I b o‘ L i m iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari 1-bob. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/25
Sana07.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1175414
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
1.mavzu

yondaShuv usuli muhim o‘rin tutadi. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va 
naflilik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir 
tomonlamalikka yo‘l qo‘yilib, yanglish tasavvurga va noto‘g‘ri xulosalarga olib 
kelishi mumkin
1

Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik
matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda 
grafik usulni keng o‘zlashtirish va qo‘llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini 
ifodalashda vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul 
o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi. 
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, 
ulardagi o‘zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo‘ladi. 
 
Xulosalar: 
1. Iqtisodiyotning bosh masalasi – ehtiyojlarning cheksiz o‘sib borishi va 
iqtisodiy resurslarning Cheklanganligi o‘rtasidagi ziddiyat va uni hal qilish yo‘lini 
izlab topishdan iboratdir. Bu ziddiyatli holatni echish zaruriyati kishilar oldiga 
quyidagi muammolarni qo‘yadi:
1
Бу усулнинг назарий ва амалий аҳамияти проф.Ш.Шодмонов, доц. Г.Баубекова томонидан чиқарилган 
«Инновационные методы в преподавании экономической теории» китобида батафсил баён этилган. 


32 
a) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini (eng zarur 
va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko‘proq ishlab chiqarishga jalb 
qilish; 
b) mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish; 
v) fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi 
energiya, material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga 
jalb qilish, resurslardan foydalanish samaradorligining oshishiga erishish; 
g) kishilarning chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishi. 
2. «Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o‘tgan yo‘l va 
unda vujudga kelgan g‘oyalar, oqimlar juda murakkab, ko‘pincha bir-biriga zid va 
qarama-qarshidir. Shunday bo‘lsada, ular bir-birini to‘ldiradi. Shu bilan birga 
ta'kidlash lozimki, hech qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalarini mutlaq va 
doimiy haqiqatga ega deb bo‘lmaydi. Turli-tuman fikr va qarashlar olamidan 
haqiqatni izlab topish chuqur iqtisodiy bilim va tafakkurni taqozo etadi.
3. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani barcha iqtisodiy fanlarning nazariy-uslubiy 
asosidir. U fundamental fan bo‘lib, insonlarni jamiyatning iqtisodiy asoslarini 
ilmiy tadqiq etishga yo‘naltiradi, ularni nazariy-uslubiy bilim bilan qurollantiradi. 
4. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi ijtimoiy fan bo‘lib, u 
turli ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. 
5. Iqtisodiyot nazariyasi nafaqat nazariy fan, balki u bevosita amaliy ahamiyat 
ham kasb etadi. Iqtisodiyot nazariyasini bilmay turib, murakkab iqtisodiy 
jarayonlarni to‘g‘ri hal qilib bo‘lmaydi. 
6. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani doirasida inson va jamiyatning yashash 
faoliyatining ijtimoiy, axloqiy, milliy va tarixiy tomonlarini tadqiq qilish va bilish 
mumkin.
7. Iqtisodiyot nazariyasining bilish, amaliy, uslubiy va g‘oyaviy-tarbiyaviy 
vazifalari mavjud. Ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, o‘sib 
kelayotgan yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda iqtisodiyot 
nazariyasini g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasining ahamiyati tobora oshib bormoqda. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling