I asosiy qism kirish


Download 43.82 Kb.
bet1/7
Sana21.04.2023
Hajmi43.82 Kb.
#1368905
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
NOTIQLIK SAN\'ATI .

NOTIQLIK SAN’ATINING KELIB CHIQISH TARIXI


REJA:
I.ASOSIY QISM…………………………………………………….3
KIRISH………………………………………………………………3
1. Notiqlik san’ati haqida tushuncha………………………………..5
2. Qadimgi Yunon va Rim notiqligi tarixi…………
3. Notiqlik san’atining asosiy ko‘rinishlari…………………………..14
II.XULOSA…………………………………………………………….26
III.ADABIYOTLAR…………………………………………………...28

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Sharq va Markaziy Osiyoda notiqlik tarixi Insonga fikrini ifoda etish uchun sezgi organlaridan biri sifatida Alloh tomonidan til berildi. Aqlni esa inson ixtiyoriga qoldirdi. Endi inson bolasi aqlini ishga solib, tili orqali so‘zlar (nutqi)ni ifodalashga kirishdi. Yaratgan Egam tanamizdagi sezgi organlarimizdan biri til (zabonimiz)ni ehtiyot qilib joylagan. Unga o‘ttiz ikkita tislilarimiz ortidan joy berib, yana lablar bilan berkitdi. Bu suyaksiz tilimizga ehtiyotkorlik chorasi ham edi. Chunki shu bir parcha (go‘sht) til orqali: yaxshilik va yomonlik; go'zallik va xunuklik; mehribonlik va yovuzlik; baxt va baxtsizlik; mansab va itoatkorlik; boylik va kambag'allik; do'stlik va dushmanlik; visol va ayriliq; obro‘ va obro'sizlik; omad va omadsizlik; ezgulik va johillik; mehnatsevarlik va dangasalik; halimlik va qo'pollik; havas va hasad; taraqqiyot va zalolat; yarashish va janjal; tinchlik va urush; ruhiy tetiklik va tushkunlik; sog'lomlik va.bemorlik; izzat va sharmandalik; xursandchilik va dilxiralik; madaniyatlilik va madaniyatsizlik kabi bu foniy dunyoda mavjud bo‘lgan barcha narsaga erishish mumkin. Sezgi organlarimizning ko‘z, quloq va burundan tashqari barchasini odam o'ziga bo'ysundira oladi, jumladan, tilni ham. Madomiki, shunday ekan, biz o‘zimiz aql va farosatimizni ishga solib, loaqal tilimizni jilovlay bilishimiz zarur. Shundagina biz so'zimiz va nutqimizning qanchalik kuch-qudratga ega ekanligini his etib yashaymiz.
Ma’lumki, jamiyat madaniy-ma’rifiy taraqqiyotining, millat ma’naviy kamolotining muhim jihatlari notiqlik san’atiga ham borib taqaladi. Shu bois ham
_______________________________
1. Мирзиёев Ш. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон. 2017.
2.Мирзиёев Ш. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017.
mamlakatimizda madaniy-ma’rifiy islohotlarning davlat siyosati darajasiga o‘sib chiqishi, farzandlarimizning notiqlik malakalarini oshirish, nutqiy madaniyati masalalariga e’tibomi qaratish har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda. “Davlat tili haqida”gi, “Ta’lim to’g‘risida”gi qonunlar, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa ko‘pgina hujjatlarda ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaga, til masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Nutqimizda uchrab turadigan nuqson va kamchiliklami bartaraf etish, notiqlik san’ati zimmasidagi umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy vazifalardan sanaladi. Shu ma’noda, birinchidan, notiqlik san’atini yetarli darajada egallash har bir jamiyat a’zosining madaniylik darajasini ham belgilaydi. Ikkinchidan, 0‘zbekiston mustaqiligiga ko‘z olaytiruvchi yot unsurlarga qarshi mafkuraviy kurashda notiqlik san’ati asosiy qurol sifatida faoliyat ko‘rsatmog‘i lozim. Notiqlik san’atining har qachongidan ham o‘tkir va keskir bo‘lmog‘i bugungi kunning muhim talabi.

Download 43.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling