I bob abu nasr farobiyning hayoti ilmiy faolioyati


I BOB ABU NASR FAROBIYNING HAYOTI


Download 71.7 Kb.
bet3/7
Sana07.11.2023
Hajmi71.7 Kb.
#1753731
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abu Nasr Forobiy oʻrta asrning buyuk qomusiy olimi

I BOB ABU NASR FAROBIYNING HAYOTI
1.2 Abu Nasr Farobiyning hayot yo’li
Abu Nasr Farobiy O'tror shahrida (hozirgi Qozog’istonning Chimkent viloyati hududida joylashgan shahar) 256-257 hijriy sanada tug'ildi.Uning otasi harbiy sarkarda edi. Yosh va zehni o'tkir Abu Nasr ilmga erta qiziqdi, arab, fors tilarini mukammal darajada o'zlashtirdi. Farobiy sanskrit (qadimiy hind tili) tilini o'rgandi va uni yahshi bilardi. O'zi turkiy halqlarga mansub bo'lib ona tilini yahshi bilar va yoshligida turli tillarni va ilmlarni puhta egallagan edi. U ko'proq Bag'dodda yashagan.Arab tilini juda ham yahshi bilar edi. U ko'proq falsafa, mantiq va diniy ilmlarga qiziqar edi.
Farobiy turli ilmlarni yahshi o'zlashtirgan mavsu'iy olim edi. U falsafa, mantiq, ilohiyot, ahloq, siyosat, falakiyot, kimiyo, musiqa va boshqa ilimlarga oid o'nlab kitoblarni yozgan.
Farobiyning musiqa bo'yicha yozgan kitobi Islom madaniyatida yozilgan eng asosiy arabcha kitob bo'lib hozirgacha asosiy manbalardan bo'lib kelmoqda.U «Qonun» nomli musiqa asbobini ihtiro qilgan.
Abu Nasr Farobiy 336 hijriy yilda Damashq yaqinidagi qishloqlarning birida vafot etdi.
Farobiyning kitoblari ikki turga taqsimlanadi. Birinchisi talim tarbiya falsafa va boshqa sohalarda yozgan kitoblari. Ikkinchisi Aflotun, Arastu va ularga ergashganlarning kitoblariga yozgan sharhlari. Ba'zi tadqiqotchilar mazkur kitoblarning soni qirq donaga etganini aytadilar.
Farobiy o'zining talim tarbiya faoliyatida Aflotun va Arastu hamda yunon falsafasi va Islom dini orasida muvofiqlashtirishga qattiq uringan. Uning o'zi dinini mahkam tutadigan musulmon bo'lgan. Shu bilan birga, u Aflotun va Arastu mazhabiga o'hshash falsafiy mazhabga asos solgan birinchi musulmon faylasufdir.
O'sha paytda Aflotunning «at-Tosu'ot» nomli kitobi tarjima qilinib hato tariqasida Arastuning kitobi deb bilingan edi. Arabchada «Rububiyat» nomi bilan mashhur bo'lgan bu kitobni o'qigan Farobiy Arastuning fikrlari huddi Aflotunnikiga o'hshar ekanligiga hujjat va dalil topilganidan hursand bo'lgan va mazkur ikki faylasfning boshqa kitoblarini ham muvofiqlashtish uchun harakat qilgan. Farobiy ham Aflotunni, ham Arastuni bir hilda yaxshi ko'rar va qadrlar edi.
Shu bilan birga bu ikki shahsning fikrlari bir biriga zid bo'lishini tasavvur qila olmas edi. Uning «al-Jam'u bayna ra'yay al-hakimayni Aflotun al-Ilohiy va Arastutolis» - Ikki hakim - Aflotun ilohiy Arastularning fikrlarni jamlash deb atalgan kitob Farobiyning bu borada olib borgan hakatining gultoji hisoblanadi.
Farobiy o'zining bu ishi ila birinchi bo'lib Islom olamida Aflotun talim tarbiya va axloqiy qarashlari tarqalishiga sabab bo'ldi. Shu bilan birga huddi shu ishning o'zi musulmon faylasuflarga yunon falsafasini diniy masalalarda tap tortmay ishlatishga yo'l ochib berdi.
Farobiy birinchi bo'lib Alloh taoloning borligiga olamni dalil qilib ketirmay U zotning borligini yolg'iz aqliy dalil bilan isbot qilishning yangi uslubini keltirdi. U bor narsalarni ikkiga - vujudi mumkin va vujudi vojibga taqsimlaydi. Mumkinul vujud dunyodagi mavjudotlar bo'lib ularning bo'lishi mumkin bo'lganidek, bo'lmasligi ham mumkin.Ularga qarasak ba'zilari yo'qolib, o'rniga boshqalari paydo bo'lib turganini ko'ramiz.
Ana o'shalar o'zidan boshqa narsaning tasiri tufayli o'zgaradi va almashadi. Ularning har biriga alohida nazar solsak ham shu holni ko'ramiz.Bu silsilaning ohirgi nuqtasi bo'lishi kerak.Ana o'sha ohirgi nuqta, hamma mumkinul vujudlarning borib taqaladigan nuqtasi vojibul vujud - vujudi vojib bo'lgan, u bo'lmasa boshqa narsalar bo'lmaydigan zotdir.
Farobiyning falsafasida va talim to’g’risidagi axloqida Alloh - vojibul vujuddir. Mazkur aqliy dalilga binoan vojibul vujud quyidagi sifatlarga ega:
1. Alloh taoloni ta'riflash mumkin emas.
2. Alloh taoloning boshqa narsalarga o'hshab mohiyati yo'q.
3. Alloh taolo zarurat yuzasidan yolg'izdir, sherigi yo'qdir.
4. Alloh taolo modda emas. U holis aqldir.U holis yahshilikdir.
Farobiyning Islom aqiydasiga to'g'ri kelmaydigan falsafasidan biri «Alloh juz'iy narsalarni bilmaydi» deyishidir.
Shuningdek, Farobiy e'tiqodga tegishli olamning yaratilishi, nafs, aql, nubuvvat va boshqa mavzularda ham falsafa yuritgan.
Bilish jarayonini aql va sizgilar orqali yuzaga keladi. Bilish jarayoni cheksiz bo’lib, u inson jonli mushohada va tafakkurining noaniq narsani bilmaslikdan bilishgacha bo’lgan murakkab yo’lni bosib o’tadi. Bu yo’nalish hodislar oqibatini bilishdan ularning sababini anglash, aksidensiyaadan substansiyaga yetib borishni maqsad qilib qo’yadi. Bilishda aql va mantiq, ilmining maqomi beqiyosdir.
Mutafakkur talqinida aqliy bilish ikki jihatga ega: birinchidan, u aniqlikdan uzoqlashish va undan umumiy tamon va jihatlarni ajratib olishni, ikkinchi tamondan esa, ushbu umumiylik ko’magida konkret jihatlarning mohiyatiga chuqurlashishni taqozo etadi..aql vositasida inson ilm-fanni yaratadi. Fan tufayli hodisal mohiyatini ochib beriladi. Har bir fan insonning muayyan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, Farobiy bilish ta’limotining boshqa jihatlarini ham o’rgangan. U ilmiy tadqiqotda kuzatuv, bahs-munozara ,bilish metodlari, jonli mushohadaning cheklanganligi to’risida qiziqarli g’oyalarni ilgari surgan. Farobiy tufayli musulmon Sharqiy talim tarbiya axloqiy va falsafiy tafakkurida mantiq ilmi chuqur iz qoldirdi.
Mavjud maʼlumotlarga qaraganda, Forobiy 160 dan ortiq asar yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramay, mavjud risolalarining oʻziyoq uning buyuk olim ekanidan dalolat beradi. Forobiyning asosiy asarlari: “Falsafani oʻrganishdan oldin nimani bilish kerakligi toʻgʻrisida”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Ensiklopediyadan mantiq boʻlimining bir qismi”, “Taliqot” (sharhlar), “Inson aʼzolari haqida risola”, “Boʻshliq haqida maqola”, “Donolik asoslari”, “Falsafaning maʼnosi va kelib chiqishi”, “Hayvon aʼzolari, funksiyasi va potensiyasi”, “Mantiq toʻgʻrisidagi risolaga muqaddima”, “Mantiq ilmiga kirish”, “Ilmlarning kelib chiqishi haqida”, “Musiqa haqida katta kitob”, “Baxt-saodatga erishuv haqida”, “Masalalar mohiyati”, “Buyuk kishilarning naqllari”, “Ihso alulum”, “Hikmat maʼnolari”, “Aql toʻgʻrisida”, “Ilmlar va sanʼatlar fazilati”, “Qonunlar haqida kitob”, “Substansiya haqida soʻz”, “Falak harakatining doimiyligi haqida”, “Sheʼr va qofiyalar haqida soʻz”, “Ritorika haqida kitob”, “Hajm va miqdor haqida soʻz”, “Musiqa haqida soʻz”, “Fizika usullari haqida kitob”, “Fazilatli xulqlar”, “Fozil shahar aholisining fikrlari”, “Jismlar va aksidensiyalarning ibtidosi haqida”, “Aristotel “Metafizika” kitobining maqsadi toʻgʻrisida” va boshqa Forobiy asarlari XX asrning 70–80 yillarida Toshkent va Olmaotada “Falsafiy risolalar”, “Mantiqiy risolalar”, “Matematik risolalar”, “Ijtimoiy-axloqiy risolalar”, “Tadqiqotlar va tarjimalar” nomlari ostida rus tilida nashr etilgan. Forobiy ilk oʻrta asrda, Sharq Uygʻonish davrida ijod etdi. Bu davr ishlab chiqaruvchi kuchlarning oʻsishi, hunarmandchilik, irrigatsiya inshootlarining yuksalishi, yangi shaharlarning bunyod etilishi, madaniy va maʼnaviy hayotning ravnaq topishi bilan ajralib turadi. IX-X asrlarda ichki va tashqi savdo kuchaydi, ayniqsa, Hindiston, Xitoy, Vizantiya, Afrika mamlakatlari bilan aloqa yoʻlga qoʻyildi. Bu davr qarama-qarshilik va adovatlardan holi emas edi. Forobiyning falsafiy qarashlarida oʻsha davrning yutuq va kamchiliklari, murakkab va ziddiyatli jihatlari oʻz ifodasini topdi. Olimning ilm-fan oldidagi xizmatlaridan biri uning yunon mutafakkirlari asarlarini sharhlagani va ularni yangi gʻoyalar bilan boyitganidir. Alloma, eng avvalo, Arastu asarlariga sharhlar bitgan, uning natur-falsafiy gʻoyalarining targʻibotchisi va davomchisi sifatida tanilgan. Forobiy, shuningdek, Aflotun, Aleksandr Afrodiziyskiy, Yevklid, Ptolemey, Porfiriy asarlariga ham fikrlar yozgani maʼlum. Bulardan tashqari, Gippokrat, Epikur, Anaksagor, Diogen, Xrisipp, Aristipp, Suqrot, Zenon asarlaridan xabardor boʻlgan hamda epikurchilar, stoiklar, pifagorchilar, kiniklar maktablarini yaxshi bilgan. Forobiy oʻrta asrda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini yaratdi. U “Ilmlarning kelib chiqishi haqida”, “Ilmlarning tasnifi haqida” nomli risolalarida oʻsha davrda maʼlum boʻlgan 30 ga yaqin ilm sohasining tavsifi va tafsilotini bayon qilib berdi.
Forobiy dunyoqarashida ijtimoiy-siyosiy va axloqiy fikrlar ham muhim oʻrinni egallaydi. Allomaning “Baxt-saodatga erishuv haqida”, “Fozil shahar aholisining fikrlari”, “Baxt-saodatga erishuv yoʻllari haqida risola”, “Buyuk kishilarning naqllari”, “Musiqa haqida katta kitob”, “Fuqarolik siyosati” va boshqa asarlari jamiyat va uni boshqarish, axloq-odob va taʼlim-tarbiya masalalariga bagʻishlangan.
Mutafakkir “Musiqa haqida katta kitob” nomli koʻp jildli asarida musiqa nazariyasi va tarixi, turli musiqa asboblari, kuylar va ularning ichki tuzilishi, tovushlar, ritmlar, ohanglar haqida maʼlumot berdi; ilmi iyqo, ilmi taʼlif fanlariga asos soldi. Yuqoridagi asarida oʻtmishdagi musiqashunos va tadqiqotchilar musiqa taraqqiyotiga katta hissa qoʻshganini alohida qayd qiladi. Shuningdek, kuylar uygʻunligi, kuy ijro etish usullari haqida soʻz yuritadi.
Rivoyatlarda keltirilishicha, Forobiy yangi musiqa asbobi yaratgan, kuy bastalagan, mohir sozanda sifatida nom chiqargan. Forobiyning aytishicha, musiqiy tasavvurlar inson ruhining eng nozik joyidan qaynab chiqib, ohang holida sezgi quvvatlariga taʼsir qiladi. Forobiyning dunyoqarashi, uning jamiyat va axloq toʻgʻrisida yaratgan yaxlit taʼlimoti ilk oʻrta asrlar va keyingi davrlarda ijtimoiy-falsafiy, siyosiy va axloqiy fikr rivojida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Uning qarashlari Sharq mamlakatlariga keng yoyildi.
Oʻrta asr mutafakkirlari Ibn Xallikon, Ibn al-Kiftiy, Ibn Abi Usabiʼa, Bayhaqiy, Ibn Sino, Ibn Boja, Umar Xayyom, Beruniy, Ibn Rushd, Ibn Xaldun va boshqa Forobiyning taʼlimotini chuqur oʻrganib, uni yangi gʻoyalar bilan boyitganlar. Buyuk mutafakkir va shoirlardan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy Forobiyning ijtimoiy-falsafiy, siyosiy va axloqiy taʼlimotidan bahramand boʻlganlar. Forobiy ilgari surgan fikrlar XVI–XX asrlarda ham musulmon mamlakatlari olimlari tomonidan katta qiziqish bilan oʻrganildi. Mutafakkir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlarida emas, balki Yevropada ham tarqaldi va ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyotida sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Forobiyning ilmiy merosini oʻrganish XX asrning yarmida boshlangan.
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, qomusiy olimning asarlari oʻzbek tilida chop etila boshladi, uning boy merosi xolisona, tarixiylik va mantiqiylik tamoyillari asosida yoritila boshlandi. Oliy oʻquv yurtlari, maktab va kutubxonalar, koʻchalar uning nomi qo’yildi.



Download 71.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling