I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
54 
library.ziyonet.uz/ 
 
-Tushunmadim? 
 
-Agar ovoragarchilik farzandning tarbiyasiga bagʻishlansa shunaqa ishlar boʻlmasmidi, 
demoqchiman. 
 
Toʻlqin chiroyli gapirdi. Farzand tarbiyasi haqida gap ketsa koʻpchilik ana shunday 
gapiradi. Hozir Oʻlmas “oʻzingiz tarbiyani qoyillatib qoʻyganmisiz?” deyishi ham 
mumkin edi. Agar shu savol oʻrtaga qoʻyilsa Toʻlqin shubhasiz “Xudoga shukur, 
bolalarimning tarbiyasi yaxshi, har holda sizniki kabi oʻgʻri emas-ku?” dermidi? Shunday 
desa zohiran haqday tuyulardi. Botinan esa yoʻq. Toʻgʻri, uning farzandlarini hozir 
yaxshi tarbiya ihota qilib turibdi. Toʻgʻri, Oʻlmasning oʻgʻli yaxshi tarbiya doirasidan 
chiqib ketgan. Lekin Sanjarni bu chegaradan chiqara olgan iblis uchchala oʻgʻliga tahdid 
solmasligiga uning ishonchi komilmi? Sanjarning qalbiga oʻgʻirlikka mehrni muhrlay 
olgan iblis ertaga Salohiddinning qalbiga giyohvandlikka mehrni muhrlashga harakat 
boshlasa-chi? Indinga Bahriddin qalbini kibr va zinoga mehr bilan band etishga urinsa-
chi? U ishonayotgan tarbiya devorlari bunday hamlalarga dosh bera oladimi? Toʻlqinning 
hozir tili uzun, koʻngli hotirjam. Lekin bolalarining tarbiyasi uchun oʻzi qancha hissa 
qoʻshdi? Ishdan kech kelsa, barvaqt ketsa... “Darsingni tayyorladingmi?”, “Oyingning 
gapiga kiryapsanmi?”... Tarbiyasi shulardangina iborat emasmidi? Qaysi oʻgʻli bilan bir 
martagina boʻlsin yonma-yon oʻtirib dars tayyorlashini kuzatdi? Oʻgʻillariga qachon 
iymon haqida tushuncha berdi? Insof bilan insofsizlikning farqini ajratishni oʻrgatdimi? 
Insonning har bir harakati Yaratgan tomonidan nazorat qilinishini ongiga singdirdimi? 
Yoʻq! Bu borada Oʻlmas bilan oralarida farq yoʻq. Uning oldida gerdaymasa ham 
boʻladi. Baxtiga xotini Robiya bor ekan, farzandlarini yomonlikdan asrash uchun tarbiya 
devorlarini oʻzi amallab tikladi. 
 
Ne ajabki, tergovchi xonasida yuzma-yuz turgan ikki kishi oʻzga-oʻzga olam odamlari 
boʻlishsa-da, tarbiya bobida ozmi-koʻpmi yaqin jihatlari ham bor edi. Chunki Oʻlmas 
ham oʻgʻlidan dars tayyorlagan-tayyorlamaganini ba’zi-ba’zida soʻrab turgan. Toʻlqin 
kabi u ham biron marta boʻlsin oʻgʻli oʻqiydigan maktabga bormagan. Sanjarni iqtisodchi 
boʻlsin, deb oʻqishga olib kirib qoʻygan edi. Oʻtgan yili oʻgʻlini birinchi marta 
qamamoqchi boʻlishganda qutqarib qoldi, shundan keyin “qayerda eding?” yoki “qayerda 
yuribsan?” deb surishtiradigan boʻldi. Nazarida shu surishtirishlarning oʻzi kifoya edi. U 
oʻgʻlining oʻgʻrilarga qoʻshilib qolishidan ajablanardi. Uningcha odamni moddiy 
tomondan yetishmovchilik oʻgʻirlikka undardi. Har jihatdan ta’minlangan oʻgʻlining 
oʻgʻirlikka shunchaki havasi borligini, buni oʻzlarining tilida “hobbi” deyilishini u 
tasavvur ham qila olmasdi. Oʻlmas “oʻgʻlimni dushmanlarim yoʻldan urishdi”, deb 
ishonardi. Ammo qaysi dushmanlari, qanday qilib yoʻldan urganlarini bilolmay garang 
boʻlardi. Eng birinchi dushmani oʻzining nafsi ekani, shu nafsi tufayli haromdan 
qaytmay, farzandini harom luqma bilan katta qilganini birov aytguday boʻlsa ham baribir 
tan olmasdi. Haromdan topilgan non boʻgʻzidan oʻtgan bolaning iblis toʻriga ilinishi 
osonroq ekanini iblis yetovidagi odam tushunib yetarmidi? 
 
Bultur oʻgʻlini qamoqdan qutqarib qolganini Oʻlmas zoʻr gʻalaba deb bilardi. Hatto 
oʻgʻliga bir-ikki minnat ham qilib qoʻydi. Agar ikkinchi qaytarilguday boʻlsa oʻrtaga 
tushmasligini ham ta’kidladi. Lekin oʻrtaga tushishga majbur boʻldi.Chunki oʻrtada faqat 
oʻgʻlining taqdirigina emas, oʻzining obroʻsi ham bor edi. “Shuncha quvvati boʻla turib 
farzandini qutqarolmabdi”, degan malomatdan qoʻrqardi. 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling