29
maqsadida har bir omilni o‘rganish, bir tomondan, o‘ta mushkul va sermashaqqat
hisoblansa,
boshqa tomondan, u qadar muhim bo‘lmagan jihatlarni ham yuzaga
chiqarib, tadqiqotchini voqeaning asl mohiyatidan chalg‘itadi. Shunga ko‘ra,
tadqiqotchi uchun jarayon va hodisalarni ilmiy tahlil qilishda birinchi darajali,
ahamiyatli va
asosiy omillarni ajratib olib, diqqat markazini Shunga qaratish
muhim hisoblanadi. Bu harakatlar amalda tadqiqotchining ongida,
fikran va
muntazam ravishda sodir bo‘ladi. Aynan Shu jarayon ilmiy abstraksiyalashdir.
Ilmiy abstraksiyalash natijasida hodisa va jarayonlarning eng umumiy
xususiyat va aloqalarini namoyon etuvchi ilmiy tuShuncha – kategoriyalar ishlab
chiqilishi mumkin. Masalan, dunyoda ishlab chiqarilayotgan
millionlab turlicha
tovarlarning tashqi xossalaridagi ko‘plab tafovutlardan abstraksiyalashgan holda,
biz ularni yagona iqtisodiy kategoriya – tovar tuShunchasi orqali ifodalaymiz.
Bunda turli tovarlarni birlashtiruvchi eng asosiy jihat – bu sotish,
ayirboshlash
uchun ishlab chiqarilgan mahsulot ekanligini qat'iy e'tirof etamiz.
Biroq, ilmiy abstraksiyalash uchun tadqiqotchi muayyan hodisa va
jarayonning mazmun-mohiyatiga oid bilimlar bilan etarli darajada qurollangan
bo‘lishi lozim.
Aks holda, u asosiy va ikkilamchi darajali omillarni to‘g‘ri ajrata
olmay, pirovardida noto‘g‘ri xulosa chiqarishiga olib keladi.
Ilmiy bilishning muhim usullaridan yana biri – tahlil va sintez usulidir. Tahlil va
sintez deyarli barcha fanlar uchun samarali qo‘llash mumkin bo‘lgan usullardan biri
hisoblansada, uning iqtisodiy fanlar uchun ahamiyati juda beqiyosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: