I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili


Download 289.5 Kb.
bet2/21
Sana30.04.2023
Hajmi289.5 Kb.
#1416781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili

Mavzuning dolzarbligi. Kurs ishimiz mavzusi “ Arab va o’zbek tilida so’z o’zagi va so’z yasalish usullarining qiyosiy tahlili” bo’lib, bu mavzu arab tilining eng dolzarb mavzularidan biri hisoblanadi. Arab tili dunyo tillari ichida murakkabligi jihatidan 3-o’rinda turadigan til hisoblanadi. Arab tili – davlat tili, OAV, adabiy asarlar, fan, yagona yozuv hamda barcha arab mamlakatlari uchun rasmiy til hisoblanadi. Arab tilining ta’sirini o’zbek tilida ham kuzatish mumkin.3
Mavzuning maqsad va vazifalari. Ushbu ilmiy ishimizni yozishdan maqsad arab tilidagi “So’z o’zagi” va “ So’z yasalishi” mavzusi hamda ushbu tilda so’z yasalish usullarini o’rganib, uni o’zbek tili bilan taqqoslab tahlil qilishdir. Arab va o’zbek tilini bir-biriga solishtirib tahlil qilishda, tillarning morfologik xususiyatlarini inobatga oldik. Asosan arab tilida yangi so’z hosil qilinganda fleksiya usuli bilan yasaladi. O’zbek tili agglutenativ til bo’lganligi uchun yangi so’z hosil qilganimizda o’zak o’zgarmaydi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Bu mavzu qadimdan arab tilshunos olimlari Sibaveyh , Ibn Jinniy , Halil ibn Ahmad tomonidan puxta o’rganilgan bo’lib, har bir olim ushbu mavzuga turfa xil yondashgan. Rus arabshunoslaridan esa V.M.Belkin va B. M Grande o’zining asarlarida ushbu mavzuga doir o’z fikrlarini bildirib o’tgan. O’zbek tilshunos olimlarining ham bu borada ko’plab ilmiy izlanishlar qilganligiga bu mavzuni o’rganish mobaynida amin bo’ldik. Bunga misol qilib, Qodirov T. va Aliyev D. tomonidan yozilgan “Arab tili leksikologiyasi” kitobida ancha samarali mehnat qilingan.
Kurs ishining manbalari. Bu mavzuni o’rganar ekanmiz, arab tili asosini qurib bergan Ibn Jinniy va Halil ibn Ahmad, arab tili grammatikasi uchun o’zining ulkan hissasini qo’shgan buyuk ajdodimiz Zamaxshariyning yozgan asarlaridan unumli foydalandik. Biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizda ko`pgina o’zbek va arab tilidagi manbalarga murojaat qildik. “Arab va o’zbek tilidagi so’z o’zagi” mavzusi bo’yicha arab tili bo’yicha V.M. Belkin va B, M. Grandening arab tili bo’yicha, U. Tursunov, J.Muxtorov, Sh.Rahmatullayevlarning “Hozirgi o’zbek adabiy tili” kitobidan va M.Asqarova, R,Yunusov, M.Yo’ldoshevlarning “O’zbek tili praktikumi” kitobidan foydalandik.

Download 289.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling