I adabiyotlar sharhi 1 iq-spektroskopiyasi asoslar
Dezoksikortikosteron atsetatning IQ-spektri
Download 0.89 Mb.
|
Dori preparatlari tahlilida IK(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Amaliy qism 2.1 Streptotsidning chinligini aniqlash Streptotsid- Streptocidum
- Chinlik reaksiyalar
- 2.2 Streptotsidning miqdorini aniqlash Miqdoriy tahlil
Dezoksikortikosteron atsetatning IQ-spektri. 1605 sm 1 da steroid halqaning 4-holatidagi -S=S- guruh valent tebranishlaridan hosil bo'lgan o'rtacha intensivlikdagi yutilish yo'li, 1656 sm-1 da uchinchi holatdagi karbonil guruhi, 1684 sm-1 da 20 holatdagikarbonil guruhi, 1733 sm 1 da atsetil guruhidagi karbonil, 1231 sm-1 oddiy efirlarga xos bo'lgan yutilish yo'li kuzatilib, dezoksikortikosteronning 21-uglerod atomidagi gidroksil guruhiga xos bo'lgan 3480 sm-1 dagiyutilish yo'li kuzatilmaydi. II.Amaliy qism 2.1 Streptotsidning chinligini aniqlash Streptotsid- Streptocidum Tasvirlanishi: oq yoki sarg’imtir rangli hidsiz kukun. Eruvchanligi: organik erituvchilarda atseton, vodorod xloridda yaxshi eriydi, 96% li spirt qiyin eriydi, issiq suvda yaxshi sovuq suvda kam eriydi . Chinligi: IK-spektr. Infraqizil nuri tasirida substansiya, ochuvchi reaktiv sifatida kaliy bromid ishtirokida, 4000 dan 400 sm-1 gacha to’lqin hosil qiladi. UB-spektr. Ultrabinafsha spektri uchun 0.0008% li preparat olinib, 0.01M NaOH ishtirokida olib boriladi va 220-330 oralig’ida maksimum 251nm to’lqin uzunligini hosil qiladi. UB-spekt. Ultrabinafsha spektri uchun 0.015% preparat olinib, 1M HCl ishtirokida olib boriladi va 220-320nm to’lqin hosil qiladi, maksimum 264-271 nm, minimum 241-268 nm, o’rtacha 257-268 nm to’lqin uzunligini hosil qiladi. Chinlik reaksiyalar: 0.05g preparat barcha chinlik reaksiyalarini berishi kerak. 1.Modda birlamchi aromatik aminlarga xos bo’lgan reaksiyani beradi. 2. 0.1 g moddani quruq probirkaga solib, gaz gorelkasida qizdiriladi, natijada binafsha-ko’k rangli qotishma hosil bo’lib,ammiak va anilin hidi keladi. Suyuqlanish harorati: 164-167o C da suyuqlanadi. Kislotaligi: 0.8 g preparatga 40 ml suv solib suv hammomida eritamiz. So’ng hosil bo’lgan eritmani filtrlab olamiz.Filtratdan 25ml ajratib olib unga 0.1ml 0.1% li spirt va bromtimol ko’kidan qo’shamiz bunda eritmamiz sariq rangga kiradi. Keyin unga 0.05ml 0.05M li NaOH qo’shganimizda ko’k rangga kiishini kuzatishimiz mumkun. Xloridlar: 0.02% dan ko’p bo’lmasligi kerak. 1g preparatga 20ml suv qo’shamiz va 1 daqiqadan so’ng filtrlab olamiz. 2ml filtratdan olib 10 ml bo’lguncha suv quyiladi va xloridlarga reaksiya qilib ko’riladi. Sulfatga: 0.02% dan ko’p bo’lmasligi kerak. Xuddi xlorid kislotaga tayyorlaganimizdek 10 ml eritma tayyorlab olinadi va sulfat ionlariga reaksiya qilib ko’riladi. Og’ir metallarga: 0.001% dan ko’p bo’lmasligi kerak.1g preparat olib og’ir metallarga sifat reaksiya qilib ko’riladi. 2.2 Streptotsidning miqdorini aniqlash Miqdoriy tahlil: 0.25 g aniq tortim olib 10ml suvda eritilib, 20 ml suyultirilgan xlorid kislota eritmasi qo’shiladi. So’ngra nitrometrik usulda miqdori aniqlanadi. Indikator treopeolin 00 yoki birga metilen ko’ki ham ishlatiladi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling