I b o‘ L i m iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari 1-bob. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/25
Sana07.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1175414
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
1.mavzu

Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida 
tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini 
taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. 
Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai-nazardan emas, Shu bilan 
birga asosiy ichki zarur qonuniy bog‘lanishlar bo‘yicha ham tahlil qilinadi. 
Masalan, biz pulning iqtisodiy tabiatini o‘rganishda uning tarixiy jihatlari, 
jumladan, qiymat shakllarining rivojlanishini ko‘rib chiqamiz. Bu esa, bizdan 
tarixga, tovar-pul munosabatlarining dastlabki kurtaklari paydo bo‘lgan jamiyatga 
qaytib, o‘sha davrdagi iqtisodiy munosabatlarni tahlil qilishni taqozo etadi. Biroq, 
bu holat o‘tmishdagi barcha iqtisodiy munosabatlarga emas, balki aynan pulning 
dastlabki asoslari bilan mantiqiy bog‘langan munosabatlargagina taalluqlidir.
Foydalanilayotgan usullar ichida eksperiment ma'lum o‘rin egallaydi, 
iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning 
inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirish paytida eksperiment alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish, ya'ni ilmiy tajriba, 
eksperiment o‘tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo‘nalishlarni 
ishlab chiqish talab etiladi. Iqtisodiyot sohasida o‘tkaziladigan eksperimentlarga 
erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish, muayyan iqtisodiy tadbirlarni alohida 
korxona yoki hududlarda sinovdan o‘tkazish kabilarni misol tariqasida keltirish 
mumkin. Jumladan, O‘zbekistonda zarar ko‘rib ishlovchi shirkat xo‘jaliklarini 
fermer 
xo‘jaliklarga 
aylantirish 
jarayoni 
dastlab 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining Ellikqal'a tumanida tajribadan o‘tkazilib, keyinchali boshqa 
tuman va viloyatlarda bosqichma-bosqich amalga oshirilganligini ham iqtisodiy 
eksperiment sifatida baholash mumkin. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling