I b o‘ L i m iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari 1-bob. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
1.mavzu
23 1.1-jadval «Iqtisodiyot nazariyasi» darsliklarida fanning predmetiga berilgan ta'riflar Mualliflari Ta'rif Manba M.N.CHepurin, Kiseleva E.A. Iqtisodiyot nazariyasi kishilarning iqtisodiy xatti-harakatini, ya'ni ularning moddiy va nomoddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish bilan bog‘liq harakatlarini o‘rganadi Kurs ekonomicheskoy teorii: uchebnik / Pod obщ. red. prof. CHepurina M.N., prof. Kiselevoy E.A. – 6-ispravlennoe, dopolnennoe i pererabotannoe izdanie. – Kirov: «ASA», 2007, s.28. S.S.Nosova Ishlab chiqaruvchi kuchlarning erishilgan darajasi asosida moddiy ne'mat va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish bo‘yicha kishilar o‘rtasida vujudga keluvchi ishlab chiqarish munosabatlarining yig‘indisi Nosova S.S. Ekonomicheskaya teoriya. Elementarnыy kurs: uchebnoe posobie / S.S.Nosova. – M.: KNORUS, 2008, s.16. G.P.Juravleva, V.I. Vidyapin Umumiy iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo‘lib, u Cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni qondirish maqsadida moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol qilish jarayonlarida kishilar va guruhlarning xatti-harakatini o‘rganadi Ekonomicheskaya teoriya (politekonomiya): Uchebnik/ Pod obщ. red. akad. V.I.Vidyapina, akad. G.P.Juravlevoy. – 4-e izd. - M.: INFRA-M, 2004, s.31. V.D.Kamaev Boylik va resurslarning Cheklanganligi, ulardan samarali foydalanish bilan yaxlit holdagi ishlab chiqarish munosabatlari tizimini, ishlab chiqaruvchi hamda iste'molchi sifatidagi insonning xatti- harakatini o‘rganadi. Kamaev V.D. Ekonomicheskaya teoriya: Kratkiy kurs: uchebnik / V.D.Kamaev, M.Z.Ilchikov, T.A.Borisov-skaya. - 2-e izd., ster. – M.: KNORUS, 2007, s.21. D.D.Moskvin Ishlab chiqarish munosabatlarini va ularning ishlab chiqarish kuchlari bilan o‘zaro ta'sirini o‘rganadi Osnovы ekonomicheskoy teorii. Politekonomiya: Uchebnik /Pod red. d-ra ekon. nauk, prof. D.D.Moskvina. Izd. 3-e, ispravl. – M.: Editorial URSS, 2003, s.24. E.F.Borisov Ne'matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilishda tarkib topuvchi kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadi Borisov E.F. Ekonomicheskaya teoriya: voprosы – otvetы: Ucheb. posobie. – 2-e izd., pererab. i dop. M.: INFRA-M, 2008, s.16. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to‘g‘risida bildirilgan barcha fikrlardan ko‘rinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va boshqa ayrim kitoblarda ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida sodir bo‘ladigan munosabatlarni o‘rganishga alohida e'tibor berilgan bo‘lsa, «Ekonomiks»da va 24 keyingi paytlarda Rossiyada chiqarilgan darsliklarning ko‘pchiligida asosan kishilarning resurslarga, moddiy ashyo va buyumlarga bo‘lgan munosabatini, xatti- harakatini o‘rganishga, Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanishga alohida e'tibor berilgan. Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham, bu tomonini ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondaShuvga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Chunki har qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy vositalar, pul mablag‘lari orqali amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. Shuning uchun mavjud resurslarga, ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga, ulardan unumli foydalanishga bo‘lgan munosabat, ishlab chiqarish omillarining o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga ta'sirida o‘rganilishi lozim. Boshqa tarafdan, hech qanday mehnat yoki ishlab chiqarish alohida olingan kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz, munosabatlarsiz amalga oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida bir-birlari bilan albatta o‘zaro munosabatda bo‘ladilar va Shu munosabatga qarab harakat qiladilar, o‘z xulq-atvorlarini, xatti-harakatlarini belgilaydilar. Mana Shularni hisobga olib, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling