I b o‘ L i m iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari 1-bob. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


Ilmiy abstraksiya usuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/25
Sana07.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1175414
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
1.mavzu

Ilmiy abstraksiya usuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan 
ikkinchi 
darajali 
narsalar, 
voqea-hodisalarni 
fikrdan 
chetlashtirib, 
o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e'tiborni qaratishdir. Bu usul 
yordamida o‘rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko‘zga ko‘rinmaydigan 
mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi. 
Aslida har bir iqtisodiy jarayon yoki hodisa o‘nlab omillarning ta'siri ostida 
ro‘y beradi. Mazkur jarayon yoki hodisaning chuqur mazmunini ochib berish 


29 
maqsadida har bir omilni o‘rganish, bir tomondan, o‘ta mushkul va sermashaqqat 
hisoblansa, boshqa tomondan, u qadar muhim bo‘lmagan jihatlarni ham yuzaga 
chiqarib, tadqiqotchini voqeaning asl mohiyatidan chalg‘itadi. Shunga ko‘ra, 
tadqiqotchi uchun jarayon va hodisalarni ilmiy tahlil qilishda birinchi darajali, 
ahamiyatli va asosiy omillarni ajratib olib, diqqat markazini Shunga qaratish 
muhim hisoblanadi. Bu harakatlar amalda tadqiqotchining ongida, fikran va 
muntazam ravishda sodir bo‘ladi. Aynan Shu jarayon ilmiy abstraksiyalashdir. 
Ilmiy abstraksiyalash natijasida hodisa va jarayonlarning eng umumiy 
xususiyat va aloqalarini namoyon etuvchi ilmiy tuShuncha – kategoriyalar ishlab 
chiqilishi mumkin. Masalan, dunyoda ishlab chiqarilayotgan millionlab turlicha 
tovarlarning tashqi xossalaridagi ko‘plab tafovutlardan abstraksiyalashgan holda, 
biz ularni yagona iqtisodiy kategoriya – tovar tuShunchasi orqali ifodalaymiz. 
Bunda turli tovarlarni birlashtiruvchi eng asosiy jihat – bu sotish, ayirboshlash 
uchun ishlab chiqarilgan mahsulot ekanligini qat'iy e'tirof etamiz.
Biroq, ilmiy abstraksiyalash uchun tadqiqotchi muayyan hodisa va 
jarayonning mazmun-mohiyatiga oid bilimlar bilan etarli darajada qurollangan 
bo‘lishi lozim. Aks holda, u asosiy va ikkilamchi darajali omillarni to‘g‘ri ajrata 
olmay, pirovardida noto‘g‘ri xulosa chiqarishiga olib keladi.
Ilmiy bilishning muhim usullaridan yana biri – tahlil va sintez usulidir. Tahlil va 
sintez deyarli barcha fanlar uchun samarali qo‘llash mumkin bo‘lgan usullardan biri 
hisoblansada, uning iqtisodiy fanlar uchun ahamiyati juda beqiyosdir. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling