I bob. Aholi va uning ijtimoiy tarkibi


Download 0.53 Mb.
bet1/9
Sana13.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1455395
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
xatamov kurs ishi


MUNDARIJA:
KIRISH.
I .BOB. AHOLI VA UNING IJTIMOIY TARKIBI .
1.1. Respublika aholisi sonining o’sishi va joylanishi.............................................3
1.2. Aholi migratsiyasi.............................................................................................13
1.3. Aholining milliy tarkibi……………………….................................................15
II. BOB. MEHNAT RESURSLARI VA ULARDAN XUSUSIYATLARI.
2.1. Mehnat resurslari haqida umumiy tushuncha……..….………………………23
2.2. Mehnat resurslari va uning klassifikatsiyasi …………....................................25
XULOSA ................................................................................................................39
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR...............................................................42


KIRISH.
Amerikalik mashhur olim U.Ayzard fikricha, u yoki bu hududning xo’jaligi murakkab jumboq bo’lib, uni yechishni ayni aholi bo’g’inidan boshlamoq kerak. Darhaqiqat, aholi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tushunchadir, u bilan ishlab chiqarish “boshdan oyoq”, chambarchas bog’liq. Chunki, mehnat resurslarisiz ishlab chiqarish bo’lmaydi, ishlab chiqarish esa aholi uchun kerak; moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchisi ham, ularni iste’molchisi ham ayni ana shu aholi, ya’ni kishilarning ma’lum hududdagi birligidir.Aholini iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanida o’rganishda uning uch asosiy xususiyati e’tiborga olinishi zarur:
Aholi - ishlab chiqaruvchi kuch (aholining iqtisodiy funksiyasi);
Aholi - asosiy iste’molchi (ijtimoiy, sotsial funktsiyasi);
Aholining o’z-o’zini takror barpo qilishi (demografik jihati).Albatta, ushbu fan nuqtai nazaridan eng avvalo aholining birinchi va ikkinchi xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular aholini ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya ekanligini o’zida uygunlashtiradi. Qolaversa, an’anaviy iqtisodiy geografiya fanining evolyutsion tarzda “iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” maqomini rasmiy olishi ham ayni inson omili, aholi va uning ijtimoiy rivojlanishining hududiy jihatlarini tadqiq qilish natijasidan kelib chiqqan. Aholining uchinchi xususiyati, ya’ni uning takror barpo bo’lishi esa bevosita demografiya fanining tadqiqot obekti bo’lib, ushbu jarayonining hududiy tafovutlarini o’rganish demogeografiya yoki geodemografiya yo’nalishiga mos tushadi.
O’zbekiston Respublikasi aholi soni bo’yicha dunyo miqyosida o’rtacha demografik salohiyatga ega bo’lgan davlat hisoblanadi. Uning aholisi, 2022-yil 1-yanvar ma’lumotlariga binoan 35,2 mln. kishini tashkil etadi. Bu borada, u MDH mamlakatlari orasida Rossiya va Ukrainadan keyingi uchinchi va Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa birinchi o’rinni egallaydi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling