I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili


Download 289.5 Kb.
bet3/21
Sana30.04.2023
Hajmi289.5 Kb.
#1416781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili

Kurs ishining obyekti arab tili va o’zbek tilida so’z o’zagi va so’z yasalish usullarining morfologik va semantik tahlilidir. Bitiruv malakaviy ishining predmeti sifatida B. M. Grandening “Курс арабской грамматики в сравнительно-историческом освещении.” kitobidan, V.M.Belkinning “Арабская лексикология”, arab tilshunos olimi Muhammad ibn Mar’a ibn al- Hazimiyning “Al –ishtioq ta’rifuhu va anvauhu” kitobidan unumli foydalandik.
Kurs ishining tuzilishi. Mazkur kurs ishi kirish, to’rt bandni o’z ichiga olgan ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
I-BOB. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili.
Tillarning morfologik tasnifi
Tillar morfologik xusuxiyatlariga ko’ra: amorf, agglyutenativ, flektiv tillarga bo’linadi.
Amorf (o’zak) tilar: bamana, xitoy, annam, janubiy-sharqiy Osiyo xalqlari tillari. Bu tillarning lug’at tarkibi, asosan bir bo’g’inli so’z-o’zaklardan iborat bo’lib , ularda turlanish, tuslanish xususiyati yo’q. shu bois bu tillarda so’z yasovchi affikslar, yordamchi so’zlar vazifasini bajaruvchi yuklamalar mavjud. O’zak tillarda so’z tartibi muhim ahamiyat kasb etadi.
Agglutenativ tillar: bantu, mo’g’ul, finugor va turkiy tillarda so’zlar o’zak va unga birikib keladigan affikslardan iborat bo’ladi hamda so’zning morfologik tuzulishi (o’zak va affiks) aniq ajralib turadi. Bunda har bir affiks bir ma’no , vazifa bilan qatnashadi. Masalan, turkiy tillarda, jumladan o’zbek tilida yasama so’zlar va so’z shakllari asosga muayyan izchillik bilan affikkslar qo’shish orqali hosil qilinadi . Bunda affikslarning har biri o’z ma’nosi bilan qatnashadi: ter-im- chi-lar-i-miz-ga.
Flektiv tillar: hind-yevropa va som tillari oilalari kiradi. Bunday tillar affikslarning o’zak bilan birikib, unga singib ketishi bilan tavsiflanadi. Bunday tillarda grammatik ma’nolar fleksiya yo’li bilan ifodalanadi. Masalan: arab tilida kitab- (birlik) kitob ma’nosini anglatsa, kutub (ko’plik) kitoblar ma’nosini bildiradi. Rus tilida drug –(birlik) do’st ma’nosini bersa, druzya (ko’plik) do’stlar ma’nosini nildiradi.
Ba’zi tillar ham flektiv, ham agglyutenativ bo’lishi mumkin. Tillarnig morfologik tasnifi dunyo tillarini muayyan morfologik xususiyatlariga ko’ra guruhlash, ularning umumiy chizmasini yaratish jihatidan muhim, shu bois u hozir xam o’z ahamiyatini yo’qotmagan.

Download 289.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling