I bob. 3D max tizimining vazifasi hamda ishga tushirish va unda amallar bajarish


Download 256.35 Kb.
bet16/23
Sana03.12.2023
Hajmi256.35 Kb.
#1797336
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
3d max

Millimetr - metrik sistemadagi eng kichik o‘lchov birligi bo‘lib u 0,1 santimetrga teng.
Pik va punktlar - bu badiiy bezash va tipografiyada qo‘llaniladigan o‘lchov birligi hisoblanadi. Bitta dyuymda 72 punkt mavjud. Pik 12 punktga teng. Tarkibiy kattaliklarni pik va punktda yozishda ular o‘nlikka bo‘lib vergul qo‘yiladi. Masalan, 1,3 yozuvi 1 pik va 3 punktni bildiradi, bu esa 15 punktga teng.
Punktlardan shriftni o‘lcham ini va satr oralig’i intervalini o‘lchashda foydalaniladi.
Piksel (pixel) inglizcha so‘z bo‘lib, "picture element" (tasvir elementi) mazmunini beradi. Boshqacha qilib aytganda piksel bu kompyuter ekranidagi rasmning rangli nuqtachasi hisoblanadi. Piksel rastrli tasvirlarni o‘lcham ini o‘lchashdagi bazaviy o‘lchov birligi hisoblanadi.
Internet uchun Web grafika yaratishda piksellardan o‘lchov birligi sifatida foydalanish juda qulay.
Tsiitsero va dido. Didoning birligi 1,07 punktga teng, dyuym esa 67,567 didodan tashkil topgan. TSitsero esa bu - 12 dido. Bu o‘lchov birligi frantsiyada qullaniladi va pik, punktga o‘xshaydi.
Dido - xuddi punktga o‘xshab shriftning satr oralig’i intervalini o‘lchashda foydalaniladi.
Didoning birligi 1,07 punktga teng.
Fut - o‘lchov sistemasidagi eng yirik o‘lchov birligi bo‘lib, AKSHda foydalaniladi. Bir fut 12 dyuymga teng.
YArd -uchta futga teng.
Mil - 5280 futga teng.
Santimetr - 10 mmga yoki taxminan 0,394 dyumga teng.
Metr - 100 santimetrga teng.
Kilometr - 1000 metrga teng.
Lineykalar Corel Draw dasturini ishga tushirganda paydo bo‘ladi. Agar ular ko‘rinmasa View/Rulers (kurinish /lineyka) komanda menyusini tanlaymiz.
Lineyka shkalasining boshlang’ich nuqtasi nashr varag’ining chapida va past tomonida joylashgan.
Koordinatalar to‘ri
Hujjatning harbir varag’i koordinatalar to‘ri bilan qoplangan. To‘r chiziqlari ko‘rinmas bo‘lib, ular rasm chizish jarayoniga ta'sir qilmaydi.
Freguency (chiziqlar soni) parametri ko‘rinmas to‘r chiziqlari sonini ko‘rsatib beradi. Agar lineykada eng kichik o‘lchov birligi berilgan bo‘lsa to‘r chiziqlari o‘lcham ini ham kichraytirish lozim.
Show grid bayroqchasini o‘rnatsak chizilayotgan barcha ob'ektlar to‘r chiziqlariga bog’lanadi. Masalan, ob'ektlarni varaqda tenglashtirmoqchi bo‘lsak, to‘r chiziqlari juda katta yordam beradi. Bundan tashqariular yordamida aniq berilgan o‘lcham dagi ob'ektni chizish mumkin.

Download 256.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling