I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili


Download 289.5 Kb.
bet4/21
Sana30.04.2023
Hajmi289.5 Kb.
#1416781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili

1.1. ARAB TILIDA SO’Z O’ZAGI

Arabcha so’zlarni morfologik tahlil qilishda o’zak atamasiga duch kelamiz. Bu atama nimani anglatadi?


So’z morfologik jihatdan bo’laklarga bo’linganda, uning eng kichik ajralmas, ma’no anglatuvchi qismi o’zak deyiladi.
O’zakni tashkil qiluvchi tovushlar - o’zak tovushlari deb ataladi. Arab tilida o’zaklar undosh harflardan tashlkil topadi.
Arab grammatistlari و, ا , ي undoshlarini “zaif” undoshlar, qolganlarini esa “ kuchli “ yoki “ sog’lom “ undoshlar deb nomlashgan4. O’zagi sog’lom undoshdan tashkil topgan so’zni har qanday vaznga solsak ham, boshqa so’z hosil qilsak ham, so’z o’zagidagi sog’lom harf o’zgarmaydi. Zaif o’zakli so’zlarni boshqa vaznga solganimizda, yangi so’z hosil qilganimizda zaif harflar o’zgarishi, tushib qolishi, yoki choziq unlilarga aylanishi mumkin.
Masalan, sog’lom o’zakli so’zdan yangi so’z hosil qilinganda: كتب o’zagidan-
كتاب – kitabun – kitob,
كتب - kutubun – kitoblar,
يكتب - yaktubu – yozayapti,
مكتب - maktab – yozuv stoli,
مكتوب - maktub – yozilgan narsa (xat)
Yuqoridagi misollarda ko’rganimizdek k, t, b, harflari sog’lom harf bo’lganligi uchun yangi so’z hosil qilinganda bu harflar xech qanday o’zgarishsiz saqlanib qoladi.5
Endi o’zagida illatli harf bo’lgan so’zlarni ko’rib chiqamiz. Masalan, قام o’zagidan yangi so’z hosil qilinganda:
قام - qoma – turmoq,
يقوم - yaqumu – turayapti,
قيام - qiyamun – tik turish,
مقيم - muqimun – bir joyda muqim yashovchi,
قم - qum - tur.
Yuqoridagi misollardan ayon bo’layaptiki, “qoma” o’zagidagi ا – alif zaif harf bo’lgani uchun, ba’zi o’rinlarda “vov” ga, ba’zi o’rinlarda “yo” ga aylanganini ko’ramiz. Ba’zi o’rinlarda tushib qolgan.
So’zning o’zagini topish juda ahamiyatlidir. Uni so’zni grammatik jihatdan tahlil qilish orqali topamiz. Misol uchun استقبل so’zini ا harfidan emas, balki قبل o’zagidan topamiz.
So’zdagi unlilar grammatik ma’noni o’zgartiradi. Masalan:
هذا مكتب - haza maktabun –bu maktab.
رايت مكتبا –roaytu maktaban – maktabni ko’rdim.
كنت في مكتب - kuntu fi maktabin – maktabda edim.
ُ ٌ – bosh kelishikka, َ ً - tushum kelishikka , ِ ٍ boshqa kelishiklarga dalolat qiladi.
Maktab so’zida ma – prefix, k t b so’z o’zagidir. Maktabu - uchinchi darajali so’z asosidir, maktab – ikkinchi darajali so’z asosidir, ktab – birinchi darajali so’z asosidir.6

Download 289.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling