I. A. Karimov. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashti-rishyoiida. T., O’zbekiston, 1995, 197-bet
Bugun biz hammamiz katta tarixiy voqeaga guvoh boiib turibmiz. Bugun O’zbekiston xalqi intizor boiib
Download 62 Kb.
|
I. A. Karimov. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashti-r
- Bu sahifa navigatsiya:
- „o’zbekneftgaz"
- Navoiy- Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus temiryo’li qurilib
- Bu esa O’zbekistonda yagona temiryoi tizimini barpo etish, mintaqadagi foydali qazilma konlarini kompleks
Bugun biz hammamiz katta tarixiy voqeaga guvoh boiib turibmiz. Bugun O’zbekiston xalqi intizor boiib kutgan muborak kun — mamlakatimizdagi ilk avtomobil zavodining ochilishi tantanali kunlari yetib keldi.
O’zbekiston hukumati „O’ZDAEVVOOavto" qo’shma korxo-nasiga butlovchi qismlar tayyorlovchi korxonalar qurish tad-birlarini amalga oshirdi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 30-mayda qabul qilingan „Avtomobillar uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaradigan O’zbekiston—Koreya qo’shma korxonalarini tashkil etish to’g’risida" gi qarori muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Qarorga muvofiq ,,0'zDAEVVOOavto" uchun butlovchi qismlar tayyorlaydigan korxonalar tizimini yaratishni mahalliy-lashtirish dasturi ishlab chiqiidi va qurilish ishlari boshlandi. 1996— 2001-yillardalak-bo’yoqlar, avtomobil o’rindiqlari, ichki jihozlari, elektr kabellari, shinalar, disklar, toblangan oynalar, tovush pasaytirgichlari, yoqilg’i baki, bamperlar va boshqa butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi „O’Z-Dong Ko", „Yan Ko", „O’Z-Sem Yun Ko", „O’Z-Dong Von Ko", „O’Z-Tong Xong Ko", „O’Z-Karam Ko" kabi 30 ga yaqin yangi qo’shma korxonalar, ishlab chiqarish quvvatlari barpo etildi. „O’ZDAEVVOOavto" zavo-di uchun zarur bo’lgan butlovchi qismlarning 20% dan ortig’i O’zbekistonda tayyorlanmoqda. „O’ZDAEVVOOavto", uning tarkibidagi korxona va inshootlarni barpo etish uchun 2000- yil-gacha 600 mln. AQSH dollari o’zlashtirildi. 1999- yil oktabrda Janubiy Koreyadagi yirik „Eksimbank" bilan ,,0'zDAEVVOOavto" zavodini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash bo’yicha bitim tuzildi va „DAEVVOOMotors" kompaniyasi bilan hamkorlikda „O’ZDAEVVOOavto" zavodida „Matiz" va „Neksiya-2" rusumli avtomobillar ishlab chiqarishga kirishildi. 2001- yil avgustda „O’ZDAEVVOOavto" zavodida yangi liniya barpo etilib xalqaro andazalarga to’la javob beradigan, har tomonlama qulay, ilg’or dizayn va texnik afzalliklari bilan ajralib turadigan „Matiz" rusumli yangi avtomobil ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 2003-yilda yana bir liniya barpo etilib, „Lasetti" avtomobili ishlab chiqarish boshlandi. 2004- yilda 70070 dona avtomobil ishlab chiqarildi. Shunday qilib, ,,0'zDAEVVOOavto" qo’shma korxonasining mustahkam poydevori yaratildi. 1996—2006- yilning birinchi yarmida 570 mingdan ortiq avtomobil tayyorlandi, ularning 198609 tasi xorijiy mamlakatlarga eksport qilindi. „O’ZDAEVVOOavto" zavodiga 2000-yil yanvarda „ISO-9001" sertifikati berildi va u MDH mamlakatlaridagi yengil avtomashina ishlab chiqaruvchilar orasida Xalqaro si-fat tizimidan foydalanuvchi birinchi korxona bo’ldi. Samarqand shahrida yana bir avtomobil zavodini qurishga ki-rishildi. 1995-yilda ,,6'zavtosanoat" uyushmasi bilan Tur-kiyaning „Kochxolding" kompaniyasi o’rtasida avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi „SamKochavto" qo’shma korxo-nasini barpo etish haqida bitim tuzildi. 1996-yilda „SamKochav-to" qo’shma korxonasi ro’yxatga olindi va qurilish ishlari bosh-landi. Mashinalar loyihasini ishlab chiqishda xalq xo’jaligining barcha sohalarida foydalanish uchun qulay bo’lishini to’minlash maqsadida Italiya—Ispaniya qo’shma korxonasi „Iveko" ning ix-cham konstruksiyalari asos qilib olindi va „Kochxolding" kom-paniyasi a'zosi —„Otayo’I" zavodida O’zbekiston sharoitiga mo-slab takomillashtirildi. Mustaqillikyillaridaneftmahsulotlariishlab chiqarishni jiddiy ko’paytirishga alohida e'tibor berildi. O’zbekiston hududida 2 trillion kubometrga yaqin gaz zaxiralari, 160 dan ortiq neft koni mavjud. Biroq mamlakat neft mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha qaram boiib, qariyb 6 mln. tonnaga yaqin neft mahsulotlari chetdan keltirilar edi. Mustaqillikning dast-labki yillarida Rossiya va boshqa mamlakatlardan sotib olingan neft mahsulotlari uchun 2 mln. tonna paxta xomashyosi (600 ming tonna paxta tolasi) berilar edi. O’zbekistonning neft mustaqilligini ta'minlash asosiy vazi-falardan biri sifatida ilgari surildi. Respublikada tarqoq holda faoli-yat yuritayotgan neft hamda gazni qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalari 1992-yilda tashkil etilgan „o’zbekneftgaz" konserniga birlashtirildi. 1998- yilda esa u „o’zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasiga aylantirildi. Mazkur kompaniya rivojlan-gan davlatlardagi kompaniyalar bilan hamkorlik o’rnatib, 1995—2000-yiIlarda tarmoqqa 1,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida xorij sarmoyasini jalb etdi. Natijada respublikamizning Ustyurt, Buxoro—Xiva, janubi-g’arbiy Htsor, Surxondaryo, Farg’ona mintaqalarida gaz, neft va gaz kondensati qazib oluvchi 92 ta korxona kengaytirildi, yangi texnik uskunalar bilan jihozla1991-yil mayoyida Toshkent, Farg’ona,Yengil sanoat Buxoro to’qimachilik kombinatlari,Andijon va Nukus ip-gazlama kombinatlari, ular tasarrufidagi kichik va o’rta korxonalarni birlashtirgan „o’zbekyengilsanoat" davlat uyushmasi tashkil etildi. Bu uyushma, bir tomondan, mavjud korxonalarni aksiyadorlik jamiyatlari sifatida qayta tashkil etdi, ularni ta'mirlash, yangi texnik jihozlar bilan qayta qurish orqali mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish tadbirlarini amalga oshirdi. Masalan, „Buxoroteks" aksiyadorlik jamiyati 1994- yilda o’z mablag’lari hisobidan Shveysariyaning „Riter" firmasidan 2592 ta yigiruv g’altagi quvvatiga ega bo’lgan uskunalar sotib oldi. 1996-yilda esa Shveysariyadan jalb etilgan 5 mln. shved frankiga ikkinchi yi-giruv majmuyi sotib olib korxonani jihozladi. Natijada 1997-yil-dayoq 1000 tonna kalava ip ishlab chiqarishga erishdi. Ikkinchidan, davlat uyushmasi tomonidan respublikamizdagi boy xomashyolarni, birinchi navbatda paxta tolasini qayta ishlab tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar barpo etish har tomonlama qo’llab-quvvatlandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996-yil aprel oyida „MahaIIiy va yengil sanoatni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tadbirlari to’g’risida" qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq tarmoq bo’yicha 35 ta investitsiya loyihalari ishlab chiqildi va ularni amalga oshirish jarayonida 152 mlrd so’m, shu jumladan, 644,4 mln AQSH dollari hajmida chet el sarmoyalari o’zlashtirildi. Natijada 1996—2001-yillarda Janubiy Koreya ishtirokida „KobuI—o’zbek Ko" qo’shma korxonasiga birlashgan To’ytepa va Toshkent shahrining Ko’kcha mavzesida 2 ta yirik qo’shma korxona, „KobuI—Farg’ona Ko" qo’shma korxonalari qurilib ishga tushirildi. Turkiya to’qimachilik kom-paniyalari ishtirokida Nukus shahrida „Kateks" to’qimachilik majmuasi, Namangan viloyatida „Asnamtekstil", „Tap-fen", „Kosonsoy-Tekmen", „Atlas-Men", Qashqadaryo viloyatida „Qashteks", „Oqsaroy-to’qimachi" qo’shma korxonalari barpo etildi. Germaniya sarmoyadorlari bilan hamkorlikda 1998- yilda Andijonda „Anteks", Farg’ona viloyatining Yozyovon tumanida „Pfaff-Zinger" qo’shma korxonalari qurildi. 1999- yilda Xo’jaobod tumanida tikuv va trikotaj buyumlar ishlab chiqaradigan „Tyan-Din-Du" O’zbekiston—Xitoy qo’shma korxonasi, 2000-yilda yiliga 3800 tonna kalava i p ishlab chiqaradigan „Qorako’lteks" o’zbe-kiston—Amerika qo’shma korxonasi barpo etildi. 2002-yilda Res-publika to’qimachilik sanoatida 17 ta qo’shma korxona faoliyat ko’rsatdi. Tarmoq bo’yicha 32 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari tashkil etildi. 2004-yilda 17 ta to’qimachilik korxonalari, jumladan „Beruniy teks", „Baliqchiteks", „Bursel—Toshkent" kabi yirik qo’shma korxonalar qurilib foydalanishga topshirildi. Mustaqillik yillartda O’zbekistonda transport tizimi, temiryo’li, avtomobil yo’li, havo, quvur va suv transporti rivoj topdi. O’zbekiston Markaziy Osiyoni Eron va Turkiya bilan bog’-laydigan Tajan-Seraks-Mashhad temiryoii qurilishida o’z yo’I quruvchilari, sarmoyalari, texnika vositalari bilan faol qatnashdi. Uzunligi 295 km boigan mazkur temiryoi 1996-yil may oyida qurilib ishga tushirildi. Natijada O’zbekiston o’z mahsulotlarini Fors ko’rfazigacha, Turkiyagacha, keyin Yevropa mamlakat-lariga yetkazish imkoniyatiga ega boidi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan istiqlolning dastlabki og’ir yillarida mamlakatimiz hayotida beqiyos aha-miyatga ega boigan, Qizilqum va Ustyurt choilarida joylashgan shahar va qishloqlarni ijtimoiy jihatdan rivojlantirishga xizmat qiladigan Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus yo’-nalishida temiryoii qurish bilan bogiiq ishlar boshlandi. 1992—1993- yillarda temiryoii qurilishining texnik-iqtisodiy loyihasi ishlab chiqildi. 1994—2002- yillarda loyiha qiymati 38,9 mlrd so’mni tashkil etgan 342 km uzunlikdagi Navoiy-Uchquduq-Sulton Uvaystog’-Nukus temiryo’li qurilib foydalan-ishga topshirildi. 2001- yil 23- mart kuni mazkur yo’nalish bo’yicha dastlabki yuk poyezdi, 2002- yil 22- avgust kuni yoiovchi poyezdi harakatlari boshlandi. Miskin, To’rtkoi, El]ikqal'a, Qorao’zak, Beruniyda yangi zamonaviy vokzallar, o’nlab yangi bekatlar, soha xodimlari uchun turar joy binolari bunyod etildi. Nukus, Uchquduq temiryoi vokzallari toiiq qayta ta'mirlandi. 1750 ta yangi ish o’rinlari yaratildi. „Bu esa O’zbekistonda yagona temiryoi tizimini barpo etish, mintaqadagi foydali qazilma konlarini kompleks o’zlashtirish, katta miqdordagi valuta mablagiarini ishlab topish va tejash, odamlarning uzog’ini yaqin qilish bilan birga, ko’plab yangi ish o’rinlarini ochish, shahar va qishloqlarda yirik sanoat korxonalarini bunyod etish, eng muhimi, joylarda kichik va o’rta biznesni rivojlantirish imkonini beradi". Download 62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling