I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili
Download 289.5 Kb.
|
I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- I-BOB. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili……………... 6 1.1.
- Xulosa………………………………………………………..…….………….
MUNDARIJA
Kirish Til- millat ko’zgusidir. Til -inson tafakkurining tarjimonidir. Tillarning eng go’zali, g’aroyibi , Yaratgan tomonidan oxirgi din Islom uchun , muqaddas kitobimiz – Qur’oni Karim uchun tanlangan til - arab tilidir. Arab tilini o’rganar enkanmiz uning naqadar jozibador ekanligiga, so’z boyligining mukammalligigiga , inson tafakkurini shu darajada to’liq go’zal va eng daqiq nuqtalarigacha ifoda etishiga amin bo’lamiz. Arab tili so’z olamida sulton bo’lsa, o’zbek tili uning saroyidir. Huddi sulton o’z saroyini go’zallashtirishga , uning chiroyini orttirishga, dunyoda betakror bo’lishiga umrini sarf etganidek, arab tili ham o’zbek tilini ko’rk -tarovatini oshirishda, so’z boyligini ko’payishida xizmat qilgan. Arab tilining ta’sirini o’zbek tilida ham kuzatish mumkin. Mashhur tilshunos olim Fotih Abdullaev o’zbek tilidagi arabizm xaqidagi tadqiqot ishlarida 55-60 foiz arab so’zlarining o’zbek tiliga o’zlashganligini aytadilar. Hozirgi O’zbekistan xududida yashagan ko’p shoir va yozuvchilar arab va fors tillarida ijod etganlar, ular “ذو اللسانين ” (ikkitillik) yozuvchilar deb atalgan. 1 Istiqlolimiz sharofati tufayli tariximiz, ma’naviy qadriyatlarimiz, boy va ko‘hna madaniyatimiz, merosimizga munosabat keskin o‘zgarib, uzoq moziyda yashab, o‘lmas asarlar yaratib kelgan allomalarning ijodidan keng xalq ommasini bahramand qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Mustaqil O‘zbekistonimizda buyuk tariximizga bo‘lgan munosabat batamom o‘zgarganligini ko‘rish mumkin. O’zbek tilining davlat tili sifatida qabul qilinishi birmuncha avvalroq, ya’ni 1989 – yilda amalga oshirilgan bo’lsa-da, 1991-yildan keyin o’zbek tili gurkirab rivojlandi va dunyo xalqlari ichida o’zbeklar bemalol o’z ona tillarida gapirish imkoniyatiga ega bo’ldi. Shu tariqa o’zbek xalqining ming asrlar davomida shakllangan tarixini o’rganish yo’lga qo’yildi. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, " Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.” 2 Download 289.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling