Yo‘naltiruvchi chiziqlar
Yo‘naltiruvchi chiziqlar ko‘p tomondan koordinatalar to‘riga o‘xshab ketadi. Ularni hujjat oynasining hohlagan tomonida ya'ni gorizontal, vertikal va hatto diagonal holatda ham joylashtirish mumkin. Ulardan xuddi koordinatalar to‘ri chiziqlari kabi foydalanish mumkin, lekin yo‘naltiruvchi chiziqlarni hujjatning hohlagan tomonida joylashtirish mumkin.
Yo‘naltiruvchi chiziqni yaratish uchun hohlagan lineykaning ustiga borib sichqonchatugmasini bosamiz va kursorni hujjat oynasi tomon tortamiz. Kursor bilan birga lineykaga parallel ravishda punktir chiziq ham tortiladi. Sichqonchachaning tugmasini qo‘yib yuborganimizdan so‘ng yo‘naltiruvchi chiziq ekranda joylashadi. Yo‘naltiruvchi chiziqni olib tashlash uchun uni usti bosib DEL klavishini bosamiz.
Ob'ektlarni bog’lash,ajratish va egri chiziqlar to‘plamiga aylantirish
Combine (bog’lash) komandasi
Combine (bog’lash) komandasi ikki yoki undan ko‘p ob'ektni belgilab olganimizda atributlar panelida paydo bo‘ladi. Bu komandani ishlatishdan maqsad bir qancha ob'ektlarni yaxlit ob'ektga aylantirishdir. Weld ( birlashtirish ) komandasi ham ikki yoki undan ko‘p ob'ektlarni birlashtiradi, lekin bu ishlarni boshqacha usulda bajaradi.
Break Apart (ajratish) komandasi Combine (bog’lash) komandasi bilan juftlikda ishlaydi. Ular birgalikda Arrange (montaj) menyusida joylashgan yoki ularni CTRL+K klavishlarini bosish orqali chaqirish mumkin. Break Apart (ajratish) komandasi atributlar panelida tugma shaklida ham joylashgan. Uning vazifasi Combine (bog’lash) komandasi orqali birlashtirilgan ob'ektlarni ajratishdan iboratdir. Bundan tashqaribu komanda orqali figurali tekstni bo‘lak simvollarga ajratish mumkin, shuningdek oddiy tekstni abzatslarga va bo‘lak simvollarga ajratib beradi.
Guruhlash va guruhlarga ajratish
Guruhlash- bu bir nechta ob'ektlarni bitta ob'ekt holatiga keltirib, bir-biriga bog’lashdir. Biron -bir kompozitsiya ustida ishlash tugallanganidan so‘ng bu komandadan foydalanib, yaxlit ob'ekt yaratiladi, chunki bu kompozitsiyada bir qancha ob'ektlar mavjud bo‘lib, ularni bir-biriga bog’lash zaruriyati paydo bo‘ladi. Guruhlangan ob'ektni bemalol surish va boshqa effektlarni qo‘llash mumkin.Aks holda harbir ob'ekt uchun ma'lum vaqt ajratilib, ko‘p vaqtni olardi.
Ob'ektlarni guruhlash uchun barcha ob'ektlar bitta qilib belgilanadi va atributlar panelidagi Group (guruhlash) tugmasi bosiladi. Ob'ektni guruhlarga ajratganda esa Ungroup (guruhlarga ajratish) komandasi yoki CTRL+U klavishidan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |