I bob. 3D max tizimining vazifasi hamda ishga tushirish va unda amallar bajarish


Ob'ektlarni egri chiziqlar to‘plamiga aylantirish


Download 256.35 Kb.
bet18/23
Sana03.12.2023
Hajmi256.35 Kb.
#1797336
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
3d max

Ob'ektlarni egri chiziqlar to‘plamiga aylantirish
Convert to Curves (egri chiziqlar to‘plamiga aylantirish) komandasining asosiy vazifasi to‘rtburchaklik, ko‘pburchaklik , ellips va tekstlarni tahrirlash uchun qulay bo‘lgan yopiq qiyshiq chiziqlar to‘plamiga aylantirishdir. Corel DRAW dasturida grafik loyihalar ustida ishlash jarayonida ko‘pgina turli tuman shakllar yaratishga to‘g’ri keladi. Rasmlardan tashqarideyarli ularning barchasi standart to‘g’ri to‘rtburchaklik,ellips va qiya chiziqlardan boshlanadi. Shularga o‘hshash standart ob'ektlarga Corel DRAW ning turli grafik effektlarini qo‘llashga to‘g’ri keladi. Lekin ko‘pincha effektlarni qo‘llaganingiz bilan olingan ob'ekt o‘zining oldingi ko‘rinishini saqlaydi. Masalan, ellipsga ekstruziya effektini qo‘llasak, ob'ekt baribir ellips ko‘rinishida qoladi.
To‘g’ri to‘rtburchak ham to‘g’ri to‘rtburchakligicha qoladi. Agarda biz yuqorida aytib o‘tilgan ob'ektlarni qiyshiq chiziqlar to‘plamiga aylantirsak, ularni o‘zimiz hoxlagan holatga keltirishimiz mumkin. Ob'ektlarni egri chiziqlar to‘plamiga aylantirish uchun atributlar panelidagi Convert to Curves (egri chiziqlar to‘plamiga aylantirish) tugmasini bosamiz yoki CTRL+Q klavishidan foydalanamiz. Masalan, standart ellips bitta bog’lamga ega, uni qiyshiq chiziqlarga aylantirsak to‘rtta bog’lam paydo bo‘ladi. Standart to‘g’ri to‘rtburchaklikda esa harburchagida bitta bog’lam mavjud. Lekin uni yopiq egri chiziqlar to‘plamiga aylantirsak uning harbir bog’lami orqali tahrirlash, ya'ni shaklini o‘zgartirishimiz mumkin.
11-rasmda egri chiziqlar to‘plamiga aylantirilgan ellips tasvirlangan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki Shape (shakl) instrumentini tanlaganimizdan so‘ng ob'ektda to‘rtta bog’lam pado bo‘ladi. Rasmning o‘ng tomonidagi ob'ekt esa tahrirlangan ellips bo‘lib, bog’lamlar ni surish orqali umuman boshqacha shaklga kirgan.



Egri chiziqlar to‘plamiga Tahrirlangan ob'ekt


aylantirilgan ellips
16-rasm
Qo‘shimcha effektlar

Download 256.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling