I bob. Aholi daromadlari
Aholi daromadlari tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari
Download 81.4 Kb.
|
Aholi daromadlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’rtacha daromad
- Turmush tarzi
1.3.Aholi daromadlari tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari.
Aholi turmush darajasi tushunchasiga ularning hayot kechirish uchun zarur bo’lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlar bilan ta‘minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne‘matlari bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin. Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga qo’yidagi guruhlarni oladi: Tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar. Hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari. Oziq-ovqat tovarlarni iste‘mol qilish. Turar joy sharoitlari. Ma‘lumot va madaniyat. Mehnat qilish va bandlik sharoitlari. Aholining daromadlari va xarajatlari. Hayot kechirish qiymati va iste‘mol narxlari. Transport vositalari. Dam olishni tashkil etish Ijtisoiy ta‘минот Inson erkinligi. Turmush darajasini mamlakat darajasida (butun aholi uchun) va tabaqalashgan mikrodarajasida (aholinig alohida guruhi uchun) qarab chiqish mumkin. Birinchidan, yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasining aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi bo’yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi. Aholi guruxlari bo’yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste‘mol byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste‘molchi byudjetlarinig bir qator turlari mavjud bo’ladi: o’rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta‘minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta‘minlanganlar byudjeti, nafaqaxo’rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’rtacha daromad “o’rtacha sinf” deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo’yicha aniqlanadi. Bunday gurux iste‘mol savati to’plamiga uy, avtomashina, dal hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalar o’qitishi imkoniyati, qimmatli qog’ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi. Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta‘minlangan yoki “boy” qatlaminig mavjud bo’lishini taqazo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo’lgan juda oz miqdori kiradi. Faravonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta‘minlab bo’lmaydi. Bu daraja moddiy ta‘minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qishloqning boshlanishi) sifatida chiqadi. Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog’liq. Turmush tarzi - bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya, turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya‘ni: Mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari. Turmush va bo’sh vaqtdan foydalanish shakllari; Siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtiroq etish; Moddiy va manaviy ehtiyojlarini qondirish shakllari; Kishilarning kundalik hayotidagi hulq-atvori me‘yorlari va qoidalarи. Download 81.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling