Amaliy ahamiyati. Xalkozin misga eng boy sulfid bo‘lib, mis sanoati uchun xalkozin rudasi sulfid konlarining har qanday rudalaridan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda butun dunyoda qazib olinayotgan misning ko‘p qismi mana shu xalkozin rudalariga to‘g‘ri keladi.
Xalkopirit – CuFeS2. Grekcha “xalkos” – mis, “piros” – o‘t (olov) demakdir. Sinonimi: mis kolchedani. Kimyoviy tarkibi: Cu 34,57%, Fe 30,54%, S 34,9%. Xalkopiritni kimyoviy analiz qilganda ham shunga yaqin natijalar olinadi. Ba’zan juda oz miqdorda Ag, Au va boshqalar aralashmasi bo‘ladi. Xalkopiritning rangi jez – sariq, to‘q sariq yoki ola-bula bo‘lib tovlanadi. Chizig‘i yashilroq-qora. U shaffof emas. Metall kabi kuchli yaltiraydi. Qattiqligi 3-4. Xalkopirit ancha mo‘rt. Ulanish tekisligi {101} bo‘yicha mukammal emas. Solishtirma og‘irligi 4,1-4,3. Mis asosan Olmaliq shahridagi Qolmoqir (3-rasmdagi kon) konida xalkopirit va xalkozin minerallari tarkibida uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |