26
1. Umumiy iqtisodiy qonunlar – kishilik jamiyati
rivojlanishining barcha
bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o‘sib
borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab
chiqarish munosabatlarining
ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasi mos kelishi qonuni va
boshqalar.
2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar – insoniyat jamiyati
taraqqiyotining ma'lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan,
talab qonuni, taklif
qonuni va qiymat qonuni.
3. Maxsus, o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida
olingan iqtisodiy tizim
sharoitida amal qiladi. Masalan, qo‘shimcha qiymat qonuni.
Iqtisodiy qonunlarning yuqorida sanab o‘tilgan guruhlarini bir-biridan
farqlash uchun quyidagi shartli chizmadan foydalanamiz (1.3-chizma).
1.3-chizma
Iqtisodiy qonunlarning turkumlanishi
1
2 3
4 5 … va hokazo
CHizmadan ko‘rinadiki, kishilik jamiyatining rivojlanishi bir necha
bosqichlarni bosib o‘tib, ularni 1, 2, 3, … va h.k. tartibida belgilangan. YUqorida
ta'kidlanganidek, maxsus iqtisodiy qonunlar bu bosqichlarning
har biri uchun
alohida tarzda amal qilib, ular mazmunan bir-biridan farqlanadi. Davriy iqtisodiy
qonunlar esa taraqqiyotining bir necha (bizning chizmada 3 ta)
bosqichi uchun
tegishli bo‘ladi va ularda amal qiladi. Umumiy iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati
taraqqiyotining barcha bosqichlarini qamrab olib, ularning har birida to‘liq amal
qiladi.
Iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy
jarayonlarining alohida tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriya (ilmiy
tuShuncha)larni ham ta'riflab, ularning mazmunini ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: