I b o‘ L i m iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari 1-bob. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/25
Sana07.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1175414
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
1.mavzu

 
Asosiy tayanch tushunchalar: 
 
Iqtisodiy faoliyat – Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib
kishilarning yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab 
chiqarish va iste'molchilarga etkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan bog‘liqlikda 
amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar majmui. 
Iqtisodiyot – mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo‘jaliklardan, 
xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma 


33 
korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy 
munosabatlardan iborat o‘ta murakkab ijtimoiy tizim. 
Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivojlanishi uchun 
zarur bo‘lgan hayotiy ne'matlarni yaratish jarayoni. 
Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli 
qism va sub'ektlari o‘rtasida taqsimlash jarayoni. 
Ayirboshlash – jamiyat a'zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab 
chiqarish natijalari bo‘yicha o‘zaro almashish jarayoni. 
Iste'mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning 
ishlatilishi jarayoni.
Ehtiyoj – insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning 
rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan zarurat. 
Moddiy ehtiyoj – moddiy ko‘rinishdagi ne'matlar vositasida qondiriluvchi 
zarurat. 
Ma'naviy ehtiyoj – insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va 
ma'naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy ne'mat va 
xizmatlarga bo‘lgan zarurat. 
Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni – ehtiyojlarning miqdoran o‘sib, sifat 
jihatidan takomillashib borishi. 
Iqtisodiy resurslar – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida 
foydalanish mumkin bo‘lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar Cheklangan 
sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy 
ne'matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol 
qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni 
samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganish. 
Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va 
jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat 
aloqalari, ularning o‘zaro bog‘liqligi. 
Iqtisodiy kategoriya – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va 
real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tuShuncha.
Uslubiyat – ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun-qoidalari va 
aniq hadislari. 
Ilmiy abstraksiya usuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi 
darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan 
jarayonning asl mohiyatiga e'tiborni qaratish.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling