I. A. Karimov Ushbu muammoli savolni yechish uchun o`z oldimizga bir qancha savollarni qo`yib olishimiz lozim. Siyosiy partiyalar faoliyati, siyosiy partiyada o`tkaziladigan saylovlar jarayoni qanday amalga oshiril
Download 28 Kb.
|
1-kazus KH
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.A. Karimov
Mustaqil ish "A" Siyosiy partiya parlamentga bo`lib o`tadigan saylovlarda muvaffaqqyatli qatnashish maqsadida o`zi bilan uzoq muddatli hamkorlik shartnomasi asosida faoliyat olib borayotgan xalqaro tashkilotdan hamda siyosiy partiya shartnomasida aks ettirilgan g`oya va maqsadlariga hayrixoh bo`lgan chet el fuqrosidan ko`p miqdorda chet el valyutasidagi hayriya yordamini oldi. Olingan mablag`lar hisobidan siyosiy partiya nomzodlar bilan uchrashuvlarni tashkil etdi, uchrashuvlarga kelgan fuqarolarga o`z hisobidan dasturxon tashkil etdi, esdalik sovg`alarini hadya qildi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari va bank-moliya idoralari tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlar asosida Markaziy saylov komissiyasi partiyani saylov jarayonidan ishtirok etishdan chetlatdi. Siyosiy partiyaning faollaridan biri mazkur qarordan norozi bo`lib Konstitutsiyaviy sudga shikoyat arizasi bilan murojaat etdi. Savol: Vaziyatga huquqiy baho bering. Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish tartibi va shartlarini qonun hujjatlari asosida aniqlang. Javob “Hozirgi siyosiy partiya va harakatlar zaif va mo`rt holatdan chiqib, o`z faoliyatini jonlantirishi, taraqqiy topgan demokratik davlatlar tajribasi asosida yurtimizda haqiqiy ko`ppartiyaviylik, demokratik parlamentarizm tizimini, ijobiy siyosiy raqobat muhitini qaror toptirishga va jamiyatimiz siyosiy maydonida tan olingan oppozitsiya paydo bo`lishiga hissa qo`shishi lozim”1. I.A. Karimov Ushbu muammoli savolni yechish uchun o`z oldimizga bir qancha savollarni qo`yib olishimiz lozim. Siyosiy partiyalar faoliyati, siyosiy partiyada o`tkaziladigan saylovlar jarayoni qanday amalga oshiriladi, siyosiy partiyalarning saylovoldi tadbirlarini o`tkazishda ularga moliyaviy jihatdan yordam berish kim tomonidan amalga oshiriladi va ular o`z huquqlarini himoya qilish uchun qaysi davlat organiga murojaat qilishi kerak. “Siyosiy partiya O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasidir”2. Siyosiy partiyalar jamiyatda muayyan funksiyalarni bajaradi. Siyosiy partiyalarnin bosh funksiyasi – fuqarolarning, ijtimoiy qatlamlarning, guruhlarining ko'plab xususiy manfaatlarini yagona siyosiy manfaatga keltirishdan iborat. Shu ma'noda ular jamiyat siyosiy tizimining muhim tarkibiy qismiga aylanganlar. Ular mavjud siyosiy tizim doirasida jamiyat taraqqiyotiga oid raqobatlashuvchi dastur egalari sifatida chiqadilar. “Partiya” lotinchadan qism, guruh sifatida tarjima qilinadi. Jamiyat siyosiy tizimida partiyalar turli ijtimoiy guruhlar manfaatini ifodalabgina qolmay, bu manfaatlarni shakllantirishda ham faol qatnashdilar. Partiyalar vakolat vazifasi bilan bir qatorda, vositachilik vazifalarini ham bajaradilar. Ular davlat darajasida qaror qabul qilish jarayonini muvofiqlashtiruvchi va nazorat etuvchi institut sifatida shakllangan. Partiyalar fuqarolik jamiyatini davlat bilan bog`laydi. Partiya qancha kuchli bo`lsa, uning faoliyati ham kuchli bo`ladi va ko`plab muammolarni hal qila oladi. Buning natijasida davlat boshqarishda faol ishtirok eta oladi. Shaxsan O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov tomonida “Nodavlat-notijorat tashkilotlarni tashkil etish va jamiyatda ularning rolini oshirish, siyosiy partiyalar va siyosiy institutlar orqali davlat boshqaruvida fuqarolarning qatnashishini yanada yuksaltirish”3 haqida ta`kidlab o`tganlar. Partiyalar jamiyatning ham vertikal, ham gorizontal bo'yicha barcha sohalarini qamrab, u yerda axborot tarqatish va tashviqot faoliyatini olib boradi, tarbiyaviy vazifalarni bajaradi, siyosiy arboblarni tayyorlaydi. Barcha siyosiy institutlarni qamrab olgan holda partiyalar davlat hokimiyatining barcha darajalari va shahobchalari o'rtasidagi aloqalarni ta'minlaydi. Har bir jamiyat oldida undagi bir-biriga qarama-qarshi manfaatlarni muvofiqlashtirish vazifasi turadi. Partiyalar ana shu ziddiyatli manfaatlarni bayon etishning doimiy kanallaridan biri sifatida jamiyat barqarorligi oshishiga olib keladi. Partiya azolari belgilab qo`yilgan huquq normalarini bajarishi, ularga rioya etgan holda faoliyat ko`rsatishi lozim. Partiyalar o`z faoiliyatini yuritish davomida konstitutsiyada hamda qonunda belgilab qo`yilgan amaldagi qonunlarga rioya qilishi lozim. Partiyaning ish faoliyati, harakatda bo`lishi va partiya haqidagi barcha qoidalar tizimi O`zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi qonunda belgilab qo`yilgan. “Quyidagi siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko‘rsatishi taqiqlanadi: konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi; O’zbekiston Respublikasi suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi; urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi; xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi; milliy va diniy ruhdagi partiyalar”4. Siyosiy partiyalarning roli va masalasi bo`yicha dunyodagi ko`pchilik davlatlarning konstitutsiyalarida quyidagicha yondashuvlar mavjud:
Fuqarolar klubi - bu davlatlarning konstitutsiyalarida partiyalar to'g'risida hech narsa yozilmagan. Ularda siyosiy partiyalar faoliyati va tuzilishini tartibga soluvchi maxsus qonunlar ham yo'q. Kanada, AQSH, Avstraliya, Shvetsariya, Buyuk Britaniya davlatlatri bunga misol bo`la oladi. Lekin hozirgi davrda yuqoridagi davlatlar siyosiy partiyalarning saylov kampaniyasida ishtiroki, ularning moliyaviy ta'minotiga doir ayrim qonunlar qabul qilingan Maxsus qonular bilan mustahkamlab qo`yilgan siyosiy partiyalar. Ispaniya, Bolgariya, Ruminiya Belorussiya konstitutsiyalari. Fransiya Konstitutsiyasida "partiyalar milliy suverenitet va demokratiya tamoyillarini hurmat qilishi lozim”. Ruminiya Konstitutsiyasi "davlatning hududiy yaxlitligi va huquqiy tartibini hurmat qilishlari lozim". Bolgariya Konstitutsiyasida "etnik, diniy, irqiy asosda yoki hokimiyatni zo'rlik bilan egallash maqsadida partiyalar tashkil etish mumkin, emas” deb qayd etilgan. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasida maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanishi haqida qayd etib o`tilgan. Totalitar yandashuv asosida bir partiyaviylik yotadi. Sobiq SSSR, XXR davlatlari bunga misol bo`ladi. Bu davlat konstitutsiyalarida boshqa partiyalarni tashkil etish taqiqlanmaydi. Lekin, amalda ularning tuzilishi va faoliyat ko'rsatish mexanizmlari mavjud bo`lishiga yo`l qo`yilmaydi. Ayrim islom davlatlarida har qanday siyosiy partiyalar rasman taqiqlangan. Qatar, Quvayt, BAA, Saudiya Arabistoni davlatlarida bu tuzum mavjud bo`lib bu davlatlarda islom qonunchiligiga ko'ra, bu partiyalarga birlashish jamiyat rivojlanishiga putur yetkazishi haqida aytib o`tilgan. Yuqorida keltirilgan muammoli vaziyatga javob berishda quyidagi yechimlar orqali izohlaymiz. Siyosiy partiya Xalqaro tashkilotlardan hamda fuqaroligi bo`lmagan shaxslardan moliyaviy yordam olishi mumkin emas; Siyosiy partiya moliyaviy masalalar bo`yicha Oliy Majlisni, Hisob palatasiga va Adliya vazirligini ogohlantirishi lozim; Partiya tomonidan olingan moliyaviy mablag`lar fuqarolarni targ`ibot qilishda, o`z dasturlarini yoyishga uni, omma ichida o`z dasturlarini e`lon qilishda foydalanishi lozim; Partiya o`z huquqlarini himoya qilishda Oliy sudga murojaat qilishlari lozim. Yuqoridagi fikrlarni qonun asosida ko`rib chiqib uni rasmiylashtiramiz. “A” nomli siyosiy partiya saylovoldi tashviqotlarini olib borishi va ularni moliyaviy ta`minlashi qonundan mustahkamlab qoyilgan. Lekin siyosiy partiyani mablag` bilan ta`minlashda fuqoroligi bo`lmagan shaxslar yoki chet el tashkilotlari tomonidan amalga oshirish rasman qonun bilan cheklangan. “Siyosiy partiyalarga pul mablag‘lari shaklidagi xayriya yordami quyidagilar tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi: chet davlatlar; chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallari; xalqaro tashkilotlar, ularning vakolatxonalari va filiallari; chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar; chet el fuqarolari; fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar. xayriya yordami olingan kundan e’tiboran bir oy ichida xayriya yordami beruvchiga qaytarilishi, qaytarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim”5. Yuqoridagi qonunga asosan O`zbekiston Respublikasidagi hech bir siyosiy partiya chet el davlatlari fuqarolari, tashkilotlari va shunga o`xshash yuridik shaxslardan moliyaviy jihatdan ko`mak olishi mumkin emas. “A” nomli siyosiy partiya xalqaro tashkilotdan hamda chet el fuqarosidan pul olmasligi kerak edi. Bundan tashqari, bu partiya tegishli vaqtda boshqa davlat tashkilotlarini ogohlantirmagan. “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to`g`risida”gi qonunda O`zbekiston Respublikasidagi siyosiy partiyalar Oliy Majlisga va Hisob palatasiga xabar berishi lozim edi. Lekin bu partiya hechqanday ma`lumot yetkazmagan. Olingan pullarni esa noto`gri yo`llarda ishlatgan. Nomzodlar bilan turli xil uchrashuvlar tashkil qilib, ularga olingan mablag`lar hisobidan turli xil sovg`alar ulashgan. Bu harakatlar qonun bo`yicha rasman cheklangan. “Saylovoldi tashviqotini saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi”6. Partiya olgan moliyaviy mablag`larni ma`lum maqsadlarga ishlatishi qonunda belgilab qo`yilgan. “Qonunchilik palatasiga saylovda siyosiy partiyalarning ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan davlat mablag‘lari siyosiy partiya tomonidan: Saylovoldi ko‘rgazmali tashviqot vositalarini nashr qilishga; Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning televideniye, radio orqali va boshqa ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini tashkil etishga; Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga; Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning ishonchli vakillari va bevosita saylov okrugida saylovoldi tashviqotini o‘tkazish uchun jalb qilinadigan boshqa faollar ishini tashkil etishga; Saylov kampaniyasini o‘tkazishga doir umumpartiyaviy tadbirlarga sarflanishi kerak”7. “A” nomli siyosiy partiya olingan mablag`larni noto`g`ri yo`llarda sarflab yuborgan. Qonunga asosan “A” nomli siyosiy partiya bir oy ichida olingan moliyaviy ta`minotni qaytarishi lozim edi. Markaziy saylov kamissiyasi qonun bo`yicha “A” nomli partiyani saylovdan chetlatish vakolatiga ega. Bu qonun “Markaziy saylov to`g`risida”gi qonunda aniq belgilab qo`yilgan. Siyosiy partiya o`z huquqlarini himoya qilishda Konstitutsiyaviy sudga emas, Oliy sudga murojaat qilishi lozim. Bu qonunda belgilab qo`yilgan. “Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berish mumkin. Shikoyat tushgan paytdan e’tiboran uch kun ichida, agar saylov yoki referendumga olti kundan kam vaqt qolgan bo‘lsa - darhol ko‘rib chiqilishi lozim”8. Xulosa qiladigan bo`lsak, mazkur vaziyatga asosan “A” siyosiy partiya tegishli qonunlarga asosan javobgarlikka tortilishi lozim. Xususan, siyosiy partiya qonunlarni bila turib, bu qonunlarga rioya qilmasdan buzgan. Chet el fuqarosidan moliyaviy yordam olishdan tashqari saylovchilarni o`z tomoniga og`dirish uchun qonunda taqiqlangan ishlarni amalga oshirgan. Foydalanilgan adabiyotlar: Husanov.O.T “Konstitutsiyaviy huquq” darslik, -T:. Adolat, 2013-y O`zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, T:. 2017-y I.A. Karimov “Biz tanlagan yo`l – demokratik taraqqiyot va ma`rifiy va dunyo bilan hamkorlik yo`li”. Toshkent:. 2003-yil O`zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi qonuni. T:. 1996-yil O`zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar moliyalashtirish to`g`risida”gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y.21-son, 248-modda Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojhlantirish konsepsiyasi. -Toshkent: O`zbekiston, 2010. 42-bet “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida” (Yangi tahriri)Mazkur Qonunning yangi tahriri O‘zR 29.08.2003 y. 518-II-son Qonuni bilan tasdiqlangan Qo`shimcha elektron manbalar: http//:www.mygov.uz http//www.lex.uz http//www.world constition matters/ 1 I.A. Karimov “Biz tanlagan yo`l – demokratik taraqqiyot va ma`rifiy va dunyo bilan hamkorlik yo`li” Toshkent:. 2003-yil 2 O`zbekiston Respublikasi “Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi qonuni. T:. 1-modda.1996-yil 3 Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojhlantirish konsepsiyasi. -Toshkent: O`zbekiston, 2010. 42-bet. 4 O`zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi qonuni. T:. 3-modda.1996-yil 5 O`zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar moliyalashtirish to`g`risida”gi qonuni. T:. 15-modda. O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y.21-son, 248-modda. 6 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida» (Yangi tahriri)Mazkur Qonunning yangi tahriri O‘zR 29.08.2003 y. 518-II-son Qonuni bilan tasdiqlangan 7 O`zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar moliyalashtirish to`g`risida”gi qonuni. T:. 8-modda. O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y.21-son, 248-modda. 8 O`zbekiston Respublikasinig “Markaziy saylov komissiyasi to`g`risida``gi qonuni 12-modda O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1998 y., 5-6-son, 95-modda; O‘zbеkiston Rеspublikasi qonun hujjatlari to‘plam Download 28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling