I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 60 library.ziyonet.uz/ qanotlarsiz qolishiga chidash mumkinmi? Begona odamning “qarzlari boʻlsa men toʻlayman” deb turishiga-chi? Bomdodga chiqarish moʻljallangan mayitni asrga qadar saqlab turishdi. “Oʻlikning egasi kelsin”, deyishdi. “Ayolni lahadga oʻgʻli qoʻyishi kerak”, deyishdi. Lahadga ham begona qoʻydi... Bularning barchasini Ibrohim oʻlim toʻshagidan turib, uyiga qaytgach eshitdi. “Akam jon beray deb yotgan boʻlsa ham yetib kelishi kerak edi, nega kelmabdi?”-deb soʻradi. “Shu kuni akang nomzodlik dissertatsiyasini yoqlashi kerak ekan”, deb yolgʻon aytishdi. “E Xudo!-deb nola qilgan edi oʻshanda Ibrohim. - Akamni bir umrga badnom qilib qoʻyibsan-ku? Agar zarracha akli boʻlsa, endi bu dunyoda bosh koʻtarib yurolmasligi kerak. Undan koʻra oʻsha dissertatsiyasiga qoʻshib olovda yondirib yubora qolsang boʻlmasmidi?! Akamni men uchun tiriklayin oʻldirib beribsan. Tirik-oʻlik akam borligini bilib yashash menga ham qiyin. Shu azobga loyiq koʻrdingmi meni?!” Buning shunchaki azob emas, balki imtihon ekanini Ibrohim u damda bilmasdi. Usta Umar qori anglatdi. Ibrohim imtihondan oʻtish uchun kibrni yengishi kerak edi - yengdi. Onasi tushlariga kirib akasining uyiga borishga undayverdi. Usta Umar qoriga oʻjarlik qilgan Ibrohim onasining ruhiga e’tiroz bildirolmadi. Ibrohimning nazarida onasi toʻngʻich oʻgʻlini kichigiga nisbatan yaxshiroq koʻrardi. Ha, bu faqat Ibrohimning fikricha shunday edi. Aslida ona farzandlarini, ayniqsa eridan yodgor qora koʻzlarini birini ikkinchisidan afzal koʻrmaydi. Shavkat bolalikdan ilmga ixlosmand edi. Shu sababli dars tayyorlashiga halal bermaslik maqsadida onasi uni turli ishlardan ozod qilardi. Ibrohimning oʻqishga toqati yoʻq edi, oqibatda yumushlarning asosiy qismi uning zimmasiga tushardi. Kunduzlari dalada ishlashardi, yorilgan tovonlari azob berishiga qaramasdan mashoq terishardi. Shunda onasi “Shavkatim kitobini oʻqisin”, deb uni uyda qoldirishga turli bahonalar izlardi. Brigadir ham koʻpincha uning bahonasiga koʻnardi. Agar Ibrohim ishga chiqmasa dakki eshitardi, ba’zan quloq choʻzma yerdi, biroq, Shavkat bunday jazolardan mustasno edi. Yogʻoch oyogʻini doʻqillatib yuruvchi, tabiatan qoʻpol boʻlgan brigadirni Ibrohim yaxshi koʻrardi. Qishloqqa choʻloq boʻlsa-da, tirik qaytgan birinchi askar shu kishi edi. Hadeb “qora xat” kelaverib yuraklari zada boʻlgan qishloq ahli uchun oʻsha kun haqiqiy bayramga aylangandi. Kimdir hatto qoʻy soʻygan ham edi. Qoʻyni kim soʻygani Ibrohimning yodida yoʻq, ammo toʻyib goʻsht yeganini unutmaydi. Brigadir Ibrohimga “Sen kimning oʻgʻlisan. Bilasanmi? Bilmasang bilib qoʻy: sen zoʻr odamning oʻgʻlisan!” deb qoʻyardi. Urush qahramonidan bu maqtovni eshitish uning uchun gʻoyat katta baxt edi. Yorilib, azob berayotgan tovonlariga kechasi surilgan yogʻ bir oz davo boʻlardi-yu, tong otar-otmay yana dalaga yoʻl olish uning uchun odatiy bir holga aylanib qolgandi. Brigadir mashoq terayotganlarni qiziqtirish uchun “baraka” topganlarga mukofot e’lon qilgani bilan va’dasini bajarmasdi. Shu sababli qoʻshaloq bashoq chiqqan taqdirda ham suyunchi soʻrab unga yoʻliqishmasdi. Bir kuni brigadir yonidan oʻtib ketayotganida Ibrohim topgan “baraka”sini koʻrsatdi. U esa hammani hayratda qoldirib Ibrohimga mukofot tarzida toʻrt hovuch bugʻdoy berdi. Oʻsha kuni onasi isitmalagani sababli dalaga chiqmagan edi. Mukofot shodligi bilan qaytgan Ibrohim “onam ham quvonarlar”, deb oʻylagan edi, unday boʻlmadi. Onasi: “darrov qaytarib ber, bizning boshqalardan bir tishlam oshiqcha non yeyishga haqqimiz yoʻq”, deb gapni kalta qildi. Ibrohim onasining gapini soʻzsiz bajarishga odatlangan edi. Ayniqsa otasining oʻlimi haqidagi xabar kelganidan beri onasi bir nima deydigan boʻlsa hatto koʻz qarashi bilan ham norozilik bildirishdan oʻzini tiyardi. Lekin bu safar astoydil qarshilik bildirgisi keldi. Toʻrt hovuch |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling