumkin bo‘lib, ulami ifodalash uchun huquqshunoslikka maxsus tushuncha kiritilgan. “Huquqiy ong” kategoriyasi huquqiy voqelikning alohida o‘lchovini ifoda etuvchi ana shunday tushuncha sifatida xizmat qiladi. Huquqiy ong jamiyat va davlatda serqirra hayotiy jarayonlarning barchasini tartibga solishga faol ta’sir ko‘rsatadi, ommani bunyodkorlik ishlariga safarbar etadi, jamoat tartibini saqlash va mustahkamlashga ko‘maklashadi. Jamiyat huquqiy ongining yuqoriligi, fuqarolarning qonunga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishi demokratik davlatning, siyosiy va huquqiy tizim samarali amal qilishining garovidir. Huquqiy ong ijtimoiy ong turlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy ongning turli shakllari mavjud bo‘lib, odamlar ular yordamida atrof-tabiatni, jamiyatni anglaydilar. Siyosiy, axloqiy (ma’naviy), estetik, etik, diniy, huquqiy ong mavjud. Ammo real hayotda ko‘pgina vaziyatlarga, shartsharoitlarga faqatgina huquq, majburiyat, mas’uliyat nuqtayi nazaridan qaraladi. Bu jihatlar huquqiy ongda o‘z in’ikosini topadi. Huquqiy ong, birinchi navbatda, huquqni, odamlaming ham amaldagi, ham idealdagi huquqqa nisbatan munosabatini ifoda etuvchi tasawurlar va his-tuyg‘ular yig‘indisidir. Huquqiy ong jamiyat a’zolarining huquq haqidagi, ijtimoiy hayotda real mavjud bo‘ladigan huquqiy hodisalar haqidagi qarashlari, tasawurlari, hissiyotlari, baholashlari, ruhiy munosabatlari yig‘indisidir. Shu nuqtayi nazardan mustaqillik yillarida O‘zbekistonda shakllangan huquqiy ongning tabiati va mohiyatiga yondashiladigan bo‘lsa, uning mazmunida jamiyatda qaror topayotgan demokratik huquqiy qadriyatlar va tamoyillar, huquqiy tizimdagi islohotlar va modemizatsiyalash jarayonlari xususidagi fuqarolaming qarashlari, tasawurlari, hissiyotlari, ruhiy kechinmalari majmui aks etadi. Huquqiy ong huquq bilan umumiy tabiatga ega. Huquqiy ong jamiyatning obyektiv ehtiyojlari va manfaatlari, turli ijtimoiy guruhlaming ta’siri ostida shakllanadi; o‘zgarib boruvchi hayotiy shart-sharoitlar va jarayonlar ta’siri ostida jo‘shqin rivojlanadi; ijtimoiy ongning tarkibiy qismi bo‘lganligi bois falsafiy, mafkuraviy va siyosiy qarashlaming ta’siriga uchraydi. Ongdagi (individual ongdagi, guruh ongidagi va hokazo) hayotiy shart-sharoitlar, ehtiyojlar, manfaatlar bilan zarur yoki amalda bo‘lgan yuridik huquqlar va majburiyatlaming o‘zaro nisbati — huquqiy ongning xususiyat — belgisidir. Huquq to‘g‘risidagi g‘oyalar, tasawurlar bunday nisbatning natijasi hisoblanadi. Inson — hech bir faoliyatini individning ongidan tashqarida tasawur qilib bo‘lmaydi. Demakki, biror-bir huquqiy hujjat, birorta yuridik munosabat huquqiy psixologiya va huquqiy mafkuradan tashqari amalga oshmaydi. Huquqiy ong falsafiy nazariyalar, mafkuraviy qarashlar, diniy doktrinalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ayrim mutafakkirlaming fikricha, huquq normalari, ular bajarilishining shartligi va majburiyligi komil insonlar ongining bir qismi bo‘lishi kerak, shuning uchun huquq ma’naviy hodisa hisoblanadi (Al-Forobiy). Boshqa allomalar esa huquqning majburiyligini inson erkinligini tartibga solishning tashqi vositasi ekanligini ta’kidlaydilar (I. Kant, G.Gegel). Uchinchi guruh vakillari esa huquqni ijtimoiy munosabatlarning sinfiy tartibga soluvchi vosita deb tushunganlar (K.Marks, V.I.Lenin). Yana bir toifa mutafakkirlar huquqni inson tabiiy huquqlarining rasmiylashtiruvchi vosita va kafolati, deb e’tirof etganlar (Sh.Monteskye, JJ.Russo). Ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etish mexanizmini aniqlashtirishda “huquqiy madaniyat” kategoriyasi alohida rol o‘vnaydi. Huquqiy madaniyat huquqiy ong bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, uni inson, inson ongi va faoliyatisiz tasawur qilib bo‘lmaydi. Huquqiy ongning jamiyat hayotini tashkil etishga ko‘rsatadigan ta’siri beqiyosdir. Zikr etilgan ta’simi ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatish vositalaridan biri sifatida huquqiy ongni huquqiy tartibga solish mexanizmiga kiritilganligi bilan izohlash mumkin. Uning huquqiy tartibga solish mexanizmi tarkibiy qismi ekanligining xususiyati shundan iboratki, huquqiy ongning roli huquqiy ta’sir ko‘rsatishning biror-bir bosqichi bilan cheklanmagan. Huquqiy ong huquq ijodkorligi bosqichida ham, huquqni amalga oshirish bosqichida ham amal qiladi. Huquqiy ong huquqiy tartibga solish mexanizmining barcha elementlarida — huquq normalarida, huquqiy munosabatlarda, huquqni ro‘yobga chiqarishga doir hujjatlarda u yoki bu darajada namoyon bo‘ladi. Download 45.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling