Arab tilida so’z turkumlari. An’anaga ko’ra arab filologlari arab tildagi barcha so’zlarning 3 ta katta guruhga bo’ladilar.
1. Ism. - Bu gruppaga ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh, masdarlar, va h.k.z.
2. Fe’l.- Bu gruppaga barcha fe’llar, fe’l formasidagi so’zlar.
3. Harf. - Bu gruppaga artikli, old qo’shimchalar boqlovchi, predlog, yuklama, undov va h.k.z.
Ism turkumi o’z tarkibiga ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh va masdarlarni oladi. So’nggi ikkisida fe’llik hususiyati ham mavjuddir.Ismlar kelishik (Bosh, qaratqich, tushum) jins (muzakkar va muannas), grammatik son (Birlik, ikkilik, ko’plik) va holat (aniq va noaniqlik) kategoriyalariga ega. So’zlarning o’zaro bog’lanishi so’z tarkibi bilan ham kelishiklar yordami bilan ham shuningdek yordamchi so’zlar vositasi bilan ham olib boriladi.
Fe’llar tarkibiga zamon shakllari, darajalari, shuning mazmunlariga ko’ra sifatdosh va masdarlar kiradi. Umuman fe’llar turli shakllarni juda rivojlanganligi va kengqo’llanishi fe’liy boblarning (asosan 10 ta) mavjudligi barcha boblarning hamma zamon shakllarida tuslanishi shahs shakllari (birlik, ikkilik, ko’plik)ning mavjudligi, mayllar (darak, buyruq, istak, shart, kuchaytirma,)ning rivojlanganligi, darajalar(aniq va majhul)ning mavjudligi bilan harakterlanadi.
Harf so’z turkumi (yordamchi so’zlar) bog’lovchi, ko’makchi (predlog), yuklama, undovlarning hammasini o’zida jamlaydi. Arab tilining bog’lovchi va ko’makchi sistemasi juda rivojlangan, undovlarning ba’zilari jins shakllariga ega. Olmoshlarning ba’zilari jins va son kategoriyalariga ega. Yuklama sistemasi unchalik rivoj topmagan.
Sog’lom va illatli harflar. Arab harflari ba’zi o’rinlarda ikkinchi harfga alishishi yoki alishmasligi yoki butunlay tushib qolish va qolmasligi jihatidan ikkiga bo’linadi:
1.Sahih, ya’ni sog’lom harflar.
2.Mo’tal, ya’ni illatli harflar
Mo’tal harflar, deb ba’zi o’rinlarda ikkinchi harfga alishadigan yoki butunlay tushib qoladiganharflarga aytiladi. Bunday harflar uchtadir:
Do'stlaringiz bilan baham: |