31
Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta'minlash asosida milliy
iqtisodiyotning to‘laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan Shug‘ullanadi.
Milliy
mahsulot, narxning umumiy darajasi, inflyasiya,
ishchi kuchining bandligi
masalalari
bu
tahlil
ob'ekti
bo‘lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va
makroiqtisodiyot o‘zaro bog‘langan va bir-biri bilan o‘zaro ta'sirda bo‘ladi.
Induksiya va deduksiya bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro
bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir.
Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga
qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga
tomon harakati deduksiya deb ataladi. Misol uchun, biz «A» korxonadagi
ishchilar ish haqining oshirilganligi, boshqa sharoitlar o‘zgarmagani holda, mehnat
unumdorligini oshishiga olib kelganligini guvohi bo‘ldik, deb faraz qilaylik.
Bundan, butun iqtisodiy tizim uchun tegishli bo‘lgan «ishchilar
ish haqining
oshirilishi, boshqa sharoitlar o‘zgarmagani holda, mehnat unumdorligini oshishiga
olib keladi», degan umumiy xulosa chiqarishimiz induksiyadir. Aksincha, bunday
nazariy
qoidani oldindan bilgan holda, uning turli tarmoqlar, alohida
korxonalardagi amal qilish holatini aniqlashimiz
va baholashimiz deduksiyani
anglatadi.
Iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilishda
ikki tomonlama
Do'stlaringiz bilan baham: