I b o‘ L i m iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari 1-bob. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari
«Shuni ta'kidlash lozimki, mustaqillikka erishish davri haqida, eski tuzum
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
1.mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun- qoidalari va aniq hadislaridir.
- Dialektik usul
«Shuni ta'kidlash lozimki, mustaqillikka erishish davri haqida, eski tuzum
inqirozga duchor bo‘lib, sobiq ittifoq parokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda tobora keskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, o‘zligimizni anglash va toptalgan milliy g‘ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, Vatanimiz mustaqilligini qo‘lga kiritish qanday sharoitda kechgani haqida yaxlit, yagona va xolis ko‘z bilan qarab baho beradigan jiddiy tahlil-tadqiqot hozirgacha amalda yo‘qligini afsus bilan aytishga to‘g‘ri keladi» 1 . Bunday izlanish va tahlillarni amalga oshirish, Respublikamizning mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidagi sa'y-harakatlari va ularning natijalarini baholash uchun ham iqtisodiyot nazariyasining ilmiy tadqiqot usullari va uslubiyatidan xabardor bo‘lish, iqtisodiy tafakkurlash imkoniyatlariga ega bo‘lishni taqozo etadi. 1 Ўзбекистоннинг 16 йиллик мустақил тараққиёт йўли. Президент Ислом Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси, Вазирлар Маҳкамаси ва Президент Девонининг Ўзбекистон мустақиллигининг 16 йиллигига бағишланган қўшма мажлисидаги маърузаси // Халқ сўзи, 2007 йил 31 август, 1-бет. 28 Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun- qoidalari va aniq hadislaridir. Bu ob'ektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta'limotdir. Uslubiyat umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, o‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo‘ladi. Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasida qo‘llaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir: 1) iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda, o‘zaro ta'sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o‘zgarib turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo‘ladi; 2) iqtisodiy jarayonning har bir bo‘lagini alohida olib, uning o‘ziga xos xususiyatlarini, kelib chiqish va yo‘q bo‘lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda o‘rganish; 3) iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha rivojlanishda, deb qarash. Bu erda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat jihatidan o‘zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur. 4) ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o‘zaro kurashiga rivojlanishning manbai sifatida yondashish. Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, Shaxsiy omillar va pul mablag‘lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar o‘zaro chambarchas bog‘liq hamda ziddiyatda bo‘ladi va bir-biriga ta'sir ko‘rsatadi, ular doimo sifat va miqdor jihatdan o‘zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy shaklga ega bo‘ladi, eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar o‘rniga yangilari paydo bo‘ladi. Ana Shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qo‘llashning qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraksiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyati o‘zgarishini o‘rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib bo‘lmaydi, bunda abstraksiya kuchi ishga solinadi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling