I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili


Download 289.5 Kb.
bet7/21
Sana30.04.2023
Hajmi289.5 Kb.
#1416781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili

كتب – kutubun-kitoblar,
Bu so’zlarnning barchasida ishtirok etgan va umumiy “yozuv “ so’zini o’zida singdirgan tovushlar k, t, b undosh tovushlaridir. Demak bu so’zlarning barchasi uchun o’zak umumiy bo’lib, u "كتب" fe’lidir.8
Arab tilida so’zning o’zagi deb uchunchi shaxs, birlik, muzakkar jins, o’tgan zamon fe’li qabul qilingan. Agar lug’atdan yangi so’zni topmoqchi bo’lsak, o’zak fe’lga murojaat qilamiz va u orqali ma’nodosh so’zlaridan izlab topamiz .
So’zning o’zagi ismiy yoki fe’liy bo’lishi mumkin. Demak bir guruhga kiruvchi so’zlarda ism yoki fe’l birlamchi bo’lar ekan.
كتب - (kataba) – yozdi, كتّب - ( kattaba ) – yozishga majbur qildi, كتبة - ( kitbatun ) – dastxat , كتبي - ( kutubiyyun ) – kitobfurush, كتاب - ( kitabun ) – kitob.
Bu guruhga kiruvchi so’zlarning birlamchi o’zagi كتب - kataba fe’lidir. Demak bu so’zlarning o’zagi fe’liy o’zakdir.
رجل - (rijlun ) – oyoq, رجل - ( rojila ) – piyoda yurmoq , رجل - (rojlun ) – piyoda, ترجل - ( tarojjala ) – otdan tushmoq, ارتجل - (irtajala) – improvizatsiya bo’lmoq . Bu guruhga kiruvchi so’zlar ismiy o’zakdan “rijlun” o’zagidan hosil bo’lgan.
Shunday guruhga kiruvchi so’zlar borki, ularning ham ismiy , ham fe’liy o’zagi mavjud. Masalan , بقر - ( baqorun ) shoxli mol, بقرة - (baqoratun) – sigir, بقار - ( baqqorun) – sigir boquvchi , بقري - (baqoriyyun) – sigirga tegishli. Bu guruhdagi so’zlar ismiy o’zakdan yasalgan. بقر - ( baqaro ) – kesmoq , fe’li ismiy o’zakdan yasalgan emas, balki u fe’liy o’zakdir. Demak ba’zi guruhga kiruvchi so’zlarning ham fe’liy, ham ismiy o’zagi mavjud.9 Odatda bir o’zakdan hosil bo’lgan , bir guruhga kiruvchi so’zlar, ma’no jihatdan bir- biriga bog’liq bo’ladi. Bir guruhga kiruvchi , biroq bir necha o’zakdan hosil bo’lgan so’zlar ma’no jihatdan bir- biridan farq qiladi.
Ba’zi hollarda yangi hosil qilingan so’zlar o’zagiga , undosh harf qo’shilib qolish hollari kuzatiladi.
سلطة – ( sultotun ) – hukmronlik, سلط - ( sallato ) – hokimlik bermoq, bu o’zakdan سلطان - (sulton ) – podshoh , bu so’zdan esa yangi fe’l o’zagi تسلطن - ( tasaltana ) fe’li hosil bo’lgan.10
Arab tilida so’zlar aksariyat holatda 3 o’zak undosh tovushdan iborat bo’ladi. Bundan tashqari 2-4-5 o’zakli so’zlar ham mavjud:


  1. Download 289.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling